IBRAT.UZ | Rasmiy kanal
381 subscribers
6.83K photos
2.8K videos
47 files
12.6K links
© ЎМИ Наманган вилояти вакиллиги Тўрақўрғон тумани "ИСҲОҚХОН ТЎРА ИБРАТ" жоме масжидининг расмий телеграм канали!

Мақсадимиз:
Аҳли сунна вал-жамоа мазҳаби асосида пок ақида ва соф Исломга интилиш
Қуръон ва суннатни ўрганиб, амал қилиш, маърифат тарқатиш
Download Telegram
#asmoul_husno Birinchi ism

ALLOH

Alloh lafzi "alaha" fe'lidan olingan "iloh" masdariga mansub bo'lib, ma'bud-ibodat qilinuvchi zot ma'nosini anglatadi. Arablarda "iloh"ning alif va lom harflari kiritilgan va "alilohu" hosil bo'lgan. So'ngra hamzaning harakati lomi ta'rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harf idg'om qilingandan keyin "Alloh" lafzi yakkayu yagona Ma'budi haqqa ism bo'lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan.

Kanal va guruhimizga obuna bo'ling!
👇👇👇👇👇👇👇👇👇
@isxoqxon_tura_ibrat
@isxoqxon_tora_ibrat
#asmoul_husno Ikkinchi ism

AR-ROHMAN

Ar-Rohman
Ulug' ne'matlarni beruvchi. Bu sifat faqat Allohga xos bo'lib, barchaga kofirga ham, mo'minga ham mehribon va ne'mat beruvchi ma'nosini anglatadi. Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo'lmaydi.

Kanal va guruhimizga obuna bo'ling!
👇👇👇👇👇👇👇👇
@isxoqxon_tura_ibrat
@isxoqxon_tora_ibrat