O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.36K subscribers
4.86K photos
333 videos
48 files
3.14K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
Tovarlar sotilishi munosabati bilan sotuvchi tomonidan tavsiya qilinadigan xizmatlar faqat……….. bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Anonymous Quiz
18%
Sotuvchi tashabbusi
23%
Maxsus guvohnoma
24%
Litsenziya
35%
Xaridorning roziligi
⚡️Iste’molchilar huquqlari – davlat himoyasida

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan samarali faoliyat natijasida fuqarolarning asosli murojaatlari ijobiy hal etilmoqda. Yaqinda Sherobod va Denov tumanlarida sodir bo‘lgan ikki holat bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

💡Asossiz 21 million so‘mlik qarzdorlik bartaraf etildi

Sherobod tumanida yashovchi "Boybuloq" MFY fuqarosi M.A tomonidan tuman jamiyatiga yuborilgan murojaatda, u 2023-yildan buyon elektr hisoblagich uskunasidan foydalanmagan bo‘lsa-da, 21 000 000 so‘m miqdorida elektr energiyasi bo‘yicha asossiz qarzdorlik undirilmoqchi bo‘layotganidan shikoyat qilgan.
Tuman jamiyati mutaxassislari murojaatchi ishtirokida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan birgalikda holatni atroflicha o‘rgandi. O‘rganish natijasida, fuqaroning asl qarzdorligi atigi 453 ming so‘mni tashkil etishi aniqlanib, "HET Billing" tizimida noto‘g‘ri hisoblangan 20 447 000 so‘mlik noreal qarzdorlik tizimdan olib tashlandi.

👕Denovda xaridor haqi tiklandi

Joriy yilning may oyida Denov tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan “Surxon” mahallasida yashovchi fuqaro Ch.N Unvermag savdo majmuasidagi do‘konlardan birida qizi va turmush o‘rtog‘i uchun 4 400 000 so‘mlik kiyim-kechak xarid qilgan. Uyga borgach, kiyimlarning razmeri mos kelmaganligi va rangi yoqmaganligi sababli xaridni almashtirish yoki pulni qaytarish so‘rovi bilan sotuvchiga murojaat qiladi. Ammo do‘kon sotuvchisi xaridor talabini rad etgan.
Murojaatchining arizasidan so‘ng, tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan vaziyat qonuniy tartibda o‘rganilib, sotuvchiga iste’molchi huquqlari haqida tushuntirish berildi. Natijada, fuqaroga 4 400 000 so‘m puli to‘liq qaytarib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Iste'molchiga 7 mln so'm undirilib berildi

Xo'jayli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro E.S shu tumanda faoliyat olib boradigan stomatologiyaga protez tish qo’ydirish maqsadida murojaat qiladi va kelishilgan 7 000 000 so'm xizmat haqqini to'laydi. Protez tishlari tayyor bo'lganida olib ketib foydalana boshlaydi, ammo og'ziga to'g'ri kelmaganligi, og'riq bergani uchun oradan 3 kun o'tib qaytarib berib, mablag'ini olish uchun keladi. Lekin stomatolog shifokar o'lchamini olib qilganligini, qaytarib olmasligini aytadi.

Isteʼmolchilik huquqlarini toʼla anglagan fuqaro amaliy yordam soʼrab, Xo'jayli tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan murojaat joyiga chiqib oʼrganilishi natijasida, 7 000 000 so'm mablagʻ iste'molchiga to'lig'i bilan qaytarilishga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️“Tashkent Law Spring” IV – Xalqaro yuridikforumida Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarinihimoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uninghududiy tuzilmalari rahbar va mas’ul xodimlari faolishtirok etmoqda.
———————————————————
На IV Международном юридическом форуме “Tashkent Law Spring” активно участвуют руководители и ответственные сотрудники Федерации обществ по защите прав потребителей Узбекистана и её территориальных подразделений.
———————————————————
At the 4th International Legal Forum “Tashkent Law Spring,” the leaders and responsible staff of the Federation of Societies for Consumer Rights Protection of Uzbekistan and its regional branches are actively participating.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Umumta'lim maktablari jamoalari ishtirokidagi tadbirlar davom ettirilmoqda

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan o‘quv yili nihoyasida shahardagi ta'lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabarlar berib boryapmiz. Shunday tadbirlar 5, 7, 9, 11, 13, 15 va 22-umumta'lim maktablarida ham o‘tkazildi.

Umumta'lim maktablarining pedagog va texnik xodimlari ishtirokida, yuzma-yuz muloqot shaklida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, uning ijrosini ta'minlashda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sheriklik va hamkorligi, qonunchilikni aholining keng qatlamlariga yetkazilishida va sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida ta'lim tashkilotlari va jamoatchilik nazorati sub'ektlari hamkorligining afzalliklari, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida atroflicha ma'lumot va tushuntirishlar berib borilmoqda.

Tadbirlar doirasida sohada mehnat faoliyati olib borayotgan pedagog va texnik xodimlarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga ko‘ra tashkilotlar o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borish yuzasidan kelishuvlarga erishilmoqda.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Jamoatchilik nazoratining natijalariga ko‘ra qanday hujjatlar rasmiylashtirilishi mumkin?
Anonymous Quiz
10%
Bayonnoma
49%
Ma’lumotnoma
7%
Xulosa
33%
Barchasi
⚡️Boysun tumani: sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul qaytarildi

Boysun tumani “Kosiblar” mahallasida yashovchi fuqaro B.N tuman bozorida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan 2 850 000 so‘mga pol avtomat kir yuvish mashinasini xarid qilgan. Biroq, xarid qilingan texnika sifatsiz bo‘lib chiqqanligi sababli fuqaro do‘kon xodimlaridan mahsulot uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib berishni talab qilgan. Uning bu talabi inobatga olinmagan. Ushbu holat yuzasidan tuman jamiyati xodimlari aralashuvi natijasida masala o‘rganildi va tomonlarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga doir amaldagi qonunlar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada, sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul to‘laligicha iste’molchiga qaytarildi.

Xulosa o‘rnida, yuqoridagi holatlar shuni ko‘rsatmoqdaki, fuqarolar o‘z huquqlarini bilgan va ularni talab qilgan taqdirda, jamiyatlar hamda tegishli tashkilotlar orqali ularga amaldagi qonunchilik asosida yordam ko‘rsatish mumkin. Iste’molchilar manfaatini himoya qilish — jamiyatimizning muhim vazifalaridan biridir.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Tibbiyot muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda

Hududiy birlashma ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida Buvayda tumani hududida faoliyat yuritayotgan sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli davlat va xususiy tibbiyot muassasalari (shifoxona, klinika, poliklinikalar) hamda davolanish (sanatoriya, profilaktoriya, salomatlik markazlari) maskanlari tomonidan aholiga (iste'molchilarga) ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi holatlari jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

Jamoatchilik nazorati tartibidiga o‘rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida"gi, "Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida"gi, "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlari hamda sohaga oid boshqa qonunosti me'yoriy hujjatlari talabalari ijrosini ta'minlanishi holatlari o‘rganilib, uning yakunlari bo‘yicha ma'lumotlarni tegishli idoralarga kiritilishi belgilangan.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz