ISFT Research Center
47 subscribers
39 photos
7 videos
16 links
ISFT Research Center for Business and Management Studies
Download Telegram
❤️Biznes va menejment tadqiqot markazi nima?

Markazning maqsad va missiyalari nimadan iborat?

Batafsil ma’lumot yuqoridagi karuselda.

🕊 Telegram 📸 Instagram 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1😍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💭 ISFT institutida boʻlib oʻtgan “Inson. Biznes. Psixologiya. Muvozanat — kelajak energiyasi” xalqaro forumi — bu shunchaki tadbir emas. Bu maydon — amaliy mashg‘ulotlar, fikrlar va tajribalar almashinuvi uchun yaratilgan kuchli platforma bo‘ldi!


🔺 10 ta davlat, 15 ta shahardan tashrif buyurgan xorijiy mutaxassislar hamda 20 dan ortiq mahalliy ekspertlar inson salohiyati, psixologik barqarorlik va biznesdagi muvozanat bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni muhokama qildilar.

Forum doirasida ISFT Research Center tashabbusi bilan ISFT Psixologiya va pedagogika kafedrasi o‘qituvchilari— M. Mamadaliyeva, S. Xudayberdiyeva, Y. Umarova, F. Abduraxmanova va D. Sharapova tomonidan master-klasslar tashkil etildi.


Sohaga qiziqqan 40 dan ortiq ISFT talabalari uchun bilim, ilhom va amaliy ko‘nikmalar maktabiga aylandi. 

🕊 Telegram 📸 Instagram  📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
❤️ISFT Research Center strategik yo‘nalishlari

Ilmiy tadqiqot klasteri faoliyati uch yo‘nalishda shakllangan:

❤️Yashil va sirkulyar iqtisodiyot
❤️ Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
❤️ Inklyuziv inson kapitali


Klaster yo‘nalishlari bo‘yicha batafsil ma’lumot yuqoridagi karuselda.

🕊 Telegram 📸 Instagram  📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
🎗O‘zbekiston Ish Beruvchilar Konfederatsiyasining OIV bilan yashovchi shaxslarni ishga qabul qilishda bag’rikenglikni kuchaytirish bo‘yicha murojaati

10-dekabr kuni O‘zbekiston Ish Beruvchilar Konfederatsiyasi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti hamda BMTning OIV/OITS bo‘yicha Qo‘shma Dasturi (ЮНЭЙДС) hamkorligida OIV bilan yashovchi shaxslarning mehnat huquqlarini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir doirasida ish beruvchilarning mazkur toifadagi xodimlarga nisbatan xolis va hurmatli munosabatni shakllantirish, ular uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda diskriminatsiyaning oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Uchrashuvda Mehnat va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bilan bir qatorda ISFT Instituti ham ishtirok etdi. Institut mas’uliyatli ish beruvchi sifatida inson huquqlarini hurmat qilish, inklyuziv mehnat muhitini yaratish va teng imkoniyatlar tamoyillariga sodiqligini bildirdi.

🎓 ISFT Instituti OIV bilan yashovchi shaxslarning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, diskriminatsiyasiz va xavfsiz ish muhitini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalaridan biri deb biladi.

🕊 Telegram 📸 Instagram  📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
⚡️Yangi Islom moliyasi o‘quv kurslari ochilmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan mamlakatimizda islom banklari faoliyatini joriy etishga qaratilgan qonun ko‘rib chiqilib, ma’qullandi. Ushbu qonun mamlakatimizda islom moliyasi tizimini rivojlantirish uchun muhim huquqiy asos yaratadi.

📈Mazkur qonunchilik qabul qilinishi munosabati bilan ISFT instituti huzuridagi Biznes va menejment tadqiqot markazi islom moliyasi bo‘yicha o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘ymoqda.

O‘quv kurslari:
💬 Islom moliyasi asoslari dasturi (36 soat)
💬 Islom moliyasi va islom bank ishi bo‘yicha kengaytirilgan dastur (144 soat)

O‘quv kurslari kimlar uchun:
✔️bank va moliya tashkilotlari xodimlari
✔️mikromoliya, sug‘urta, buxgalteriya sohasi mutaxassislari
✔️tadbirkorlar va biznes egalari
✔️talabalar, tadqiqotchilar va sohaga qiziquvchilar


O‘quv dasturlari modullari kompaniya va tashkilotlar talabiga ko‘ra moslashtirilishi mumkin.

Aloqa uchun: +998994898008

🕊 Telegram 📸 Instagram  📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4