📚 Introvert oshxonasi
924 subscribers
397 photos
59 videos
2 files
281 links
Qiziqarli va zerikarli psixologiya. Introvertning subyektiv fikrlari. Kitob qurti📚

Murojaat uchun: @lady120794
Bepul va pulli darslar: https://t.me/introvertdan_darslar
Download Telegram
13🔥4😁2👍1
Hozir oilaviy gaymoritdan davolanish jarayonidamiz. Allaqanday infeksiya asorati tufayli butun oilamiz bilan har kuni osma ukollar, burun-tomoq yuvish protseduralarini boshdan o’tkazyapmiz. Ammo hozir gap bu haqida emas, shunchaki shu kasallik bilan bog’liq holatda kecha miyamdan o’tkazganlarim haqida yozmoqchiman.

Kecha juftim bilan bir palatada yotib osma ukollar oldik. Shu ukol olish jarayonida ikkimizni mutlaqo teskari dunyolarimiz, bir-biriga umuman o’xshamaydigan xarakterlarimiz, fikrlashimiz borligi menimcha hamshiralarga ham rossa sezildi🤭

Doktor ikkimizga ham bir xil ukollar yozdi va to’lov qilib, dorilarni ham klinikani o’zidan beradigan bo’lishdi. Antibiotikdan probalarni olib bo’lgach, ikkimiz palatadagi ikki yotoqqa joylashdik. Hamshira ukolni ulashni mendan boshladi. Ikki xil osma ukol va unga yana 4-5 xil qo’shimchalar qo’shdi. Men mutlaqo xotirjam, doktor nima yozganini o’zi biladi deb qanaqa dori quyayotganini so’ramadim ham.

Navbat juftimga keldi:
– Qanaqa dori quyayapsiz?
– Reasorbilakt
– Doktor aniq shu dorini yozdimi?
– Ha albatta

Biroz turib hamshira qo’shimcha ukollarni qo’sha boshladi:
– Endi nima quyyapsiz?
– Seftraksion
– Qoganlarichi?
– Askorbinka va vitaminli qo’shimchalar
– O’ziyam yettinchi ukolni urishiz
– Doktor shuni yozgan

Hamshira chiqib ketgach menga qarab:

— Osma ukolimga nima deb yozilgan o’qivorchi, menga teskari turibdi ko’rmayabman
— Merry Med farm degan yozuvnigina ko’ryabman, qolganiga ko’zim o’tmadi😀😀😀😀😀
— Ha mayli


Birozdan keyin hamshira kelib yana osma ukolni almashtirdi:
– Boyadan beri o’ziyam 15 ta ukol almashtirdiz, ishqilib yiqitib qo’ymasez bo’ldi
Hamshira:
— Yooo, xavotir omang, bular oddiy quvvat beradigan
— Ishqilib bular farqiga bormaydi deb o’tmay qogan ukollarni urvormayabsizmi?
— Yo’o’q, unaqamas doktor o’zizga ham tushuntirdilarku, bizda dorilar har 2-3 kunda yangilanadi


Men esa bu paytda g’irt paranoik juftimga qarab, miyig’ida kulib, ularni kuzatib turibman va qanday qilib bir-birimizdan shu darajada farq qila turib ham 12 yildan beri ajrashib ketmay birga yashayabmiz ekan deb o’ylab qoldim…. 😅🤭
🔥13😁98👍2🤯1
Hozir tarmoqda bir tekstil firma rahbari (erkak kishi) ishchisi bilan qanaqadir detalni kim tezroq va sifarliroq tikish o’ynagan videoni ko’rib qoldim.

Shu payt o’zim 30 ga kirib, tugmadan boshqa narsani eplab tikolmasligim esimga tushib ketdi. 😅😂 Oyim kichkinaligimdan ayol kishi albatta tikishni bilishi kerak, erini, o’zini, bolalarini kiyimlarini yirtiq-yamog’ini o’zi to’g’rilay olishi kerak derdilar, lekin meni biror marta tikuv mashinkasi oldiga o’tqiza olmaganlar. 🤭 Nima qilay, tikish-bichishga kelganda qo’lim yelkamdanmas, boshqa joydan o’sib chiqqanday bo’laveradi. 🌚

Avval shu narsadan uyalardim. Vaholanki, pazandaman, uy tutishda perfeksionistman, hamma ishni eplayman, qilaman. Uyda uy sutidan qaymoq, qatiq, saryog’ qilaman. Kalla pocha, ichak-chavoqlarni tozalab, xasip qilishni bilaman, lekin tikishga kelganda …🗿🗿🗿

Avval shu narsadan uyalardim (Buni qaraya, tikishni bilmas ekan, Karl😂). Hozir esa izohga 30 ga kirib tugmadan boshqa narsani eplab tikolmasligimni yozib ketdim va bu ishni hech qanday uyat his qilmasdan qildim.

Siz ham izohlarda nimani uddalay olmasligingizni yozib keting. Bu ichingizdagi o’zingizdan bo’lgan uyatni yengishga birinchi qadam bo’lsin. Hammasi joyida, mukammal bo’lmaslik = mutlaqo normal. 🫶
11😁2🔥1
Vanihoyat, o’sha dushanba keldi🤭

P.S: Birinchi mashg’ulotdan keyin o’zing avval borligini bilmagan joylaring ham og’rib boshlarkan🌚🗿💪🏻🏋️‍♂️
🔥9😁61
Forwarded from Cambridge KidZz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥 Bir kunning o’zida Cambridge KidZz jamoasiga qo’shilish imkoniyati!

🚀 Unda albatta Cambridge KidZz Job Fest’ga keling! Biz o’ziga ishongan, bolalar bilan ishlashni yaxshi ko’radigan va jamoaning yuragiga aylanadigan kadrlarni qidirmoqdamiz!

🎯 Qanday vakansiyalar mavjud:
Administrator:
19+
Rus/o‘zbek tillarida erkin muloqot
Xushmuomila va kirishuvchan
Support teacher:
IELTS 6.5+
19+
Bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘radigan
Main teacher:
IELTS 7.5+,
20+,
Bolalar bilan ishlashda kamida 1 yillik tajriba

📅 10-avgust
10:00
📍 Cambridge KidZz, Tinchlik filiali

👉 Qanday qatnashish mumkin? Google Formani to‘ldiring va JOBFESTda o‘z o‘rningizni egallang!

📌 Bo’lajak hamkasblar, Job Festda qatnashish uchun albatta havola orqali Google formani to’ldirishni unutmang!

📍 Location

⚡️Cambridge KidZz bilan karyerangizda yangi bosqichga qadam qo‘ying!

☎️ 78 777 77 67
4
Oramizda ingliz tili o’qituvchilari bormi? Bunday yaxshi jamoada ishlash imkoniyatini qo’ldan boy bermang🙌
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men har safar ijtimoiy tarmoqda shaxsiy brend qurishga uringanimda))
😁11👍3
Bugun ertalabdan yana bir orzuimni amalga oshirdim 🤗

Yangi hobby, yangi mashg’ulot = bir dunyo yangi hissiyotlar bilan qaytdim. Ot tanlayotganda instruktorga menga eng yuvosh otni bering deb aytdim😂

Boshlanishiga sal qo’rqdim, har holda birinchi marta minishim edi, instruktor ham unday qilasiz, bunday qilasiz dediyu, yana odam keldi ungayam ot berishim kerak deb qochvordi. Katta maydonda men, otim va qo’rquvim yolg’iz qoldik🐎🐎🐎

Boshida yurmay, rossa qaysarlik qildi. Buni ko’rgan instruktor, qorniga teping yuradi dedi. Lekin qorniga rossa tepsam ham yurmaydidaaaa😂

— Eee, opa, joniz bormi qattiqroq teping degan izoh eshitildi orqamdan😂

Xullas, bir soatlik sayr davomida Buroq bilan ancha kelishib oldik. Hatto oxirgi 15 daqiqada shunchaki yurish jonimga tegib, otni choptirishga ham harakat qilib ko’rdim (va sezib turganingizdek bu urinishlarim muvaffaqiyatsiz yakunlandi😄)
13😁5🤩2
Tasavvur qiling:

Tog'dasiz. Bir daraxtni tagida dam olib o'tiribsiz. Yolg'izsiz. Katta ayiq sizga qarab yugurib kelayotganini ko'rdingiz.

Bu paytdagi reaksiyangiz qanday bo'ladi? Joningizni qutqarish uchun nima qilasiz?
😱2
Sizning reaksiyangiz:
Anonymous Poll
9%
Ur!
65%
Qoch!
26%
Qotib qol!
1😁1