O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.35K subscribers
4.86K photos
333 videos
48 files
3.14K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️Zarafshon shahrida iste’molchilar huquqlari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

2025-yil 13-may kuni Zarafshon shahrida joylashgan “Mega Sentr” savdo va ko‘ngilochar majmuasining 250 o‘rinli kinoteatr zalida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Zarafshon shahar jamiyati tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbir “Mega Sentr” rahbariyatining tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda “Mega Sentr”, “Oila Market”, “Gold Mart” va “Eddo” filiallarining xodimlari ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning huquqlari, sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari, shuningdek, ushbu sohadagi amaldagi qonunchilik asoslari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir jonli va interaktiv tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar soha mutaxassislariga o‘z faoliyatlarida uchrayotgan holatlar bo‘yicha qiziqtirgan savollarini yo‘llab, atroflicha javoblar olishdi. Shuningdek, ular Federatsiya faoliyati haqida ham kengroq tushunchaga ega bo‘lishdi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Quyosh paneli belgilangan muddatda o’rnatilmagan

Quyosh paneli o‘rnatgan aholi tomonidan o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 so‘mdan subsidiya beriladi, yaʼni davlat elektrni aholidan 1000 so‘mdan sotib oladi.

Davlat tomonidan yaratilgan bu imkoniyotdan tog'ri foydalanish maqsadida ise'molchi A.S shu yilning 7 aprel kuni Nukus tumanida ish olib boruvchi "Tas Tex Savdo" MCHJ bilan quyosh panelini o'rnatib berishga kelishib shartnoma tuzadi. Shartnoma asosida tadbirkorning hisob raqamiga 12 800 000 so'm mablag' oʻtkazilgandan 1 oy o'tib ham quyosh panellari oʻrnatib berilmagan.

Isteʼmolchilik huquqlarini toʼla anglagan fuqaro amaliy yordam soʼrab, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091-Ishonch telefoniga murojaat qoldirgan. Nukus tumani jamiyati xodimlari aralashuvi bilan murojaat joyiga chiqib oʼrganilishi natijasida, iste'molchi A.S ning hamda yana 2ta mahalladoshlarining ushbu tadbirkor bilan tuzgan shartnomasi bo'yicha (har biri 12 800 000 so'mlik) quyosh panellari o'rnatilib, murojaat ijobiy hal etildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Tibbiy xizmat ko’rsatuvchi hamda dori-darmon vositalarini realizatsiya qilayotgan subyektlarida qanday kamchiliklar mavjud?

Iste’molchilarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini kafolatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, joylarda mavjud kamchiliklarni tizimli bartaraf etish hamda qonunchilik targ’ibotini amalga oshirish maqsadida Buxoro viloyat hududiy birlashmasi, tuman va shahar tarkibiy tuzilmalari tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida sog’liqni saqlash tizimida faoliyat ko’rsatayotgan davlat-nodavlat tashkilotlarida kuzatuv-o’rganish tadbirlari oʼtkazilmoqda.

Qorako’l tuman

Qorako’l tuman jamiyati tomonidan tumandagi Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Yangibozor oilaviy poliklinikasida o’rganishlar davomida shok-extra burchagida ayrim dori-darmonlar ro’yxat bo’yicha to’liq mavjud emasligi aniqlangan. Mas’ullar ishtirokida kamchiliklar to’liq bartaraf etilib, dori-darmon vositalari to’ldirildi.

Vobkent tuman

Vobkent tuman jamiyati tomonidan tumandagi “ M B Darmon” MCHJ tasarrufidagi dorixonalarda olib borilayotgan tadbirlar davomida PQ-185 doirasida dori-darmon va tibbiy buyumlarni saqlash, sotish, ishlab chiqarish talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Asosan, dori-darmon vositalarini issiq ob-havoda +25 C dan oshmagan omborxonalarda, metal stelajlar hamda muzlatgichlarda saqlash maqsadga muvofiqdir.

Jondor tuman

Jondor tuman jamiyati tomonidan tumandagi xususiy dorixonalar faoliyati o’rganilib, imtiyozli, bepul taqdim etiladigan dori-darmonlarning iste’molchilarga yetkazilish jarayoni kuzatildi. Narxlarni sun’iy oshirmaslik yuzasidan ko’rsatmalar berildi.

Romitan tuman

Romitan tuman jamiyati mutaxassislari davlat tibbiyot maskanlari, poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish davomida, muassalarda bepul xizmat toifalari, preyskurant narxnomalar hamda iste’molchilarning huquq-majburiyatlari aks etgan peshlavhalar o’rnatilishini ta’minlamoqda.

Peshku tuman

Peshku tuman jamiyati tomonidan “ SSStom” xususiy korxonasi tasarrufidagi stomotologiya davolash maskanlari o’rganilganda, iste’molchilar burchaklari hamda shok-extra butchagi tashkil etilmaganligi aniqlangan. Tuman jamiyati tavsiyasiga asosan korxona mas’ullari ushbu kamchilikni shu kunning o’zidayoq tuzatishdi.

Olot tuman

Olot tuman jamiyati tomonidan rentgen tekshiruv xususiy davolash maskanlarida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar jamoatchilik nazorati tartibida o’rganildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Iste’molchi manfaatlari sudda himoya etildi

Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sud hay'atiga Toshkent shahar hududiy birlashmasi Mirzo Ulug'bek tuman jamiyati a'zosi Sh.Rning murojaati yuzasidan davo ariza kiritildi.

Davo arizasida iste'molchi Sh.Rning “F H” MCHJ tomonidan iste'molchi manfaatlarii buzilganligi, ko'p qavatli turar joy binosini belgilangan shartnomaga binoan rasmiylashtirilib berilmaganligi haqida bayon etilgan. Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sud hay'ati tomonidan ochiq sud majlisi bo'lib o'tdi.Sudning hal qiluv qaroriga binoan iste'molchi foydasiga 130 039 120 so'm miqdordagi mablag' “F H” MCHJ korxonasidan undirib berilishi haqida qaror qilindi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
#tayinlov

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisining tegishli buyrug’iga asosan Axmadov Amirxon Akmalovich - Federatsiya Markaziy apparati monitoring va ma’rifiy targ’ibot sho’basi inspektori lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar, Axmadov Amirxon Akmalovich Buxoro viloyat hududiy birlashmasi Huquqiy himoya sho’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (International Organization of Consumers Unions – IOCU), hozirda esa Consumers International deb ataladi, dunyo bo‘yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi nufuzli xalqaro nodavlat tashkilotdir.

📉 Asosiy ma’lumotlar:
Tashkil topgan yili: 1960-yil
Bosh qarorgohi: London, Birlashgan Qirollik
Hozirgi nomi: Consumers International
A’zolari: 100 dan ortiq mamlakatdan 200 dan ziyod iste’molchilar tashkilotlari
Maqsadi: Butun dunyodagi iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqlari haqida xabardorlikni oshirish va global miqyosda adolatli, xavfsiz, barqaror bozorlarga erishish.

♻️Ma’lumot uchun O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Consumers International tashkiloti faol a’zosi hisoblanadi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Мева-сабзавот товарлари транспортнинг очиқ турлари билан ташилганда уларнинг устига ……. бўлиши керак. Нуқталарни тўлдиринг
Anonymous Quiz
33%
бир марталик эластик мато
45%
брезент ёки ўраш материали ёпилган
8%
полителин тенд
14%
юмшоқ полимер
⚡️Tadbirkorlar hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.

Biznes-ombudsman hamda isteʼmolchilar Huquqlarini  himoya qilish Namangan viloyati Hududiy birlashmasi tomonidan  tadbirkorlar va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yoritish maqsadida joriy yilning 14 may kuni Namangan viloyatida OAV va tadbirkorlar hamda ularni nazorat qiluvchi organlar oʻrtasida oʻtkazildi.

Tadbirkorlar tomonidan isteʼmolchilarga yaratilishi kerak boʻlgan sharoitlar va majburiyatlar,
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi natijalari asosida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshirilishi, xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar oʻtkazilmasligi, xavf darajasi oʻrta va yuqori boʻlgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarning oldini olishga qaratilgan profilaktika tadbirlari oʻtkaziladi yoki tekshiruv oʻtkazilishi mumkin ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari  mazmun-mohiyati va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.Tadbir davomida tadbirkorlar hamda nazorat qiluvchi organlar tomonidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz