Forwarded from dilmurad.me
Suratlar muallifi Ernest Kurtveliyev, "Cheksiz go‘zallik" loyihasi, 2015 yil
Dunyodagi har beshinchi ayolni nogironligi bor. BMT ma'lumotlariga ko‘ra nogironligi bo‘lgan ayollar va qizlar ikki tomonlama kamsitishga uchraydilar — ham nogironlik, ham gender belgisi bo‘yicha.
O‘zbekistonda esa atigi 295.5 ming nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatdan o‘tgan. Bundan tashqari qaramog‘ida bir yoki undan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalari mavjud yolg‘iz ayollar ham kam emas. Ishonchim komil ularning soni rasmiy statistikadan ko‘ra ancha ko‘proq.
Nogironligi bo‘lgan ayollar oila qurish, sifatli ta'lim olish, munosib mehnat qilishda ko‘proq to‘siqlarga duch kelishadi. Ularga nisbatan zo‘ravonlik, e'tiborsizlik, yomon munosabatda bo‘lish xavfi yuqoriroq.
Gender tengligini nogironligi bo‘lgan qizlar va ayollarsiz erishib bo‘lmaydi. 8 mart xalqaro xotin-qizlar kunida barcha qizlar va ayollarga birdamlik va teng huquqlarga erishishni tilab qolaman! ✊🏼
@dilmuradme

Xitoyliklar Uyg’urlarga nisbatan qilgan siyosatini qoralab chiqqan mamlakatlar va hozir Rossiya hukumati tomonidan Rossiyaga nisbatan “do’stona emas” deb belgilangan mamlakatlar (Rossiyaga nisbatan sanksiyalar qo’llagan mamlakatlar) deyarli o’sha o’sha ekan. Afsus.
Qandaydir ma’noda bu mamlakatlar “progresiv dunyo”ni tashkil qiladi: AQSh, Yevropa, Yaponiya, Avstraliya vhkz.
Rasmda: Xitoyni Uyg’urlarga nisbatan siyosatiga ovoz bergan mamlakatlar.

Rossiya banklari 9 - Sentyabrgacha naqd dollar sotishlari taqiqlandi.
www.cbr.ru
Банк России вводит временный порядок операций с наличной валютой | Банк России
Biror narsa aytishim qiyinku hali, lekin Rublni valyuta sifatida konvertatsiya masalasi kun tartibida.
Esilarda bo’lsa, bizda banklar “rasmiy kursda dollarimiz yo’q” deyishar edi. Rossiyada bu operatsiyaga rasmiy taqiq kiritildi. Dollarni rubl qila olasiz, teskarisi taqiq ostida xolos. Ya’ni bank xohlasa ham, mijozlarga dollarni sota olmaydigan bo’lishdi. To’g’risi, bunday darajada va bunchalik tez bo’lishini kutmagan edim.

Rossiyadan McDonald’s, Pizza Hut, Coca Cola kabi brendlar chiqishini e’lon qilganini eshitib, birinchi bo’lib Gorbachevning Pizza Hut uchun reklamasi ko’z oldimga keldi. Teskari zamon.
Bugun Mariupol shahrida tugʻuruqxona va yosh bolalar shifoxonasini rossiyaliklar vayron qilganini eshitgandirsiz.
Siyosatshunos Bruno Makayesh tvitterda shunday deb yozibdi: “Agar Rossiya tugʻruqxonani adashib portlatdi deb oʻylasangiz, siz soʻnggi oʻn yil ichida dunyo siyosatini kuzatmayapsiz.“

Sanksiyalar haqida muhim qoʻshimcha shuki — OAVlarda gapirilayotgan koʻp sanksiyalarni gʻarbiy hukumatlar emas, korxonalar qilishmoqda. Yaʼni hukumatlardan koʻra korxonalar tezroq va samaraliroq harakat qilishmoqda.
Masalan Britaniyaning BP kompaniyasi Rossiyadan chiqishini eʼlon qilganida, Rus neftini sotib olishga hech qanday hukumatni taqiqi yoʻq edi. Xuddi shunday, minglab boshqa brendlar Rossiyadan chiqishi, bu gʻarbiy hukumatlarni ishi emas — jamoatchilik ishi.
Qarang, gʻarbiy korxonalar oʻzlarini daromadlarini maksimalashtirish bilan shugʻullanishadi. Hozirgi urush vaqtida Rossiya bilan ishlash yoki Rossiyada ishlash, koʻp korxonalar uchun va ularni boshqa xaridor va investorlari uchun “xunuk” koʻrinadi. Shuning uchun, yaʼni aynan daromadlarni maksimalashtirish nuqtai nazaridan, korxonalar Rossiyadan chiqishmoqda. Oddiy misol, agar BP urush davrida Rossiya neft sohasida faoliyat olib borishni davom ettirsa, katta ehtimol bilan gʻarbdagi xaridor va jamoatchilik bosimiga qolib ketar edi, balki ularni yoqilgʻi shoxobchalariga odamlar kirmay qolar edi vhkz. Yaʼni aynan foyda/zarar nuqtai nazaridan qilingan qaror. Xuddi shunday, tez ovqatlanish shoxobchalari Rossiyada yopilganini sabablaridan biri — ularni gʻarbdagi isteʼmolchilari koʻzida xunuk koʻrinishi. Yaʼni Rossiyada ishlash shunchalik toksik boʻlib qoldiki, gʻarbiy korxona Rossiyada qolishi juda qimmatga aylandi. Qimmat degani cheksiz emas.
Ayrim gʻarbiy korxonalar Rossiyada ishlamoqda. Masalan — Schlumberger. Ular neftni qazib oluvchilarga xizmat koʻrsatishadi va qandaydir maʼnoda juda strategik kompaniya. Aynan ularni chiqishi muhim iqtisodiy shikast yetkazar edi. Lekin Netfix — Rossiyadan chiqishi, hech qanday muhim iqtisodiy taʼsir koʻrsatmaydi, bir million rossiyaliklar gʻarb kinolarini koʻrmay qoladi xolos. Nega unda schlumberger chiqmadi, Netflix esa chiqdi.
Sababi: Netflixni xaridorlari jamoatchilik, Schlumbergerni xaridorlari boshqa neft kompaniyalari. Rossiyada Schlumberger ishlashi bilan u korxonani boshqa xaridorlari juda koʻp tanqid qilishmaydi. Oddiy isteʼmolchilar esa — bunday korxona mavjudligi haqida ham tasavvurga ega emas. Aynan shu masalada hukumat sanksiyalari kerak boʻladi. Yaʼni hukumat sanksiyalarisiz koʻplab Rossiya bizneslari uchun ishlaydigan korxonalar ketishmaydi— agar gʻarbiy isteʼmolchilar ularni mijozlari boʻlmasa.
Xulosa shuki, hukumatlar, korxonalardan koʻra ancha yumshoqroq harakat qilishmoqda, buning sababi ayrim turdagi korxonalar uchun Rossiyada ishlash “juda qimmat” boʻlgani: Rossiyada ishlaydigan tamaddixonada, Varshavada kim burger yegisi keladi?” Yoki Rossiyada ishlab chiqariladigan avtomobilni kim haydaydi? Xuddi shuning uchun, bitta doʻkoni bor qimmat Fransuz kiyim magazini ham Rossiyadan chiqib ketadi — chunki Rossiyadagi foydasi, imijiga zararidan ancha kam. Qanchalik Rossiya “toksiklashib” borsa, shunchalik bu jarayon tezlashib boradi.
Aynan shunga, hukumatlar sanksiyalarni strategik sohalarda kuchaytirishi kerak boʻladi. Chunki haqiqiy strategik sohalardan gʻarbiy korxonalar chiqishi qiyin boʻladi — foyda juda koʻp. Ayniqsa gʻarbdagi jamoatchilik va isteʼmolchilar oʻsha korxonaning toʻgʻridan toʻgʻri mijozi boʻlmasa — chiqish uchun ragʻbat kamayadi. Maishiy isteʼmolchilar uchun xizmat koʻrsatadigan korxonalar chiqishi — oddiy rossiyaliklar uchun zarar, strategik emas, simvolik ahamiyatga ega. Lekin muhim strategik korxonalar ishlashni toʻxtatishi, balki, urushni tezroq tugashiga olib kelishi mumkin. Netflix ishlamasligi yoki eng katta ayollar ichki kiyimi sotuvchisi Rossiyada ishlamasligi bunday oqibatlarga olib kelmaydi.

Савдо сотиққа қўлланиладиган санкциялар бу жазо.
Россияликлар учун импорт қилиши «қимматлашмоқда». Яъни чет элда ишлаб чиқарилган маҳсулотлар қиммат бўлади (аҳамият беринг, имконсиз демадим, қиммат дедим, чунки албатта қайсидир нархда импорт бўлади — қанчадир вақтдан кейин «қора бозорда» айфон ҳам, Шанел ҳам топилади)
Бундай чекловлар яхши эмаслигини ҳеч ким инкор қила олмайди. Лекин, савдога тақиқ ва божларни қўйиш ҳам импортни қимматлаштирувчи сиёсат.
Агар санкциялар иқтисодиётга салбий таъсир кўрсатишига ишонсангиз, божлар ва савдони чекловчи нотариф барьерлар ҳам иқтисодиётга ва инсонларнинг даромадларига зарарли эканлигини инкор қила олмайсиз. Шунинг учун мен бундан буён, Ўзбекистондаги савдога қўйилган тўсиқ ва божларни, ўзимизга ўзимиз қўллаб келадиган санкциялар деб номлашни таклиф этаман. Чунки моҳиятан бу айни бир хил нарса.
«Санкциялар туфайли» Россия учун дунё бозорида транспорт харажатлари ҳам ошмоқда — нимага? Чунки транспорт корхоналари Россия бозорларидан чиқиб кетишмоқда. Ўзбекистон ҳақида гапирсак — биз транспортда давлат транспорт монополияларини ўйлаган ҳолда ҳеч қачон чет эллик корхоналарга ишлашга ҳам йўл қўймаганмиз. Яъни бу кетишда, санкциялар натижасидаги Россия транспорт аҳволи, сал қолса Ўзбекистонникидек бўлиб қолади. Биз ўзимизга қўллаган санкцияларни, Россияга нисбатан жазодек ишлатишмоқда, Россия буни «иқтисодий уруш» ҳам деб атади. Қўшилмаслик мумкин эмас, чиндан ҳам, савдо ва транспортга қўлланилаётган санкциялар бу айнан иқтисодий уруш — мамлакатни ва халқни камбағалликка элтувчи воситалар.

Россиянинг келажаги ҳақида икки хил экстремал қараш борга ўхшайди.
Бири — бу «Россияга деярли ҳеч нима ўзгармайди, ҳаёт худди 2014 дан кейингидек давом этади ва санкциялар бу шовқин» деган қараш. Иккинчиси — «бир неча ойда Россияда очарчилик бошланади ва бу сиёсий ўзгаришга ва мамлакат тўкилишига олиб келади» деган қараш.
Биринчиси аниқ хато эканлигини кўрмоқдамиз — даромадлар тушади, ишсизлик ва инфляция ошади. Яъни Россияликлар иқтисодий қийналиши табиий. Камбағаллик камида икки баробарга ошади ва энг иқтидорли қатлам иложи борича тезроқ мамлакатни тарк этишга ҳаракат қилади.
Иккинчи сценарий ҳам хато бўлиши эҳтимоли баланд — агар Россия ҳукумати бошқа хатолар қилмаса — очарчилик ва мамлакат тўкилиб кетмаслигини таъминлаши мумкин ва унчалик қийин эмас. Қандайдир маънода, ёмон ҳаётга одамлар кўникишади — чунки бошқа иложи ҳам йўқ. Агар қаттиқ нарх назорати ва импортни чекловчи чоралар кўришмаса — очарчилик бўлмаслиги деярли кафолатланган. Россия ҳали ҳам кўп нефть ва гази бор (уни қазиб чиқариш қимматлашса ҳам), уни иккиламчи бозорларда ўртакашлар орқали катта дисконтга сотиб кун кўра олади. Ёки дисконтга, пул келиши учун сотади, масалан, неча йилдирки, Россия зарарига Хитойга газ сотади, энди шу зарар коэфитсенти кўпаяди ва нефтга ҳам тааллуқли бўлади. Тўғри, бу яхши ҳаёт эмас, лекин очарчилик ва мамлакат тўкилишини олдини олиш учун етарли. Энг муҳими — ижтимоий тартибга масъулларнинг даромадлари, яъни хавфсизлик хизматлари ва полициянинг даромадлари нисбий равишда тушиб кетмаса — тузум анча барқарор бўла олади. Инсонлар, айниқса ахборот олиш имкониятлари чекланган инсонлар, жуда узоқ муддат ичида энг ваҳший, қашшоқ ва эрксиз тузумни чидай олишади. Масалан, Шимолий Кореяда очарчиликлар бир неча марта бўлганига қарамасдан — тузим ҳали ҳам барқарор. Яъни узоқ муддатда ҳам бундай тузумлар яшай олади. Россия эса, албатта Шимолий Корея эмас.
Россия Эрон ва Шимолий Кореядан кўра анча яхшироқ аҳволда — биринчидан цивилизация билан улайдиган катта оғаси бор. Тўғрироғи, ҳозир мавжуд эмас ҳали, энди бўлади. Шимолий Корея Хитой учун жўяли бирор нарса таклиф қила олмайди — Россия эса кўп табиий бойликларини жуда арзон нархда ягона харидорга таклиф қилиб, эвазига керакли технологиялар ва очарчиликни олдини олишга етарли бошқа нарсаларни ола олади.
Умуман олганда, мен пессимистик сценарийни ҳам оптимистик сценарийни ҳам реалистик деб билмайман.
Ўйлайманки, узоқ муддатда, Россия ўрта даромадли, дунё билан интеграциялашуви анча чекланган, жуда ҳарбийлашган, эркинликлар анча қисқарган ва Хитойга жуда қарам мамлакатга айланади. Амалдаги тузум барқарор бўлади, катта кўламли очарчиликлар ҳам кутилмайди. Бундай мисоллар тарихда кам, лекин назарий жиҳатдан имконсиз эмас. Қайтараман, Россияда даромадлар шартли Эрон даражасига тушиб қолишига ҳали анча бор.
Сиёсий тузум жойида турса, кўзга кўринарли эмас («шунга санкциялар таъсири йўқ» жамоаси буни тез пайқамайди), лекин йилдан йилга кескин регрессни кўрамиз холос.

Menga kerak nasihatlar ekan.
Telegram
davletovuz
Ҳарбий ҳаракатлар доимий юз бериб турадиган Исроилда яшайдиган, асли россиялик Марк Новиков уруш пайти ахборот маконида оддий одам ўзини қандай тутиши ҳақида ўз тавсияларини бермоқда:
➖Рақамли гигиена. Воқеа жойидан юборилаётган роликларни, портлаш ва ҳужумлар…

Тепадаги гапимга қўшимча қилиб айтаман: барча инқилоблар ва ҳокимият ўзгаришлари доим имконсиз туюлади, лекин содир бўлганидан кейин бундай бўлиши муқаррардек туюлади.
Яъни тепадаги гапни айнан шу контекстда ўқишни сўраб қолар эдим. Бу каналда бир неча марта бир китобни тавсия қилганман бу Алексей Юрчакнинг «Йўқ бўлгунга қадар, ҳаммаси абадий эди: сўнгги совет авлоди». Бу китобда шу ғоя зўр кўрсатилган. Доим шундай ўзгаришлардан олдин, абадийлик ҳиси бўлади, лекин тарихни орқага қараб таҳлил қилсак, худди бундай ўзгариш бўлиши муқаррардек туюлади. Шунинг учун ҳам, тепадаги постни ёздим. Агар нимадир ўзгарса, «буни тахмин қилиш табиий эди» деб ўзимни ўзим алдамаслигим учун. Абадийдек кўринмоқда, ўзгарсагина, буни бўлиши муқаррардек талқин қиламиз.

Iqtisodchi Kundaligi
Россиянинг келажаги ҳақида икки хил экстремал қараш борга ўхшайди.
Бири — бу «Россияга деярли ҳеч нима ўзгармайди, ҳаёт худди 2014 дан кейингидек давом этади ва санкциялар бу шовқин» деган қараш. Иккинчиси — «бир неча ойда Россияда очарчилик бошланади…

Анти монополия идоралари ҳақида.
Суд йўқлигида, бундай идораларда яхши рағбатлар бўлмайди. Мени энг яхши кўрган мисолим, бу Россиядаги Федерал Антимонопол Хизмати болалар сакрайдиган батутчиларни жиноий тил бириктириб нарх қўйганликда айблагани. Ҳа, тўғри ўқидингиз, бу ерда ўша ва бошқа кўп антимонополиячилар ишлари ҳақида. Антимонопол ташкилотлар ва умуман давлат назорат органлари — олий ҳакам, яъни суд ва қонун бор бўлсагина нормал ишлай олишади.
Суд йўқ пайтда, назорат функциялари иқтисодиёт учун эмас, ренталарни олиш учун ишлатилади холос. Яъни куч ишлатиш ва назорат функциялари — иқтисодий ренталар олиш воситасига айланади.
Қандай яхшироқ мисол берсам экан.
Бир хил жамиятларда, автомобилчилардан олинадиган штрафнинг мақсади — йўл хавфсизлиги эмас, штрафдан ва порадан бўлган тушумлар.
Нима учун?
Чунки шундай қила олишади. Яъни агар суд мавжуд бўлса, йўл полицияси штрафлардан ва порадан фойдаланиши қийин. Лекин суд бўлмаса — дардини кимга айтади ҳайдовчи?
Худди шундай, анти монополиячилар ҳам керак, лекин агар олий маҳкама мавжуд бўлса, агар уларни, яъни назорат органларни қарорларини устидан турувчи мустақил ва компетент орган бўлсагина улар керак. Мустақил маҳкама бўлмагунича, бундай органлар доим ва кўпинча ҳар ерда фақат зарарли ишлар билан шуғулланишади.
Хуллас, Россия тажрибасини ўқинг. «Ёвуз» батутчилардан ҳам зўр мисоллар бор. Менга энг таъсирлиси батутчилар холос.

Кўп мусулмон жамиятларининг бу урушдаги ўрни ҳақида кўпдан бери қизиқиб келяпман.
Дунёдаги энг катта мусулмон мамлакатида фикр нима учун Россия тарафида эканлиги ҳақида қизиқ мақола.
Тавсия қиламан.
Худди шунга ўхшаш фикрларни, Марокашдан тортиб Эронгача бўлаётгани, шахсан менга жуда қизиқ. Ҳали ҳам тушунтирувчи бир назариям йўқ. Лекин уруш давом этгани сари, умид қиламанки, бундай фикрлар камайиб боради. Ким билади дейсиз.

Indonesia at Melbourne
Why do so many Indonesians back Russia’s invasion of Ukraine? - Indonesia at Melbourne
Indonesian governments and society have historically supported victims of aggression and conflict, so why do so many Indonesians, especially online, seem to support the Russian invasion?
Islom Karimovni juda qiziq fikrlari. Siyosiy-iqtisodiyot haqida (jiddiy tavsiya qilaman).
Izohlashga, to’g’risi qiynaldim. Ko’rish kerak.
https://youtu.be/kFxQamaK_AY

YouTube
Главные причины развала СССР
Ислом Каримов Совет Иттифоқи қулаши сабаблари юзасидан фикр алмашмоқда.
-----------------
Ислам Каримов делится мыслями о причинах развала Советского Союза.

Didox тизимининг янги функцияси билан корхона раҳбарлари барча харидларни назорат қилиши мумкин бўлар экан.
Баъзан корхона раҳбарлари у ёки бу товар ҳақиқатдан яхши шартлар асосида сотиб олингани, харид вақтида коррупция аралашмаганига ишонч ҳосил қилишни хоҳлайди. Didox билан бу саволга ўрин қолмайди. Чунки мутахассис бироз шубҳали таклиф асосида битим имзолашга уринган вақтда тизим бу ҳақда раҳбарни SMS орқали хабардор қилади ва “номақбул” битимнинг олди олинади.
Бундан ташқари, Didox тизимида сотувчиларнинг таклифлари кетма-кетлиги фойдалилик жиҳатига қараб белгиланади.
Батафсил
реклама

UZ24
Didox корхоналардаги харидлар ва савдоларга оид муаммоларнинг ечимини топганини эълон қилди
Didoxдан ечим
Forwarded from davletovuz
Тўлиқ матн. ЎзА:
Авваламбор, Украина атрофидаги вазият Ўзбекистонда жиддий хавотир уйғотмоқда. Иккинчидан, Ўзбекистон вазиятга тинч йўл билан ечим топиш ва можарони сиёсий дипломатик воситалар ёрдамида ҳал қилиш тарафдори. Бунинг учун, биринчи навбатда, ҳарбий ҳаракатлар, зўравонликлар зудлик билан тўхтатилиши зарур.
Ўзбекистон тарихан ҳам Россия Федерацияси билан, ҳам Украина билан анъанавий кўп қиррали алоқаларга эга. Ва биз ҳар икки мамлакатлар билан ўз миллий манфаатларимиздан келиб чиққан ҳолда ўзаро манфаатли ҳамкорликни давом эттирамиз.
Биз бугунги оғир кунларда Украинага гуманитар ёрдам берамиз ва ҳозирги оғир вазиятни инобатга олиб гуманитар ёрдам юборишда давом этамиз.
Ўз навбатида, Ўзбекистон Республикаси Украинанинг мустақиллиги, суверенитети ва ҳудудий яхлитлигини тан олади. Биз Донецк ва Луганцк халқ республикаларини тан олмаймиз.

Менга ёқадиган макроиқтисодчи Миннеаполис Федерал Резерви раҳбари Нил Кашкари жуда ажойиб хат ёзибди.
У инфляцияни «вақтинча» деб атаган эди. Эсингизда бўлса, бу каналда бир неча марта АҚШдаги инфляция ҳақидаги мулоҳазалар ҳақида ёзган эдим, масалан, ўтган йилни бошида, Ларри Саммерсни фикрлари эшитилмаётгани ва уни асоссиз медиа танқид қилаётгани ҳақида бир неча бор айтган эдим.
Кейин кўп нарса бўлди. Кругман билан Саммерсни икки дебатини эшитгандирсиз. Умуман олганда, Саммерсни ижтимоий тармоқларда ва ОАВларда кўп иқтисодчилар Кашкарига ўхшаган аргументлар билан танқид қилган бўлишса. Демократик партия сиёсатчилари ва умуман сўл тарафдаги сиёсий фикр Саммерсни ассосиз паника қилаётганда жуда адолатсиз айблашди. Албатта, орқага қараб бу табиий эди дейиш мумкин ва айнан шунинг учун ҳам, Кашкарининг бу хати жуда муҳим. Тарихга қараб рационаллаштириш, фикрлаганда нимага аҳамият бериш ва маълумотларни қандай қабул қилиш ҳақида қизиқ фикрлар бор.
Айтиб ўтиш керакки, ўша мулоҳазани академик қисми — бир хил маълумотларга тайинланиб қилинган эди. Яъни кимдир билганини бошқаси билмаган эди эмас. Энг муҳим келишмаслик, моделдаги фаразлар ҳақида эди. Бу билан айтмоқчиманки, ахборотни таҳлил қилишда, фаразларни хулосаларга нисбатан қанчалик «таъсирчанлиги»ни инобатга олиш керак. Яъни мен Саммерсни танқид қилганлар хато қиляпти деб ўйлаган бўлсамда, ОАВ ва сиёсий таҳлилчилар, Саммерсни танқид қилаётганларни хулосаларини сал адолатсиз ишлатишди ва талқин қилишди деб ўйлайман. Чунки Саммерсга ўхшаган фикрни энг қаттиқ академик танқидчилари ҳам, ўз аргументларини фаразларга нисбатан «таъсирчанлиги» ҳақида кўп гапиришган эди. Кашкари бунга мисол.
Хуллас, хато қилиш ва хатоларни тан олиш нормал — айниқса, келажак ҳақидаги башоратларда. Энг муҳими — янги ахборот келганида, одам фикрини ўзгартириши керак. Хато фаразларни илдизлари ва сабабларини бундай Кашкарига ўхшаб ёзиш эса, қарор қабул қилувчиларга ҳам, олимларга ҳам фойдали машғулот. Мулоҳазани тиниқлаштиради.
Яна бир нарса — башорат тўғри бўлиб чиқса лекин ўша башорат учун кўрсатилган механизм яъни назария ёки сабаб нотўғри бўлиб чиқса — бу нотўғри башорат дегани.

www.minneapolisfed.org
Update on Inflation and Monetary Policy | Federal Reserve Bank of Minneapolis
Oʻzbekiston quyidagi davlatlar bilan ikki tomonlama erkin savdo shartnomasiga ega:
1. Rossiya
2. Ukraina
3. Moldova
4. Gurjiston
5. Qozogʻiston
6. Tojikiston
7. Ozarbayjon
8. Qirgʻiziston
Bu mamlakatlar dunyo iqtisodiyotini 3%ni ham tashkil qilmaydi. Bundan tashqari, biz atigi 47 davlat bilan “eng maqbul savdo hamkor” (MFN) rejimini nazarda tutuvchi shartnomaga egamiz. Lekin bu Jahon Savdo Tashkilotining “eng maqbul savdo hamkor” (MFN) rejimidan ancha farq qiladi. Biz dunyoda noyob JST aʼzosi boʻlmagan oʻlka sifatida oʻzimizning talqinimizdagi “eng maqbul savdo hamkor” (MFN) falsafasiga egamiz — bu haqida pastroqda.
Eng katta iqtisodiyot — AQSh va Oʻzbekiston oʻrtasida savdo munosabatlari, jumladan, “eng maqbul savdo hamkori” (MFN), sarmoyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim 1994-yilda imzolangan boʻlsa-da, AQSh tomonidan ishga tushirilmagan (sabablari menga nomaʼlum, Senat 2000 yilda “yashil chiroq” berganga oʻxshadi, lekin oʻsha yildan beri bu hujjat hech yurmadi — katta ehtimol bilan ijro hokimiyati tomonidan toʻxtatilib qoʻyilgan, albatta AQSh bilan erkin savdo bitimiga hali ancha bor). Yevropa bilan ham GSP+ ga kirgan boʻlsak-da, toʻliq erkin savdoga hali bor. Xuddi shunday, Xitoy ham bizni eng katta savdo hamkorimiz boʻlishiga qaramasdan — erkin savdo bitimimiz hali yoʻq. Kelajakda, Koreya bilan shunday bitim imzolanishi mumkin.
Oʻzi bular nimani anglatadi?
Bizga import bir necha yoʻllar bilan cheklandi: yuqori import bojlari, notarif baryerlar, savdo soliqlari, shu jumladan ayrim tovarlar uchun aktsizlar(masalan, sigaret, mineral suv, meva sharbati, mebel, transport vositalari), bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari va QQS.
Bojlar kelib chiqish mamlakatiga qarab uch xil boʻladi: (1) MDH erkin savdo hududi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan tovarlaridan bojlar olinmaydi (istisnolar mavjud albatta); (2) Oʻzbekiston tomonidan “eng maqbul savdo hamkori” (MFN) maqomi berilgan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga standart (MFN) stavkalari qoʻllaniladi, boshqa barcha mamlakatlardan olib kelingan import tovarlar uchun MFN stavkasi ikki baravar qiymatda boj undiriladi.
Odatda, ad valorem MFN stavkalari 0% dan 70% gacha, ularning koʻpi 30%-50% atrofida. Lekin agar JST metodologiyasiga koʻra hisoblasak, maxsus majburiyatlar bilan ad valorem boj ekvivalentlari maksimal darajasi 260% dan oshadi (WTO 2016). Barcha tovarlar boʻyicha oddiy oʻrtacha tarif 14,9% ni tashkil qilsa-da — bu albatta aldamchi raqam, chunki bu faqat olib kirilgan tovarlarga taalluqli — yaʼni bu raqamdan xulosa qila olmaymiz: agar bojlar oshsa, shu raqam tushishi ham mumkin (masalan, hech narsa olib kirilmasa (avtarkiya) — oʻrtacha boj nol foiz boʻladi). Olib kirilgan tovarlar ichida, qishloq xoʻjaligi tovarlari 19% oʻrtacha bojga tortilsa, sanoat tovarlari 14%lik bojga tortiladi.
Aksiz soligʻi mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni “himoya qilish” uchun yuqori stavkalarda qoʻllaniladi va tovarning bojxona qiymatining 200% gacha yetadi. Bojlar va aktsizlar odatda import qilinadigan tovarlarning bojxona qiymatining ulushi sifatida olinsa ham, bir xil spetsifik tovarlar uchun maxsus hisoblanadi — masalan avtomobil yoki mevalar uchun.
Bojxona yigʻimlari bojxona qiymatiga nisbatan, oʻrta oʻlchov bilan 0,2% miqdorida undiriladi. QQS barcha import tovarlari uchun boshqa chegara soliqlaridan (bojlarni shunday atash kerak) keyin tovar qiymatining standart stavkasi boʻyicha undiriladi — bir xil tovarlarga istisnolar bor.
Bundan tashqari — har xil notarif baryerlar bor — bu haqida alohida gaplashish kerak.
Eksport ham cheklangan: ayrim tovarlarni eksport qilish faqat hukumat qarorlari orqali qilinadi. Erkin eksport taqiqlangan tovarlar roʻyxatiga aksar don mahsulotlari (bugʻdoy, javdar, arpa, guruch, joʻxori, makkajoʻxori, grechka), un, non mahsulotlari, chorvachilik, parrandachilik, goʻsht va goʻsht mahsulotlari, shakar, xom teri, moʻyna va ipak ham kiradi. Qandaydir maʼnoda koʻp raqobatbardosh mahsulotlarimiz bu roʻyxatga kiradi. Masalan, AQSh doʻkonlarida bizni lazer guruchni kilosi 20 dollardan koʻpga sotishadi. 1/2