#persona
Pol Uorfild Tibbets (1915–2007) — AQSh Harbiy-havo kuchlari brigada generali boʻlib, tarixdagi birinchi atom bombasi qoʻllanilgan operatsiyani boshqargani bilan tanilgan. 1937-yilda harbiy aviatsiyaga kirgan Tibbets Ikkinchi jahon urushi davrida Yevropa va Shimoliy Afrikada B-17 bombardimonchi samolyotlarida 25 dan ortiq jangovar parvozlarni amalga oshirdi. Keyinchalik yangi B-29 Superfortress samolyotlarini sinovdan oʻtkazish va maxfiy 509-aralash aviaguruhga qoʻmondonlik qilish topshirildi. 1945-yil 6-avgustda u onasining ismi bilan "Enola Gay" deb nomlagan B-29 samolyotida Yaponiyaning Xirosima shahriga "Little Boy" ("Kichik bolakay") atom bombasini tashladi. Harbiy xizmatni 1966-yilda yakunlagan Tibbets vafotigacha oʻz harakatlaridan afsuslanmasligini va buni urushni tezroq tugatish uchun berilgan buyruq deb bilishini ta'kidlagan.
📍 Intelligence

🔥4👍2❤1⚡1✍1
Forwarded from Zakovat intellektual klubi
💐 Tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz, ustoz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va barcha yaxshi tilaklarni yo‘llab qolamiz.
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥4
Intelligence power 🔥
⁉Ilk tamaddixonasini 1930-yillarda Korbin shahrida ochgan ushbu amerikalik kim?
Harland Sanders, KFC asoschisi
#faktstellar
Pareidoliya — inson miyasining tasodifiy vizual yoki akustik tasvirlarda tanish shakllarni, koʻpincha inson yuzi, hayvonlar yoki obyektlarni idrok etish va koʻrish fenomenedir. Masalan, bulutlar, rozetka yoki qoyalarda yuz qiyofasini koʻrish ushbu hodisaning yorqin namunasidir. Bu termin yunoncha para ("xato, burib koʻrsatish") va eidolon ("tasvir, shakl") soʻzlaridan kelib chiqqan. Neyrobiologik hamda evolyutsion tadqiqotlarga koʻra, pareidoliya omon qolish mexanizmi natijasi boʻlib, ajdodlarimizga yirtqichlar yoki boshqa insonlarni tezda payqashga yordam bergan.
Miyaning fusiform yuz sohasi (FFA) shunchalik sezgirki, u har qanday mos keluvchi uchta nuqtani ham yuz deb qabul qiladi.

✍2🆒2❤1⚡1🔥1