Qo'shrabot gazetasi ''Istiqbol Sari''📰 | Rasmiy Kanal!
540 subscribers
13.9K photos
2.2K videos
77 files
5.43K links
🌐Veb-sayt: www.istiqbolsari.uz
📧Facebook: https://facebook.com/groups/767172637716843/
🦅Twitter: https://twitter.com/Istiqbolsari
📩Telegram: @Istiqbol_sari

Murojaat u-n telefonlar:
+998666461238
+998902800865
+998932354953
@X_Aktamov
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
15-may - Xalqaro oila kuni: Maʼnaviyat, maʼrifat, tarbiya qoʻrgʻoni

BMT Bosh Assambleyasining 1993-yilgi yigʻilishida 1994-yildan boshlab har yili 15-mayni Xalqaro oila kuni sifatida nishonlashga qaror qilingan.

Bu qarorni qabul qilishdan maqsad barcha taraqqiyparvar va tinchlikparvar insoniyat diqqatini inson oʻz umrini oʻtkazadigan, oʻz orzu-umidlari, baxtu saodati hamda tinchligini taʼminlaydigan maskan – oilaning mustahkam boʻlishiga qaratishdir. Bu bejiz emas. Chunki oiladagi maʼnaviy muhit, sogʻlom kayfiyat, barqarorlik jamiyat hayotining asosini taʼminlovchi kuchdir.

Bu borada oʻzbek oilasi — maʼnaviyat, maʼrifat, tarbiya qoʻrgʻoni. Zero, oilada Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hurmat, mehr-muruvvat omillari oʻsib kelayotgan yosh avlod ongiga singdiriladi. Oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish ota-onada farzandlar, farzandlar oldida ota-onaga nisbatan burchlarini, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

🔷@Istiqbol_sari
Qaysi hududda yangi korxonalar koʻproq tashkil etilyapti?

Statistika agentligi maʼlumotiga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida jami 19 767 ta (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) korxona tashkil etildi.

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni:

Toshkent shahri – 4 189 ta
Samarqand viloyati – 1 966 ta
Fargʻona viloyati – 1 699 ta
Toshkent viloyati – 1 618 ta
Xorazm viloyati – 1 412 ta
Qashqadaryo viloyati – 1 215 ta
Namangan viloyati – 1 088 ta
Surxondaryo viloyati – 1 083 ta
Andijon viloyati – 1 063 ta
Jizzax viloyati – 1 154 ta
Buxoro viloyati – 1 022 ta
Qoraqalpogʻiston Resp. – 971 ta
Navoiy viloyati – 739 ta
Sirdaryo viloyati – 548 ta

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Oʻzbek tilida chop etilgan birinchi jurnal nomi ...
Anonymous Quiz
21%
Toshkent ovozi
9%
Samarqand
21%
Guliston
50%
Oyina
#Bilasizmi

📝 Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak.

🧾Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3 mln 400 ming so'mdan) ko'p bo'lsa, yozma shartnoma tuzilishi shart.

Qarz oluvchi yoki beruvchining biri yuridik shaxs bo'lganida esa qarz miqdoridan qat'i nazar yozma shartnoma tuzilishi kerak.

📌 Qarz oluvchidan tilxat olish yoki qarz berilganligini tasdiqlaydigan har qanday hujjat ham yozma shartnomaning o'rnini bosadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Qo'shrabot tuman Adliya bo'limi xodimlari tashabbusi bilan huquqiy "Zakovat" intеlеktual o'yini o'tkazildi. Intеlеktual o'yinda tumandagi 10ga yaqin maktab o'quvchilari ishtirok etishdi. O'quvchilar bilimlarini oshirish mantiqiy fikrlashni yanada kuchaytirish ular o'rtasida raqobat muhitni yaratish orqali ularning o'z ustida doimiy ishlashi va yangilikka bo'lgan qiziqishini rag'batlantirish maqsadida tashkil qilingan o'yin do'stona tortishuvlarga boy bo'ldi.O'yinda dastlabki daqiqalarida barcha jamoalar o'tkir zеhn egalari ekanliklarini isbotlashdi.Qizg'in baxs munozaralar qurshovida o'tgan o'yin natijalariga ko'ra
1 o‘rinni 77-maktab
2 o‘rinni 78-maktab
3 o‘rinni 2-maktab o‘quvchilari g‘olib deb topildi va g‘olib jamoalarning ishtirokchilariga qimmatbaxo sovg'alar va diplomlar topshirildi. Bundan huquqiy intеlеktual o'yinlar o'quvchilarning huquqiy bilim va dunyoqarashini oshiradi balki ular o'rtasidagi jipslik va birdamlik va do'stona aloqalarni yanada mustahkamlaydi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
❗️ Бугундан (15 май) уй-жой олиш учун субсидияга аризалар қабул қилинади

📑 Фармонга мувофиқ, дастур доирасида субсидиялар тўлашнинг амалдаги тартибига қуйидагиларни назарда тутувчи ўзгартиришлар киритилади:

🔷 Субсидиялар ажратиш юзасидан аризалар тасдиқланган параметрлар доирасида 2024 йилнинг 15 майидан 1 ноябрига қадар қабул қилинади;

🔷 2024 йилги Дастур доирасида ажратиладиган кредитлар бўйича фоиз тўловларининг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 12 фоиздан ошган қисмига, 2025 йил ва ундан кейинги йиллар Дастурлари доирасидаги кредитлар бўйича эса – Марказий банкнинг асосий ставкасидан ошган қисмига тўланади;

🔷 Бирламчи уй-жой бозоридаги квартираларни сотиб олиш учун ажратилган ипотека кредитлари бўйича дастлабки бадалнинг бир қисмини қоплаш учун субсидиялар – 2024 йилги Дастурдан бошлаб қатъий белгиланган 30 миллион сўм миқдорида тўланади.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
#Bilasizmi

Bola 3 yoshga to'lguncha bolani parvarishlash ta'tillarida bo'lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko'pi bilan 6 yil ishlangan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
📌 4 nafar Qo‘shrabotlik pedagog vazir ustamasi oladigan bo‘ldi

Ta’lim tizimida mehnat qilayotgan, o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan, o‘z uslubiga ega bo‘lgan pedagoglarga vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov o‘tkazilgandi.

Natijalarga ko‘ra, g‘olib pedagoglar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazir buyrug‘i bilan 1005 nafar soha xodimi 2025-yil yanvar oyiga qadar mehnatga haq to‘lash miqdorining 5,5 baravari miqdorida (hozirda 5 775 000 so‘m) oylik ustama to‘lab boriladi.

Ular orasida tumanimizdagi 13-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Badirov Mamasaid,13-umumta’lim maktabining Biologiya fani o‘qituvchisi Axmedov Shodiyor, 1-ixtisoslashtirilgan maktab internati maktabining Biologiya fani o‘qituvchisi Mamarasulova Saboxat,xamda 2-ixtisoslashtirilgan maktabining Rus tili fani o‘qituvchisi Saibov Baxtiyor ham bor.

Kanalni kuzating:
🔷@Istiqbol_sari
Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 16-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 727,96 so‘m (+ 17,01)
1 RUB 139,46 so‘m (+ 0,40)
1 EUR 13 781,84 so‘m (+ 62,91)

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
Forwarded from Zarnews.uz
18-may kuni Qoʻshrabot tumani Qoʻrgʻon qishlogʻida “Qoʻshrabot navosi” Respublika baxshilar tanlovi boʻlib oʻtadi

Mashhur baxshi-shoir Ergash Jumanbulbul oʻgʻli 1868-yilda aynan shu qishloq — Qoʻrgʻonda dunyoga kelgan.

“Qoʻshrabot navosi” festivali doirasida milliy koʻrgazmalar, milliy oʻyinlar, folklor jamoalari chiqishlari, konsert dasturlari va turli xil koʻngilochar tomoshalar boʻlib oʻtadi.

@Zarnews_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
17-18-may kunlari Qo‘shrabot tumanida ilk bor o‘tkaziladigan respublika baxshichilik tanlovi hamda “Ergash Jumanbulbul o‘g‘li ijodi va Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi adabiy merosining Yangi O‘zbekiston ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.

🎶Tadbirlarda yurtimiz baxshilari va folklorshunos, san’atshunos olimlar bilan birga Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlardan taniqli baxshi va oqinlar, san’at va madaniyat namoyondalari, ilm-fan vakillari ishtirok etadi.

🐎Tanlov va konferensiya doirasida Samarqand hunarmandchiligi ko‘rgazmasi, ot sporti musoboqasi, galakonsert va mushoiralar o‘tkaziladi. Tadbirlar tuman markazi, Qo‘rg‘on va Pangat qishloqlaridagi bog‘ va xiyobonlar, dam olish maskanlarida tashkil etiladi. Milliy qadriyatlarni aks ettiruvchi teatrlashtirilgan tomoshalar, milliy xalq o‘yinlari, qadimiy san’at durdonalari va milliy taomlar ko‘rgazmalari namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari
🎶Konsertga marhamat!

☝️Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 18-may kuni, soat 18:00 da tuman markazidagi “Mehnat” oʻyingohida boʻlib oʻtadigan galakonsertga barcha tumandoshlarimizni hamda tumanimiz mehmonlarini taklif etamiz.

🎤Konsert mehmonlari Oʻzbekiston va Qoraqolpogʻiston xalq artisti Maxmud Namozov, esradamizning yorqin yulduzi Ozoda Nursaidova hamda taniqli teleboshlovchi Tolibjon Isroilov muxlislar koʻnglini xushnud etadi.

🎼Shuningdek, tumanimizning Joʻsh hududida Oʻzbekiston va Qoraqolpogʻiston xalq artisti Maxmud Namozov va bir qator elimiz suygan san’atkorlar ishtirokida joriy yilning 18-may kuni soat 15:00 dan 18:00 ga qadar “Joʻsh Ota” istirohat bogʻida konsert dasturi hamda xunarmandlar koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Kanalni kuzating:
🔷
@Istiqbol_sari