IBRAT.UZ | Rasmiy kanal
375 subscribers
6.94K photos
2.84K videos
47 files
12.7K links
© ЎМИ Наманган вилояти вакиллиги Тўрақўрғон тумани "ИСҲОҚХОН ТЎРА ИБРАТ" жоме масжидининг расмий телеграм канали!

Мақсадимиз:
Аҳли сунна вал-жамоа мазҳаби асосида пок ақида ва соф Исломга интилиш
Қуръон ва суннатни ўрганиб, амал қилиш, маърифат тарқатиш
Download Telegram
Forwarded from SOF TA'LIMOTLAR
#Maqola #Ixtilof

MAYYITLARGA SAVOB YETISHLIGI HAQIDA.

Tiriklarning duo va sadaqalaridan marhumlarga manfaat bor.
Sharh: Ahli sunnat va jamoa marhumlar tiriklardan ikki yo‘l bilan manfaat olishlariga, ittifoq qilgan.
Birinchisi: Marhum tirikligida qilgan amalidan manfaat (ya’ni, bandaga u tiriklik chog‘ida oxirati uchun qilgan ishlari, vafotidan keyin o‘ziga manfaat yetishiga sabab bo‘ladi).
Ikkinchisi: Musulmonlarning uning haqiga qilgan duolari va aytgan istig‘forlari. Uning nomidan qilingan sadaqalari va hajlari.
Badaniy ibodatning savobi marhumga yetadimi, yo‘qmi, degan masalada ixtilof bo‘lgan. Badaniy ibodat – ro‘za, namoz, Qur’on qiroati va zikrga o‘xshagan narsalardan iborat.
Abu Haniyfa, Ahmad ibn Hanbal va jumhur (ko‘pchilik) badaniy ibodatning savobi marhumga yetadi, deganlar.
Shofe’iy mazhabi va Molik yetmaydi, deydilar.
Marhumga o‘zidan boshqaning amalidan savobi yetishiga dalil, Qur’onda, Sunnatda, Ijmo’da va Qiyosda bor:
1) Qur’ondan dalil:
«Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan oldin iymon bilan o‘tgan birodorlarimizni mag‘firat qilgin» derlar». («Xashr» surasi, 10-oyat)
Alloh taolo ushbu oyatda o‘zlaridan oldin o‘tgan mo‘minlarga mag‘firat so‘raganlarni madh qilmoqda. Bu esa marhumlar tiriklarning istig‘foridan manfaat olishiga dalolatdir.
2) Sunnatdan dalil:
Imom Abu Dovudning «Sunan» kitobida Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan quyidagi hadis rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mayyitni dafn qilib bo‘lganidan keyin ustida turib: «Birodaringizga istig‘for aytinglar. Unga sobitlik so‘ranglar. Chunki, u hozir so‘roq qilinadi, der edilar».
Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan marhumlarning qabrlarini ziyorat qilgan vaqtda duo qilish haqida hadislar kelgan. Imom Muslimning «Sahih» kitoblarida kelgan hadis bunga yaqqol misoldir: «Oisha onamiz roziyallohu anho Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: «Qabr ahllariga istig‘for aytsangiz nima deysiz?» deb so‘rdilar. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Assalomu alaykum, ey mo‘min va musulmonlar diyori ahli. Alloh bizdan va sizdan oldin o‘tganlarniyu, keyin qolganlarni rahm qilsin. Va albatta, biz ham sizlarga kelib qo‘shilamiz» deb javob berganlar.
3) Ijmo’dan dalil:
Islom ummatining e’tiborli asosiy qismi jam bo‘lib, marhumga janoza namozidagi duoni dalil qilib, mayyit tiriklarning duosidan manfaat oladi, deganlar. Janoza namozidagi duolar ma’lum va mashhurdir. Ular o‘z ahli bilandir.
4) Qiyosdan dalil:
Badaniy ibodat bo‘lmish duo marhumga manfaat bergandan keyin ro‘za, namoz kabi boshqa badaniy ibodatlar ham manfaat berishi turgan gap. Chunki, orada farq yo‘q. Buning ustiga boshqa badaniy ibodatlar ham manfaat berishi haqida hujjat va dalillar bor.

Sufiyev Ja’farxon
To‘raqo‘rg‘on tuman "Isxoqxon to‘ra" jome masjidi imom xatibi.

🌐 КАНАЛИМИЗ: @SOFTALIMOTLAR
👥 ГУРУҲИМИЗ: @SOF_TALIMOTLAR
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal (Маъруф Алоходжаев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO
#IXTILOF

📝 FITNALARDAN SAQLANISH LOZIM

🎙 Bahodir Sharipov,
Chust tumani bosh imom-xatibi


🌐 Saytdan ko'rish
🎞Youtube dan ko'rish

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #IXTILOF

📝 QABRISTONDA QURʼON TILOVAT QILISH

🎙
RASULXON UBAYDULLAYEV,
Namangan
shahar "Yahyoxon to'ra"  jome masjidi imom noibi

🌐 Saytdan koʻrish
🎞 Youtubedan koʻrish

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ravza.uz | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#VIDEO #IXTILOF

📝 SOLIH ZOTLARNI QABRLARINI ZIYORAT QILISH

🎙
RASULXON UBAYDULLAYEV,
Namangan
shahar "Yahyoxon to'ra"  jome masjidi imom noibi

🌐Saytdan koʻrish
🎞Youtubedan koʻrish

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook🎞Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#AUDIO #IXTILOF

📝 SOLIH ZOTLARNI QABRLARINI ZIYORAT QILISH

🎙
RASULXON UBAYDULLAYEV,
Namangan
shahar "Yahyoxon to'ra"  jome masjidi imom noibi

🌐Saytdan tinglash

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
👇👇
🌐www.Ravza.uz | 📝Telegram
💻Instagram | 📝Facebook🎞Youtube