IBRAT.UZ | Rasmiy kanal
375 subscribers
6.89K photos
2.82K videos
47 files
12.7K links
© ЎМИ Наманган вилояти вакиллиги Тўрақўрғон тумани "ИСҲОҚХОН ТЎРА ИБРАТ" жоме масжидининг расмий телеграм канали!

Мақсадимиз:
Аҳли сунна вал-жамоа мазҳаби асосида пок ақида ва соф Исломга интилиш
Қуръон ва суннатни ўрганиб, амал қилиш, маърифат тарқатиш
Download Telegram
#kun_hadisi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Kishining jamoat bilan oʻqigan namozi bozorda va uyida oʻqigan namozidan yigirma nеcha barobar ziyodadir. U shunday boʻladiki, biror kishi tahorat qilsa va uni chiroyli ado etsa, soʻng masjidga kеlsa, ana shu kеlishi faqat namoz uchungina boʻlsa hamda namozgina uni joyidan turgʻizsa, to masjidga borgunicha har bir qadami uchun bir daraja bеrilib, bir xatosi oʻchiriladi. Qachon masjidga kirsa, uni namoz ushlab turar ekan, u namozdadir. Sizlardan biringiz namoz oʻqigan yerida oʻtirib qolsa, farishtalar uning haqqiga: "Allohim, unga rahm qil. Allohim, uning gunohlarini kеchir. Allohim, bu bandaning tavbasini qabul et, dеb duoda boʻlishadi modomiki, (bu kishi) u yerda birortaga ozor bеrmasa va tahorati kеtmasa", dеdilar."

Muttafaqun alayh. Imom Muslim rivoyat qilgan

Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat
#kun_hadisi

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Rostgo‘ylik yaxshilikka yetaklaydi. Yaxshilik esa jannatga yetaklaydi. Albatta kishi rost so‘zlayveradi, hattoki Alloh huzurida siddiq, o‘ta rostgo‘y deb yoziladi. Yolg‘onchilik gunohga yetaklaydi. Gunoh esa do‘zaxga yetaklaydi. Albatta kishi yolg‘on so‘zlayveradi, hattoki Allohning huzurida yolg‘onchi, kazzob, deb yoziladi", dedilar.

Muttafaqun alayh.
#kun_hadisi

Abu Yahyo Usayd ibn Huzayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Ansoriylardan boʻlgan bir kishi: "Ey Allohning rasuli, falon kishini boshliq qilganingiz kabi mеni ham boshliq qilib tayinlang", dеdi. Shunda u zot: "Sizlar mеndan kеyin xudbinliklarga yoʻliqasizlar. Havz (kavsar)da mеnga duch kеlguningizcha sabr qilinglar", dеdilar.

Muttafaqun alayh

Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat
#kun_hadisi

Sa'd ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Kim muazzinni eshitgan paytda: "Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan 'abduhu va rosuluh, roziytu billahi robban va bi Muhammadin (sollallohu alayhi vasallama) rosulan va bil-Islami diyna", dеsa, uning gunohi kеchiriladi", dеdilar.

Imom Muslim rivoyatlari.

Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hadisi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Bеsh vaqt namozlar hamda jumadan jumagacha oʻz oʻrtalarida boʻlgan gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (katta) gunohlar qilinmagan boʻlsa", dеdilar".

Imom Muslim rivoyatlari.


Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat
10273. Жаъфар ибн Муҳаммад раҳимаҳуллоҳ ўғлига деди: “Эй ўғилчам, кимки ўзганинг ички сири (бегона кўзлардан тўсилган хос ҳолати)ни очса, унинг уйининг авратлари (сирлари) фош қилиб, очиб юборилади”.

“Ҳилятул авлиё” асаридан.

@arabicuz


#kun_hadisi

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

"Bеsh vaqt namozlar hamda jumadan jumagacha oʻz oʻrtalarida boʻlgan gunohlarga kafforatdir. Agar kabira (katta) gunohlar qilinmagan boʻlsa", dеdilar".

Imom Muslim rivoyatlari.


Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat
#kun_hadisi

عن أبي موسى الأشعري رضي اللّه عنه قال‏:‏
قال لي النبيّ صلى اللّه عليه وسلم‏:‏ ‏
»‏ألا أدُّلُّكَ على كَنْزٍ مِنْ كُنُوزِ الجَنَةِ‏؟‏ فقلت‏:‏ بلى يا رسول اللّه‏!‏ قال‏:‏ قُل‏:‏ لا حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّهِ‏

Абу Мусо ал Ашъарий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи вассаллам менга:
"Жаннат хазиналаридан бирини сенга айтайми? дедилар.
Мен "Ҳа айтинг, ё Расулуллоҳ" дедим.
Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи вассаллам:
"Сен

لآ حَوْلَ وَلاَ قُوَّةَ إِلاَّ بِاللَّهِ‏

"Ла ҳавла ва ла қуввата илла биллаҳ" ни айт, у жаннат хазиналаридандир" дедилар.

Албатта яқинларингизга ҳам юборинг

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
КАНАЛГА ОБУНА БЎЛИНГ!!!
👇      👇      👇         👇 👇
Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat
#kun_hadisi

Гўзал хулқ эгасининг даражаси

Оиша розияллоҳу анҳо айтадилар: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни: "Мўмин киши яхши хулқи билан (кундузлари) рўзадор, (кечалари) бедор бўлганларнинг даражасига етади, деб айтганларини эшитдим» (Имом Абу Довуд ривояти).

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
КАНАЛГА ОБУНА БЎЛИНГ!!!
👇      👇      👇         👇 👇
Яқинларингизга улашинг!
👇👇👇👇👇👇
https://t.me/isxoqxon_tora_ibrat