⚡️Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo'lida muhim tashabbuslar
Surxondaryo viloyatidagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan aholining iste'mol madaniyatini oshirish, fuqarolarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash maqsadida qator davra suhbatlari va o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Oltinsoy tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Oltinsoy tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Biz barchamiz iste’molchimiz” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi. Tadbirda ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlari, ularning vazifalari, tovar va xizmatlardan foydalanishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, Termiz shahar IHHQ jamiyati tomonidan ham 1- va 2-sonli umumta’lim maktablarida shu mavzuda seminarlar tashkil etilib, o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Sariosiyo tuman IHHQ jamiyati esa tumandagi 2- va 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Biz barchamiz iste’molchimiz” va “Iste’molchi qonun himoyasida” shiorlari ostida davra suhbatlari tashkil etdi. Mazkur suhbatlarda yosh avlodga iste’mol madaniyatining asosiy tamoyillari haqida tushuncha berildi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berildi. Mutasaddi tashkilot vakillari fuqarolarga sifatli mahsulotlar xarid qilish, shubhali va sifatsiz mahsulotlardan voz kechish, shuningdek, huquqlari buzilgan taqdirda tegishli idoralarga murojaat etishlari bo‘yicha tavsiyalar berdilar.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz

Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
⚡️Sifatsiz uyali aloqa vositasi sifatlisiga almashtirib berildi.
Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan iste'molchilarnin qonun doirasida manfaatlarini himoya qilish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Iste'molchilar foydasiga korxona va idoralar tomonidan yetkazilgan moddiy zararlar qoplab berilishi bo'yicha tegishli choralar ko'rilmoqda.
Jumaladan Toshkent shahar, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro M.N "OPENSHOP" online savdo platformasi orqali "Iphone 15 pro max" telefon apparatini 15 317 000 so'm evaziga harid qilgan. Ammo maxsulot iste'molchiga yetkazilganda foydalanishga yaroqsiz holatda ekanligi ma'lum bo'lgan. Bir necha bor korxonaga shikoyat qilinganligiga qaramay murojaat korxona tomonidan rad etilgan. Iste'molchi joriy yilning 1-may sanasida yuqorida ko'rsatilgan holat yuzasidan ishonch telefoni orqali ariza qoldirgan.
Toshkent shahar hududiy birlashmasing ma'sul hodimlari tomonidan murojaat tegishli tartibda o'rganilib, korxona rahbariga qonun doirasida holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. O'rganishlar natijasida iste'molchi talabi to'liq qondirilib sarflangan summa iste'molchiga qaytarildi. Yana bir murojaat ijobiy hal etilishiga erishildi.

⚡️Zarafshon shahrida iste’molchilar huquqlari bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi
2025-yil 13-may kuni Zarafshon shahrida joylashgan “Mega Sentr” savdo va ko‘ngilochar majmuasining 250 o‘rinli kinoteatr zalida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Zarafshon shahar jamiyati tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Tadbir “Mega Sentr” rahbariyatining tashabbusi bilan o‘tkazilib, unda “Mega Sentr”, “Oila Market”, “Gold Mart” va “Eddo” filiallarining xodimlari ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning huquqlari, sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari, shuningdek, ushbu sohadagi amaldagi qonunchilik asoslari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir jonli va interaktiv tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar soha mutaxassislariga o‘z faoliyatlarida uchrayotgan holatlar bo‘yicha qiziqtirgan savollarini yo‘llab, atroflicha javoblar olishdi. Shuningdek, ular Federatsiya faoliyati haqida ham kengroq tushunchaga ega bo‘lishdi.

⚡️Quyosh paneli belgilangan muddatda o’rnatilmagan
Quyosh paneli o‘rnatgan aholi tomonidan o‘z ehtiyojidan ortiqcha ishlab chiqarilgan elektrning har bir kilovatti uchun 1 000 so‘mdan subsidiya beriladi, yaʼni davlat elektrni aholidan 1000 so‘mdan sotib oladi.
Davlat tomonidan yaratilgan bu imkoniyotdan tog'ri foydalanish maqsadida ise'molchi A.S shu yilning 7 aprel kuni Nukus tumanida ish olib boruvchi "Tas Tex Savdo" MCHJ bilan quyosh panelini o'rnatib berishga kelishib shartnoma tuzadi. Shartnoma asosida tadbirkorning hisob raqamiga 12 800 000 so'm mablag' oʻtkazilgandan 1 oy o'tib ham quyosh panellari oʻrnatib berilmagan.
Isteʼmolchilik huquqlarini toʼla anglagan fuqaro amaliy yordam soʼrab, Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091-Ishonch telefoniga murojaat qoldirgan. Nukus tumani jamiyati xodimlari aralashuvi bilan murojaat joyiga chiqib oʼrganilishi natijasida, iste'molchi A.S ning hamda yana 2ta mahalladoshlarining ushbu tadbirkor bilan tuzgan shartnomasi bo'yicha (har biri 12 800 000 so'mlik) quyosh panellari o'rnatilib, murojaat ijobiy hal etildi.

⚡️Tibbiy xizmat ko’rsatuvchi hamda dori-darmon vositalarini realizatsiya qilayotgan subyektlarida qanday kamchiliklar mavjud?
Iste’molchilarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini kafolatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, joylarda mavjud kamchiliklarni tizimli bartaraf etish hamda qonunchilik targ’ibotini amalga oshirish maqsadida Buxoro viloyat hududiy birlashmasi, tuman va shahar tarkibiy tuzilmalari tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida sog’liqni saqlash tizimida faoliyat ko’rsatayotgan davlat-nodavlat tashkilotlarida kuzatuv-o’rganish tadbirlari oʼtkazilmoqda.
Qorako’l tuman
Qorako’l tuman jamiyati tomonidan tumandagi Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Yangibozor oilaviy poliklinikasida o’rganishlar davomida shok-extra burchagida ayrim dori-darmonlar ro’yxat bo’yicha to’liq mavjud emasligi aniqlangan. Mas’ullar ishtirokida kamchiliklar to’liq bartaraf etilib, dori-darmon vositalari to’ldirildi.
Vobkent tuman
Vobkent tuman jamiyati tomonidan tumandagi “ M B Darmon” MCHJ tasarrufidagi dorixonalarda olib borilayotgan tadbirlar davomida PQ-185 doirasida dori-darmon va tibbiy buyumlarni saqlash, sotish, ishlab chiqarish talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Asosan, dori-darmon vositalarini issiq ob-havoda +25 C dan oshmagan omborxonalarda, metal stelajlar hamda muzlatgichlarda saqlash maqsadga muvofiqdir.
Jondor tuman
Jondor tuman jamiyati tomonidan tumandagi xususiy dorixonalar faoliyati o’rganilib, imtiyozli, bepul taqdim etiladigan dori-darmonlarning iste’molchilarga yetkazilish jarayoni kuzatildi. Narxlarni sun’iy oshirmaslik yuzasidan ko’rsatmalar berildi.
Romitan tuman
Romitan tuman jamiyati mutaxassislari davlat tibbiyot maskanlari, poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish davomida, muassalarda bepul xizmat toifalari, preyskurant narxnomalar hamda iste’molchilarning huquq-majburiyatlari aks etgan peshlavhalar o’rnatilishini ta’minlamoqda.
Peshku tuman
Peshku tuman jamiyati tomonidan “ SSStom” xususiy korxonasi tasarrufidagi stomotologiya davolash maskanlari o’rganilganda, iste’molchilar burchaklari hamda shok-extra butchagi tashkil etilmaganligi aniqlangan. Tuman jamiyati tavsiyasiga asosan korxona mas’ullari ushbu kamchilikni shu kunning o’zidayoq tuzatishdi.
Olot tuman
Olot tuman jamiyati tomonidan rentgen tekshiruv xususiy davolash maskanlarida iste’molchilarga yaratilgan sharoitlar jamoatchilik nazorati tartibida o’rganildi.

⚡️Iste’molchi manfaatlari sudda himoya etildi
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sud hay'atiga Toshkent shahar hududiy birlashmasi Mirzo Ulug'bek tuman jamiyati a'zosi Sh.Rning murojaati yuzasidan davo ariza kiritildi.
Davo arizasida iste'molchi Sh.Rning “F H” MCHJ tomonidan iste'molchi manfaatlarii buzilganligi, ko'p qavatli turar joy binosini belgilangan shartnomaga binoan rasmiylashtirilib berilmaganligi haqida bayon etilgan. Yakkasaroy tumanlararo fuqarolik ishlari bo'yicha sud hay'ati tomonidan ochiq sud majlisi bo'lib o'tdi.Sudning hal qiluv qaroriga binoan iste'molchi foydasiga 130 039 120 so'm miqdordagi mablag' “F H” MCHJ korxonasidan undirib berilishi haqida qaror qilindi.

#tayinlov
O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisining tegishli buyrug’iga asosan Axmadov Amirxon Akmalovich - Federatsiya Markaziy apparati monitoring va ma’rifiy targ’ibot sho’basi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar, Axmadov Amirxon Akmalovich Buxoro viloyat hududiy birlashmasi Huquqiy himoya sho’basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM