Forwarded from Uzbekonomics
Podkastimizning yangi soni chiqdi.
Tadbirkorlik haqida katta epizod doirasida u haqida afsona, haqiqat va qiziq tadqiqotlar natijalari haqida suhbatlashdik. Kremniy vodiysidagi ham, O'zbekistondagi ham tadbirkorlik faoliyatiga oid misollar, davlat tadbirkorlikni rag'batlantirishi kerakmi, va uning uchun qilish va qilinishi kerak bo'lmagan rag'bat/dasturlar haqida gaplashdik.
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
https://youtu.be/M9C9v4bQhJA
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/
@uzbekonomics

YouTube
42 - Tadbirkorlik: afsona va haqiqatlar
Bu epizodda biz tadbirkorlik haqida har tomonlama suhbatlashdik. Avvalambor tadbirkorlik faoliyati nima, qanday insonlar tadbirkor bo’lishadi, tadbirkorlarning rag'batlari, tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o'sishga ta'siri va davlatlar tadbirkorlik faoliyatini…
Forwarded from Jalilov. Qaydlar
O'zbekistonda yangi loyiha - Teach for Uzbekistan ish boshladi. Loyihaning maqsadi - maktablarni yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlashda yordam berish. Bunda nopedagogik OTMlar bitiruvchilari tanlovdan va intensiv pedagogik tayyorgarlikdan o'tib, maktablarga o'qituvchi sifatida ishlashga yuboriladi. Ularga pedagogik faoliyati davomida yordam beradigan kuratorlar biriktiriladi. Bu, bir tarafdan, maktabda malakali o'qituvchilar yetishmovchiligini hal qilishga hissa qo'shadi, ikkinchi tarafdan, OTMlar bitiruvchilariga o'zlarini yangi sohada sinab ko'rish, keyingi ish faoliyati uchun kerakli ko'nikmalarni egallashga yordam beradi.
Yuqorida tasvirlangan model asosida ishlaydigan loyihalar ko'p davlatlarda bor. Masalan, o'zim Nyu Yorkda o'qib yurgan paytimda "Teach for Amerika" loyihasining konferensiyasida qatnashganman.
Qiziquvchilarni loyihada qatnashib ko'rishga chaqiraman - balki o'zingizning yangi qirralaringizni kashf etarsiz? Qolaversa, yurt kelajagini qurishga hissa qo'shish imkoniyati. Zero, yoshlarimiz bizdan bilimliroq bo'lsa, tanqidiy fikrlay olsa, biz ko'rmagan orzudagi O'zbekistonni qurishi mumkin ....

Podrobno.uz
В Узбекистане стартовал новый социальный проект. Молодых энтузиастов приглашают попробовать себя в роли школьного учителя
Узбекистан, Ташкент – АН Podrobno.uz. В Узбекистане заработал новый социальный проект Teach For Uzbekistan. Его цель – отобрать молодых лидеров и специалистов, провести для них интенсивную педагогическую переподготовку и направить в качестве учителей в отдаленные…
Forwarded from Zafar Khashimov
Тарихда биринчи марта хусусий компания сифатида Anglesey Food, Korzinka супермаркетлар тармоғи мамлакатимизда энг кўп иш ўрини яратган корхоналар сафига кирибди.
Дарвоқе, Бандлик Вазирлиги телеграм каналини энди кўрибман, обуна бўлдим. Кўпгина қизиқарли маълумотлар чиқиб турар экан. Тавсия қиламан.

AQSh hukumati talabalar qarzini kechirib yuborish uchun 870 millard va 1.4 trillion dollar orasida pul ajratmoqchi. Juda noto’g’ri qaror bo’lar edi. Pul bilan kam ta’minlanganlarga yordam berish kerak - barcha o’qish uchun qarz olganlarga buncha ko’p pulni berish, eng birinchi adolat prinsiplariga ham to’g’ri kelmaydi.
Yozishlaricha, Rossiyaga O’zbekiston fuqarolarini kirishi bilan muammollar sodir bo’lmoqda. https://t.me/agentstvonews/5988
Telegram
Агентство. Новости
Вслед за гражданами Таджикистана в Россию начали массово не пускать граждан Узбекистана и Кыргызстана
Российские пограничники в последние дни массово отказывают во въезде в Россию в аэропортах и на наземных пунктах пропуска не только гражданам Таджикистана…

Podkastimizda shu grafikka o’xshagan natijalar haqida gapirgan edim.
Bu grafikda uch davlat, AQSh, Meksika va Hindiston ko’rsatilgan.
Ko’rganingizdek, vaqt o’tgan sari, AQShdagi korxonlarda ko’proq odam ishlaydi - Hindiston va Meksikada unday emas.
Shunga o’xshagan boshqa grafiklar bor, masalan, mamlakatdagi daromadlar va o’rtacha korxonadagi ishchilar soni.
Ma’no shundaki, O’zbekistonda ham, boshqa kambag’al mamlaktlar kabi, o’rtacha korxonaning hajmi kichikligida. Eng yomoni, vaqt o’tib katta bo’lmasligida. Bizdagi asosiy muhokama shu muammo bo’lishi kerak.

Hoshimov Iqtisodiyoti dasturining navbatdagi soni. Bu son mehmonimiz - Rossiya siyosati bo‘yicha mutaxassis, Viskonsin Universiteti professori Yoshiko Herrera.
Herrera ko‘p yillik tajribaga ega siyosatshunos olim, Rossiyaning yangi tarixi, 90 yillar xususiylashtirish masalalari va davlat statistikasi haqida ko‘p tadqiqotlar olib borgan. AQSHni Rossiya bilan va NATO bilan munosabatlari bo‘yicha ko‘pgina ekspert guruhlar aʼzosi. Rossiyada 90- yillar boshida tahsil olgan, Qozog‘istonda esa Nazarbayev universitetini tashkil qilishda ko‘maklashgan.
Biz juda ko‘p masalalarga to‘xtaldik. Bu nafaqat Rossiyani Ukrainaga urushi, balki, Rossiyadagi millatchilik, o‘zlikni anglash, va millatlararo munosabatlar.
Menimcha suhbat juda qiziq bo‘ldi. Men o‘zim ko‘p narsa o‘rgandim. Doimgidek, suhbat yoqsa - bo‘lishing va albatta izoh qoldiring. Izohlarni o‘qiyman.
https://youtu.be/UPTOynB7Hwo?si=SDVuKJqkUEJoJO3Y

Yoshiko Herrera - Why Did Russia Invade Ukraine: role of identity, nationalism and ethnic politics.
Yoshiko M. Herrera is a Professor of Political Science at the University of Wisconsin-Madison. Her research on Russian politics; nationalism, identity, and ethnic politics; political economy and state statistics (national accounts); and international norms…
Energetik reforma - to’g’rirog’i uni qilish kerakligi haqida intevyu berdim (rus tilida) - https://www.spot.uz/ru/2024/05/06/energy-reform/
Spot
«Повышение тарифов — не панацея. Нужна реформа энергосектора» — Бехзод Хошимов
В интервью Spot экономист рассказал, почему повышение расценок не является полноценной реформой, как поддерживать уязвимые слои населения и что делать с энергетической системой Узбекистана.
Savdo qanday qilib boylikka taʼsir qilishi haqida maqola ekan.
Elastiklik koeffitsiyenti - 0.24 deyishyapti - AQSHda.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, savdoning 1 foizga o‘sishi yalpi ichki mahsulotning 0,24 foizga o‘sishiga olib keladi. Ikki tomonlama savdoning 1 milliard dollarga ko‘payishi YAIMni 240 million dollarga oshiradi. Mualliflarni taʼkidlashicha, 2017 yildan beri olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarda esa bu koeffitsiyent 0,30 dan yuqori bo‘lib kelmoqda.To‘g‘risi, men savdoni iqtisodiy o‘sishda bunchalik katta koeffitsiyentga egaligini bilmas edim. Yana bir bor - savdoga to‘siqlar qanchalik qimmat ahmoqlik ekani deb o‘qisak bo‘ladi.
https://www.piie.com/publications/policy-briefs/americas-payoff-engaging-world-markets-1950-was-almost-26-trillion-2022

PIIE
America's payoff from engaging in world markets since 1950 was almost $2.6 trillion in 2022
International trade may not be as popular in the United States as it once was, but this updated PIIE study demonstrates that the payoff to the US economy from globalization has been significant. Gains from trade since 1950, facilitated by vastly improved…
Bu suhbatni Youtubega qo’yganimdan keyin, menimcha Hoshimov Iqtisodiyoti dasturi tarixida birinchi marta - juda ko’p inglizcha izohlar yozishyapti. Izohlardagi asosiy ma’no Rossiya Ukrainaga urush qilganini sababi - NATO ekan. Haqoratli ayrim izohlarni o’chirdim ham.
Menga qiziq ko’ringani, bu suhbatni qaysidir joyda ulashishganmi? Yoki bu botlarmi?
Xullas, qiziq.
https://www.youtube.com/watch?v=UPTOynB7Hwo
Menga qiziq ko’ringani, bu suhbatni qaysidir joyda ulashishganmi? Yoki bu botlarmi?
Xullas, qiziq.
https://www.youtube.com/watch?v=UPTOynB7Hwo
YouTube
Yoshiko Herrera - Why Did Russia Invade Ukraine: role of identity, nationalism and ethnic politics.
Yoshiko M. Herrera is a Professor of Political Science at the University of Wisconsin-Madison. Her research on Russian politics; nationalism, identity, and ethnic politics; political economy and state statistics (national accounts); and international norms…
Talabalar protestlari AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi.
Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada.
Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi.
Muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.

Forwarded from Lingvist Iroda Azimova
Instagramda reels chiqib qoldi.
Rasiyya so‘zining yozilishi yoqdi. Diqqat! Bu yerda xato, to‘g‘ri degan iddao yo‘q. Shunchaki insonning til mexanizmi qanaqa ishlashiga aqlan guvoh bo‘lish mumkin.
Demak, Rossiya so‘zining ayni o‘rinda yozilishiga tashxis:
1.O‘qigandan ko‘ra ko‘proq eshitish orqali qabul qilingan bu so‘z.
2. Ammo bir-ikki marta o‘qilgan ham. O‘qilganning natijasi "qaysidir harf ikkita yoziladi" degan taxminni shakllantirgan.
3. Birinchi yozilishida Rasiya yozilgan bo‘lsa kerak, faqat qaysidir harf ikkita edi degan taxmin y ni ikkita yozilishiga sabab bo‘lgan. Nega y? Chunki y ni ikkita aytilishi bilan bitta aytilishi o‘rtasidagi farq boshqa undoshlarning shunaqa holatiga nisbatan kichikroq.
Shuningdek, s tovushining ham y kabi sirg‘aluvchi ekanligi xato ehtimoli yuqori bo‘lishini ta'minlagan.
@psixolingvist

Position_ Pre-doctoral_Post-doctoral Research Fellow.pdf
52 KB
Yangi O’zbekiston Universitetidagi tadqiqotlar markazi ilmiy xodim qidirayotgan ekan.
Qiziquvchilar bo’lsa - axborot shu xujjatni ichida.

Baydenni qilgan ishiga Baydenni 2019-yildagi javobi:
Tramp asosiy gʻoyani tushunmaydi. Uning fikricha, u qoʻygan tariflar Xitoy tomonidan toʻlanadi. Har qanday birinchi kurs iqtisodchi talaba aytib berishi mumkin - bu tariflarga Amerika xalqi toʻlayapti.
Hatto Targetdagi kassirlar (supermarketlar tarmogʻi) nima boʻlayotganini koʻrishmoqda — hatto ular ham iqtisodiyot haqida Trampdan koʻra koʻproq bilishadi.”
https://t.me/uzbekonomics/918

AQShda hozir ikki g’oya bor, ikkisi ham xato va zarar lekin ikkisi ham siyosiy jihatdan juda populyar.
Birinchisi bu immigratsiyaga cheklov, ikkinchisi bu Xitoy bilan savdoni cheklash.
AQShda bu yil prezident saylanadi. Shuning uchun, zarar bo’lsada shu ikki populyar lekin o’ta zararli choralar ko’p qo’llaniladi. Klinton ham, Bush ham, Obama ham, Tramp ham saylov yilida tariflar qo’llashgan edi.

Bu video juda yaxshi iqtisodiy dars. Bu yerdagi gʻoya ham, savdoni cheklash — proteksionizm siyosati, yoxud “oʻz bozorini” muhofaza qilish siyosatidek taqdim qilingan. Videodagi gʻoyada tadbirkorlarni “mahalliy” va “xorijiy”ga ajratishga urgʻu berilgan. Proteksionist — savdoni cheklash gʻoyasida ham, “mahalliy mahsulot” va “xorijiy mahsulot” ajratilgani kabi — xato, lekin mantiqiy xatoni yomon tarafi bu narsa iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi.
Albatta, chet ellik tadbirkorlar Oʻzbekistonga kelsa, pul tiksa va biznesini rivojlantirsa — hech ham xavotirga oʻrin yoʻq, “monopollashtirish” esa davlatni ishtirokisiz imkonsiz. Chunki, bordiku oʻsha chet ellik investorlar bozorni egallab olsalar ham (juda ehtimoli past), lekin bozorga kirish hammaga ochiq boʻlib qolaversa — xavotirga oʻrin boʻlmaydi, chunki yana boshqa chet ellik yoki mahalliy tadbirkorlar kelib, oʻsha “monopollashtirgan” tadbirkorlarni bozorini sindiradi. Albatta agar bozorga kirishni davlat cheklab qoʻymasa. Kirishni cheklab qoʻysa muammo boʻladi.
Buni masalan oddiy bir dehqon bozori misolida aytsam. Deylik dehqon bozorda bir nechta odam oʻz mahsulotini sotmoqda, bir nechta chet ellik sotuvchi keldi-da arzonroqqa sotishni boshladi, shu videodagi aka aytganidek, mahalliy sotuvchilar chiqib ketishga majbur boʻldilar, shunda agar bozorni eshigi ochiq tursa va har imkoniyatda yangi sotuvchi kirishiga imkon boʻlsa, “monopollashtirish” xavfi yoʻq. Narxni sunʼiy oshirgan kuni, yana sotuvchilar kelishadi. Chet ellikmi mahalliymi ahamiyatsiz. Oʻzbekistondagi asosiy muammolardan biri ham aynan shu, davlat tomonidan bozorga kirish cheklanishi.
Lekin bu videoda boshqa saboq bor, saboq shundaki, tabiiyki, ayrim tadbirkorlar, hatto raqobatli sohalarda faoliyat olib borsalar ham, albatta imkoni boʻlsa davlat raqobatni cheklashidan manfaatdor boʻladilar. Bu yerda ham, diqqat bilan eshitsangiz, videodagi odam, aynan davlat cheklovlarni qoʻyishi haqida aytmoqda. Jamiyat va davlat uchun saboq shundaki — davlat iloji boricha raqobatli muhitni yaratishi kerak va har bir sohaga kirishni iloji boricha ochiq va oson qilib turishi kerak. Har bir tadbirkorlikka toʻsiqni, bozorni cheklanishini jamiyat uchun katta bir kulfatdek qaralishi kerak. Agar oʻsha sohani ichidagi ayrim tadbirkorlar yoki tashkilotlardan sohani qanday rivojlantirish kerak deb soʻrasangiz, ular shunday raqobatni “cheklovchi” choralarni aytishlari ham mumkin. Bundan ehtiyot boʻlish kerak.
Shuning uchun ham, qarorlar qabul qilishda, iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holdagina fikr yuritsak maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta chet ellik investorlar oʻzi shundoq ham Oʻzbekistonda juda juda kam. Mintaqada eng kam kishi boshiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oladigan mamlakat hisoblanamiz, lekin shunga qaramasdan ham, cheklashni xohlaydiganlar mavjud. Xuddi shunday, import mahsulotlarini cheklash ham, bir xil mantiqsizlik, agar chet eldagi ishlab chiqaruvchilar, yoki chet ellik sotuvchilar bizga tovarlarni “arzonroq” sotishni xohlab turishgan boʻlsa — biz albatta buni qabul qilishimiz kerak, axir qancha arzonga olsak — shuncha koʻp iqtisodiy yutuq. Teskarisini qilish — xalqni kambagʻallashtiradi.

Ishlab chiqarish va “lokalizatsiya” haqida gap ketganida, yuqori qiymatli va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotni ishlab chiqarish va yuz foiz mahalliy mahsulotni ishlab chiqarish, mohiyatan bir biriga qarama qarshi maqsadlar.
“Yuqori qoʻshimcha qiymatli va oxirgi texnologiyalarni qoʻllab” ishlab chiqarilgan har bir tovar, mutlaq yuz foiz mahalliy boʻla olmaydi (yarimi ham). Xuddi shunday, yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlangan tovar hech qachon yuqori texnologik va yuqori qoʻshimcha qiymatli boʻla olmaydi. Hatto, eng rivojlangan mamlakatlarda ham. Xitoy ku mayli, hatto AQShda ham shunday. Rivojlanayotgan dunyo va kichik mamlakatlar haqida gapirmasak ham boʻladi.

AQSh makroiqtisodiyotidagi xodisalar: inflyatsiya hali ham nisbatan yuqori, lekin mehnat bozori tarixiy maksimumda - buni adabiyotda “full employment” deyishadi. Iqtisodiy potensial maksimumda va o’sish ham yuqori darajada bo’lishiga qaramasdan, hukumat hali ham fiskal xarajat qilib kelmoqda (albatta bu inflyatsiyaning asosiy sabablaridan), bunday xolat tarixda bo’lganini eslay olmayman.
Inflyatsiya haqida aytish joizki, asosiy muammo bu uy-joy qimmatlashayotgani.
Iqtisodchi Kundaligi
Singapurda bosh vazir o’zgardi. Li Kuan Yuni o’g’li - Li Hsien Lung keyingi oy ketadigan bo’ldi. O’ringa hozirgi moliya vaziri, Lourens Vong hukumatni boshqarar ekan. Singapur mamlakati tashkil bo’lganidan keyin, ya’ni 1965 yildan so’ng deyarli birinchi…
Singapurda yangi bosh vazir!
Menimcha, hokimiyat transferi endi yakuniga yetdi. Bu mo’jizaviy orolni mo’jizasi davom etishini kutib qolamiz.
Aytmoqchi, Lourens Vong ham, undan oldingi bosh vazir, LHL kabi - iqtisodchi.
Viskonsin Universiteti iqtisodiyot fakulteti bitiruvchisi ham.

E’lon qilishimni so’rashdi:
Иқтисодиёт бўйича халқаро олимпиада иштирокчилари учун шошилинч кўмак
Иқтисодиёт бўйича халқаро олимпиада Ўзбекистонда илк бор EFI (Economic Fundamentals Initiative, Иқтисодий Aсослар Ташаббуси) лойиҳаси доирасида ўтказилмоқда. Олимпиада 14-18 ёшли мактаб ва лицей ўқувчилари ўртасида ўтказилади ва 3 босқичдан иборат: Мактаб (2024 йил феврал ойида барча 14 ҳудуддан 583 нафар ўқувчи иштирок этган), Миллий босқич ва Халқаро босқич (2024 йил сентябр ойида Грецияда ўтказилиши режалаштирилган). Олимпиаданинг Миллий босқичи 2024 йил 22 май куни Тошкентдаги Халқаро Вестминстер университетида (ТХВУ) ўтказилади.
ТХВУ ва EFI лойиҳаси Олимпиаданинг Миллий босқичи харажатларининг катта қисмини қоплаяпти. Аммо вилоятдан келаётган иштирокчилар учун Тошкентда турар жой ва йўл харажатлари бўйича зудлик билан ёрдам керак:
Ҳомийлик қилиш истагида бўлганлар қуйидагилар бўйича ёрдам бера олсалар, жуда миннатдор бўлардик:
(1) Тошкентда 2 кеча (2024 йил 21-22-23 май), 90 га яқин киши, жумладан, талабалар, ўқитувчилар ва ҳамроҳлик қилаётган ота-оналар учун турар жой топишга;
ёки
(2) Талабалар ва уларнинг ўқитувчиларига турар жой, Тошкентга келиш йўл-кира харажати, чўнтак пули билан моддий таъминлаш: жами - киши бошига 1,5 миллиондан - 3 миллион сўмгача, қайси вилоятдан келаётганига қараб.
Албатта сиз Миллий босқич иштирокчиларини қимматбаҳо совғалар (масалан, IELTS имтиҳони учун ваучер, гаджетлар, таълимга оид бошқа материаллар) тақдим этиш орқали ҳам қўллаб-қувватлашингиз мумкин.
Сиз ҳам тадбирда шахсан иштирок этишингиз мумкин! Олимпиаданинг Миллий босқичи иқтисодий саводхонлик бўйича конференция шаклида ўтказилади ва талабалар имтиҳон топшириш вақтида ўқитувчилар ва меҳмонлар қизиқарли тадбирларда иштирок этадилар. Тадбирда иштирок этишни истасангиз, қуйидаги рўйхатдан ўтиш формасини тўлдиринг.
Рўйхатдан ўтиш формаси:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeb0Cwmv8dHe5LCV21s-2GweXc1JNWBYONsfVYnCs2l6Y7sTw/viewform
EFI лойиҳаси ҳақида маълумот: www.econfun.org
Қўшимча маълумот учун қуйидаги манзилга мурожаат қилинг:
Др. Наргиза Алимуҳамедова, EFI лойиҳасининг Ўзбекистондаги минтақавий менежери: nalimukhamedova@wiut.uz
Нигина Рустамова, Иқтисодиёт фанидан Олимпиада координатори: nrustamova@wiut.uz, тел: +998 93 378 68 61