Forwarded from Аъзамхўжаев
Миролим эринмай, 2024 йилги битирувчилар учун табрик ва тилаклар тўплади. Бу йил битирувчиларга мурожаат қилганлар орасида болалар омбудсмани Сурайё Раҳмонова, олий таълим вазири Қўнғиротбой Шарипов, Асахий раҳбари Фируз Аллаев кабилар бор.
Энг кўп берилган маслаҳат - тил ўрганинглар, китоб ўқинглар ва саёҳат қилинглар. Ҳеч бўлмаса, қўшни маҳаллага, қўшни мавзега бўлса ҳам.
Аввалги йилларда муфтий Нуриддин домла, иқтисодчи Беҳзод Ҳошимов, футболчи Элдор Шомуродов, шарҳловчи Даврон Файзиев, (ҳозир) ёрдамчи Саида Мирзиёева, қўшиқчи Севара Назархонлар ҳам битирувчиларга мурожаат қилганди.

Газета.uz
2024 йил битирувчиларига мурожаат
Конгратбай Шарипов, Сурайё Раҳмонова, Марко Мантованелли, Нафиса Мўминова, Тимоти Смарт, Фируз Аллаев, Бекзод Мираҳмедов каби жамоатчилик фаоллари «Газета.uz» орқали 2023/2024 ўқув йили битирувчиларига ўз маслаҳатлари ва тилакларини билдирди.
Atom elektr stansiyasi haqidagi diskussiyada, menimcha, sal koʻproq mulohaza qilishimiz darkor. Tabiiyki, Oʻzbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va koʻp boʻlsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda, qandaydir stansiya mavjudligida emas. Hozirgi holatda ham, hech qanday AESsiz ham elektrni import qila olamiz, yoki uni ishlab chiqarish uchun yoqilgʻini import qila olamiz, uning ustiga ancha normal narxlarda quyosh energiyasini ishlab chiqaradigan korxonalarni jalb qila olamiz. Demak “svet yoʻqligi” muammosi sunʼiy yaratilgan, notoʻgʻri boshqaruv va xato qurilyan elektr energiya siyosatining mevasi. AES qurilishi hal qilib beradigan bir texnologik muammo emas.
Atom energiyasiga kelsak — bu qaror birinchi oʻrinda iqtisodiy maqsadga muvofiqmi-muvofiq emasmi bilib olishimiz kerak. Masalan, uni qurish uchun necha pul hukumatimiz beradi? Boshqa moliyaviy manbalar, jumladan davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladimi va eng asosiysi, davlat qurayotgan boʻlsa, bu narsa Oʻzbekistonliklarga qanchaga tushadi? Barcha davlat va nodavlat moliyaviy manbalardan ishlatilishi koʻzda tutilgan summalar toʻliq va mutlaq ochiqlanishi kerak. Bu fiskal talab qomusimizda ham belgilangan.
Bundan toʻrt yil oldin hozirgi energetika vaziri bilan qilgan suhbatimizda bu savolni soʻragan edim lekin bu “sir” boʻlgani uchun, aytmagan edilar. Menda bu raqamlar ochiqlanmasligiga falsafaviy maʼnodagina emas, balki konstitutsiyaviy maʼnoda ham eʼtirozim bor. Sir yoki “tijoriy sir” juda bir tor maʼnoda ishlatiladigan narsa — fuqaroviy loyihalar uchun davlat pulining xarajati, tabiiyki, sir boʻlishi notoʻgʻri. Akkuyu qurilganida, Turkiyaliklar ularga Ruslar qurib berayotgan AES narxini aniq bilishgan. Lekin muhimroq tomoni, bitimda boshqa shartlar ham bor, yaʼni stansiyani narxidan ham muhimroq shartlar. Oʻshalarni gapirishimiz ham kerak. Stansiyani kim boshqarishi, qanday narxda elektr energiya sotilishi — juda muhim. Turkiyada Rossiya toʻliqligicha oʻz hisobidan qurilish qilib, energiyani bir 1 kilovatt soati uchun 12.5 sentlik bitim qilgan. Bizga agar xuddi shu shartlar berilsa, olishimiz kerakmi degan oʻrinli savol bor. Hozirgi kunda, Oʻzbekistonda bundan arzonroq generatsiya matbaalari bor boʻlsa, qimmatroq atom energetikasi qanchalik zarur? Bilasiz, 12.5 sentdan agar Oʻzbekiston sotib olsa (shartlarni bilmayman, shartli shunday boʻlsa deyapman) — bu 1500 soʻmdan koʻp, hozirgi sotilish narxidan ham ancha baland, bundan bir necha oy avval, boshqa manbalardan generatsiyani 1000 soʻm atrofida deyotgan edi hukumat. Agar aynan shunday boʻlsa, AES iqtisodiy maʼnoda bizga pulni iqtisod qiladimi yoʻqmi?
Ikkinchi narsa, bu hamma davlat xarajatlariga taaluqli, lekin ayniqsa bunday katta va muhimlariga. Pudratchini tanlash. Rosatomdan boshqa korxonalar tenderda ishtirok etishganmi? Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda atom energetikasi oʻta rivojlangan, ular ham juda zoʻr stansiyalar qurishadi, ularning korxonalari qanday taklif berishgan bizning hukumatga? Nega aynan Rosatom?

Bu savolni berishimning sababi, albatta bunday narsada siyosatni ham oʻrni yoʻq emas. Rossiya energetikasidan Yevropa deyarli butunlay voz kechdi — buning uchun toʻlaqonli Yevropadagi urush sababchi boʻldi. Qachondir Germaniya Rus energetikasi arzon deb, siyosiy hisob-kitoblarni pisand qilmasdan faqatgina iqtisodiy hisobga tayanib qaror qilgan edi va bu qarori ancha qimmatga tushdi. Lekin bizdek ancha kichik mamlakat uchun, AESda asosiy pudratchi Rossiya davlati va davlat korxonasi boʻlishi juda katta savol boʻlishi kerak. Qandaydir maʼnoda agar Yaponlar va Ruslar bir xil narxga taklif berishsa — Yaponlarni tanlash kerak degan boʻlar edim, narxi bir xil boʻlsa ham, har holda, siyosiy risklari ancha kam. Urushi hali ham tugagani yoʻq va yangi sanksiyalar kiritilsa — masalan, bizdagi stansiya va uning isteʼmolchilari — oʻzbekistonliklarga asoratlari ham, menimcha hali ham ochiq savol. Bundan tashqari hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻz energetikasini modernizatsiya uchun olayotgan mablagʻlar asosan gʻarbiy yoki gʻarb boshchilik qiladigan moliyaviy institutlardan kelmoqda. Bu tashkilotlarning barchasi Rossiyaga sanksiya qoʻllashgan. Endi birgina AESni deb butun boshli energetik tizimning modernizatsiyasi uchun texnologiyalar va mablagʻni olish manbasi yoʻq boʻlib qolishi xavfi mavjudmi? Bilmadim, lekin albatta juda koʻp tafakkur qilib qaror qabul qilish kerak boʻlgan masala. Xohlaymizmi, yoʻqmi, urush koʻp narsani oʻzgartirib yubordi. Xitoy moliyaviy tizimi ham, gʻarbiy sanksiyalarga amal qilib — Rus tranzaksiyalarni bloklashi Xitoy uchun toʻgʻri qaror edi. Bizga ham saboqdir shu. Ruslar qilayotgan urushni asoratlaridan biri — ilgʻor texnologiyalardan kesilish — bu ham AESga taʼsir oʻtkazadimi? Rivojlangan dunyoning oxirgi texnologiyalarisiz qurilgan AES, albatta yaxshi boʻlmaydi, bu ham, menimcha faktor. AES qurilishi, bizdagi boshqa loyihalar uchun texnologiyani olib kelishga toʻsiq boʻlmaydimi? Oʻzbekistonga energetik texnologiyalar sotayotgan AirProductsmi, yoki Siemensmi oʻsha texnologiyalar ertaga mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Rosatomga tushib qolishidan qoʻrqib, sotilishi cheklansa — bu risklarni qanchalik hisobga olganmiz Rosatom bilan ishlab? Bular katta savollar.
Xulosam shuki, atom elektr stansiyasi qurilishini juda chuqur oʻylash kerak. Uning atrofidagi xarajatlar qancha va kim tomonidan toʻlanishi, xalq boʻynida oʻlpon boʻlib qolmasligi haqida mulohazalar kerak, menimcha hukumat ancha shaffofroq ishlashi kerak. Elektr sotilishi shartlari va kontraktni barcha detallari ochiqlanishi kerak. Bozorni oʻrganishimiz va boshqa alternativa boʻla oladigan barcha takliflarni koʻrib chiqishimiz kerak. Bu muhim strategik qaror boʻlgani uchun, parlament aʼzolari ham bu narsaga ovoz berishlari kerak. Chunki bu faqatgina energetika vazirligida qabul qilinadigan texnik bir vazifa emas, balki siyosiy asoratlari, strategik asoratlari bor qaror. Hamma xavf-xatar va foydalari oʻrganib chiqilib jamoatchilikka taqdim etilishi kerak, shunda qaror toʻgʻri boʻlsa, oʻylaymanki Oʻzbekistonliklar yangi yashil energetika manbasining boʻlishiga qarshilik qilmaslar. Balki buni Yaponlar qurar, balki oʻzimizning uran boʻlgani uchun ishlab chiqish xarajatlari pastroq boʻlar - shu kabi barcha detallar bilan tanishishimiz kerak. Men AES gʻoyasi toʻgʻri boʻlishi mumkinligiga ishonaman. Chunki bu ancha xavfsiz va yashil texnologiya. Lekin aynan hozir va aynan Rossiya bilan ishlashning iqtisodiy va siyosiy hisob kitoblari ochiq boʻlishi kerak deb oʻylayman. Shunda mulohaza toʻgʻri boʻlar edi. Menimcha.
https://t.me/muhrim2022/2656

Telegram
Аъзамхўжаев
Ёзда қурилиши бошланаркан. Хўп, АЭС керакдир, лекин нега “кам қувватли АЭС” — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими, эй ЎзАтом? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ, эй Энергетика…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gaydar katta odam edi, katta olim. Kitoblari ham, yozgan maqolalari ham bir olam. Rosa ko’p narsa o’rgansa bo’ladi.
Juda noyob xislatlarni o’z ichiga olgan olim edi. Kamdan kam, hatto eng buyuk olimlarda ham bunday kenglik va chuqurlik birdaniga mavjud bo’ladi.
Yigirma bir yil oldingi bir intervyusidan parcha.

Energetika vazirligi qilmoqchi boʻlgan narsa — juda qimmat xato. Ularning aytishicha, agar yuridik shaxslar qandaydir “limit”dan koʻproq energiya sarf qilsalar, ortiqcha ishlatilgan energiyaga ikki barobar “jarima” solinar ekan. Esingizda boʻlsa, shunga oʻxshaganroq gʻoya bilan jismoniy shaxs isteʼmolchilarga narxni belgilashgan edi.
Oʻsha gʻoya bilan bunisining orasida nima farq bor? Va nega bunisi katta xato?
Juda oddiy: jismoniy shaxslarga yetkazib berilayotgan energiya juda katta subsidiyalashgan narxda beriladi, ishlab chiqarish xarajatlaridan bir necha barobar arzon narxda beriladi. Buning sababi: moliyaviy qiynalganroq qatlamdagi insonlarga davlat tomonidan sal yordam boʻlishi uchun. “Ijtimoiy norma” deb atalgan limitdan koʻproq iste'mol qilsalar narx oshar edi, oʻsha oshgan narx ham xarajatlarni mutlaq qoplamasa-da, qandaydir maʼnoda subsidiyani daromadi koʻproqlarga kamroq berishda edi. Bu yerda faraz shuki, koʻproq energiya isteʼmol qiladiganlar odatda boyroq va ularga “ijtimoiy narxlarda” bir necha barobar arzonga boshqa soliq toʻlovchilar hisobidan elektr bilan taʼminlash xato edi.
Yuridik shaxslarga taaluqli bu gʻoyada esa — mantiq mutlaq xato. Chunki, birinchidan, shundoq ham yuridik shaxslar toʻlaydigan narx xarajatlardan yuqoriroq. Yaʼni mantiqan, yuridik shaxslar ishlatgan har bir kilovatt energiyadan, energetik kompaniyalar foyda olishadi. Jismoniy shaxslarda teskarisi, har bir uyda yoqilgan kilovatt soat svet uchun davlat — yaʼni soliq toʻlovchilar orasidagi farqni kompensatsiya qilishadi. Yuridik korxonalarda esa teskarisi — qancha koʻp yoqishsa — shuncha foyda.
Lekin bu qarorni asli eng yomon tarafi iqtisodiy shikastida. Oʻzbekistonda katta muammolardan biri — bu oʻrtacha firmaning kichikligi. Yaʼni bizda, boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, korxonalarni nufuzi ortishi juda qiyin masala. Oʻrtacha korxonada taxminan bir kishi ishlaydi. Ochilgan korxonalar kichik boʻlib qolib ketadi. Buni sabablari koʻp va bu haqida batafsilroq podkastda gaplashganmiz, tavsiya qilaman. Maʼno shundaki, iqtisodiy ahvolimizni ayanchliligining sabablaridan biri — korxonalar kengayishi juda cheklangan. Endi energetiklar taklif qilayotgan qaror orqali — kengayish, umuman olganda juda ham qiyin va qimmat jarayonga aylanib qoladi. Tasavvur qiling, siz bir endi ochilgan korxonasiz. Kichik korxonasiz deylik, sizdagi hajm yiliga 10 foiz yoki balki 50 foizga oshar. Axir siz endi katta boʻlyapsiz. Sizdagi ishlab chiqarish hajmi yiliga 50 foizga oshsa, xuddi shunday energetikaga boʻlgan talab ham 50 foizga oshadi, endi energetikalar nima deyishyapti, agar sizning korxonangizda energetik isteʼmol 10 foizga oshsa ham, har bir kilovatt uchun ikki barobar qimmatroq toʻlar ekansiz. Yaʼni bu qarorning eng yomon tarafi, endi oʻsayotgan, hali isteʼmolini rejalashtirishni koʻrish qiyin boʻlgan va tez oʻsayotgan korxonalarga nisbatan katta jazo. Qandaydir maʼnoda, mavjud, lekin oʻsmayotgan korxonalar uchun normal narsa boʻlsa, yangi tashkil qilayotganlar uchun yoki, xudo saqlasin, tez oʻsayotganlar uchun jazo. Chunki agar ishlab chiqarish hajmi tushib borsa yoki yillab oʻsmasa, unda oʻsha korxonalarga bu qarorning taʼsiri boʻlmaydi. Yaʼni jismoniy shaxslarga qoʻllanayotgan tariflar bilan ikki farqi bor, birinchisi bu hozirning oʻzida ham yuridik shaxslar toʻlaydigan narx xarajatlardan baland va bu foyda boʻlishi kerak, ikkinchidan — dinamika yoki oʻsish uchun jazo. Firmani kengaytirmaslikka, yoki firmani boʻlib tashlashga (agar qila olsa) ragʻbat.

Истеъмол лимитдан 10 фоиздан кўпроққа ошса, бизнес газ ва электр учун 2 бараварлик тарифда тўлайди — энергетика вазири
Ўзбекистонда тадбиркорлик субъектлари ва бошқа юридик шахслар учун белгиланган лимитнинг 10 фоизидан ортиғи миқдорида газ ёки электр энергияси истеъмоли учун оширувчи коэффициентлар қўлланади, деди энергетика вазири. Истеъмолчилар энергоаудити бўйича ҳам…
Men energetiklar nega bunday qimmat xato qilishayotganini tushunaman, chunki ularga notoʻgʻri maqsad qoʻyilgan. Agar maqsad nima boʻlsa ham enerergoresurslarni isteʼmolchilarga yetkazib berish boʻlsa, eng oson yoʻli — hamma qiymat ishlab chiqarayotganlarni energiyasini oʻchirib qoʻyish, shunda “yetkazsa boʻladi”. Lekin buni natijasida butun qiymat topayotgan va yaratoyotgan iqtisodiyot oʻladi. Shuning uchun ham, aytmoqchi, mavsumlarda, gʻisht zavodlardan yoki issiqxonalardan gazni oʻchirish juda ham mantiqsiz bir gʻoya deb oʻylayman. Issiqxonachi gazga toʻlab, pomidorini sotsin, albatta pomidorni qoʻshimcha qiymati oʻsha taʼminlanadigan tabiiy gazdan koʻp. Gazga toʻlasin va foydasini qilsin. Shunda hamma foydada boʻladi — ham energetik kompaniya sotgan energiyasi uchun foyda oladi, ham ishlab chiqaruvchi, gʻishti uchunmi, pomidori uchunmi pulini toʻlab foyda qiladi, qiymat yaratadi.
Oʻsishni jazolovchi, iqtisodiy taraqqiyotni jazolovchi qaror — katta xato.

Forwarded from Uzbekonomics
Podkastimizning yangi soni chiqdi.
Bu epizodda biz sanoat siyosatini davlat tomonidan yuritilishini afzallik va kamchiliklari, tarixi, siyosati va hozirgi kundagi qoʻllanilishi haqida gaplashdik. Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi, va ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga oʻtgan mamlakatlarda ham kuzatilmoqda. Shuning uchun bu mavzuda batafsil suhbatlashishga qaror qildik.
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
https://www.youtube.com/watch?v=ZIzwmHVJ_bo
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/
@uzbekonomics

YouTube
43 - Sanoat siyosatining qaytishi
Oxirgi yillarda sanoat siyosatini davlat tomonidan boshqarilishi bir xil payt esa davlat tomonidan sanoat siyosati ishlab chiqilishi yana modaga qaytdi. Bu moda nafaqat rivojlanayotgan va davlat oʻrni katta boʻlgan mamlakatlarda, balki rivojlangan va bozor…
Bugungi suhbatimiz mehmoni markaziy Osiyo tarixi va madaniyati sohasida taniqli olim, ajoyib tarixchi va mutaxassis — Adib Xolid. Professor Xolidning tadqiqotlari markaziy Osiyo tarixiga, ayniqsa, 1860-yillarda Rossiyaning bosib olishi davridan hozirgi kungacha bo'lgan madaniy va identifikatsion o'zgarishlarga qaratilgan. Uning ilmiy ishlari musulmon va rus/sovet dunyolarining kesishish nuqtasini chuqur tahlil qilib, xususan, Markaziy Osiyoda Islom dinining tsarist va sovet boshqaruvi ostidagi taqdiri haqida muhim ma'lumotlarni beradi. Xolid madaniyat va madaniy o'zgarishlar, imperiya va mustamlakachilik hamda milliylik masalalari haqida yozib keladi.
Xolid Guggenheim Jamg'armasi, Carnegie Korporatsiyasi, Milliy Gumanitar Fanlar Jamg'armasi kabi bir qator nufuzli tashkilotlar grantlari sovrindori. Shuningdek, Parijdagi Inson Fanlari Uyi va Vashingtondagi Kongress Kutubxonasidagi Kluge Markazi tadqiqotchi lavozimlarida ishlagan.
Xolid to'rtta nufuzli kitobning muallifi: “Musulmon madaniyati islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda Jadidizm,” “Kommunizmdan Keyin Islom: Markaziy Osiyoda Din va Siyosat,” “O'zbekiston tavalludi” va “Markaziy Osiyo. Imperatorlik istilolaridan hozirgi kungacha bo'lgan yangi tarix.” Uning so'nggi kitobi Markaziy Osiyoning “rus” va “xitoy” qismlarining integratsiyalashgan hikoyasini taqdim etadi va bir nechta tillarga tarjima qilingan, bu uning global ta'sirini ko'rsatadi.
Ko'plab mukofotlari orasida “Kommunizmdan Keyin Islom” 2008 yilda Veyn S. Vucinich Kitob Mukofotini qo'lga kiritgan, “O'zbekiston tavalludi” esa 2016 yilda Reginald Zelnik Tarix Kitob Mukofotini olgan. Ushbu mukofotlar Dr. Xolidning rus, Yevrosiyo va sharqiy Yevropa tadqiqotlari sohalariga qo'shgan ulkan hissasini ko'rsatadi.
Professor Adib Xolid Panjob Universiteti (Lahor)da bakalavr darajasini, McGill Universiteti (Monreal)da yana bir bakalavr darajasini va Viskonsin-Medison Universitetida magistratura va doktorlik darajalarini olgan. 1993 yildan beri u Karleton Kolleji ilmiy jamoasining muhim a'zosi bo'lib kelmoqda.
https://youtu.be/dEleU_5RKEQ?si=EtW6ydwUWNzLNkHV

Adeeb Khalid - Central Asian Borders, Making Uzbekistan and ideology of Jadids
I had the incredible honor of hosting Dr. Adeeb Khalid, a distinguished historian and scholar whose extensive work significantly shaped our understanding of modern Central Asia. Dr. Khalid held a BA from the University of Punjab, Lahore, a BA from McGill…
Afsona borki, xuddi Sovet paytida O’zbeklarni hammasi, yoki bo’lmasa, ko’pi ruschada erkin gapirgan. Bu albatta xato.
Sovet Ittifoqi qulashidan oldin eng oxirgi aholini ro’yxatga olishda 1989 yili, Rus tili bilish haqida savol bo’lgan. Shunda, O’zbeklar Sovet millatlari ichida ruschda eng yomon gaplashadigan xalq bo’lib topilgan edi. Aytish joizki, o’sha payt, bilmagan odam ham “bilaman” deyishi ehtimoli balandroq edi. Ya’ni bu oshirib ko’rsatilgan raqamlar (Latishlarga qarang).
Shuning uchun, agar sizni ajdodlaringiz, 89-yilda ruscha bemalol so’zlay olishgan bo’lishsa demak ular O’zbeklarni ichida kamchlikni tashkil etishgan. Menimcha bu afsonaga sabablaridan biri ham shu bo’lib kelmoqda. Dodalarimiz ruscha so’ylagan bo’lsa - demak o’sha payt hamma shunday gapirgan deb o’ylashimiz mumkin. Lekin unday bo’lmagan.

Koviddan keyingi “yumshoq qo’nish” sodir bo’lyapti. Lekin bir ikki chegaralar bilan. Aynan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarda mamlakatlararo farqlar keskinlashyapti. AQShda muammo - iqtisodiyot keragidan ortiq “qizib” ketgan, juda tez iqtisodiy o’sish va inflyatsiya. Xitoyda teskarisi - sekin o’sish, kutilmalardan sekin samaradorlik oshishi va tabiiyki past inflyatsiya.
Qiziq fikrlar.
Men buni teskarisini aytgan bo’lar edim: Amerika nihiyatda g’amxo’r, hatto mutlaq notanish odamlarga. Amerikaliklar shunday bo’lganiga.
Kechagina chegaradan noqonuniy yo’l bilan o’tgan muhojirlarga ham, hatto uy berishadi, ovqat beradi, jamoat maktablariga bolalarini bir xujjat so’ramasdan olishadi. Bolalarga ovqat, teglik va kiyimlarni ham berishadi. “G’amxo’r va hamdard” amerikani ko’proq ko’rgandekman.
“Qirni ustidagi charaqlaydigan shahar” nomi - adolatli berilgan deb o’ylayman. Balki shuning uchundir, o’ylayman, insonlar ko’chib kelmoqchi bo’lgan eng jozibador makon.
Lekin qurol yarog’ haqiqatdan juda bir katta muammo - va hal bo’lishi ko’rinmaydigandek…
https://t.me/profsherzod/156

Prof. Sherzod
Шафқатсиз Америка
Мартда 11 йиллик танаффусдан сўнг АҚШга бордим. Қайтгач, сафар таассуротлари ҳақида нимадир ёзмоқчи эдим. Аммо иш билан бўлиб, қолиб кетди.
Бугун дўстлардан бири мана бу хабарни юбориб қолди. Вашингтон штати Рентон шаҳрида (мен борган…

Internetdan.
Xitoyning ko'pchilik nomini ham eshitmagan yettita quyosh energiyasi kompaniyasi global iqtisodiyot uchun dunyoga mashhur Exxon, Chevron, Shell va BPlardan ko'ra KO'PROQ energiya ishlab chiqaryapti.
Uglevodorodlar asri biz o’ylagandan tezroq yakunlanmoqda. Tosh asri tugashi ham toshlar qolmagani uchun bo’lmagan.

Forwarded from Замбаракнинг ўқи
Кредит (қарз, насия) нархи ҳақида.
Куни кеча қаердандир Ucell рекламасига кўзим тушиб қолди. Ucell сайтида насияга сотиб олиш мумкинлигини кўриб, “Узум Насия” сайтига кириб қолдим. Мен Ўзбекистондан кетишимдан аввал насия деганда пул йўғида битта сигарет ёки иккита памперс олиш тушуниларди, ҳозир анча ўзгариб кетибди.
“Узум Насия” ва шунга ўхшаш сервисларни қанча титкиламасам ҳам, фоиз ставкаси қанча эканини топа олмадим. “Наҳотки фоизсиз бўлса” деб твиттер аҳлидан сўрасам, яхшилаб тушунтириб беришди.
Насия деганлари кредитнинг сал бошқачароғи экан. Кредитдан фарқли ўлароқ, устама фоиз нарх ичига қўшиб юбориларкан.
Лекин мени ҳайрон қолдиргани, насияга олинадиган товарларнинг нархи 40–80 фоизга ўсиб кетиши бўлди. 1 миллион сўмлик нарсани насияга олсангиз, 1,5 млн қилиб қайтараркансиз, аммо бу ҳақида ҳеч қайси сайтда аниқ маълумот берилмаган.
Канада қонунчилигига кўра, сиз махсулотни кредитга олсангиз (насия ҳам кредит, фақат чалкашроғи), қўшимча неча пул тўлашингизни сотувчи албатта сизга ҳисоблаб бериши ва савдо саҳифасида кўрсатиб қўйиши керак.
Айтайлик, сиз 1000 долларга телефон олмоқчисиз ва бир йил бўлиб тўламоқчисиз. Кредит ставкаси 5%. 12 ойдан сўнг телефон сизга 1000 долларга эмас, 1050 долларга айланяпти. Яъни, кредит нархи 50 доллар. Шуни сотувчи ҳар бир маҳсулот саҳифасига ёзиб қўйиши шарт.
Ëки 10 млн сўмга телефон олмоқчисиз, 12 ой бўлиб тўлаш шарти билан. Бунда фоиз кўрсатилмасдан, махсулот нархига 4 млн сўм қўшиб, 14 млнга сотишяпти. Яъни, нақдга 10, насияга 14 млн сўм. Шунда насия нархи 4 млн сўмга тенг бўляпти.
Мана шу рақамни ҳар бир насия олаётган пайтда аниқ-тиниқ қилиб кўрсатилиши керак. Буни қонунда белгилаб қўймаса, сотувчи ҳеч замонда буни кўрсатиб, ҳаридорни ваҳимага туширмайди.
Бундан ташқари, “ойига атиги 100 минг сўм” деган жозибадор ёзувлар тагига ҳам маҳсулот неча пул экани, қарз нархи қанча экани, муддат сўнгида неча пул тўланиши кераклигини аниқ кўрсатиб қўйш керак. Акс ҳолда молиявий саводхонлиги паст бўлган аҳоли қатлами алданиб қолиши жуда осон.
@zambarakning_oqi

Iqtisodchi Kundaligi
Albatta Taylor Svift zamonamizni eng muhim odamlaridan va Time jurnali uni “yil odami” deb tan olishi kerak edi. Lekin, AQSh federal rezervi raisi, 2023 yilda, ham inflyatsiyani jilovlab va shu bilan birga ham iqtisodiy o’sishni sekinlashtirmaydigan siyosatini…
Taylor Sviftni monetar siyosatga ta'siri haqida qo'shimcha. Britaniya Markaziy Banki konsertni sanasiga qarab stavkani belgilash haqida fikrlamoqda.
Forwarded from Uzbekonomics
“Uzbekonomics” podkastimiz bu yil 5 yoshga to’ladi. Shu munosabat bilan podkastimizning navbatdagi sonini O’zbekistonda jonli va muxlislar bilan birga yozishga qaror qildik.
AloqaBank hamkorligi va yordamida tashkil etilayotgan va Toshkentda 26 iyun kuni bo’ladigan bu tadbirga podkastimiz obunachilari, muxlislari va umuman qiziqqanlarni taklif etamiz. Jarayonda podkastning yangi epizodi jonli ravishda yoziladi va so’ng muxlislar bilan jonli suhbat qilish imkoniyati bo'ladi.
Joylar chegaralangan. Qatnashish uchun quyidagi havola orqali registratsiya qilishingiz talab qilinadi:
https://forms.gle/KqkzmraU4URVJveA8
Podkastimizni yillar davomida tinglab, tomosha qilib, ulashib kelayotgan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. Toshkentda ko'rishguncha!
Botir Kobilov | Behzod Hoshimov

Juda zoʻr imkoniyat!
Iqtisodiy til bilan aytsak — haqiqiy yulduzlar Oʻzbekistonga kelishmoqda ekan. Iqtisodiyotga va metodlarga qiziqsangiz albatta hujjat topshiring. Toʻgʻrisi, oʻzim ham topshirishni oʻylayapman…
Stiven Durlauf hozirgi Chikago universitet professori, hozir u Chikagoda Hekman bilan birga tadqiqot markaz ko-direktori. Dunyodagi eng yorqin ekonometrik mutafakkirlardan. Uning leksiyalaridan keyin, toʻgʻrisi, qarsak chalgim kelgan edi. Omadim kelib, menga umrimdagi birinchi ekonometrika kursini aynan u oʻtgan, oʻsha payt Viskonsinda ishlagan edi.
Lourens Blume hamma bilgan iqtisodchilar uchun matematika kitobi hammuallifi — bir necha avlod iqtisodchilar uni yozgan kitoblaridan dars olib kelishmoqda. Xullas qoʻyib yuborish mumkin emas bunday imkoniyatni.
Albatta topshiring. Deadline bugun ekan.
Ochig'ini aytsam - O'zbekistonda bunday narsa tashkil qilingani - katta narsa.
https://econsummer.newuu.uz/