Parasocial (Parasotsial, Paraijtimoiy)
Bu atama Cambridge Dictionary tomonidan Yil so'zi (2025) deb e'lon qilingan
Ma’nosi: insonning o‘zi tanimaydigan mashhur shaxs bilan, yoki kitob, film, teleserial qahramoni, yoki sun’iy intellekt bilan o‘zini bog‘langandek his qilishi bilan bog‘liq holat.
Cambridge University Press and Assessmentning bu boradagi maqolasidan shuni bilishimiz mumkinki, bunday parasotsial munosabatlarning keng tarqalishida ijtimoiy tarmoqlarning ta'siri katta.
YouTube, Instagram yoki TikTok’da odamlar o‘z hayotini, his-tuyg‘ularini, muammolarini ochiq ko‘rsatadi.
Ular kameraga qarab gapiradi,
kuladi, yig‘laydi, maslahat beradi.
Shu sababli miyamizda
“men uni taniyman” degan hissiyot paydo bo‘ladi va ular bilan yaqinlik illyuziyasini yaratadi.
Ammo bu munosabat real va o‘zaro emas.
@irodalearnsitall

👍2
Pul haqida gap ketarkan, o'zimcha bir narsalarni har taraflama tahlil qilib ko'ramanda, baribir (yoki hozircha) shu fikrlarda to'xtalaman.
Men aslida pulim ko'pligidan, hisob raqamimdagi sonlar miqdoridan, boy bo'lishimdan zavqlanmayman. Menga yoqadigani — ana o'sha moliyaviy barqarorlik orqali erishiladigan ko'ngil xotirjamligi va tinchlikdir.

🔥4❤1🌚1
Qachonlardir bunaqa narsalar o'rganishning ortiqcha va keraksiz aksessuarlari deb bilardim. Chunki bunga ehtiyojim yo'q edi, diqqatimni maqsad qilgan ishim tugamaguncha bemalol boshqara olardim👌
Qariyapman shekilli. Negadir oxirgi 2 yilda diqqat davomiyligim (attention span) tushib ketgandek sezilyapti. Shuning uchun bugun ish boshida taymerni⏰ yoqib qo'ydim. Mana buncha soat qimirlamay ishimni bajaraman deb emas, yakunlashim kerak bo'lgan vazifaga qancha vaqt uzluksiz diqqat qilib o'tirolarkanman deb.
Bu yordam berdi. Birinchidan, qachon belgilagan vaqtim tugarkin deb chalg'imasdan, majburlikdan emas, bosimsiz sokin ishladim.
Ikkinchidan, hozir telefonimni olib qaraganimda ko'proq vaqt diqqatimni jamlolganimdan xursand bo'laman degan umidda, iloji boricha o'zimni qo'lga olib o'tirdim😌
Xullas: taymerni 1 yo 2 soatdan pastga qarab yuradigan emas, 0 dan tepaga qarab hisoblashni yoqib ishlashim foydaliroq ekan.
@irodalearnsitall
Qariyapman shekilli. Negadir oxirgi 2 yilda diqqat davomiyligim (attention span) tushib ketgandek sezilyapti. Shuning uchun bugun ish boshida taymerni
Bu yordam berdi. Birinchidan, qachon belgilagan vaqtim tugarkin deb chalg'imasdan, majburlikdan emas, bosimsiz sokin ishladim.
Ikkinchidan, hozir telefonimni olib qaraganimda ko'proq vaqt diqqatimni jamlolganimdan xursand bo'laman degan umidda, iloji boricha o'zimni qo'lga olib o'tirdim
Xullas: taymerni 1 yo 2 soatdan pastga qarab yuradigan emas, 0 dan tepaga qarab hisoblashni yoqib ishlashim foydaliroq ekan.
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1⚡1👍1🔥1🆒1
Kognitiv yuklama (cognitive overload) — bu miyaga bir vaqtning o‘zida juda ko‘p ma’lumot yoki vazifa tushib, uni samarali qayta ishlash qiyinlashadigan holat. Oddiy qilib aytsak, bu axborot haddan tashqari ko‘payib ketganda diqqatni jamlash, xotira va qaror qabul qilish qiyinlashishi.
Hozirgi tez o'zgaruvchan dunyoda ko'pchilik ana shu kognitiv yuklamani boshdan kechiryapti ekan.
@irodalearnsitall
Hozirgi tez o'zgaruvchan dunyoda ko'pchilik ana shu kognitiv yuklamani boshdan kechiryapti ekan.
@irodalearnsitall
❤2👍1🌚1
Big Think kanalida Anne-Laure Le Cunff bergan “Taking Control of Your Mindset” (Fikrlash tarzingizni nazoratga olish) nomli intervyuni ko‘ryapman. Qisqa qilib, o‘zim uchun qiziq tuyilgan joylarini qayd qilib boraman ✍️
Neuroscientist (adashmasam nevrolog deymiz) fikriga ko‘ra, ko‘pchiligimiz kognitiv yuklamani boshdan kechiryapmiz.
Sabablari :⬇️
Neuroscientist (adashmasam nevrolog deymiz) fikriga ko‘ra, ko‘pchiligimiz kognitiv yuklamani boshdan kechiryapmiz.
Sabablari :
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐳3❤1👍1
Sabablaridan ba'zilari:
📍 Dunyo tez o‘zgaryapti, ma’lumotlar tez almashyapti. Atrofimizda nimalar sodir bo‘layotganini tushunish uchun iloji boricha ko‘proq axborot qabul qilishga harakat qilyapmiz va
📍 mana shu tez o‘zgarayotgan dunyodan ortda qolmaslik uchun qo'limizdan kelgancha unumdor (productive) bo‘lishga intilyapmiz.
Natijada:
📍 Tizim yaratishga, aniq kundalik tartibga yopishib olishga harakat qilyapmiz va kundalik uzundan uzun vazifalar ro‘yhatini bajarishga to‘g‘ri kelmoqda.
📍 Ko‘p hollarda esa ruhiy salomatlik e’tiborsiz qolmoqda.
Mohiyatan qarasak, zamon o'zgarib, endi bizga o‘ylash uchun kundalik juda ko‘p narsalar bor, ammo miyamiz u qadar evolyutsiyaga uchramagan— u hali ham ming yillar ilgaridagi miya (menimcha tuzilishi jihatidan gapiryapti🤔)
@irodalearnsitall
Natijada:
Mohiyatan qarasak, zamon o'zgarib, endi bizga o‘ylash uchun kundalik juda ko‘p narsalar bor, ammo miyamiz u qadar evolyutsiyaga uchramagan— u hali ham ming yillar ilgaridagi miya (menimcha tuzilishi jihatidan gapiryapti🤔)
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2❤1
Anne-Laure Le Cunff maksimalist tafakkur (Maximalist Brain) haqida shunday deydi:
Bu — biz nima ish boshlashimizdan qat’i nazar, o‘sha ishning eng kattasi va eng katta intilish talab qiladigan versiyasi bilan bajarilishi kerak deb o‘ylashdir.
Masalan:
💡 Jismoniy mashg‘ulot boshlamoqchi bo‘lsak, darrov har kuni sport zaliga borishga qaror qilamiz.
💡 Yozishni boshlamoqchi bo‘lsak, oddiy yozish emas, birdan kitob yozish kerak deb o‘ylaymiz.
💡 Yangi loyiha o‘rganmoqchi bo‘lsak, oddiy sinab ko‘rish emas, birdan biznes loyiha (start up) darajasida qilish kerak deb qaror qilamiz.
(davomi bor…)⬇️
@irodalearnsitall
Bu — biz nima ish boshlashimizdan qat’i nazar, o‘sha ishning eng kattasi va eng katta intilish talab qiladigan versiyasi bilan bajarilishi kerak deb o‘ylashdir.
Masalan:
(davomi bor…)
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤯2❤1👍1
Maksimalist tafakkurning muammosi shundaki:
Bu ko‘pincha ruhiy va jismoniy holdan toyishga yoki bajarmoqchi bo'lgan ishidan butunlay voz kechishga olib keladi. Chunki tanlangan maqsad hozirgi holatimiz uchun haddan tashqari kattalik qiladi.
Shu sabab Anne-Laure Le Cunff kichik tajribalar (tiny experiments) qilishni taklif qiladi:
Birdan katta narsadan boshlamasdan, kichikroq, o‘rganish va qiziqish uyg‘otadigan narsadan boshlash mumkin. Bu yondashuv muvaffaqiyatning tashqi mezonlaridan ko‘ra ko'proq shaxsiy ichki qiziqishga asoslanadi.
Kichik tajriba qilayotganingizda siz katta natijani emas, shunchaki yangi narsani o‘zlashtirishni maqsad qilasiz.

👍3❤1
Experior.. 🇺🇿🇬🇧🇹🇷🇰🇷
Big Think kanalida Anne-Laure Le Cunff bergan “Taking Control of Your Mindset” (Fikrlash tarzingizni nazoratga olish) nomli intervyuni ko‘ryapman. Qisqa qilib, o‘zim uchun qiziq tuyilgan joylarini qayd qilib boraman ✍️ Neuroscientist (adashmasam nevrolog…
Nevrologning aytishicha, bizni baxtli va ongli hayotdan to‘sib turadigan 3 xil ongosti fikrlash tarzi (mindset) bor:
1. Cynical mindset. Umidsiz (kinoyali) fikrlash tarzi
2. Escapist mindset. Qochishga moyil fikrlash tarzi
3. Perfectionist mindset. Mukammallikka mukkasidan ketgan fikrlash tarzi.
Men o'zimda ba'zan uchinchisini sezaman.
(davomi bor ..
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Bu fikrlash tarzidagi odam aytaylik, hayotda shunchaki taslim bo‘ladi. Unda “bo‘ladigani shu” degan kayfiyat uyg'onadi.
Faqatgina tirik qolish holatida bo‘lgani uchun ishtiyoqi ham, harakati ham bo‘lmaydi.
Ba’zan, hatto harakat qiladigan odamlarni mazax ham qiladi.
Hech narsa ortiqcha harakat qilib ko‘rishga arzimaydi deb hisoblaydi.
Ko‘pincha kunini yomon yangiliklarni ko‘rish yoki uni kim bilandir muhokama qilish bilan o'tkazadi.
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Bunday odamning qiziqishi va intilishi hali yo‘qolmagan bo‘ladi. Lekin mas’uliyatdan qochish uchun boshqa narsalar bilan chalg‘iydi.
Masalan: xarid qilib chalg‘ish, ketma-ket serial yoki videolar tomosha qilish, keyingi ta’tilni rejalashtirish
Hozir harakat qilish o‘rniga faqat kelajak rejalari bilan band bo‘ladi.
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔3
Bunday fikrlash tarzidagi odamda intilish yuqori, lekin qiziqish past bo‘larkan.
Noaniqlikdan qochish uchun juda ko‘p ishlashga harakat qiladi. Haddan tashqari unumdorlik (productivity)ga berilish kuzatiladi.
Ko‘p qarorlari va maqsadlari faqat nimanidir ko'zlash (goal oriented) asosida belgilanadi.
“Shu ishni tugatsam yoki shu muvaffaqiyatga erishsamgina baxtli bo‘laman” degan qarash ustun bo‘ladi.
@irodalearnsitall
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2💯2
Internetda kimdir shu ma'nodagi rasmni qo‘yib, “Koreya haqiqati” deb yozibdi. Kimdir kulib “to‘g‘ri” deydi, yana kimdir esa rostakamiga achinib ham qo‘yadi.
Lekin men bu fikrlarga umuman qo‘shilmayman. Koreyada yashayotgan odam sifatida shuni aytamanki, bu Koreya haqiqati emas — bu sizning shaxsiy haqiqatingiz. Koreyaga kirayotganingizda vizangizga “qishda sovuqda har kuni turib samushilga borasiz” degan shart qo‘yilmagan.
Aytgancha, bino tepasidagi yozuv - 인력 사무실 (Inlyok samushil) koreys tilida "ish ofisi”, ish joyi degani. Bu yerda kunlik ishlar topib ishlanadi. Bizni tilda mardikorlik bozori (lekin tizim va sharoit ancha boshqacha, yaxshi tomondan)
Hech kim sizni har kuni sovuqda aynan shunday ishga borishga majburlamaydi. Qolaversa, Koreyadagi hamma ham har kuni samushil eshigi tagida emas. Bu — o‘zingiz uchun yaratgan haqiqat va o‘zingiz tanlagan yo‘l. Shunday ekan, iltimos, siz o'zingizni shaxsiy juningiz bilan davlat junini aralashtirmang.
Bu yerda yurgan chet elliklarni, ayniqsa ilm olayotgan yoki hayotda nimagadir intilayotgan odamlarni ham dunyoga noto‘g‘ri ko‘rsatmang.

👏4👍1🔥1🐳1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🐳2💅1
Agar biror xizmatdan foydalanmoqchi bo‘lsam yoki kimgadir yordam berish imkoniyati tug‘ilsa, u insonning sharoiti haqida umuman ma’lumotim bo‘lmasa, odatda birinchi bo‘lib erkak kishiga yuzlanaman, ularga yordam qilaman.
Chunki jamiyatimizda erkak asosiy oila boquvchisi. U topganini singlisi, onasi, ayoli, farzandiga sarflaydi. Ba’zan bir erkakka berilgan imkoniyat butun oilaga naf keltiradi.
O‘zimning hayotimdan misol: talabalik paytimda va undan avval abiturientligimda ham akam topgan-tutganini, hatto stipendiyasini ham men uchun sarflardi. Bugun ham turmush o‘rtog‘imning mehnati ortida oila mas’uliyati, farzand kelajagi, yaqinlar ehtiyoji turganini, erkakning topgani ko‘pincha o‘zidan tashqariga ko'proq xizmat qilishini ko'rib turibman. Shu sabab balki men foyda yetkazayotgan erkakning ortida ham kimningdir umidi bordir degan o‘y keladi hayolga.
Lekin bir jihatni unutmaslik kerak: bu tanlovim faqat ularning kimligi va sharoitidan butunlay bexabar bo‘lgan holimga taalluqli. Agar aynan ayol kishi ko‘proq muhtoj yoki shu imkoniyat unga ko‘proq naf keltirishini aniq bilsam, albatta tanlovim ayol tomonda bo‘ladi.
Chunki akamning yoki turmush o'rtog'imning ta’minoti kirib kelguniga qadar, (hatto undan keyin ham) onam topganini farzandlariga sarfladi. Men ta’minotning ayol qo‘lidan ham qanday mehr bilan tarqalishi mumkinligini ko‘rib ulg‘ayganman — va buni juda yaxshi bilaman.

🔥7👏4🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qanday izoh yo‘q. Hech qanday dialog ham yo‘q.
Shunchaki bitta sahna orqali shu qadar katta voqea va qirollik an’anasini juda go‘zal, kuchli uslubda yetkazib bera olishgan.
Toj (The crown) serialida menga juda yoqadigan bir sahna bor.
Sahnada ona qirolicha, singlisi va hatto buvisi — qirolicha Meri ham malika Yelizaveta (keyinchalik qirolicha Yelizaveta II) oldida ta’zim qilishadi.
Shunda tomoshabinda tabiiy savol tug‘iladi: Nega endi o‘z onasi-yu, hatto qirolicha buvisi ham unga ta’zim qilyapti?
Bu sahna aslida ikki xabarni bir paytning o‘zida yetkazadi: otangiz - qirol vafot etdi degan og‘ir xabar va endi siz qirolichasiz degan ulkan mas’uliyat.
Meni bilishimcha, qirollik an’anasiga ko‘ra, kim bo‘lishidan qat’i nazar — hatto onasi yoki buvisi bo‘lsa ham, yoshi katta bo‘lsa ham — taxtdagi odamga hurmat ko'rsatib ta’zim qilishlari shart. Shu sababli ular ham Yelizaveta oldida ta’zim qilishadi.
Bu haqiqatni tushunganini va ichki kechinmalarini aktyorlik mahorati bilan juda nozik yetkazib bera olgan aktrisaga ham tasannolarim.
Video source: YouTube – Forgotten Royalty

👍4👏2