This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ronaldo va Luka Modrich haqida
Ular meni tanishmaydi. 8 milliard odam ichida borligimni bilishmaydi. Hech qachon ko’rishmaganman, hech qanday suratga tushmaganman. Ularning hayotida men yo’qman. Lekin menikida ular bor edi.
Hayotimning qaysidir davrida ularning o‘yini, harakati, g’alabasi dardimga malham bo‘lgan. Birinchi bor yig‘laganimda, balki ekran ortida ularning g‘alabasi meni ovutgandir. Umidim so‘nayotgan pallada, ular qayta kurashib g‘alaba qilganini ko‘rib, ichimda bir narsa yonib ketgandir.
Ular meni tanimaydi. Lekin men ularni tanib ulg‘aydim.
Men ularni tanib sabrni o‘rgandim.
Ularni tanib kamtarlikni, kurashni o’rgandim
Luka Modrich bolaligida urush ichida to‘p tepgani, oyoqlariga tosh yopishib yugurgani ammo hech qachon orzusidan voz kechmagani.
Ronaldo har kuni o‘zini yengib, yana bir pog‘onaga ko‘tarilgani, hech qachon yetarli demagani
Ularni tanib, yuragimda joy ochganman.
Shunchaki futbolchi emas ular bolaligimning orzusi, yoshligimning ilhomi, hayotimning jim o‘qituvchilari edi.

🔥5👍2❤1😢1
Jim yur!
Johillardek yurma
Birovga qattiq gapirma
Qo’ling ko’ksingda bo’sin.
J.O.
Johillardek yurma
Birovga qattiq gapirma
Qo’ling ko’ksingda bo’sin.
J.O.
🔥5❤3👍3
Gut feeling – ichki sezgi kuchi
Ba’zan biz qaror qabul qilayotganda mantiqiy dalillarni emas, ichki sezgimizni tinglaymiz. Ingliz tilida bu holatni “gut feeling” deb atashadi. So‘zma-so‘z tarjimasi “ichak sezgisi” bo‘lsa ham, aslida u insonning ichidan keladigan ishonch yoki ogohlantirishni anglatadi.
Gut feeling ko‘pincha tajriba, ong ostidagi bilim va sezgirlikka tayanadi. Masalan, siz biror odamni birinchi marta ko‘rganda unga ishonish yoki ishonmaslik hissi tug‘ilishi mumkin. Yoki qaror qabul qilishda barcha ma’lumotlarni tahlil qilmasdan to‘g‘ri yo‘lni tanlash hissi paydo bo‘ladi.
Ilmiy jihatdan qaraganda, gut feeling – miyamizning ilgari to‘plagan tajriba va xotiralarni tezkor qayta ishlashi natijasi. Shuning uchun u ko‘pincha to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Lekin har doim ham sezgilarga tayanish xavfsiz emas, chunki hissiyotlar ba’zan bizni chalg‘itishi ham mumkin.
Savol tug‘iladi: qaror qabul qilishda qaysi biri muhimroq – mantiqmi yoki ichki sezgimi? Siz ko‘proq qaysi biriga tayanasiz? Fikringizni kommentda yozib qoldiring.
@isroillive

⚡3👏1👌1💯1
Mindfulness
Bugun hayotimiz juda tezkor. Har kuni minglab fikrlar, rejalardan boshi berk ko‘chaga tushib qolamiz. Ko‘pincha o‘tgan xatolar haqida o‘ylaymiz yoki kelajakdagi muammolardan xavotirlanamiz. Natijada esa hozirgi onni his qilishni unutib qo‘yamiz.
Ingliz tilida buni o‘rganish va amalda qo‘llash uchun bir ibora bor -mindfulness. Oddiy qilib aytganda, bu hozirgi lahzaga e’tibor berishdir. Nafas olayotganingni sezish, qo‘lingdagi piyola choyning issiqligini his qilish, tabiatning tovushlariga quloq solish – bularning barchasi mindfulness.
Bu oddiy ko‘ringan amaliyot inson hayotida katta o‘zgarishlar qiladi: stress kamayadi, diqqat jamlanadi, kayfiyat ko‘tariladi. Qalb ham, ong ham tinchlanadi.
Siz hech bir lahzaga to‘xtab, atrofingizni sezishga harakat qilganmisiz?

❤5🔥2👏2
Bu yilning hisobiga o‘qigan birinchi kitobim — “Ulamolar nazdida vaqtning qadri”.
Oxirgi paytlarda ko‘p ishlar bilan ovora bo‘lib, kitob o‘qishga e’tibor bermay qo‘ydim. Shu sababli qancha zarar ko‘rganimni, vaqtimni qanchalik bekorga sarflaganimni his qildim.
Bu kitob menga vaqtning asl qadri haqida yana bir bor chuqur o‘ylashga majbur qildi. Ulamolar vaqtni eng buyuk ne’mat deb bilishgan. Yo‘qotilgan pul yoki mol qaytishi mumkin, lekin ketgan vaqt hech qachon ortga qaytmaydi.
Endi hayotimni yanada samarali, foydali va mazmunli o‘tkazishga qaror qildim. Har bir kunimni qadriga yetishga, vaqtimni to‘g‘ri boshqarishga va uni haqiqiy foydaga sarflashga harakat qilaman.
Vaqt — eng katta boylik. Uni qadrlay olsakgina, hayotimizning haqiqiy mazmunini topamiz.

🔥4⚡2
Common Sense – Oddiy Aql
Common sense — bu odamlarning kundalik hayotda qaror qabul qilishida, muammolarni hal qilishida yoki vaziyatni baholashida foydalanadigan tabiiy, amaliy aql. Uni ko‘pincha “insonning tabiiy mantiqi” deb ham atashadi.
Xususiyatlari
Kitob yoki ilmiy bilimlarsiz ham ishlaydi.
Tajriba va kuzatuv asosida shakllanadi.
Odamlarga tez va amaliy qaror qabul qilishga yordam beradi.
Hayotiy misollar
Sovuq havoda ko‘chaga chiqayotganda kurtka kiyish — bu common sense.
Ko‘chada mashina yaqinlashsa, to‘xtab o‘tib ketishini kutish — bu ham common sense.
Afzalligi
Common sense odamlarga murakkab vaziyatlarda oddiy va samarali yo‘lni tanlashga yordam beradi.
Cheklovi
Har doim ham common sense to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Masalan, ilm-fanda ayrim narsalar common sense’ga zid bo‘lishi mumkin. Yer aylanishi yoki kvant fizikasidagi hodisalar oddiy aql bilan emas, balki chuqur ilmiy tushuntirish bilan anglashiladi.
Common sense — bu hammamizda mavjud bo‘lgan kundalik hayotiy mantiq. U odamlarni to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘naltiradi, lekin uni ilmiy bilimlar bilan to‘ldirish yanada foydali.
Lekin bir haqiqat bor: common sense is not common. Masalan, ba’zi odamlar liftda chiqishdan oldin ichkaridagilar chiqib olishini kutish o‘rniga, darrov kirishga harakat qiladi. Shu payt common sense hammada ham ishlamaydi.

🔥10
Resilience — bu qiyinchilikdan keyin tiklana olish qobiliyati. Lug‘atda oddiy so‘zdek ko‘rinadi, lekin hayotda u insonning eng katta kuchini ifodalaydi.
Men buni talabalik davrimda yaqqol his qilganman. Birinchi kursdagi imtihonlardan kutilgan natijani ololmaganman va bu meni ancha tushkun qilgan. Lekin vaqt o‘tib, ko‘proq o‘qishga, mashq qilishga, xatolarimni to‘g‘rilashga harakat qildim. Natijada keyingi imtihonlarda yaxshiroq natijaga erishdim.
Mana shu tajriba menga resilience faqatgina sabr emas, balki yiqilgandan keyin yana turish qobiliyati ekanini o‘rgatdi.

❤3🔥3⚡1💋1
Ko‘plab davlatlarda kitoblar taqiqlanayotgan bir paytda…
Finlandiya maktab o‘quvchilariga soxta yangiliklar va targ‘ibotni qanday aniqlashni o‘quv dasturining bir qismi sifatida o‘rgata boshladi.
Finlandiyadan ibrat olsak arziydi.
Axborot asrida biz ko‘radigan va eshitadigan narsalarning hammasi ham to‘g‘ri emas. Farzandlarimizni ham, o‘zimizni ham yolg‘on xabarlardan himoya qilishning eng yaxshi yo‘li – tanqidiy fikrlashni o‘rganish va tekshirilmagan ma’lumotga ishonib ketmaslikdir.
Haqiqatni yolg‘ondan ajrata olish – bugungi kunda eng zarur ko‘nikmalardan biridir.

🔥6👏2⚡1
Tabriklar.
Bugungi kunda ko‘pchilik tug‘ilgan kun yoki boshqa bayramlarda tabrik yozish o‘rniga tayyor matnlarni ChatGPT yoki boshqa sun’iy intellektdan olib yuborishga odatlanib qoldi. Ba’zilar esa shunchaki umumiy videolarni tashlab qo‘yish bilan cheklanadi. To‘g‘risi, bu juda tez va qulay ko‘rinsa-da, aslida samimiylikni yo‘qotib qo‘yadi.
Tabrik — bu yurakdan chiqqan tilak. U insonning o‘zi haqida o‘ylab, unga vaqt ajratib yozilganida qadrli bo‘ladi. Oddiygina ikki og‘iz, hatto grammatik jihatdan mukammal bo‘lmasa ham, chin dildan yozilgan so‘z tayyor matndan ko‘ra ko‘proq iliqlik beradi.
Yana bir narsani aytmoqchiman: men ko‘pincha tabriklarni o‘qib, ularning ChatGPT yordamida yozilganini bir qarashdayoq sezib qolaman. Chunki samimiylik bilan yozilgan matn bilan sun’iy intellektning “ideal” jumlasi orasidagi farq juda yaqqol bilinadi.
Shuning uchun, agar kimnidir chin dildan quvontirmoqchi bo‘lsangiz, samimiy bo‘ling.
Bayram muborak aziz Ustozlar.

❤7🔥1
“Gamer Lean” degan atama aslida geymerlar orasida paydo bo‘lgan. O‘yin boshida odam stulga suyangancha bemalol o‘tiradi, lekin vaziyat jiddiylashganda u beixtiyor oldinga egilib, butun e’tiborini ekranga qaratadi. Bu tana holati uning butun kuchi va diqqatini ishga solayotganidan darak beradi.
Hayot ham xuddi shunday. Har kuni biz bo‘shroq, oddiyroq yashashimiz mumkin, lekin muhim lahza kelganda, inson ichidagi kuch uyg‘onadi. O‘zini oldinga tashlab, bor imkoniyatini ishga soladi. Aynan shunday vaziyatlarda odamning haqiqiy kuchi va kimligi bilinadi.

❤5🔥3
A wise man once said:
• Cry has 3 letters but so does ‘Joy’
• Hate has 4 letters but so does ‘Love’
• Lying has 5 letters but so does ‘Truth’
• Failure has 7 letters but so does ‘Success’
• Enemies has 7 letters but so does ‘Friends’
• Negativity has 10 letters but so does ‘Positivity’
Life is two sided.
“CHOOSE THE BETTER SIDE OF IT.”

🔥7👏1
ChatGPTdan chiqqan jon yo‘q postlar haqida...
So‘nggi paytlarda Telegram’da bir xil ohangda, bir xil uslubda yozilgan mukammal postlar ko‘paydi. Har bir so‘zi silliq, har bir verguli joyida, lekin o‘qiganda yurak qizimaydi. Chunki bu postlarni odam yozmgan.
Muammo ChatGPT’da emas u vosita xolos. Muammo shundaki, ko‘pchilik yozuvchilar endi o‘ylamaydi. His qilmaydi. Fikrni emas, matnni tayyorlaydi.
Natijada inson yozganidek tuyuladigan, lekin jon yo‘q, hissiyot yo‘q, ruh yo‘q postlar paydo bo‘lmoqda.
Ba’zilar buni professional kontent deb o‘ylaydi, aslida esa bu steril matn — rangsiz, hidsiz, haroratsiz. Har bir jumla to‘g‘ri, lekin birortasi ta’sirli emas.
ChatGPT yozgan postni tanish oson:
Shunchaki mukammal.
Hammasi “rasmiy lekin yurakka tegmaydi.
Oxirida siz nima deb o‘ylaysiz? degan majburlangan savol bilan tugaydi.
Kontent bu odamlar orasidagi aloqa. Agar unda yurak bo‘lmasa, u post emas, fayl xolos.
Shuning uchun, agar post yozmoqchi bo‘lsang — ChatGPT emas, o‘zingni ishga sol. Fikr qil, his qil, yoz. Xato bo‘lsin — lekin tirik bo‘lsin.

⚡5👍3😢1
Forwarded from Jony Academy - Telegram kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇬🇧 Ingliz tilini o‘rganmoqchimisiz, lekin qayerda va qanday boshlashni bilmayapsizmi?
Hozir ko‘pchilik shu savol ustida bosh qotiryapti…
Biz esa sizni bu muammodan butunlay xalos etamiz.
💡 JONY ACADEMY — STRETINKA FILIALIDA
yangi guruhlarga qabul boshlandi!
👨🏫 Ustoz: Westminster universitetida tahsil olgan, C1 darajali mutaxassis
📍 Joylashuv: qulay va markazda
🎯 Darslar sifati: tezkor natija va ishonchli ta’lim
🕑 Dars vaqti: toq kunlari 14:00–16:00
✨ Ishonchni oqlagan o‘quv markazida — ishonchli ta’lim oling.
🎟 Joylar soni cheklangan — atiga 15kishi!
@JonyAcademy

👏4❤3⚡2👍1
Erkak kishi hayotida uch marta ulg‘ayadi, deyishadi. Bu shunchaki gap emas, hayotning sinovlardan o‘tgan haqiqatidir.
Birinchi marta — uylanganda.
Erkak o‘sha paytda o‘zidan tashqari yana bir qalb uchun mas’ul bo‘lishni his qiladi. Qarorlar endi faqat “men uchun” emas, balki “biz uchun” bo‘ladi. Yelkasiga mas’uliyat qo‘shiladi, qalbi esa biroz kattaroq bo‘ladi.
Ikkinchi marta — farzandli bo‘lganda.
Bola tug‘ilgan lahzadan boshlab erkakning ichida yangi olam ochiladi. U endi bir umrga otadir. Har kuni o‘ylashi, rejasi, harakatlari boshqa ma’noga ega bo‘ladi. Chunki endi uning oldida “qarab o‘sadigan ko‘zlar” bor.
Uchinchi marta — otasidan ayrilganda.
Bu eng og‘iri. Erkak shu paytda hayotning qanchalik jiddiyligini, vaqtning qaytmasligini, suyanchiq bo‘lgan odamning yo‘qligini chuqur his qiladi. Bolalikning so‘nggi bo‘lagi ham shu yerda tugaydi. Shundan keyin erkak haqiqiy ulg‘ayishni boshlab yuboradi.
Hayot bizni shunday tarbiyalaydi — ba’zida baxt bilan, ba’zida og‘riq bilan.
Ammo shu uch holat erkakning kim bo‘lib yetishishini belgilab beradi.

⚡5👍2🔥2👏1
“Built, not rushed.”
Hozirgi davr tezlikni emas, sabrni talab qilyapti.
Ko‘rinish uchun emas, mazmun uchun qilingan ishlar.
Bugun baland ovoz yo‘q.
Lekin har kuni harakat bor.
Kichik, lekin uzluksiz.
Bu vaqt maqtovga boy emas.
Ammo aynan shu payt poydevor qo‘yiladi.
Built, not rushed bu darhol natija kutmaslik.
Charchoq bo‘lsa ham to‘xtamaslik.
Bugun sekin, lekin to‘g‘ri qurish.
Hammasi birdan o‘zgarmaydi.
Lekin har kuni qo‘yilgan bitta g‘isht oxiri mustahkam devorga aylanadi.
Bu yo‘l qisqa emas.
Lekin puxta.
Built, not rushed.
Time will do the rest.

🔥5👏2⚡1
Counter-Strike 2 o’yinining hayot yo’llarimizga bog’liqliklari!
Har narsadan hikmat izlasa bo’lganidek shu o’yindan ham nimadir olish uchun tafakkur qilib ko’rdim
Bu g‘alati tuyulishi mumkin. Lekin Counter-Strike 2’dagi strategiyalarni chuqurroq o‘ylab ko‘rsam, ular hayotda yutish bilan juda o‘xshash ekanini sezish mumkin. O‘yin ekranda bo‘layotgandek ko‘rinadi, ammo undagi qarorlar aslida hayotdagi tanlovlarning kichik ko’rinishi.
Masalan, eco round. O‘yinda bu pul yo‘q payt, qurol olmay sabr qilish davri. Hayotda ham shunday bosqichlar bo‘ladi: imkoniyatlar kam, natija ko‘rinmaydi, boshqalar esa go‘yoki oldinga o‘tib ketayotgandek tuyuladi. Eco round yutqazish emas. Bu o‘zingni saqlab qolish, keyingi kuchli bosqichga tayyorgarlik ko‘rish. Hamma payt urushib bo‘lmaydi, ba’zan kutish ham strategiya.
Ba’zan esa force buy qilishga majbur bo‘lasan. Hayot seni shunday vaziyatga qo‘yadiki, kutib o‘tirishga vaqt yo‘q. Tavakkal qilasan, risk olasan. Bu xavfli, lekin ba’zi paytlar oxirgi imkoniyat ham bo‘lishi mumkin. Muhimi, force buy’ni odatga aylantirib yubormaslik. O‘yinda ham, hayotda ham doim tavakkal qilaverish oxiri sindiradi.
Default o‘yin esa menga shoshilmaslikni o‘rgatgan. Eng kuchli o‘yinchilar har raund shovqin bilan chiqmaydi. Ular vaziyatni o‘rganadi, sabr qiladi, info yig‘adi. Hayotda ham hamma narsani tez e’lon qilish, tez isbotlash shart emas. Ba’zan jim yurib, ichingda o‘sish eng to‘g‘ri yo‘l bo‘ladi.
Execute esa vaqtida bosishni eslatadi. Tayyor bo‘lib turib, qo‘rqib harakat qilmaslik eng katta xato. O‘yinda smoke tashlandi, flash tayyor, jamoa joyida — endi orqaga yo‘l yo‘q. Hayotda ham bilim, reja va imkoniyat yig‘ilib bo‘lganda, qarorni cho‘zish emas, harakat qilish kerak.
CS2 yana bitta muhim haqiqatni ko‘rsatadi: yolg‘iz yutib bo‘lmaydi. Communication bo‘lmasa, eng yaxshi aim ham foydasiz. Hayotda ham to‘g‘ri odamlar, to‘g‘ri maslahat va to‘g‘ri paytdagi bitta gap butun yo‘nalishni o‘zgartirishi mumkin.
Eng muhimi, har raund yangi imkon. O‘yinda yomon raund bo‘ldi deb match tugamaydi. Hayotda ham kechagi xato bugunning hukmi emas. Masala nimada yutqazganingda emas, keyingi bosqichga qanday chiqishingda.
Shu sabab CS2 menga bitta narsani o‘rgatdi: har doim yutib bo‘lmaydi, lekin to‘g‘ri strategiya bilan oxir-oqibat oldinga chiqish mumkin. Hayot ham xuddi shunday. Iste’dod — aim. Ammo ongli qaror va sabr — haqiqiy strategiya. Va strategiyasi bor odam oxirida baribir yutadi.

🔥10⚡3👏3
Oddiy va tushunarli qilib izohlayman
This headline says that a very expensive underground shelter is being built. It is designed for extremely rich people, and it can protect 34 very rich families if the world ends because of a disaster (war, nuclear attack, climate collapse, etc.).
Bu TITLE shuni anglatadiki, juda hashamatli qimmat bunker qurilmoqda. Agar apokalipsis (ya’ni dunyo oxiri, katta falokat) bo‘lsa, 34 ta o‘ta boy oila shu bunker ichida yashab, omon qolishi mumkin.
Luxury — hashamatli, juda qimmat
Doomsday — qiyomat kuni, dunyo oxiri
Bunker — yer osti boshpanasi
Super rich — o‘ta boy odamlar
Survive — tirik qolmoq
Apocalypse — global falokat, dunyo oxiri
Bunday sarlavhalar ko‘pincha ijtimoiy tengsizlikni ko‘rsatadi:
oddiy odamlar xavf ostida qoladi, lekin boylar pul orqali xavfsizlik sotib oladi.
Bu haqida fikringgiz qanday?

🔥3👏2❤1