Internetda qalam tebratish
85 subscribers
55 photos
1 video
1 file
20 links
Marafon ushbu kanalda 24-avgust soat 20:00 da start oladi.
Download Telegram
Soha vakillari esa “Kopirayter” deb yuritiladi.
Agar chuqurroq tahlil qiladigan bo’lsak, kopirayter – matnlar bilan ishlovchi mutaxassis deb aytiladi.
Xo’sh, kopirayterlar qanday turdagi matnlarni yozadilar?
1. Ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlar (postlar)
2. Landing (qo’nuvchi web-saytlar) uchun matnlar
3. Telegram-Botlar va Elektron pochtalar uchun matnlar
4. Web-saytlar uchun matnlar (yangiliklar, bloglar)
5. Prezentatsiyalar
6. Kitob va ssenariyalar
🤩 Kopirayterlikni tanlashingiz uchun 7 ta asosiy sabab:
1. Siz erkinlikni his qilasiz, ya'ni frilans:

Ishlab pul topish uchun soatlab ofisda o'tirib hamda boshliqning qosh-qovog'iga qarab ish tutishingiz shart emas.

Sizga qulay vaqtda masofadan sevimli divaningizda o’tirib ham soha ortidan yaxshigina daromad topishingiz mumkin.
2. OTM diplomi talab etilmasligi:

Frilansdagi mijozlar kopirayterda 3 ta narsani ko'rishni istaydilar: mas'uliyat, sifatli portfolio va dedlaynga (loyihani belgilangan vaqtda topshirish) rioya qilish.
3. Tanlov imkoniyati:

Siz o’zingizni qiziqtirgan loyihalarnigina qabul qilib, yoqtirgan yo’nalishingizda ishlashingiz mumkin.

Ayni damda har qanday biznes o’z sotuvlari hajmini oshirish ehtiyojiga ega. Ya’ni bu loyihalar borasida keng assortimentni beradi. Siz IT sohasida kuchlimisiz, marhamat! Balki go’zallik salonlari yoki kiyim-kechak borasida ko’proq ma’lumotga egadirsiz? Ayni muddao! Kopirayting siz sevgan sohaning marketologi (ya’ni sotuvchisi) bo’lish imkoniyatini beradi.
4. Dunyoqarash kengayadi.

Turli sohalar bo’yicha bilimlar miyada yangi neyronlar hosil qiladi (ya’ni nerv hujayralar).

Agar ma’lumotlar davriy ravishda o’rganilsa nerv tolalari qalinlashib, ular o’rtasidagi impuls (ya’ni malumot) almashinuvi tezlashadi. Bu esa o’z navbatida nafaqat sizning IQ darajangizni, balki fikrlashingizni ham oshiradi. Axir siz - mijozlar muammosiga yechim beruvchi, biznesni esa rivojlantiruvchi shaxssiz!
5. Shaxsiy hayot uchun istalgancha vaqt ajratish.

Sohaning afzallik jihati bir oylik kontent rejasi oldindan tayyorlanadi. Bu esa sizga topshirilgan vazifani oldinroq ham bajarib qo’yish imkoniyatingiz borligini bildiradi. Ayni shu jihatdan kopirayting talabalar, yosh farzand tarbiyasidagi onalar, qo’shimcha daromad topish istagida bo’lgan kishilar uchun ham ayni muddao.
6. Soha uchun kompyuter talab etilmaydi.

Qo’lingizdagi smartfon yordamida qiyinchiliksiz kopirayterlik bilan shug’ullanib, mo’maygina daromad topishingiz mumkin.
7. Daromadni mustaqil belgilash.

Ofis sharoitida ishlaydigan ishchilar kabi oylik maosh yoki avansni poylamaysiz. Qancha daromad topish, qanchalik ko’p loyihalarda ishlash o’zingizga bog’liq.

Yana bir gap, o’z ishingizning ustasiga aylansangiz, mijozlarning o’zlari sizni topib kelishadi.
Kopirayterlar reklama matnlarini qanday yozadilar?
Marketologlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus psixologik formulalar mavjud bo’lib, ular har qanday insonni potensial mijozga aylantirish kuchiga egadir.
Bu modellar hozirgi kunda siz bilan biz kun davomida ko’radigan reklamalarda faol ishlatilib, ularni matnlarda qo’llash maksimal natija beradi.