#persona
Maks Verstappen F1 tarixidagi eng yosh va eng muvaffaqiyatli poygachilardan biri boʻlib, u Oracle Red Bull Racing jamoasi tarkibida ketma-ket toʻrt marta jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. Sobiq poygachi Y. Verstappen va karting ustasi S. Kumpen oilasida tugʻilgan Maks poyga olamiga juda erta kirib kelgan. 17 yoshida Toro Rosso jamoasida debyut qilib, F1 tarixidagi eng yosh poygachiga aylangan. 2016-yil Red Bull jamoasiga oʻtgan ilk poygasidayoq Ispaniya GPʼda gʻalaba qozonib, eng yosh gʻoliblik rekordini yangilagan. Haydash uslubi va yomgʻirli ob-havodagi tengsiz mahorati bilan ajralib turadigan Verstappen, ayniqsa 2023-yilgi mavsumda bir mavsumda 19 ta gʻalaba va ketma-ket 10 ta poygada birinchilikni qoʻlga kiritib, mutloq rekordlarni oʻrnatgan. Faoliyati davomida 70 dan ortiq Gran-pri gʻolibligi va 130 dan ziyod podiumga ega boʻlgan niderlandiyalik ushbu tajovuzkor faoliyati tufayli "Mad Max", avtosport tarixini juda yaxshi bilgani uchun "Maxipedia" laqablarini olgan.
📍 Intelligence

❤3⚡2🔥2✍1🆒1💘1