Hukumat so’mni kursini suniy ravishda mustahkam ushlab turishi xato, bozor to’liqligicha kursni belgilashiga yo’l qo’yib berish kerak.
Forwarded from Iqtisod4i
Мен Шимолий Корея ҳам демократияга айланади, деб ўйлайман. Фақат қачон деган савол бор.
Сўнгги 200−300 йиллик тарих шуни кўрсатмоқдаки, дунё чизиқли бўлмаса ҳам, зиг-заг шаклида бўлса ҳам бир тарафга қараб кетмоқда — одамлар демократияда яшашни истамоқда.
Замонавий диктаторларнинг кўпчилиги ўзини демократ қилиб кўрсатишга уринаётгани ҳам уларнинг фуқаролари очиқ қатағонларни кўришни истамаслигини яққол кўрсатиб турибди.
Ўзбекистон демократияга тайёр эмас деб таъкидлаётган шартли содда ўзбекистонлик бу гапни ё пул учун айтаётган бўлади, ёки бу гапни пул учун айтаётганларга ишонган бўлади.
Европага келган шартли ўзбекистонлик мамнуният билан демократик мамлакатда яшайди, пора бермайди, эркин сайловларда овоз беришни ёқтиради. Уни полиция ҳодими тўхтатганида, «бизда тезликни ошириш ва полиция ҳодимига пора бериш нормал қабул қилинади», демайди, қонун талабларини бажаради.
©️ Сергей Гуриев.

Meksika Markaziy Banki mustaqil bo’lganidan oldin va keyin inflyatsiya darajasi.
Shu haqida bir tushuntiradigan maqola yozgan edim topa olmayapman.
Lekin qisqa xulosa: Markaziy Bank mustaqil bo’lmasa, inflyatsiyani jilovlash imkonsiz. Chunki siyosatchilar uchun pul ishlatish - ularni populyar qiladigan narsa, shuning uchun MBni majburlashadi.

Bu hikoyani iqtisodiy siyosatni noto’g’ri yuritish haqida qissa deb nomlasak bo’ladi. Chunki bunday misollar o’nta emas, yuzlab.
Voqea 2017 yilda boshlangan. O’sha yilgi xabarlar:
Loyihaga ko‘ra, «Rezinatexnika Mahsulotlari Zavodi» Angren shahridagi sanoat hududida barpo etiladi. Uning umumiy qiymati 213,97 mln. AQSh dollari ekvivalentiga teng…Moliyalashtirish Xitoyning «Eksimbank»i, «O‘zkimyosanoat»ning o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.
Tushunishim bo’yicha, 213.97 mln AQSh dollardan 156 millioni Xitoydan qarz edi. Ko’p vaqt o’tmay ayon bo’ldiki, zavod samarasiz. Davlat ko’zlagan niyatlariga yeta olmadi. Lekin qanday chora ko’rildi? Kutilganidek, bir qator imtiyozlar berildi va albatta bojlar orqali o'sha zavodni “himoya” qilishga tushildi. Bunday “himoya” tabiiyki, O’zbekiston iqtisodiyotiga va O’zbekistonliklarga to’liq va mutlaq zarar edi, lekin o’sha zavodni “qutqarish” uchun shunday qimmat va zararli qaror qildi hukumat.
Ko’p vaqt o’tmay, 213,97 million dollar - xalq puliga qurilgan zavod 73 million dollarga sotildi. Nega unday narx, xabarim yo’q, balki adolatli narxi shu edi, balki va men o’ylayman katta ehtimol bilan 73 millionga sotib yuborish to’g’ri qaror bo’lgan. Balki vaqt o’tkazib sotishganida 5 millionga ham kimsa olmas edi, kim biladi deysiz. O’zi samarasiz narsani iloji boricha tez sotib, uni yoqotish kerak.
Lekin qissadan hissa shuki, davlat tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni to’xtatishi kerak. Mutlaq va so’zsiz. Davlat hisobidan qarz olish va umuman sanoat bilan shug'ullanishdan to’liq voz kechib, iloji boricha tezroq chiqib ketish kerak. Ha, shu bilan aytmoqchimanki, Uzavtosanoat ham, bor zavodlarini bozorda sotib yuborib, tugatilishi darkor. Butun davlatga tegishli sanoat - to’liq xususiylashtirilishi kerak. Ko’chada 2024 yil, biz hali ham sovet paradigmasidan, davlatga tegishli bo’lgan sanoat tashkilotlari kishanlaridan chiqib keta olmayapmiz. Buni sababi - noto’g’ri sanoat siyosati. Buni oqibati o’ta katta samarasizlik, korrupsiya va resurslarni noto’g’ri taqsimoti.
Davlatni asosiy funksialari bor - jamoat tovarlarini yetkazib berish, masalan xavfsizlikni yoki toza havo va suvni. Avtomobillarga balon, avtomobillar yoki temir ishlab chiqarish bu davlatni ishi emas. Bu narsa bilan davlat shug'ullansa xalq uchun ham, iqtisodiyot uchun ham kulfatli bo’layotganini mana o’nlab yillar davomida shohidi bo’lib kelmoqdamiz.
https://kun.uz/07868765?q=%2Fuz%2F07868765

Open Budget`нинг биринчи мавсумига ажратилган маблағ — 3,39 трлн сўм.
Ўзбекистон консолидациялашган бюджетининг 2023 йилдаги харажатлари 380 трлн сўм.
Консолидациялашган бюджети дефицити, яъни йиғганимиз ва сарфлаганимиз ўртасидаги салбий фарқ 59 трлн сўм.
Газ нархлари ўртасидаги фарқни қоплаш учун субсидияларга 18 трлн сўм сарфланган.
2021 йилдан 2023 йилгача давлат органлари, адлия, прокуратура ва судлар, шунингдек, маҳаллаларни сақлаш ва ННТларни қўллаб-қувватлаш харажатлари 6 трлн сўмдан кўпроққа ошган.
Бу йил бюджетга Навоий ва Олмалиқ кон-металлургия комбинатлари бўйича 18,27 трлн сўм фойда солиғи тушиши прогноз қилинган. НКМК ва ОКМКдан дивидендларидан 2024 йилда 23,75 трлн сўм келиб тушиши керак.
Жисмоний шахслардан эса 15,9 трлн сўм даромад солиғи олиниши кутилмоқда.

Iqtisodiyot qonunlar biz xohlasak ham, xohlamasak ham ishlayveradi.
Taklif cheklansa - narxlar qimmatlashadi:
https://t.me/lazizhamidov/992

Telegram
Laziz Hamidov
Nazarimda, mashina narxlari o‘z holiga qaytmoqda.
Oxirgi 4-5 oy tinimsiz mashinalar oldi-sottisi e’lon qilinadigan turli platformalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarni kuzatib bordim.
Rostdan ham bozorda juda katta raqobat paydo bo‘ldi, Xitoydan o‘n minglab…

Forwarded from Ko’rinmas Qo’l
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodchi Kundaligi
Birinchi mifga nisbatan nazariy fikr shuki “valyuta chiqib ketishi” degan qo’rquv asossiz. Hech bir mamlakat o’zi ishlab chiqarganidan ko’proq tashqaridan sotib ola olmaydi. Agar farqni ko’rsangiz, savol bering, nima hisobdan shunday? Katta ehtimol bilan, o’sha farq investitsiyalar yoki transfertlar orqali moliyalashtiriladi. Bu narsa esa albatta yaxshi. Albatta davlat o’z valyutasini suniy tarzda “kuchli” qilib turmasligi kerak.
Forwarded from Iqtisod4i
Парадокс шундаки, миллий иқтисодиётга энг катта зарар келтирувчи қарорлар миллий иқтисодиётни қўллаб-қувватлаш деган важ билан қабул қилинади.
Истеъмолчилар ҳуқуқларини энг кўп камситувчи қарорлар истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш важи билан имзоланади.
Маҳаллий корхоналар рақобатбардошлигини энг кўп кучсизлантирувчи қарорлар маҳаллий корхоналар рақобатбардошлигини ошириш деган чиройли сарлавҳалар билан эълон қилинади.
Қандай қилиб сизни рақибларингиз билан ҳисоби 0-0 дан бошланувчи ўйин ўйнашга қўймасдан рақобатбардошлигингизни ошириш мумкин? Ички бозорда сизга рақибларга нисбатан маъмурий, сунъий устунлик берилаверса, бу сизни кучлироқ қиладими? Ëки шу маъмурий ёрдамсиз исталган рақобатда ютқазадиган қиладими?
Қайсидир саноат жаҳон бозорида рақобатбардош бўлиши учун уни тариф ва нотариф тўсиқлар билан ҳимоя қилишимиз керак деган фикр - мутлоқ мантиқсиз, истеъмолчига зарарли қараш.

Bunday fikr ham bor. Kimdir ahmoq, bilmay zarar keltiradi, kimdir esa atayin qiladi deyaptilar.
https://t.me/the_bakiroo/7973
https://t.me/the_bakiroo/7973
Telegram
bakiroo
"Улар бу ишларидан фахрланишмоқда"
Улар қанчалар ярамас ва очкўз монополист эканини очиқ тан олишаётгани йўқ, улар бундан очиқча фахрланишмоқда.
Эътибор беринг, ҳеч бир соғлом ўзбекистонлик Ўзбекистонда ишлаб чиқариш тўхтасин, заводлар ёпилсин, деган талаб…

Meni doim o’ylantiradigan narsa, O’zbekiston nihoyatda savdoga yopiq mamlakat bo’lishiga qaramasdan, undan ham yomon ya’ni undan ham yopiqroq bo’lishini xohlaydiganlar bor. Men tepadagi birinchi toifani emas - ya’ni yopiq siyosatdan manfaat oladiganlarni emas, aynan bilmasdan shunday o’ylaydigan qaror qabul qiluvchilar mavjudligiga hayron qolaman.
Menimcha, dunyodagi eng yopiq iqtisodlardan ekanligimiz hammaga ayon. 98% dunyo iqtisodiyotlari a’zo bo’lgan JSTni a’zosi ham emasmiz, bojlarimiz ham dunyoda eng balandlardan. Buni ustiga dengizlardan uzoqda joylashaganmiz, ya’ni tabiiy savdo chegaralari ham mavjud, bizga tovarlarni chetdan olib kelishni o’zi bir mushkulot va juda qimmat. Bu narsa baxtimiz emas - omadsizligimiz (proteksionist mantig’iga ko’ra, import kelishi qancha qiyin bo’lsa shuncha yaxshi, absurd mantiq albatta).
Bunga ham qo’shib, juda samarasiz va davlatga tegishli bo’lgan logistika: temir yo’llari va havo yo’llari, rivojlanmagan infratuzilma va o’ta sekin ishlaydigan bojxona xizmatlari ham bor.
Aytmoqchimanki, shundoq ham dunyodagi erkin savdoga eng yopiq mamlakatlar qatoridamiz, lekin shunda ham, mahalliy samarasiz ishlab chiqaruvchilarni samarasizligini vaj qilib, savdoga cheklovlarni yanada ko’tarmoqchi bo’lamiz. Bu falsafamiz mana 1995 yildan beri ish bermay kelmoqda, lekin qayta qayta shu xatoni qilishni va har gal o’zimizcha yangi argumentlar bilan xato qilishni davom ettirmoqdamiz.
Mayli ekan, Singapur yoki Gonkongdek savdoga ochiq mamlakat bo’lganimizda, tushunar edim “sal pal” boj qo’ymoqchi bo’lganlarni hissiyotlarini (xato mantiq bo’lar edi Singapurda ham), eng proteksionist mamlakatlardan birida bo’lib, undan ham qattiq yopilishni xohlaydigan qaror qabul qiluvchilar borligi, meni to’g’risi taajubga soladi.

Ko’pchilik Misrda iqtisodiy muammolar juda ham ulkanligini to’g’ri ko’rsatib kelmoqda. To’g’ri Misr unikal bir yomon ahvolda. Tolstoy aytganidek, har bir muammoli oilani muammolari “unikal”, Misr ham shunday.
Lekin yana bir yaqin sharqdagi davlat - Saudiya Arabistonida ham, strukturaviy islohotlar qilinmagani iqtisodiyotni uzoq muddatli jozibasini savol ostiga qo’ymoqda.
NEOM haqida bugun Bloomberg yozibdi. Bu umumiy trend lekin, bir loyiha tarixi emas.
https://www.bloomberg.com/news/articles/2024-04-05/saudis-scale-back-ambition-for-1-5-trillion-desert-project-neom

Bloomberg.com
Saudis Scale Back Ambition for $1.5 Trillion Desert Project Neom
Saudi Arabia has scaled back its medium-term ambitions for the desert development of Neom, the biggest project within Crown Prince Mohammed bin Salman’s plans for diversifying the oil-dependent economy, according to people familiar with the matter.
Forwarded from Mirzo Zominiy
Ziyouz portali ochilganiga ham 20 yil bo‘libdi 🇺🇿🎉
Davron aka va do‘stlari millat uchun judayam katta savob ish qilganlar. Men ularga chin ko‘ngildan rahmat deyman. Shuncha manbani to‘plashning o‘zi bo‘lmaydi.
Ziyouz.com – haqiqatan ham yoshlarning, ustoz va tadqiqotchilar suyansa bo‘ladigan, o‘zbek tilidagi tengsiz manba.
Ming olqish!
👉 To‘liq post
#Tabrik
@mirzo_zominiy

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ўзимизда ишлаб чиқармасак, валюта четга чиқиб кетади” деган гап нега миф?
Айрим блогерлар маҳаллий автосаноатни ҳимоя қилиш кераклигини айтиб чиқиши ортидан ижтимоий тармоқлар яна протекционизм ҳақидаги баҳслар билан тўлиб-тошди. Kun.uz бу борадаги саволларга асосли ва илмий жавоблар олиш учун АҚШда фаолият юритаётган иқтисодчилар Ботир Қобилов ва Беҳзод Ҳошимовга мурожаат қилди.
Иқтисодиёт илми мутахассислари суҳбат давомида “валютанинг четга чиқиб кетиши” ҳақидаги хавотирлар нега асоссиз экани, импортга чеклов қўйиш қандай қилиб экспортга ҳам тушов бўлиши, оқилона фискал ва монетар шарт-шароитларда импортнинг экспортдан кўп бўлиши нима учун муаммоли ҳолат эмаслигини тушунтириб беришди.
📹 ИНТЕРВЮНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

Forwarded from Uzbekonomics
Podkastimizning yangi soni chiqdi:
https://youtu.be/RO77V45vghA
Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean
Podkastimizning ushbu epizodi hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/
Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.
@uzbekonomics

YouTube
41 - Aholining o'sishi va iqtisodiy farovonlik.
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston…
Proteksionizm haqidagi diskussiyada katta mantiqiy xatolardan biri shuki, xuddi hozir O’zbekiston importga va bozorga ochiq mamlakatdek gapiriladi.
Bu umuman haqiqatdan uzoq. Biz savdoga ochiq mamlakat emasmiz. Importga chegaralar juda katta va ko’p - demak eksport ham buni deb raqobatbardoshligi tushmoqda. Qandaydir ma’noda, avtarkiyaga yaqin sharoitdamiz.
Hozirgi yopiqlikdan ham battar yopiqlik, undan ham katta savdoga to’siqlarni xohlash yoki talab qilish O’zbekistonni undan ham battar qashshoqlashtiruvchi chora.

Aslida, bir mamlakat ikkinchisi bilan urushsa yoki jazolamoqchi bo’lsa - savdoni cheklaydi. Biz esa, hech kim bilan urushmasdan turib, o’zimiz o’zimizga chet el bilan savdoni cheklamoqdamiz.
Misol keltiray.
Kuni kecha xabarlarda o’qigan bo’lsanigz kerak, G’azodagi urush sabab, Turkiya Isroilga o’z eksportini vaqtincha cheklash chorasini qo’lladi.
Demak Isroil Turkiyadan import qila olmaydi, eng kamida rasman. Bu Isroil iqtisodiyotiga qarshi “jazo” chorasi deb aytmoqda Turkiya tashqi siyosatiga masullari.
Endilikda, Isroilliklar Turkiyadan ko’p tovarlarni import qila olishmas ekan. Har yili Isroil Turkiyadan yiliga 5-7 millard dollarlik import qilar edi, asosan uy uchun tovarlar, tekstil, sovun kabi maxsulotlar. Endi esa Isroil import qila olmaydi bu tovarlarni.
Isroilda bu chorani “savdo urushi” deb talqin qilishyapti. Ha, to’g’ri o’qidingiz. Isroilliklar, tabiiy ravishda, bundan norozi va qarama qarshi choralar qo’llash bilan tahdid qilishmoqda.
Agar bizni proteksionistlarni mantig’i bilan o’ylasak - Isroil bunday narsadan xursand bo’lishi kerak edi. Endi 5-7 millard dollar Turkiyaga “chiqib ketmaydi” deyishlari kerak edi. O’sha sovun va tekstilni o’zlari ishlab chiqarib, Turkiyaga to’lamaymiz deyishlari mumkin edi. Lekin Isroilliklar, mantiqiy ravishda, to’g’ri xulosa qilishyapti, hatto bir mamlakatdan importni cheklanishi, Isroil iqtisodiyoti va xalqi uchun zarar. Turkiya ham bu chorani kiritganidan ko’zlagan maqsadi ham aynan shu.
Tushuntira oldimmi mantiqni?
O’zbekistondagi savdoga ma’sullar, hech qanday siyosiy kontekstsiz, shu “jazolovchi” choralarni iqtisodiyotimizga qo’llab kelishmoqda - ya’ni savdoni, jumladan importni necha yildirki, o’zlari cheklab kelishmoqda. Nafaqat qaysidir bitta mamlakatdan, balki dunyodagi barcha mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga cheklovlar qo’yib kelishmoqda.
Bunday choralarni “importni kamaytirish” va “dollar chiqib ketishi yomon” degan mantiq bilan asoslab ham kelishmoqda.
Boshqa mamlaktlarda esa, qaysidir bir mamlakatdan kelgan tovarlarga nisbatan vaqtincha cheklov ham, “jazo” vositasi yoki “savdo urushi” deyiladi.
Rossiyaga qarshi sanksiyalarda ham shunga o’xshagan mantiq.

The Times of Israel
Opening trade war, Turkey imposes restrictions on Israel until Gaza ceasefire
Ankara's trade ministry lists 54 items that will not be exported to Israel, which says it will draw up its own 'extensive' inventory of Turkish products it will ban
Singapurda bosh vazir o’zgardi. Li Kuan Yuni o’g’li - Li Hsien Lung keyingi oy ketadigan bo’ldi. O’ringa hozirgi moliya vaziri, Lourens Vong hukumatni boshqarar ekan.
Singapur mamlakati tashkil bo’lganidan keyin, ya’ni 1965 yildan so’ng deyarli birinchi marta, Li oilasi hukumat boshqaruvidan ketmoqda. Singapur uchun ham, menimcha Li oilasi uchun ham bu yaxshi yangilik.

O’zbekistonlik tadqiqotchi - Bahrom Radjabovni qizlari besh yashar Amiraxon og’ir kasal bo’lib qolibdilar.
Obunachilarim va do’stlardan Amiraxonga tibbiy yordam uchun qo’ldan kelgancha yordam berishingizni so’rab qolaman.
Batafsil ma’lumot ilovada berilgan.
Amiraxonga shifo tilab qolamiz.
O’zbekistondagi karta raqamlari:
8600 4904 9367 6696
https://gofund.me/6ce42161

gofundme.com
All in for Amira: Together We Beat Lymphoblastic Leukemia!, organized by Davron Mirsagatov
Средства поддержки в узбекских суммах можно перевести на узбе… Davron Mirsagatov needs your support for All in for Amira: Together We Beat Lymphoblastic Leukemia!
O’zbekistonda aksar xonadonlar oyiga 200 kvt.soatdan kamroq energiya iste’mol qilishadi.
Forwarded from Iqtisod4i
Бухоро амири Абдулаҳадхоннинг Когондаги саройидан ажойиб фотоҳикоя. Албатта тавсия қиламан. Жуда қизиқ маълумотлар, чиройли суратлар бор.
Муаллиф: Зиёда Рамазонова
Фотосуратлар муаллифлари: Беҳзод Болтаев, Шоҳруҳ Ҳайдаров
https://www.gazeta.uz/oz/2024/04/17/kogon-saroy/