Kitob javoni ilm - xirmoni, undagi xar jild aql darmoni
1.12K subscribers
2.9K photos
431 videos
22 files
1.68K links
Kitob- oq qora xarflar bilan rangin dunyoni koʻrsatguvchi mojizadir!!!
Download Telegram
Forwarded from ШОИР ҚАЛБИЙ (ШОИР ҚАЛБИЙ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ШОИР ҚАЛБИЙ (ШОИР ҚАЛБИЙ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong 

Seshanba tongi xayrli bo’lsin!
💞 Bugungi kuningiz Baxt zarralaridan tovlanib tursin!
Kitobga o‘ch bo‘lgan insonning 5 ta belgisi:

📖 Ajoyib kitob o‘qiyotgan paytingizda ovqatlanishni unutib yuborasiz.

🗺O‘qiyotgan kitobingizdagi joylarga borishni orzu qilasiz, hatto, xaritadan qidirib ko‘rgansiz.

🎬 Har doim kitob filmga qaraganda yaxshiroq deb o‘ylaysiz. Filmi chiqsa “Kitobi baribir yaxshiroq edi!”, – deysiz.

🌧 Yomg‘irli kunlarni yaxshi ko‘rasiz, chunki uyda qolib o‘qish imkoniyati bo‘ladi.

🏠 Orzuingizdagi uyingizni tasavvur qilganingizda, albatta, u shiftgacha javonli kutubxonaga ega bo‘ladi, hatto narvonchasi ham bor.

Bu ro’yxatni siz qanday davom ettirgan bo’lardingiz?
#Kitob_tavsiya

👤Ahmad Lutfiy Qozonchi
📖Eng sara asarlar

Bu asarlarda bosh qahramonlar hayotning turli ziddiyatli, murakkab va sinovlarga boy vaziyatlariga duch keladilar. Har bir voqea orqali inson irodasi, sabri va e’tiqodi sinaladi. Qahramonlar qanchalik qiyin holatda qolmasin, har doim Ollohning rizoligini ko‘zlab, halollik va to‘g‘rilik yo‘lini tanlaydilar.
Asarlar o‘quvchini chuqur o‘yga toldiradi, qalbni tarbiyalaydi va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilishga undaydi. Shu sababli bu kitoblar nafaqat badiiy jihatdan, balki ma’naviy-ma’rifiy tomondan ham nihoyatda ahamiyatlidir.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling
Websayt | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
#Asarlardan_parcha
‼️Hurmatli kitobxonlar!
E'tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo'lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz

✍️  Azamat Qorjovov
📚"Hech qachon yig'lama"
📜 Yurak amriga binoan emas, birovning tavsiyasiga ko'ra o'zi-ga rafiqa tanlagan taxichi yigitning hayoti "asal oyi" nihoyasiga yetmasdanoq alg'ov-dalg'ov bo'lib ketadi. Xotinining ko'nglida boshqa odam borligini sezgan rashqchi yigitning holi nima kechishi mumkin edi? Kutilmaganda daxshatli qo-tillikda ayblangan kuyov haqiqiy qotilni axtara boshlaydi. Qabristonda esa unga to'yidan so'ng kuyovi vafot etgan kelinchak duch keladi...
Azamat Qorjovovning ushbu qissasida sarguzasht, detektiv va ishqiy janrlarga xos xususiyatlar o'z aksini topgan bo'lib, baxtga erishish oson emasligi qiziqarli voqealar, murakkab, ziddiyatli kechmishlar zamirida ifoda etib berilgan.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling
Websayt | Facebook | Telegram | Instagram | Youtub
Forwarded from Gulchehra Xakimova
Atoqli shoir, nosir va dramaturg, tarjimon Asqad Muxtor 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida temir yoʻl ishchisi oilasida tugʻildi. Oʻn bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, Oʻrta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. Soʻng Andijon pedagogika institutida oʻzbek adabiyoti kafedrasining mudiri boʻlib xizmat qildi.
Asqad Muxtorning “Opa-singillar”, “Tugʻilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari, bir qator qissa, hikoya va dramalari, kuzatuvlarga asoslangan falsafiy lirikasi, jahon adabiyoti namunalaridan badiiy yuksak tarjimalari bilan XX asr oʻzbek adabiyotiga katta hissa qoʻshgan soʻz sanʼatkoridir.
Asqar Muxtor lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida oʼzbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qoʼshdi. U "Oʼzbekton xalq yozuvchisi" unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʼlgan.
Forwarded from Gulchehra Xakimova
#Asarlardan_parcha
‼️Hurmatli kitobxonlar!
E'tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo'lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz.

Asqad Muxtorning “Dunyo bolalari” asari sizni bolalikning beg‘ubor va samimiy olamiga yetaklaydi. Asarda bolalar qalbi, ularning orzu-umidlari, do‘stlik va mehr-oqibat tuyg‘ulari hayotiy voqealar orqali juda ta’sirchan tasvirlangan.
Bu asar orqali siz bolalar dunyosini yanada chuqurroq anglaysiz, insoniylik, halollik va adolat kabi muhim fazilatlar haqida o‘ylab ko‘rasiz. “Dunyo bolalari” nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham o‘qishga arzigulik, tarbiyaviy ahamiyatga ega qissadir.
📖 Ushbu asarni maktab o‘quvchilari, ota-onalar va bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha kitobxonlarga mutolaa qilishni tavsiya etamiz.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling
Websayt | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from ШОИР ҚАЛБИЙ (ШОИР ҚАЛБИЙ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЁМОН КЎРАМАН

Йўқчиликдан қийналган оним,
Унсиз бармоқ учин сўраман.
Камбағал деб ажратган шундай,
Қорбобони ёмон кўраман.

Бола кўзин жайрона этган,
Умидларин паймона этган.
Юрагини вайрона этган,
Қорбобони ёмон кўраман.

Камбағални боласин туртган,
Одамийлик нима унутган.
Виждонини ичига ютган,
Қорбобони ёмон кўраман...

ШОИР ҚАЛБИЙ
2025 йил 24 декабрь Чўнгқайма
Forwarded from ШОИР ҚАЛБИЙ (ШОИР ҚАЛБИЙ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xayrli_tong

Salom Payshanba!
Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo'lsin!
Bugun 25-dekabr 2025-yil, payshanba.

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Sovg‘alar ulashish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇹🇼 Tayvan - Konstitutsiya kuni.
🇮🇳 Hindiston - Yaxshi boshqaruv kuni.
🇵🇪 Peru - “Takanakuy” kurash festivali.
🇵🇰 Pokiston - Quayd-i Azam kuni.
🇲🇿 Mozambik - Oila kuni.

👉 VOQEALAR:

- 800 - Rim papasi Lev III Buyuk Karlga imperator tojini kiydirdi.
- 1000 - Ishtvan I Avliyo Vengriya taxtiga o‘tirdi.
- 1066 - Angliya tojini Vilgelm I Bosqinchi egalladi.
- 1130 - Rojer II Sitsiliya qirolligi taxtga o'tirdi.
- 1492 - Espanyola orolida Kolumb Yangi Dunyodagi birinchi ispan aholi punkti - La Navidadga asos soldi.
- 1745 - Drezdenda separat tinchlik sulhi imzolandi.
- 1759 - Sank-Peterburgda Yozef Braun qattiq simobni olishga muvaffaq bo‘ldi.
- 1917 - Ukrainada sovet hokimiyati o‘rnatildi.
- 1946 - SSSRda Yevropada birinchi yadro reaktori ishga tushirildi.
- 1968 - Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani tashkil etildi.
- 1979 - Afg'on urushi: SSSR armiyasining mamlakatga kiritilishi.
- 1989 - Ruminiya sobiq rahbari (1965-1989) Nikolaye Chaushesku otib tashlandi.
- 1991 - Mixail Gorbachyov o‘z xohishi bilan isteʼfoga chiqdi, SSSR tarix sahnasidan ketdi.
- 1993 - Rossiyaning amaldagi konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 2003 - Kotonu (Benin) da Boeing-747 samolyotining halokati. 140 ta qurbon.
- 2010 - Shimoliy yarim sharning o'rta kengliklarida Yevropadan AQShgacha ikki hafta ichida sodir bo'lgan anomal muzli yomg'ir boshlandi.
- 2016 - Sochi yaqinida Tu-154 samolyotining halokati. 92 ta qurbon.

👉 TAVALLUDLAR:

1250 - Ioann IV Laskaris (1305) - Nikeya imperatori (1259-1261).
- 1564 - Avraam Blumart (1651) - golland rassomi.
- 1709 - Jyulen Ofre de Lametri (1751) - fransuz shifokori va materialist faylasufi.
- 1872 - Yelena Rubinshteyn (1965) - AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyada kosmetika liniyalari va doʻkonlar tarmogʻiga asos solgan tadbirkor.
- 1876 - Muhammad Ali Jinna (1948) - Pokiston general-gubernatori (1947-1948), Pokiston davlatchiligining otasi.
- 1876 - Adolf Otto Reynhold Vindaus (1959) - nemis kimyogari va biokimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1928).
- 1887 - Konrad Hilton - Hilton mehmonxonalar tarmog‘ining asoschisi.
- 1904 - Gersberg Gerxard (1904) - kelib chiqishi nemis bo‘lgan kanadalik fizik-kimyogar va fizik, Nobel mukofoti sohibi (1971).
- 1909 - Komil Yashin (1997) -  atoqli adib va dramaturg, jamoat arbobi.
- 1916 - Ibrohim Hamroyev (1999) - kompozitor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1975), Oʻzbekiston xalq artisti (1988).
- 1918 - Anvar Sadat (1981) - Misr prezidenti (1970-1981), marshal.
- 1921 - Umarov G'iyos (1988) - fizik olim, O'zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a'zosi (1968), texnika fanlari doktori (1967), professor (1943).
Kun tarixi kanalidan olindi
- 1923 - Zohidjon Obidov (1996) -  o‘zbek shoiri, “Ozbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi”.
- 1924 - Vosiqova Mamlakat (1997) - huquqshunos olima, jamoat arbobi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994).
- 1935 - Nizomova Ra’no - raqqosa, baletmeyster, pedagog, O’zbekiston xalq artisti (1974).
- 1937 - Boboev Baxtiyor  - rassom, O’zbekiston Badiy Akademiyasi akademigi (1999). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1973).
- 1949 - Sissy Spacek - amerikalik kinoaktrisa va qoʻshiqchi.
- 1954 - Enni Lennoks - shotlandiyalik qo'shiqchi, “Eurythmics” dueti a'zosi, "Oskar", "Oltin globus" va to'rtta “Gremmy” sovrindori.
- 1983 - Aleksandra Savelyeva - rossiyalik qo'shiqchi, "Fabrika" estrada guruhining solisti.
- 1983 - Yan Venszyun - xitoylik kanoechi, ikki karra Olimpiya chempioni.
- 1988 - Erik Gordon - amerikalik basketbolchi, jahon chempioni (2010)

https://t.me/irfonli
📚Kitob
“Men bir narsaga hayron boʻlaveraman, qachon qaramang, toʻrtta odam yigʻilsa, farzand tarbiyasining ogʻirligi, ularni odam qilishning azobligi toʻgʻrisidagi hasratga duch kelamiz. Oʻ-oʻ-v birodarlar, buning eng oson, eng arzon, eng samarali yoʻli – usuli shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob oʻqishga oʻrgating, uning koʻnglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uygʻoting, farzandlaringizga uch-toʻrt soʻmni qizgʻanmay muntazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq biror ustozni topib boʻladimi? Axir kitoblarda yoʻq narsaning oʻzi yoʻq-ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch qudrat, hikmat, goʻzallik, aql va odob kitoblarda “mana-man” deb turibdi-ku! Nahotki, bu buyuk neʼmatdan, bebaho boylikdan bebahra boʻlib ham odam boʻlish mumkin deb oʻylasangiz?!”

Ozod Sharafiddinov, Oʻzbekiston Qahramoni. https://t.me/irfonli
#Iqtibos

🖇 Har bir kitobda yo bir naf, yo o‘rnak, yo ilinj, yo odob, yo fikr, yo umid bor.

✍️ Mahmud Zamaxshariy. https://t.me/irfonli
📚✍️Inson odatda o‘qigan kitobi to‘g‘risida o‘ylashi uchun vaqti ko‘p bo‘ladi. Emori universiteti olimlari kitob o‘qigan insonning aqliy salohiyati bir necha kun davomida yuqori holatda bo‘lishini isbotlashdi. Tadqiqot mualliflari kitob o‘qish miyadagi asab tolalarini mustahakamlashini ta’kidlashmoqda.
https://t.me/irfonli
📖 Kitob o‘qiyotgan qizni ko‘rib qolsangiz, qo‘yib yubormang. Yarim kechasi o‘qigan romanidan ta’sirlanib yig‘lab o‘tirganini ko‘rsangiz, issiq choy damlab bering va bag‘ringizga bosib yupating. Shunda u doim sizning yoningizga qaytadi. Romanlarining qahramonlari haqiqiy ekanini to‘lib-toshib gapiradi... Kitob o‘qiyotgan qizni qo‘yib yubormang, aksincha, muhabbatiga sazovor bo‘ling. Tasavvuringizdagidan chandon yorqinroq hayotni sizga taqdim etajak bu qizning muhabbatiga albatta sazovor bo‘ling. Qalbingizda va atrofda tinchlik bo‘lishini istasangiz, kitob o‘qiyotgan qizni qo‘yib yubormang!

✍️ Robert Pattinson

Bizni Kuzatishda Davom Eting Kanalimizga Obuna Böling.

📚 https://t.me/irfonli
#Asarlardan_parcha

‼️Hurmatli kitobxonlar!
E'tiboringizga kutubxonamizda mavjud bo'lgan kitoblardan olingan parchalarni havola etamiz.

✍️ Vladimir Kunin.
📖Baloyi nafs.


🏛Uzoq yillar davomida eng ko’p sotilgan kitoblardan biri sanalmish mazkur qissada sobiq Ittifoq davrining fojiali hayoti ko’rsatib berilgan.
Leningradlik Tanya Zaytseva misolida yengiltak ayollarning qismati , o’sha davrda boshqa davlatlarda oddiy holat sanalgan valyuta ayirboshlash orqali qamalib ketgan insonlarning taqdiri, qog’ozbozlik, har bir gap-so’z, xatti-xarakatdan shubhalanadigan va o’z xalqi vakiliga ishonmaydigan kuch ishlatar tizimning zulmi, o’z joniga qasd qilgan ona timsoli o’quvchini qayg’uga soladi.
🪶Ammo aslida bu ham o’sha davrdagi haqiqiy hayotchalik daxshatomuz emas.
📱Rasmiy sahifalarimizga obuna boʼling
Websayt | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Forwarded from ШОИР ҚАЛБИЙ (ШОИР ҚАЛБИЙ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ШОИР ҚАЛБИЙ (ШОИР ҚАЛБИЙ)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM