O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.36K subscribers
4.85K photos
333 videos
48 files
3.14K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️Jamoatchilik nazorati kuzatuv-o’rganish tadbirlari davomida qanday holatlar aniqlandi?

Iste’molchilarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini kafolatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, joylarda mavjud kamchiliklarni tizimli bartaraf etish hamda qonunchilik targ’ibotini amalga oshirish maqsadida Buxoro viloyat hududiy birlashmasi, tuman va shahar tarkibiy tuzilmalari tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida sog’liqni saqlash tizimida faoliyat ko’rsatayotgan davlat-nodavlat tashkilotlarida kuzatuv-o’rganish tadbirlari aprel-may oylarida o’tkazildi.

Qorako’l tuman

Qorako’l tuman jamiyati tomonidan tumandagi Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha muassasalarda targ’ibot-tashviqot tadbirlari o’tkazilib, ishchi-xodimlar federatsiya a’zoligiga bir ovozdan qabul qilindi.

Vobkent tuman

Vobkent tuman jamiyati tomonidan tumandagi “ G F ” MCHJ tasarrufidagi dorixonalarda olib borilayotgan tadbirlar davomida PQ-185 doirasida dori-darmon va tibbiy buyumlarni saqlash, sotish, ishlab chiqarish talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Jondor tuman

Jondor tuman jamiyati tomonidan tumandagi xususiy dorixonalar faoliyati o’rganilib, imtiyozli, bepul taqdim etiladigan dori-darmonlarning iste’molchilarga yetkazilish jarayoni kuzatildi. Narxlarni sun’iy oshirmaslik yuzasidan ko’rsatmalar berildi. Tuman tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlik chora-tadbirlari belgilab olindi.

Romitan tuman

Romitan tuman jamiyati mutaxassislari davlat tibbiyot maskanlari, poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish davomida, muassalarda bepul xizmat toifalari, preyskurant narxnomalar hamda iste’molchilarning huquq-majburiyatlari aks etgan peshlavhalar o’rnatilishini ta’minlandi. 35 ta davolash maskanlari faoliyati muvofiqlashtirildi.

Peshku tuman

Peshku tuman jamiyati tomonidan tumandagi dorixonalarda dorilarning saqlash sharoitlari o’rganilib, mavjud kamchiliklar o’z joyida bartaraf etilishiga erishilgan.

Olot tuman

Olot tuman jamiyati tomonidan rentgen tekshiruv xususiy davolash maskanlarida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar o’rganilib, umumiy miqdori 10 230 000 so’mlik yaroqlilik muddati tugagan dori-darmon vositalari dorixonalar mas’ullari tomonidan utilizatsiya qilingan.

Buxoro tuman

Buxoro tuman jamiyati tomonidan tumandagi qator davolash maskanlarida iste’molchi burchaklari o’rnatilib, tadbirkorlik subyektlarida iste’mol madaniyatini oshirish loyihalari olib borildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Tayanch guruhlari faollari ishtirokida tadbirlar o‘tkazib borilmoqda

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan jamiyatning joriy yil asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida, tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lar xodimlarining huquqiy bilimi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Federatsiyaning shahardagi tayanch guruhlari faollari o‘rtasida turli shakllardagi tadbirlar o‘tkazib borilmoqda. Shahardagi 11 hamda 12-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etilgan tadbirlar ham xuddi shunday tadbirlardandir.

Tadbirlarda Federatsiya faollariga iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi yangiliklar, iste'molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, tizim tashkiotlari tomonidan iste'molchilar murojaatlari bilan ishlash natijalari, davlat nazorati idoralari bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalaridagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilishi barobarida, tashkilotlar xodimlarining iste'mol sohasiga oid bo‘lgan hamda qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlari ham qayd qilib borilmoqda. Marg‘ilon shahar jamiyati bu boradagi tadbirlarini tizimli asosda davom ettirmoqda.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Iste'molchining 9.9 mln so‘mlik piyoz urug’iga to’lagan pullari qaytarib olib berildi.

Nurobod tuman Sariko’l qishlog’ida yashovchi fuqaro S.X joriy yilning yanvar oyida Mirzo Ulug’bek ko’chasida joylashgan VET dorixonadan 9.9 mln so‘m to'lab, piyoz urug’i sotib olgan, ammo urug’ni ekkanidan so’ng unib chiqmagani sababli tadbirkor iste’molchini pulini qaytarib bermaganidan norozi boʻlib, ushbu muammo yechimi yuzasidan amaliy yordam soʻrab Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatga murojaat qildi.

Ushbu murojaat tegishli tartibda jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va piyoz urug’iga to’lagan pullari iste’molchiga qaytarib olib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Iste'molchining 607 mln so‘mlik avtomashinaga to’lagan pullari qaytarib olib berildi.

Samarqand shahar Al-Xorazmi MFYda yashovchi fuqaro B.N joriy yilning mart oyida Mirzo Ulug’bek ko’chasida joylashgan avto salondan 607 mln so‘m to'lab, Kia Sorento rusumli avtomashina sotib olgan, ammo bir hafta o’tib avtomashinaning motor qismida nosozlik yuzaga kelganligi sababli tadbirkor iste’molchini pulini qaytarib bermaganidan norozi boʻlib, ushbu muammo yechimi yuzasidan amaliy yordam soʻrab Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatga murojaat qildi.

Ushbu murojaat tegishli tartibda jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va avtomashinaga to’lagan pullari iste’molchiga qaytarib olib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Foydalanish jarayonida nuqsonlari yuzaga chiqqan mobil qurilma maqbul sifatdagisiga almashtirildi

Bag‘dod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida "Qo‘shchinor" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi S.E ning 6 100 000 so‘mga sotib olingan mobil qurilmada internet yaxshi ishlamagani sababidan uni sotuvchiga qaytarilib, xuddi shu rusumdagi boshqa mobil qurilmaga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma'lum bo‘lishicha, Samsung 22 Ultra smart rusumidagi mobil qurilma murojaat egasi istiqomat qilayotgan hududda joylashgan savdo markazidan xarid qilingan bo‘lib, mobil qurilmada aloqa sifati pastligi va uning internetga ulanish funksiyasi yaxshi ishlamayotganligi iste'molchi e'tiroziga sabab bo‘lgan. Iste'molchining bu borada sotuvchiga qilingan murojaatiga boshqa sim kartalarni qo‘yib ishlatib ko‘rish bo‘yicha maslahat berilgan. Boshqa sim kartalarni qo‘yib ishlatib ko‘rilganda ham muammo bartaraf bo‘lmagan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, sotuvchi zimmasida oldi-sotdi jarayonida iste'molchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish majburiyati, iste'molchi zimmasida esa, shartlashilgan pulni to‘lash majburiyati bo‘ladi. Agar ushbu jarayonda iste'molchiga nuqsonli tovar sotilgan bo‘lsa, u mazkur tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berilishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Nuqsonli tovarni almashtirib berish ishlari qonunchilikda belgilangan muddatlar ichida amalga oshirilishi shartdir.

O‘rganish ishlari jarayonida sotuvchiga qonunchilikning yuqoridagi talablari yuzasidan, shuningdek qonun talablarini bajarmaslik keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar olib borildi. Olib borilgan ishlar esa nuqsonlari mavjudligi da'vo qilingan mobil qurilmani xuddi shu rusumdagi, maqbul sifatdagisiga almashtirilishi bilan yakun topdi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
….— huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimos bayon etilgan murojaat.
Anonymous Quiz
21%
Shikoyat
63%
Ariza
13%
Taklif
4%
Elektron murojaat
⚡️O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchi sifatida Sizning huquqlaringiz himoyachisi! Huquqlaringiz buzilgan hollarda

📳 1091
O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi qisqa ishonch raqami

📳 71 294-52-28
Toshkent shahar hududiy birlashmasi

📳 55 902-70-74
Toshkent viloyat hududiy birlashmasi

📳 73 244-51-98
Farg’ona viloyat hududiy birlashmasi

📳 74 223-20-50
Andijon viloyat hududiy birlashmasi

📳 65 223-85-85
Buxoro viloyat hududiy birlashmasi

📳 95 601-10-91
Qoraqalpog’iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi

📳 75 221-30-06
Qashqadaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 79 223-03-21
Navoiy viloyat hududiy birlashmasi

📳 72 226-32-33
Jizzax viloyat hududiy birlashmasi

📳 55 651-10-91
Sirdaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 62 223-08-16
Xorazm viloyat hududiy birlashmasi

📳 88 593-93-80
Namangan viloyat hududiy birlashmasi

📳 76 223-50-35
Surxondaryo viloyat hududiy birlashmasi

📳 66 231-01-72
Samarqand viloyat hududiy birlashmasiga murojaatingizni qoldiring.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
#tizim_faollari

O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi raisi Mutaxarov Jahongir Umidovich

Tug’ilgan yili va joyi: 1978-yil 26-may sanasida Buxoro viloyat Buxoro tumani O’zbakon qishlog’ida ziyoli oilada tavallud topgan.

Ma’lumoti: oliy ma’lumotli, mutaxassisligi iqtisodchi.

Oilaviy holati: Oilali, 3 nafar farzandning otasi.

Shiori: Yolg’on va aldovlarsiz boshlangan harakat barakali bo’ladi.

Hobbi, qiziqishlari: Yevropa mamlakatlariga tajriba almashuv maqsadida sayohat qilish.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Shartnomada belgilangan muddatda topshirilmagan ko’p qavatli uy uchun to’langan to’lov taqdiri nima kechadi?

Oramizda aksariyat ikkinchi fuqaro yangi uy-joy xarid qilish bilan bog’liq muammoga duch kelgan. Ayrim holatda muammo quruvchi tashkilotlar tomonidan ko’p kvartirali uy-joylarning vaqtida topshirmaslik yuzasidan bo’lsa, qurilish jarayoni sifatsizligi tanganing ikkinchi tomoniga aylangan.

Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Q tuman markazida ko’p qavatli uy-joy qurayotgan “O Stroy” MChJ bilan shartnoma imzolab, ikki xonali xonadonga buyurtma bergan, 360 000 000 so’m to’lov qilgan. Ammo shartnoma muddatida xonadon iste’molchiga topshirilmagan, iste’molchi o’z huquqlarini sud orqali himoya qilish maqsadida O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro tuman jamiyati orqali murojaat qoldirgan.

Jamiyat xodimlari tashabbusi bilan Buxoro tumanlararo FIB sudiga da’vo arizasi kiritilishi natijasida javobgar “O Stroy” MChJ dan iste’molchi foydasiga kechiktirilgan muddat uchun 180 000 000 so’m moddiy-ma’naviy zarar undirilib, xonadon tayyor holda topshirilishiga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Tilla buyumidagi nuqson bartaraf etildi

Ma’lumki, azaldan zargarlik buyumlari ayollar go‘zalligiga go‘zallik baxsh etib, ularning siymosini yanada nafis va jozibador ko‘rsatishga xizmat qilib kelgan. Shu bois, bunday buyumlarning sifati va nafisligi xaridorlar uchun nihoyatda muhim sanaladi. Ayniqsa, yaqinlariga sovg‘a tariqasida taqdim etiladigan tilla taqinchoqlarning har bir detali xaridorda alohida taassurot uyg‘otishi kerak.

Karmana tumani, Toshrabot MFYda yashovchi fuqaro X.A yaqinlariga sovg‘a qilish maqsadida Navoiy shahrida joylashgan "N S kompleksi"dagi savdo do‘konidan umumiy qiymati 6 900 000 so‘m bo‘lgan zargarlik tilla taqinchoqlarini xarid qilgan. Biroq, mazkur buyumlarda nuqson mavjudligi aniqlangan.

Fuqaro bu masala yuzasidan savdo do‘konining rahbariga murojaat qilgan bo‘lsa-da, murojaat hech qanday sababsiz javobsiz qoldirilgan.

Mazkur murojaat Navoiy shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, savdo do‘koni mutasaddilari tomonidan zargarlik buyumlaridagi kamchiliklar bepul ravishda bartaraf etib berilishiga erishildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz