Ko‘p so‘raladigan savollar (FAQ)
1. Ishdex nima?
Ishdex — bu xodimlarga o‘z ishlagan kompaniyalari haqida fikr va tajriba ulashish imkonini beradigan platforma. Bu orqali boshqa ish izlovchilar kompaniyalar haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishadi, kompaniyalar esa xodimlar fikridan o‘rganish imkonini topadi.
2. Kimlar fikr qoldirishi mumkin?
Ishlab turgan yoki ilgari ishlagan xodimlar kompaniya haqida sharh yozishlari mumkin. Har bir foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari maxfiy saqlanadi.
3. Kompaniyalar haqida qanday fikrlar yoziladi?
Foydalanuvchilar kompaniyadagi ish muhiti, boshqaruv sifati, maosh darajasi, rivojlanish imkoniyatlari, jamoa madaniyati va boshqa muhim jihatlar haqida o‘z tajribalarini bo‘lishishlari mumkin.
4. Fikrlar anonimmi?
Ha. Barcha fikrlar anonim tarzda qoldiriladi. Sizning ism-sharifingiz yoki kontakt ma’lumotlaringiz hech kimga ko‘rinmaydi.
5. Kompaniyalar bu fikrlarga qanday javob beradi?
Kompaniyalar o‘z sahifalarini ko‘rib chiqishlari, foydalanuvchilar fikriga izoh qoldirishlari va kerakli yaxshilanish choralarini ko‘rishlari mumkin.
6. Ishdexdan qanday foydalanaman?
Saytga kirib, kompaniya nomini qidiring. Agar ro‘yxatda topmasangiz, yangi kompaniya qo‘shish uchun biz bilan bo'glaning. Fikr qoldirish uchun qisqacha ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.
7. Ishdex pullikmi?
Yo‘q. Ishdex’dan foydalanish hozircha bepul. Kelajakda kompaniyalar uchun qo‘shimcha xizmatlar bo‘lishi mumkin.
8. Nega Ishdexga ishonishim kerak?
Ishdex hech bir kompaniya bilan aloqador emas va foydalanuvchilarning fikrini erkin bildirishiga imkon yaratadi. Maqsad — ochiqlik va halollik asosida mehnat bozorini sog‘lomlashtirish.

📢 Endi sharhlarga ovoz berishingiz mumkin!
Endi izohlarga upvote (yoqdi) va downvote (yoqmadi) berish funksiyasi qo‘shildi!
✅ Sizga foydali deb hisoblangan fikrlarni yuqoriga ko‘taring
❌ Noto‘g‘ri yoki noaniq izohlarni pastga tushiring
Fikrlaringiz muhim – ovoz bering va eng foydali sharhlarni aniqlashda yordam bering!

v0.4.0
Qo'shildi:
- Korporativ foydalanuvchilar uchun korporativ sahifasi qo'shildi
- Kompaniya kartochkasida endi o'rtacha reyting ko'rsatilyapdi
- Kompaniyalar sahifasiga reyting bo'yicha sortirovka qo'shildi
Tuzatildi:
- Kompaniyalar sahifasida sohalar dropdown to'g'irlandi
O'zgartirildi:
- Maxfiylik siyosati, Sharh qushish shartlari va foydalanish shartlari o'zgartirildi

💡 IT sohasida ko‘pchilik bilmaydigan haqiqat
Do‘stlar, ko‘pchilik ITda ish topish uchun faqat vakansiya qidiradi. Lekin bilasizmi, ishlarning katta qismi reklama qilinmasdan turib egasini topib bo‘ladi.
Qanday qilib? Juda oddiy:
✔️ Kompaniyadagi xodim do‘stini tavsiya qiladi.
✔️ Rekruterlar o‘zlari kerakli odamni topib qo‘yishadi.
✔️ Ilgari intervyudan o‘tgan, ammo ish bermagan nomzodlarni keyin chaqirishadi.
✔️ Hozirgi xodimni lavozimga ko‘tarib qo‘yishadi.
Natijada, siz ko‘rayotgan vakansiyalar ko‘pincha allaqachon yopilib ketgan bo‘ladi.
Nima qilish kerak?
✅ Tanishlar orttiring, lekin zo‘r berib emas, insoniy aloqa qiling.
✅ LinkedIn va GitHub profilingizni yaxshilang.
✅ Intervyudan keyin aloqa uzmang.
✅ Telegram va boshqa yopiq IT guruhlarda faol bo‘ling.
Xullas, faqat vakansiya kutish — vaqtni boy berish. Ko‘rinish kerak, tanishish kerak, keyin ish o‘zi keladi.

IshDex birlamchi yo'l xaritasi yakuniga yetdi. 🎉
Bugun ajoyib kun. IshDex Munozara chiqishi bilan, loyiha boshlanishidan oldin yaratilgan yo'l xaritasi yakuniga yetdi. O'zim plan qilgan barcha feature`lar saytga qo'shildi.
Barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman, vaqtingizni ayamasdan sharh qoldirganiz yoki takliflar bilan yordam berganingiz uchun.
Endi katta feature`lar qo'shilmaydi, faqat xato va kamchiliklar to'g'irlanadi. Agar takliflaringiz bo'lsa saytimizda takliflar uchun alohida widget mavjud. Biz ularni keyinchalik ko'rib chiqamiz.
Endi loyiha product development`dan boshqa bosqichga utayapdi, bu marketing/onboarding bosqichi. Bu bosqichda diqqat loyihani ko'proq foydalanuvchilarga taqdim etish va tashkilotlarni platformadan foydalanishlariga yordam berishga qaratiladi.
Agar loyihaga yordam bermoqchi bo'lsangiz tanishlaringizga yoki o'zigiz ishlayotgan HR/PR xodimlariga loyiha haqida gapirib bersangiz xursand bo'lar edik.
Hammaga rahmat.

👍2❤1🔥1
Assalomu aleykum,
Sizlarga IshDex`da qoldirilgan sharhlar buyicha Top10 kompaniyalarni havola etamiz.
👉 To'liq ro'yxat