O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.52K subscribers
4.84K photos
333 videos
48 files
3.13K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
….— huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
Anonymous Quiz
21%
Shikoyat
63%
Ariza
13%
Taklif
4%
Elektron murojaat
⚡️O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchi sifatida Sizning huquqlaringiz himoyachisi! Huquqlaringiz buzilgan hollarda

📳 1091
O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi qisqa ishonch raqami

📳 71 294-52-28
Toshkent shahar hududiy birlashmasi

📳 55 902-70-74
Toshkent viloyat hududiy birlashmasi

📳 73 244-51-98
Farg’ona viloyat hududiy birlashmasi

📳 74 223-20-50
Andijon viloyat hududiy birlashmasi

📳 65 223-85-85
Buxoro viloyat hududiy birlashmasi

📳 95 601-10-91
Qoraqalpog’iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi

📳 75 221-30-06
Qashqadaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 79 223-03-21
Navoiy viloyat hududiy birlashmasi

📳 72 226-32-33
Jizzax viloyat hududiy birlashmasi

📳 55 651-10-91
Sirdaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 62 223-08-16
Xorazm viloyat hududiy birlashmasi

📳 88 593-93-80
Namangan viloyat hududiy birlashmasi

📳 76 223-50-35
Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 66 231-01-72
Samarqand viloyat hududiy birlashmasiga murojaatingizni qoldiring.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
#tizim_faollari

O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi raisi Mutaxarov Jahongir Umidovich

Tug’ilgan yili va joyi: 1978-yil 26-may sanasida Buxoro viloyat Buxoro tumani O’zbakon qishlog’ida ziyoli oilada tavallud topgan.

Ma’lumoti: oliy ma’lumotli, mutaxassisligi iqtisodchi.

Oilaviy holati: Oilali, 3 nafar farzandning otasi.

Shiori: Yolg’on va aldovlarsiz boshlangan harakat barakali bo’ladi.

Hobbi, qiziqishlari: Yevropa mamlakatlariga tajriba almashuv maqsadida sayohat qilish.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Shartnomada belgilangan muddatda topshirilmagan ko’p qavatli uy uchun to’langan to’lov taqdiri nima kechadi?

Oramizda aksariyat ikkinchi fuqaro yangi uy-joy xarid qilish bilan bog’liq muammoga duch kelgan. Ayrim holatda muammo quruvchi tashkilotlar tomonidan ko’p kvartirali uy-joylarning vaqtida topshirmaslik yuzasidan bo’lsa, qurilish jarayoni sifatsizligi tanganing ikkinchi tomoniga aylangan.

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Q tuman markazida ko’p qavatli uy-joy qurayotgan “O Stroy” MChJ bilan shartnoma imzolab, ikki xonali xonadonga buyurtma bergan, 360 000 000 so’m to’lov qilgan. Ammo shartnoma muddatida xonadon iste’molchiga topshirilmagan, iste’molchi o’z huquqlarini sud orqali himoya qilish maqsadida O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro tuman jamiyati orqali murojaat qoldirgan.

Jamiyat xodimlari tashabbusi bilan Buxoro tumanlararo FIB sudiga da’vo arizasi kiritilishi natijasida javobgar “O Stroy” MChJ dan iste’molchi foydasiga kechiktirilgan muddat uchun 180 000 000 so’m moddiy-ma’naviy zarar undirilib, xonadon tayyor holda topshirilishiga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Tilla buyumidagi nuqson bartaraf etildi

Ma’lumki, azaldan zargarlik buyumlari ayollar go‘zalligiga go‘zallik baxsh etib, ularning siymosini yanada nafis va jozibador ko‘rsatishga xizmat qilib kelgan. Shu bois, bunday buyumlarning sifati va nafisligi xaridorlar uchun nihoyatda muhim sanaladi. Ayniqsa, yaqinlariga sovg‘a tariqasida taqdim etiladigan tilla taqinchoqlarning har bir detali xaridorda alohida taassurot uyg‘otishi kerak.

Karmana tumani, Toshrabot MFYda yashovchi fuqaro X.A yaqinlariga sovg‘a qilish maqsadida Navoiy shahrida joylashgan "N S kompleksi"dagi savdo do‘konidan umumiy qiymati 6 900 000 so‘m bo‘lgan zargarlik tilla taqinchoqlarini xarid qilgan. Biroq, mazkur buyumlarda nuqson mavjudligi aniqlangan.

Fuqaro bu masala yuzasidan savdo do‘konining rahbariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, murojaat hech qanday sababsiz javobsiz qoldirilgan.

Mazkur murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, savdo do‘koni mutasaddilari tomonidan zargarlik buyumlaridagi kamchiliklar bepul ravishda bartaraf etib berilishiga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⭐️ Bugun, O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Raxmonaliyev Ahrorjon Asqaraliyevichni tavallud ayyomi bilan Federatsiya jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuksak kuch va za’farlar tilaymiz.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⭐️ Bugun, O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Samarqand viloyat hududiy birlashmasi raisi Boymatov Bahodir Obloqulovichni tavallud ayyomi bilan Federatsiya jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuksak kuch va za’farlar tilaymiz.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⭐️ Bugun, O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi raisi Mutaxarov Jahongir Umidovichni tavallud ayyomi bilan Federatsiya jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yuksak kuch va za’farlar tilaymiz.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Jamoatchilik nazorati kuzatuv-o’rganish tadbirlari davom etadi

Jamiyat va mamlakat ravnaqi uning ishtirokchilari harakati bilan amalga oshadi. Bu jarayonda esa jamoatchilik nazorati alohida o‘rin tutadi. Bugungi kunda Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilotlarning ishtirok etishi esa jamiyat hayotining demokratik jarayonlar bilan bog‘liq asoslari chuqur ildiz otib, mustahkamlanib borayotganini anglatmoqda. Jamoatchilik nazoratini kengaytirish jamiyat taraqqiyotining barcha jabhasida yuqori samara berishi, shubhasiz.

O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Ishchi guruhi tomonidan ayni vaqtda, Uchquduq tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati va tibbiyot muassasalari tomonidan yaratilgan sharoitlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda. Bundan asosiy maqsad – tibbiy xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va xizmatlar sifatini yanada oshirishdan iborat.
O‘rganishlar natijalari tegishli vazirlik va hokimliklarga taqdim etiladi.

Shu o‘rinda taʼkidlab o‘tish kerakki, jamoatchilik nazoratining samarali va taʼsirchan amalga oshirilishi, xalqimizning ijtimoiy faolligini va davlat organlarining hisobdorligini oshirishga, natijada esa jamiyatning umumiy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishiga yordam beradi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi hamda “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi doirasida, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 2025-yil 16-maydagi buyrug‘i asosida, Surxondaryo viloyati hokimligi bilan o‘zaro kelishuvga binoan tasdiqlangan kuzatuv-o‘rganish rejasi asosida Muzrabot tumani tibbiyot birlashmasida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazorati tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida birlashma tomonidan shakllantirilgan maxsus ishchi guruh tuman tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sharoitlar, sanitariya-gigiyena holatlari, iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi va ularning qonuniy huquqlarining qanday ta’minlanayotganini o‘rgandi.

Shuningdek, tadbir davomida tibbiyot xodimlariga, iste’molchilar huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari va jamoatchilik nazoratining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Ta'lim va tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Dang‘ara tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi ta'lim va tibbiyot muassasalarida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati va asoslari targ‘iboti yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda.

Jamiyat xodimlari tomonidan Urganji oilaviy shifokorlik punkti hamda 4-maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlarda mamlakatimizning iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, iste'molchilarning asosiy huquq va majburiyatlari, iste'molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va taraqqiy topishi, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati yuzasidan atroflicha ma'lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirlar davomida iste'mol sohasiga oid muammolar vujudga kelganda vakolatli idoralarga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha ham tushuntirishlar berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga jamiyat xodimlari tomonidan javoblar qaytarildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz