⚡️Tibbiy xizmat ko’rsatuvchi hamda dori-darmon vositalarini realizatsiya qilayotgan subyektlar faoliyati o’rganilmoqda
Iste’molchilarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini kafolatlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, joylarda mavjud kamchiliklarni tizimli bartaraf etish hamda qonunchilik targ’ibotini amalga oshirish maqsadida Buxoro viloyat hududiy birlashmasi, tuman va shahar tarkibiy tuzilmalari tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida sog’liqni saqlash tizimida faoliyat ko’rsatayotgan davlat-nodavlat tashkilotlarida kuzatuv-o’rganish tadbirlari oʼtkazilmoqda.
Gʼijduvon tuman
Gʼijduvon tuman jamiyati tomonidan tumandagi Tuman tibbiyot birlashmasi Tug’ruq bo’limida jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o’rganish tadbiri olib borildi. O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga ko’rsatmalar berildi.
Vobkent tuman
Vobkent tuman jamiyati tomonidan tumandagi “Dori-darmon” AJ tasarrufidagi dorixonalarda olib borilayotgan tadbirlar davomida PQ-185 doirasida dori-darmon va tibbiy buyumlarni saqlash, sotish, ishlab chiqarish talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Asosan, dori-darmon vositalarini issiq ob-havoda +25 C dan oshmagan omborxonalarda, metal stelajlar hamda muzlatgichlarda saqlash maqsadga muvofiqdir.
Jondor tuman
Jondor tuman jamiyati tomonidan tumandagi Sogʼliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi xususiy davolash maskanlari, dorixonalarda iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko’zdan kechirilib, ayrim dorixonalarda ish grafigi, iste’molchi burchaklari, peshlavhalar ko’rinarli qismlarda, o’zbek tilida chop etilib, o’rnatilmoqda.
Romitan tuman
Romitan tuman jamiyati mutaxassislari davlat tibbiyot maskanlari, poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish davomida, muassalarda bepul xizmat toifalari, preyskurant narxnomalar hamda iste’molchilarning huquq-majburiyatlari aks etgan peshlavhalar o’rnatilishini ta’minlamoqda.
Peshku tuman
Peshku tuman jamiyati tomonidan sog’liqni saqlash sohasida, tibbiyot birlashmasida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-xodimlar bilan muloqotlar tashkil etilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan huquqiy maslahatlar berilmoqda. Iste’molchi huquqiga doir murojaatlar ro’yxatga olinib, vakolat doirasida o’rganilishi ko’zda tutilgan.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz

Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o'rinbosari-ijrochi direktor J.Hamroyev va Federatsiyadan Buxoro viloyatiga biriktirilgan vakil A.Salayev ishtirok etib, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy – tahliliy ko‘rib chiqildi.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli ravishda o‘rganish va hal etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga e’tibor qaratish, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari moddiy texnik bazasini mustahkamlash kabi qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Unda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi o'rinbosari-ijrochi direktor J.Hamroyev va Federatsiyadan Buxoro viloyatiga biriktirilgan vakil A.Salayev ishtirok etib, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy – tahliliy ko‘rib chiqildi.
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni tizimli ravishda o‘rganish va hal etish, ularning huquqiy savodxonligini oshirishga e’tibor qaratish, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari moddiy texnik bazasini mustahkamlash kabi qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇
Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Telegram
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
Murojaat uchun: 📞1091
https://murojaat.istemol.uz
@PotrebitelUz_bot
⚡️Federatsiya tomonidan Buxoro viloyatiga biriktirilgan vakil A.Salayev tuman jamiyatlari faoliyati bilan tanishdi
Bugun, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan Buxoro viloyati hududiy birlashmasiga biriktirilgan vakil A.Salayev viloyatning qator tumanlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Dastlab, Jondor tuman jamiyatiga tashrif buyurib, murojaatlar va ularning qaydnoma hujjatlari, o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv-o‘rganish tadbirlari va ularning natijalari yuzasidan yuborilgan tavsiyaviy xatlar holati, federatsiya a’zoligiga qabul qilishda amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib, o‘zining tushuntirish va ko‘rsatmalarini aytib o‘tdi.
Navbatdagi manzil Qorako‘l tuman jamiyati bo‘lib, jamiyat xizmat xonasini jihozlash tartibi, hujjatlar tayyorlash va tartibga solish, ishchi-xodimlarning kasb majburiyati mas’uliyat bilan yondashishi borasida fikr almashildi.
A.Salayev boshchilik ishchi-guruh Olot tumanida joylashgan “Iste’molchilar uyi” ma’muriy binosida ham bo‘lib, ish sifati hamda erishilgan yutuqlar borasida to‘xtaldi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda innovatsion loyihalarni amalga oshirish, raqamli texnologiyalardan keng foydalanish borasida tavsiya va takliflar berildi.

Iste'molchi o‘n olti million so‘mlik “bosh og‘rig‘i”dan xalos bo‘ldi
Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning “Miltiqsoz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O‘.Q.ning shartnoma qiymati 16 634 000 so‘m bo‘lgan tillo taqinchoqlarni iste'mol krediti shartlarida xarid qilmoqchi bo‘lgani va keyinchalik bu yo‘nalishda kelib chiqqan muammolar bilan bog‘liq holat yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi 2024-yilning dekabr oyida shahardagi savdo majmualaridan birida zargarlik buyumlari savdosi faoliyatini olib borayotgan “Ch. J.” MChJ sotuvchilaridan muddatli to‘lov shartlarida tilla taqinchoqlar sotib olmoqchi bo‘lgan. Shartnoma rasmiylashtirilishi jarayonida iste'molchining kredit tarixi bilan tanishilganda uning ballari kredit ajratilishiga monelik qiluvchi darajadaligi ma'lum bo‘lgach, qizining tavallud kuniga sovg‘a qila olmasligidan tushkunlik kayfiyatiga tushib qolgan iste'molchiga sotuvchi tomoni tovarni boshqa usulda xarid qilishni, ya'ni “Yacheyka” muddatli to‘lov usuli mavjudligi, unga ko‘ra tanlangan tilla taqinchoqlar o‘ralib, muhrlanib, do‘konning seyfiga qo‘yib turilishi, mijoz tomonidan har oyda kelishilgan miqdordagi pul summasi olti oy davomida to‘lab borilsa, yettinchi oyga o‘tib tovarni olib ketishi mumkinligini aytishgan. Iste'molchi ushbu shartga ko‘ngan bo‘lib, shartnomani imzolab, 453 000 so‘m oldindan to‘lovni ham amalga oshirgan. U yerdan qaytib kelganidan so‘ng o‘tgan bir-ikki kun ichida zargarlik buyumini boshqa joydan xarid qilib, qiziga ham topshirishga ulgurgan iste'molchi “Ch. J.” MChJ bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishga urinadi, biroq uning sa'y-harakatlari samarasiz ketadi.
Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni o‘rganish davomida sotuvchi tomoniga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tegishli tushuntirish va targ‘ibot ishlarini o‘tkazib, iste'molchining muammosini hal qilish yuzasidan muzokaralar olib bordilar. Muzokaralar esa iste'molchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishiga hamda oldindan to‘lov sifatida olingan 453 000 so‘m pulni iste'molchiga qaytarilishi bilan yakun topdi.