O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o'rinbosari-ijrochi direktor J.Hamroyev va Federatsiyadan Buxoro viloyatiga biriktirilgan vakil A.Salayev ishtirok etib, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy – tahliliy ko‘rib chiqildi.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli ravishda o‘rganish va hal etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga e’tibor qaratish, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari moddiy texnik bazasini mustahkamlash kabi qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz

Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
⚡️Federatsiya tomonidan Buxoro viloyatiga biriktirilgan vakil A.Salayev tuman jamiyatlari faoliyati bilan tanishdi
Bugun, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan Buxoro viloyati hududiy birlashmasiga biriktirilgan vakil A.Salayev viloyatning qator tumanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Jondor tuman jamiyatiga tashrif buyurib, murojaatlar va ularning qaydnoma hujjatlari, o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv-o‘rganish tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan yuborilgan tavsiyaviy xatlar holati, federatsiya a’zoligiga qabul qilishda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining tushuntirish va ko‘rsatmalarini aytib o‘tdi.
Navbatdagi manzil Qorako‘l tuman jamiyati bo‘lib, jamiyat xizmat xonasini jihozlash tartibi, hujjatlar tayyorlash va tartibga solish, ishchi-xodimlarning kasb majburiyati mas’uliyat bilan yondashishi borasida fikr almashildi.
A.Salayev boshchilik ishchi-guruh Olot tumanida joylashgan “Iste’molchilar uyi” ma’muriy binosida ham bo‘lib, ish sifati hamda erishilgan yutuqlar borasida to‘xtaldi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish borasida tavsiya va takliflar berildi.

Iste'molchi o‘n olti million so‘mlik “bosh og‘rig‘i”dan xalos bo‘ldi
Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning “Miltiqsoz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O‘.Q.ning shartnoma qiymati 16 634 000 so‘m bo‘lgan tillo taqinchoqlarni iste'mol krediti shartlarida xarid qilmoqchi bo‘lgani va keyinchalik bu yo‘nalishda kelib chiqqan muammolar bilan bog‘liq holat yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi 2024-yilning dekabr oyida shahardagi savdo majmualaridan birida zargarlik buyumlari savdosi faoliyatini olib borayotgan “Ch. J.” MChJ sotuvchilaridan muddatli to‘lov shartlarida tilla taqinchoqlar sotib olmoqchi bo‘lgan. Shartnoma rasmiylashtirilishi jarayonida iste'molchining kredit tarixi bilan tanishilganda uning ballari kredit ajratilishiga monelik qiluvchi darajadaligi ma'lum bo‘lgach, qizining tavallud kuniga sovg‘a qila olmasligidan tushkunlik kayfiyatiga tushib qolgan iste'molchiga sotuvchi tomoni tovarni boshqa usulda xarid qilishni, ya'ni “Yacheyka” muddatli to‘lov usuli mavjudligi, unga ko‘ra tanlangan tilla taqinchoqlar o‘ralib, muhrlanib, do‘konning seyfiga qo‘yib turilishi, mijoz tomonidan har oyda kelishilgan miqdordagi pul summasi olti oy davomida to‘lab borilsa, yettinchi oyga o‘tib tovarni olib ketishi mumkinligini aytishgan. Iste'molchi ushbu shartga ko‘ngan bo‘lib, shartnomani imzolab, 453 000 so‘m oldindan to‘lovni ham amalga oshirgan. U yerdan qaytib kelganidan so‘ng o‘tgan bir-ikki kun ichida zargarlik buyumini boshqa joydan xarid qilib, qiziga ham topshirishga ulgurgan iste'molchi “Ch. J.” MChJ bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga urinadi, biroq uning sa'y-harakatlari samarasiz ketadi.
Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish davomida sotuvchi tomoniga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirish va targ‘ibot ishlarini o‘tkazib, iste'molchining muammosini hal qilish yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar esa iste'molchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishiga hamda oldindan to‘lov sifatida olingan 453 000 so‘m pulni iste'molchiga qaytarilishi bilan yakun topdi.

Plastik kartadan ortiqcha yechib olingan mablag‘ egasiga qaytarildi
Paxtachi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Ehtirom" ko‘chasida yashovchi I.T.ning plastik kartasidan “Best oil gaz” MCHJ xodimlari tomonidan ortiqcha yechib olingan mablag‘ni qaytarib olishda qiyinchilikka duch kelayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi avtomobiliga yoqilg‘i quyish maqsadida “Best oil gaz” yoqilg‘i quyish shaxobchasiga boradi. Avtomobil uchun quyilgan yoqilg‘i uchun to‘lovni amalga oshirish jarayonida “Best oil gaz” MCHJ xodimlari tomonidan iste’molchi I.T.ning plastik kartasidan ortiqcha pul yechib olinadi. Fuqaro o‘z navbatida ortiqcha yechilgan mablag‘ni qaytarib berishlarini talab qiladi. Ushbu harakatlari samara bermagach, federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qoldiradi.
Masalaga tuman jamiyati mutaxassislari aralashuvi tezda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatdi va iste’molchidan ortiqcha yechilgan mablag‘ summasi uning bank plastik kartasiga qaytarildi.