O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
2.63K subscribers
4.7K photos
322 videos
48 files
3.04K links
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali

Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Download Telegram
⚡️Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste'molchilarning ma'lumot olish huquqi ta'minlab berilyaptimi?

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Raqobat boshqarmasi so‘rovi asosida viloyat hududidagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlarida, bozorlar, yirik savdo va ko‘ngilochar markazlar, haoli bilan shartnomaviy va pulli hisob-kitoblar asosida ishlovchi korxona va tashkilotlarda iste'molchilar uchun zarur axborotlarni taqdim etilishi holatlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar, tanlama asosda, aholiga yuqoridagi xizmatlarni ko‘rsatib kelayotgan 52 ta sub'ektlarda o‘tkazildi.

O‘rganishda "Iste'molchilarning uhquqlarini himoya qilish to‘g‘risila"gi qonuni 5-moddasi talablari ijrosi ta'minlanishi, xususan sotuvchi (ijrochi) o‘z tashkilotining firma nomi, uning joylashgan (yuridik) manzili va ish tartibini iste'molchilarga ma'lum qilishi shartligi, bunday ma'lumot lavhada aks ettirilishi lozimligi bo‘yicha majburiyatlarni bajarilishi ko‘rilganda, sub'ektlarning 24 tasida binoning kirish qismida peshlavhasi mavjudligi va u iste'molchilar e'tiboriga davlat tilida havola qilinganligi ma'lum bo‘lgan bo‘lsa, jami 28 ta, shundan Farg‘ona shahri, Qo‘shtepa va Uchko‘prik tumanlarida 1 tadan, Farg‘ona, Quva, Toshloq. Yozyovon, Oltiariq va Beshariq tumanlarida 2 tadan, Quvasoy shahri, Bag‘dod, O‘zbekiston tumanlarida 3 tadan, Rishton tumanida 4 ta sub'ektlarda peshlavhalar umuman qo‘yilmaganligi kuzatildi. Bu esa tanlama asosda o‘rganilgan sub'ektlarning 53,8 % ini tashkil qiladi.

Savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlarining aksariyatida yoki 42 tasida (80,8 %) da qonunning 6-moddasi talablari, ya'ni tovar (ish, xizmat)larning tegishli tartibda tayyorlangan narxnomalari qo‘yilganligi va ularning davlat tilida ekanligi qayd qilingan bo‘lsada, 9 ta sub'ektda, xususan Quvasoy shahri va Oltiariq tumanida 1 tadan, Farg‘ona va Uchko‘prik tumanlarida 2 tadan, Yozyovon tumanida esa 3 ta holatda mazkur talablar bajarilmaganligi kuzatilgan.

Sotuvchi (ijrochi) iste'molchiga tovarlar savdosi, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatishning qoidalari to‘g‘risida iste'molchilarga to‘liq ma'lumot berishi shart va bunday ma'lumot, an'anaga ko‘ra, "Iste'molchi burchagi" yoki "Axborot burchagi" tarzida iste'molchilar e'tiboriga havola qilinishi kerak. Shuningdek, ushbu ma'lumotlar davlat tilida taqdim qilinmog‘i lozim. Mazkur talablar ijrosi o‘rganilgan sub'ektlarning 16 tasida yoki 30,8 % idagina bajarilgan. Toshloq va Uchko‘prik tumanlaridagi 1 ta, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari, Farg‘ona, Quva va Qo‘shtepa tumanlaridagi 2 ta, Quvasoy shahri, Oltiariq, Bag‘dod, O‘zbekiston va Beshariq tumanlaridagi 3 ta, Yozyovon va Rishton tumanlaridagi 4 tadan sub'ektlarda esa ushbu talablar ijrosi ta'minlanmaganligi kuzatildi.

O‘rganish ishlari davomida amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, uning yakunlari bo‘yicha tayyorlangan ma'lumotnoma Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasiga qonuniy chora ko’rish maqsadida taqdim etildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️8 million 500 ming so'mlik nosoz televizor jamiyat aralashuvi bilan yangisiga almashtirildi

To'rtkul tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro X.Z shu tumanda joylashgan savdo markazidan 8 mln 500 ming so'mga 85 dyumli “Toshiba”markali televizor xarid qiladi. Yangi televizorda 10 kun ichida nosozliklar aniqlanib, savdo markazidan yangisiga almashtirib berishligini so'raydi. Ammo savdo xodimlari Iste'molchining talabini bajarmagach, fuqaro 1091 ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Iste'molchining ushbu murojaati To'rtkul tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqilib, iste'molchi va savdo xodimlariga O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida iste’molchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari bayon etilganligi, unga ko`ra, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
- tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
- tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
- tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki iste’molchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan
- xarajatlarini qoplash;
- xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
- shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.


mumkinligi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va olib borilgan huquqiy tushuntirishlardan so’ng iste'molchining  murojaati qanoatlantirilib, nosoz televizor yangisiga almashtirilib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Iste’molchi tushunchasiga eng to’g’ri ta’rif “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunning qaysi moddasida ko’rsatilgan?
Anonymous Quiz
15%
2-moddasi
15%
3-moddasi
53%
1-moddasi
18%
4-moddasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Andijon viloyatida ma’rifiy tadbirlar OAV da yoritilib borilmoqda

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Huquqiy xabardorlik – sifatli xizmat garovi!

“Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni” va me’yoriy hujjatlar asosida iste’molchilarga ayrim ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xizmat ko‘rsatish va ularning huquqlarini himoya qilish maqsadida tuman (shahar) jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘quv seminarlari tashkil etildi.

Shu jumladan Termiz shaharida joylashgan “Akademik Y.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokirinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filialida, Termiz tumandagi 5-32-umumta’lim maktablarida, Oltinsot tumani 2-56-umumta’lim maktablarida, shuningdek Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida va Qiziriq tumani 2-DMT tashkilotida tuman jamiyati raislari tomonidan iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, shuningdek tovar ayirboshlash jarayonida e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan jihatlar, amaldagi qonuning mazmun mohiyati hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ish faoliyati haqida batafsil tushuncha berildi hamda Federatsiyaning 1091- ishonch telefoni orqali yoki tuman jamiyatiga murojaat qilib iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini himoya qilishlari mumkinligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Bundan tashqari bugungi kunda ommalashgan onlayn tovar sotib olish hamda onlayn pul o‘tkazishda e’tibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida ham tushunchalar berib o‘tildi. Yakunida ishtirokchilarning savollariga javob berilib ixtiyoriy ravishta a’zolikka qabul qilindi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Ko’rsatilmagan xizmat uchun chiqarilgan noreal qarzdorlik so’ndirildi

Mingbuloq tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Tumandagi Ingichka MFY Gulzor koʻchasida yashovchi isteʼmolchi M.A yozma ariza bilan murojaat qilgan. Murojaatda bayon etilishicha, isteʼmolchiga “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan 1 254 600 (bir million ikki yuz ellik toʻrt ming olti yuz) soʻm qarzdorlik chiqarilgan.

Isteʼmolchi chiqarilgan qarzdorlikdan norozi boʻlib “Namangan Musaffo Iqlim” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimiga borgan va xizmat mashinalari yura olmasligini koʻchasi berk koʻchaligini, isteʼmolchiga xizmat koʻrsatmaganligi bu noreal qarzdorligini tushuntirgan. Tuman xodimlarni isteʼmolchini gaplarini inobatga olmay bu qarzni toʻlashini aytgan. Isteʼmolchi ushbu qarzdorlikdan norozi boʻlgan va jamiyatdan amaliy yordam berishni soʻragan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qabul qilinib oʻz vaqtida joyiga borib oʻrganilganida isteʼmolchiga haqiqatdan ham hozirgi kunga qadar hech qanday xizmat koʻrsatilmagan boʻlib xizmat mashinasi haydovchisi boshqa koʻchaga xizmat koʻrsatilgan boʻlib chiqdi va M.A ga chiqarilgan 1 254 600 (bir million ikki yuz ellik toʻrt ming olti yuz) soʻm noreal qarzdorlik yagona elektron tizimdan qayta hisob-kitob qilib berildi. Isteʼmolchining murojaati oʻrganish jarayonidan soʻng ijobiy hal etib berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Yuksak iste’mol madaniyati sari jamoatchilik vakillarining shiddatlari harakatlari sezilmoqda

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda murojaat madaniyatini shakllantirishda aholi vakillari ishtirokini kengaytirish, qonun va qonunosti hujjatlarini keng targʼib etish maqsadida Buxoro viloyat hududiy birlashmasi, tuman va shahar tarkibiy tuzilmalari tomonidan maʼrifiy tadbirlar, oʼquv seminarlar oʼtkazilmoqda.

Gʼijduvon tuman

Gʼijduvon tuman jamiyati tomonidan tumandagi 2-oʼrta umumtaʼlim maktabida pedagog ishchi-xodimlar ishtirokida davra suhbati oʼtkazilib, isteʼmolchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Vobkent tuman

Vobkent tuman jamiyati tomonidan tumandagi Zarafshon OP da tibbiyot sohasida faoliyat koʼrsatayotgan ishchi-xodimlar bilan birma-bir muloqotlar oʼtkazilib, isteʼmolchi sifatidagi huquq va majburiyatlari tushuntirilmoqda.

Jondor tuman

Jondor tuman jamiyati tomonidan tumandagi Sogʼliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi hususiy davolash maskanlari ishchi-xodimlari bilan targʼibot yigʼilishlari olib borilib, ixtiyoriy tashabbus bildirgan xodimlar federatsiya aʼzoligiga qabul qilinmoqda.

Romitan tuman

Romitan tuman jamiyati tomonidan nodavlat Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Isteʼmolchilar huquqlari qonun himoyasida” shiori ostida oʼquv seminarlari olib borilmoqda. Jumladan, “Quyoshcha” NMTT da o’quv-seminarlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Peshku tuman

Peshku tuman jamiyati tomonidan 3-,4-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida targʼibot dasturlari doirasida ishchi-xodimlar ishtirokida qator davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Oʼndan ortiq muassasalarda olib borilayotgan maʼrifiy tadbirlar davomida fuqarolardan qator murojaatlar kelib tushdi.

Olot tuman

Olot tuman jamiyati tomonidan olib borilgan targ’ibot tadbirlari davomida Markaziy Poliklinika ishchi-xodimlari federatsiya a’zoligiga ixtiyoriy ravishda qabul qilindi.

Qorako’l tuman

Qorako’l tuman jamiyati tomonidan 50-DMTT da o’tkazilgan tadbir davomida onlayn savdo borasida qator murojaatlar qayd etilib, ushbu muammolarni bartaraf etishda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Mebel uchun to'langan 4 mln 200 ming so'm mablag' iste'molchiga qaytarildi

Mebel inson hayotining ajralmas qismi bo'lib, uyda qulaylik va zamonaviylikni ta'minlaydi. Shu bois ko'pchilik sifatli mebel olishga intiladi. Ammo ba'zan xarid qilingan mahsulot yoki xizmat kutgan natijani bermasligi mumkin.
Bunday holatlarda iste'molchilar o'z huquqlarini himoya qilish uchun murojaat qoldiradi.

Batafsil aytganimizda, Qong'irot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro shu tumandagi mebel ustasiga mebel yasatish uchun buyurtma beradi hamda 4 mln 200 ming so'm bo'lgan pulini oldindan to'lab ketadi. Mebel ustasi tayyor bo'lgan mebelni bir qismini buyurtmachi uyiga olib kelib asosiy buyurtmachi yo'qligida o'rnatib ketadi. Iste'molchi kelib mebelni ko'zdan kechirganida eshiklari to'g'ri yopilmayotganligini, material qoldiqlaridan yasalganligini ko'rib, ustaga qo’ng'iroq qilib ko'ngildagidek yasalmaganini aytadi.
Mebel ustasi mebelni boshqa ikkinchi bo'lagini olib kelganida to'g'rilab berib ketishga vada beradi. Ammo, usta o'z vaqtida kelmaydi, qo'ng'iroqlar foydasi bo'lmaydi. Iste'molchi bo'lib o'tgan bu masalalardan song 1091 ishonch telefoniga murojaat qiladi.

Iste'molchining ushbu murojaati Qong'irot tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilib chiqilib, qonun hujjatlariga asosan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida iste'molchining  mablag'i to’liq qaytarildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
⚡️Iste’mol madaniyatini oshirish orqali jamoatchilik salomatligini mustahkamlash borasida online yig’ilish tashkil etildi

Bugun, O’zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirokida iste’mol madaniyatini bosqichma-bosqich oshirish chora-tadbirlari ijrosi, jismoniy shaxslar murojaatlari bilan ishlashda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o’rganishlar olib borish mexanizmlari hamda ustuvor loyihalar yo’l xaritalarini tashkil etish yuzasidan barcha hududiy birlashma rahbarlarini jalb etgan holda masofaviy-online yig’ilish o’tkazildi.

Yig’ilish davomida yoz mavsumida bozorlarda hamda savdo komplekslarida oziq-ovqat savdo tashkil etishda qonun normalariga amal qilish, iste’molga yaroqsiz, sifati past, sertifikatlanmagan, uy sharoitida tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining realizatsiya qilinishi oldini olish borasida hudud rahbarlariga zaruriy ko’rsatma-topshiriqlar berildi.

Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz