introvert but ..
187 subscribers
348 photos
37 videos
10 files
38 links
IQ 157
MBTI - INTJ
introvert - 88/12
y.o 22

Yozaman, mulohaza qilaman va javob beraman
@ibnAsliddin
Download Telegram
Hozirgacha kelgan anonim savollardan eng yaxshilari, bularni kanalda ko’rishingizni xohladim.

Shu kunlarda kun tartibim tig’islashadi, o’rganayotgan va o’qiyotgan kurs, kitoblarimni sonini 2x oshirdm vaqtni difitsitga qo’yib ishlamoqchiman. Kanalda ham postlar ko’padi
Nasib qilsa bu manfaatli bo’ladi degan umiddaman
@introvert_but


Hayotingiz qanday, yaqin kunlarda nimani o’zgartirdingiz?
14💯1
IMG_8569.JPG
95.1 KB
*
Kecha “Why Greatness Cannot Be Planned: The Myth of the Objective” kitobi haqida yaxshi bir post yozishim kerak edi, lekin imkoni bo’lmadi Kitobni pdf shaklda o’qigan 2 kunim yomon kitob tanlaganimni anglashga sarf bo’ldi

Kitobda
Serendipity = Tasodifga
Networking = Omadga
Yuqori Net worth = Global iqtisodiyot
ga taqab qo’yilgan

Va muallif sizga katta yutuqlarga erishishda aniq maqsadlar qo‘yish ko‘pincha foydasiz yoki zararli bo‘lishi mumkin degan safsatani uqtiradi

Bir so’z bilan kitob sizni chalg’itadi, miyyangizdagi fikrlarni tiniqlashtirish o’rniga tumanni quyuqlashtiradi. O’qimang
@introvert_but
9
Forwarded from Aziz Rahimov
Vaqt uchun filtr

Plastikdagi pul naqdga qaraganda osonroq ishlatiladi.

Bittasi qo’lingizda turibdi. Ikkinchisi esa raqamlar.

Vaqtimiz ham shunaqa. Qo’limiz bilan ushlay olmaymiz, pulchalik qadrlamaymiz.

Vaqtimizni bekorga eng ko’p oladigan narsalarga qaraylik.

Suhbatlar, kontent. Vaqtimizni berayapmiz. Lekin pulimizni bergan bo’larmidik?

Shu odam bilan gaplashish pullik bo’lganida gaplasharmidingiz?

Shu kontent pullik bo’lganida ko’rarmidingiz?

Shu filtrdan keyin hammasi joyiga tushadi.

@azizrakhimov_blog
8💯4🏆3
Biz hammamiz o‘lishimizni bilamiz. Ammo shunga qaramay, buni unutgandek yashaymiz.

O'lim nafaqat hayotimiz yakuni, balki hayotimizga ma'no beruvchi vosita va buni anglab yetishimiz hayotga umuman boshqa ko'zlar bilan qarashga yordam beradi. Umid qilamanki zamonaviy shovqin dunyoda bu mavzu uchun ortiqcha 15 minut topa olasiz.

O’lim. Hayotingiz eng buyuk uchrashuvi
9
* But there is an even more vital dimension. Many addicts who normally have a dull intellect and the mental nimbleness of a cauliflower-or a foreign policy expert-are capable of the most ingenious tricks to procure their drugs. When they undergo rehab, they are often told that should they spend half the mental energy trying to make money as they did procuring drugs, they are guaranteed to become millionaires. But, to no avail. Without the addiction, their miraculous powers go away. It was like a magical potion that gave remarkable powers to those seeking it, but not those drinking it.


“Ammo bundan ham muhimroq bir jihat bor. Odatda aqli zaif va gulkaramdek fikrlaydigan ko‘plab giyohvandlar giyohvand moddalarini qo‘lga kiritish uchun nihoyatda zukko hiylalarni o‘ylab topishga qodir bo‘lishadi. Reabilitatsiyaga borganlarida, ularga shunday deyishadi: agar ular giyohvandlikdagi kabi pul ishlashga yarim miqdor aqliy kuch sarflasalar, albatta millioner bo‘lishadi. Ammo bu ishlamaydi. Giyohvandliksiz, ularning mo‘jizaviy kuchlari yo‘qoladi. Bu go‘yoki mo‘jizaviy bir ichimlikka o‘xshaydi — u ichimlikni izlaganlarga kuch berardi, ammo uni ichganlarga emas.”
Skin in the Game. 2018


- Matnda aytilgani kabi har qanday giyohvandlik moddalari va tabletkalar o’z tob’esiga faqat erishgunigacha motiv beradi Faqatgina o’ziga bog’laydi. Jamiyat uchun esa keraksiz va xavfli insonga aylantiradi

@introvert_but
10🏆3💯2
161 / 1653

Balkim, allaqachon hammasiga tayyordirman.
8💯4🏆2
Tushlar haqida fikringiz qanaqa?
Tushlaringizni yozasizmi?
Tushlaringizdagi odamlarni o’ngingizda uchratganmisiz?
Qanday xulosalar olish kerakligini qayerdan bilasiz?
Kimdir ta’birlab berganmi tushingizni?

Kanal admini uchun javoblaringiz manfaatli bo’ladi
9
Odamlar qanday o’rganib qolishadi, Qanday odamlardan kechish qiyin bo’ladi va qanday odamlarga ishonsa bo’ladi?

Kimnidir yaxshi odam deb tanlab uni hayotingizga kiritasiz. Lekin u birdaniga sizga moslashib ketolmasligi mumkin Bunaqa vaziyatda nima qilish kerak?

Avvalo o’zingiz gapiring, sirlaringizni ulashing, bugungi voqealarni ulashing, ajoyib storytelling shaklida o’tgan voqealardan gapirib bering Boshida lekin uzoq rejalaringiz haqida gapirmang Navbatni unga bering
Yaxshi tinglovchi bo’ling, 1-darajali savollar bering
“Keyin nima bo’ldi?” emas “ Keyin hammasi joyiga tushdimi yoki bu yana qaytarildimi, qanday xal qildiz?” deb savol tuzing

Har qanday masalada eshitoladigan maslaxat beroladigan odam bo’ling, kichik devorlarni olib tashlang to’g’ridan to’gri bemalol gapiroladigan bo’lsin

Keyingi qadamda sirdoshlari, do’stlari bor yoki yo’qligini surishtirasiz Agar ularni yomon ta’sir qiluvchi deb bilsangiz Sekin asta ulardan uzoqlashtirasiz, Bu qabixlik bo’lmasin ikki tomon uchun ham Shunchaki kim ekanligini ochib bering Xato maslaxatlarini, xato ishlarini, xato tarbiyasi kichik yo’rg’alamlar bilan aytib o’ting
Qaysidir suhbatda uni eslagan vaqtida “Ha, anu 2 ta qiz bilan teng gaplashadigan sinfdoshingmi” degan chaqiriq bilan eslang

Agressiya, minus tomonlaringizni yoping, Jiddiy suhbatlarda e’htiyot bo’ling. Hazillaringizni darajasi 1-dan 8-darajagacha sekin ko’tarilib borsin
1- darajada “ so’z o’yinlari” 8- darajada esa “Shaxsiy, tangi, yuzi, ruhiyati haqidagi” 8- daraja nafaqat yangi balki ba’zi yaqin do’stlaringizga ham og’ir botadigan hazillar bo’ladi
8- darajaga chiqmay turib qarshingizdagi inson bilan erkin bo’lolmaysiz
@introvert_but


davomi bo’ladi..
11🏆5💯4
I love this sh*t

- Kechasi 2 yarimda keladigan motevatsiyani
- Avval yurmagan yo’limdan yolg’iz 20km yurishni
- Trenirofkadan keyingi muskul og’riqlarini
- Shaytonga hay berishni
- Kimnidir noto’g’ri fikridan qaytarib to’g’risini tushuntirolishni
- Yarim kechasi ovqatlanishni
- Yangi bloknot sotib olishni


Tushkunlikni, omadsizlikni, qarzlarni, stressni, dipressiyasi, mas’uliyatni va o’zimni ham ignor qilib baxtli bo’laverishni
113💯6🏆5
Harakterdagi kuchsizliklar va ularni bartaraf qilish haqida

Harakter
— bu insonning ichki barqaror va individual xususiyatlaridir. Ya’ni uning muomala qilish uslubi, his-tuyg‘ulari, qaror qabul qilishdagi odatlari, doimiy fikr yuritish va harakat qilish shakllari yig‘indisidir. U kishida doimiy, barqaror xulq-atvori sifatida namoyon bo‘ladi.

• Tanqidga bardoshsizlik - Bu o’zini hurmat qilmaydigan va qarorlariga to’liq ishonmaydigan odamni belgisi
blog yurgizayotganlar orasida ular juda ko’p, “… hate yozmela faqat, qozoniz buncha kir demela faqat, ozginsiz, semisiz demela faqat” Bularni video kontentda ham postlarda ham ko’rishingiz mumkin
Tanqid egasi sizni o’zini darajasiga ko’ra belgilaydi Uni fikrlashi ham ma’lum tomondan to’g’ri, agar xato bo’lsa ham uni axmoqqa chiqarmasdan qabul qiling. 11x62=682 ekanligini bilsangiz kimdir 703 deyish bilan sizga xalaqt berolmaydi
• Doimiy fikrini o’zgartirish (Prinsipsizlik) - bu ruhiy nostabillikdan kelib chiqadi. Oqibatda odamlarni sizga ishonchi yo’qoladi, ishingizni oxiriga yetkazishingizga, qarzni vaqtida qaytarishingizga va aytgan gapingizni uddasidan chiqishingizga ishonmay qo’yishadi “Bir martalik” insonga aylanib qolasiz. Davosi esa to’g’ri prinsiplar

• Hissiyotlarni boshqarolmaslik (impulsivelik)- O’smirlik davridagi oilaviy muhit sabab paydo bo’ladi asosan Bunday odamlar qaror qabul qilishga qo’rqishadi Muammolari oylab ular bilan qoladi. Kichik narsaga ham katta e’tibor berib yuborishadi ( Shulardan biri kanalidagi jiddiy yozilgan postlarga kulgan image bosib chiqqan odam uchun o’sha postlarni o’chirib reaksiyalarni va commentni yopib qo’yibdi) Qaysi tomonini gapirsak ham impulsivlik rivojlanishni to’sadi.

• Past baho berish - bu olis bolalikka borib taqaladi. Bog’chada eng xunuk o’yinchoqni o’ynash, Sinfda yonini oladigan do’sti bo’lmasligi, Futbolda jamoalarga bo’linayotganda keraksiz o’yinchi bo’lib eng oxirida tanlanish ( o’zimni aytayapman) Bu turdagi odamlarda tashqaridan ishonchsizlikni ko’rmaysiz hammasi ularni ichida bo’ladi. Campni yutolmayman deb o’ylab anketa ham to’ldirishmaydi, oxirigacha o’qimayman deb kitob sotib olishmaydi, Suhbatlardan, musobaqalardan uzoqroqda yurishga harakat qilishadi

@introvert_but

Balki bu muammolardan biri sizda bordir yoki yaqin bir insoningizga bularni yo’qotish uchun yordamingiz tegar.
- Fikrlaringiz uchun izohlar ochiq
9🏆4💯3
Rahmatjondan..

- Mani 6-7 oydan beri qiynab kelayotgan muammolar, yechimini topaolmayotgan masalalarim Shularni natijasida yig’ilib qolgan o’zimdan yomon tassurotlarni hammasi Dadam bilan 20 minutli suhbatdan keyin hech qachon bo’lmagandek tarqab ketti.

Rahmat Dada Bugun man 22 yoshga kirdim Ertaga siz 51 yosh bo’lasiz Umringiz uzoq bo’lsin Hozirgacha yetkazgan va keyinidan umid bergan Allohga shukur

05.08.2025
Qashqadaryo, Koson
15🏆5💯1
Forwarded from introvert but ..
Ko’rganlarimizga ishonaylik > Pastdan yuqoriga qarab

Bir yomon odatingiz bor, bu xoh tanangizda xoh ruhingizda bo’lsa ham. Uni yomonligini zarar berishini yoki haromligini to’liq anglagansiz 6-7 marta balki 10-15 martagacha tashlashga harakat qildingiz lekin o’xshamagani uchun “Manga bu narsa imkonsiz” degan shayton uqtirgan fikr bilan yurigandirsiz

Endi atrofimdagilarga qarayman

* 6 yillik odati coca cola edi - tashlash uchun qat’iyyatini o’zi kifoya bo’ldi 14 oydan beri ichmaydi

* Ovqat va shirinliklarga qarshi kurashdi 126 kg xolidan 9 oyda 83 kgga tusholdi qat’iyyatini ko’rsatti

* Butun tanasi tatuirofka bilan qoplangandi - u islomni, islom esa uni qabul qildi qori bo’ldi

* Bo’ydoqlik vasvasasida (fm -onanizm) nafsiga qul edi. Turmushdan oldin ham bu balodan qutulishni uddaladi, qat’iyyat ko’rsatti Nafsini bukoldi

* Farzlarga bee’tibor edi, qazolari kitob bo’lgandi O’ziga keloldi Oxirgi 4 yilda qazo qilingan namozlari 2ta

Ko’rganingizdek imkoni bor, oddiy coladan tortib nafsni quli bo’lib turgan xolingizda ham Hamma narsadan chekinish mumkin

• Sabablaringiz kuchli bo’lsin
• Boshqa qaytmaslikni qat’iy niyyat qiling
• Qattiq nazorat qiling

@introvert_but
11💯5🏆4
The Power of the Buffer Zone

Katta qarorlar — katta charchoq keltiradi.
Universitetni tashlash. Ishingizni o’zgartirish. Biznesingizni yopish. Bir munosabatni tugatish.

Odatda odamlar bu bosqichdan keyin darrov yangi narsaga sakrashga urinadi:
Boshqa o‘qishga yozilish,
yangi ish izlash, Yangi biznes uchun sarmoya izlash va darhol boshqa inson bilan uchrashish

Lekin ong va ruhiy tizim uchun bu xavfli tezlik. Siz endi bir sahifani yopdingiz, ammo miyangiz hanuz o‘sha sahifada qolgan.

Buffer zone — bu oraliq hudud.
Bu davr — hech narsa “yangi” bo‘lishi shart bo‘lmagan vaqt. Siz faqat tinchlanish, o‘zingizni tushunish va to’grilikni aniqlash bilan shug‘ullanasiz.

Bu oraliqda siz:
1. Uzoq yillar yig‘ilgan stressni chiqarasiz
2. “Men aslida nima xohlayman?” savoliga javob izlaysiz
3. Keyingi bosqich uchun ichki kuch to‘playsiz

Shoshilmaslik — kuchsizlik emas. Bu — to‘plangan kuchni to‘g‘ri vaqtga saqlash.

Katta qarorlardan keyin o‘zingizga buffer zone bering. Bu sizni faqat tezlikdan emas, noto‘g‘ri yo‘ldan ham himoya qiladi.

@introvert_but
11💯1🏆1
Aqlli bo'lish — yuqori baho olish emas. Aqlli bo'lish — Hayotda o'zi xohlagan narsalarga erisha olish.

©️Aziz Rahimov
10💯3🏆2
Man boshqalarga comfort odamman va buni o’ziga yarasha ojizlik tomonlari bor Hozir ularni sanab o’tmoqchi emasman Shunchaki bunda yaxshi yordam beradigan bitta odatim bilan bo’lishaman

Sarlavha- “indinga o’lsam”
Va o’sha “yaqinlarimni” qanday harakatlar qilishini oqilona yozib chiqaman, kim yig’laydi, kim keladi, kim necha kun davomida eslaydi, kimdir qaysidr xotira bilan sog’inadimi va kimni qaysi ishi bitmay qoladi

Ancha xudbin bo’lib qolarsiz balkim lekin o’zingizni boshqalar uchun fido qilmaslikda yordam beradi
@introvert_but
6
Kamaytirish orqali ko'paytiramiz

Samarali ishlash metodlarini qidirgandan ko'ra ijtimoiy tarmoqlarni bloklash yaxshiroq

Qo'shimcha vitaminlardan ko'ra, zararli ovqatlardan voz kechgan yaxshiroq

Uxlatuvchi preparatlar ichgandan ko'ra, uyquni qochiruvchi elementlarni to'xtatish (masalan uyqu oldi reels ko'rish)

Yangi imkoniyatlar orqasidan quvishdan ko'ra, qo'ldagini yaxshilash muhimroq
- boshqa manbaa
11💯4
(10:11)

وَلَئِنْ أَذَقْنَاهُ نَعْمَاءَ بَعْدَ ضَرَّاءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ السَّيِّئَاتُ عَنِّي ۚ إِنَّهُ لَفَرِحٌ فَخُورٌ
8🏆1