Internetda qalam tebratish
85 subscribers
55 photos
1 video
1 file
20 links
Marafon ushbu kanalda 24-avgust soat 20:00 da start oladi.
Download Telegram
Shunday formulalardan biri PHMS deb nomlanadi.
Do’stlar, marafon qiziqarli bo’layaptimi?

👉 Marafon yaxshi ketayotganligini bilishimiz uchun @iqt_marafonbot ga 7 raqamini yuboring.
🔥 Aktivligingiz uchun rahmat, davom etamiz!
PHMS formulasi insonlarning og’riqli nuqtalariga ta’sir o’tkazish orqali ularni sizning mijozingizga aylantira oladigan kuchga ega bo’lib, 4 ta ketma-ketlikdan iborat.
Ya’ni:

P (Pain) – O’g’riq

M (More Pain) – Og’riqni kuchaytirish

H (Hope) – Umid

S (Solution) – Yechim
PHMS modeli aynan mana shu ketma-ketlikda ish beradi.
Formula mijozlarning og’riqli jihatiga ta’sir o’tkazish asosida ishlaydi.
Keling har bir bosqichni chuqurroq tahlil qilamiz.
P (Pain) - Og’riq

Birinchi navbatda fokus siz taklif qilayotgan reklama mijozning eng katta og’riqli masalasini hal etishiga qaratiladi.
M (More pain) - Og’riqni kuchaytirish

Endi siz mijozlarga ularning muammosi tezlikda hal etilmasa jiddiy tus olib ketishini uqtirishingiz kerak.
H (Hope) – Umid

Bu bosqichda mijozga muammoning yechimi borligi aytiladi.
S (Solution) – Yechim

Siz mijozni yaxshigina tayyorlab oldingiz, endi uning muammosini hal etuvchi mahsulotingizni sotishingiz mumkin. Shu yerga ayniqsa harakatga undash maksimal natija beradi.
Yuqoridagi bilimlarni mustahkamlash maqsadida keling PMHS modeli asosida yozilgan reklama postini tahlil qilib ko’ramiz.
🥺 Pain - Og’riq

Qo'lingizda gulday hunaringiz bor-u, lekin ishsizmisiz? - Sarlavha, hozirgi kunda eng aktual bo’lgan ko’plab insonlarning eng og’riqli nuqtasiga fokus qaratmoqda.
😢 More Pain - Og’riqni kuchaytirish

Bu ham yetmaganday kompaniyalardan rad javobini olyapsizmi? - Matnning kirish qismida og’riqni kuchaytirayapmiz, ya’ni bilamizki yurtimizda kompaniyalarga ishga joylashish oson emas va raqobat nihoyatda katta.