Intelligence power 🔥
216 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
#faktstellar

"Mushukchani qutqarish"

Kinematografiya va ssenariynavislikdagi "Mushukchani qutqarish" iborasi mashhur amerikalik ssenarist Bleyk Snayderning 2005-yilda chop etilgan "Save the Cat! The Last Book on Screenwriting You'll Ever Need" nomli kitobidan kelib chiqqan.

Ushbu tushunchaning asosiy gʻoyasi shundaki, tomoshabinni bosh qahramonga nisbatan darhol hamdardlik bildirishga va uni qoʻllab-quvvatlashga undashdir. Buning uchun film boshida, qahramon bilan tanishuv sahnasida, u kichik boʻlsa-da xayrli bir ishni bajaradi — masalan, daraxtda qolib ketgan mushukchani, yoki qush bolasini qutqaradi. Bu usul qahramon qanchalik murakkab yoki kamchiliklarga ega boʻlmasin, tomoshabin qalbidan joy olishiga va butun hikoya davomida unga befarq boʻlmasligiga xizmat qiladi.

📍 Intelligence
🔥4211🍓1
#faktstellar

"Mutafakkir"–aslida kim?

Ogyust Rodenning dunyoga mashhur "Mutafakkir" haykali dastlab "Shoir" deb nomlangan boʻlib, unga prototip sifatida Roden italyan shoiri Dante Aligyerini tanlagan. Haykal Rodenning Dantening "Ilohiy komediya"siga asoslangan "Doʻzax darvozalari" monumental kompozitsiyasi uchun loyihalashtirilgan va unda Doʻzax qaʼridagi ruhlar qismatini kuzatib, tafakkurga tolgan Dante tasvirlangan.
Tasvirning jismoniy va plastik yechimida Roden Uygʻonish davri dahosi Mikelanjeloning baquvvat figuralari hamda antik haykaltaroshlik anʼanalaridan kuchli taʼsirlangan. Shu tariqa, asarda Dantening intellektual salohiyati va Mikelanjelo uslubining plastik qudrati uygʻunlashgan. Vaqt oʻtib, bu obraz muayyan shaxs doirasidan chiqib, butun insoniyat fikrlash kuchining umumbashariy ramziga aylangan.

📍Intelligence
🔥3111🆒1
“Benni Hill shousi” nomli komedik sketch-serialda siz koʻrgan ushbu qabr toshi yozuvi namoyish etilgan edi. Ushbu yozuvda nomi tilga olingan shaxsni ayting.
3👍3🔥1
Garry Gudini?
🔥32
Yashirilgan inglizcha soʻzni yozib bering
🍾2
Mavzu: Oʻzbekchadan oʻzbekchaga


10. Diniy gʻazallar oʻqib, musulmon dinini targʻib qilib darbadar kezuvchi, tarkidunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan soʻfiy.

20. Izoh.uz'ga koʻra bu soʻz biror shaxsga tegishli mol-mulk, bor bisot, boylik degan maʼnolarni anglatadi.

30. Bir necha kishi oʻrtada masalliq toʻplab tayyorlanadigan ovqat shu soʻz bilan ataladi.

40. Uyning poygagida yoki dahlizda yuvinish, yuz-qoʻl yuvish uchun maxsus yasalgan, usti berk oʻra; hanik shu soʻz bilan ataladi.

50. Bu soʻzning oilalar oʻrtasida navbat bilan tayyorlangan, tayyorlanadigan va tarqatiladigan umumiy ovqat maʼnosidan tashqari
sherikchilikka biror tirik mol (ot, sigir, tuya va shu kabilar) sotib olib, soʻyib, goʻshtini oʻzaro taqsimlash maʼnosi ham bor.
Mavzu: Oʻzbekchadan oʻzbekchaga 2

10. Ulov qoʻshib yer haydaladigan, metall tishli qadimgi yogʻoch va temirdan yasalgan eng oddiy yer haydash asbobi, plugning ota-bobosi.

20. Bu so'z o'zbek tilida qizg'in suhbat, o'zaro gap-so'z yoki bahs ma'nosini anglatadi. Bu so'z ko'pincha do'stlar yoki tanishlarning samimiy va qiziqarli muloqotiga nisbatan ishlatiladi

30. Izoh.uz ma’lumotlariga ko‘ra, yer ostidan chiqayotgan suv manbai, buloq va uning suvini anglatadi. Shuningdek, bu soʻz biror narsaning asosiy yoki cheksiz manbayiga nisbatan ko‘chma ma’noda ham ishlatiladi.

40. Bu soʻz qamish solib yopilgan tomning devordan tashqariga chiqib turgan qismini anglatadi. "Xorijiy atamalarning oʻzbekcha muqobillari"ga koʻra bu soʻz karniz soʻzi uchun analog sifatida tanlangan.

50. U inson mantiqiy o'ylamasdan, yuragi yoki tabiatan sezib biror ishni qilishi yoxud anglab yetishini bildiradi. Yaʼni, ichki sezgi, intuitsiya yoki biror ishga bo'lgan qalb mayli, xohish.
Mavzu: Mifologiyada ayollar

10. U qadimgi yunon mifologiyasidagi toʻquvchi qiz boʻlib maʼbuda Afina bilan toʻquvchilikda bellashgani uchun oʻrgimchakka aylantirib qoʻyilgan.

20. U slavyan mifologiyasida bahor, sevgi, goʻzallik, oilaviy totuvlik va unumdorlik maʼbudasi boʻlib, qadimgi slavyan eʼtiqodlarida tabiatning uygʻonishi va nikoh homiysi sifatida ulugʻlangan.

30. Ular qadimgi yunon mifologiyasida Atlasning qizlari boʻlib, yer yuzining gʻarbiy chekkasida, Hera bogʻidagi oltin olmalarni ajdaho Ladon bilan birgalikda qoʻriqlab turgan sehrli nimfalar hisoblanadi.

40. U german-skandinav folklorida suv havzalari, daryo va koʻllarda yashovchi, odatda suvdan chiqib inson qiyofasini oladigan, goʻzal, lekin xiyonatni kechirmaydigan sirli suv parisi.

50 U yapon mifologiyasida keksa ayol qiyofasidagi afsonaviy ruh boʻlib, asosan yomgʻirli yoki tumanli kunlarda koʻrinib, gʻamgin va sirli tabiati bilan insonlarda qoʻrquv uygʻotadi.
Mavzu: Film posterlari

10. Ushbu filmga ishlangan posterda tovon qismi oʻq bilan jarohatlangan oyoq tasvirlangan.

20. Film posterida ildiz qismiga prujina oʻrnatilgan tish tasviri mavjud.

30. Filmga ishlangan posterlardan birida qogʻoz paketga oʻralgan bronjilet ichida oʻlik baliq tasvirini koʻrasiz.

40. Filmga ishlangan posterda bir necha oʻnlab erkaklar oyoq kiyimlari orasida yagona ayol kishi tuflisini koʻrish mumkin.

50. Film posterlaridan birida qizil fonda tasvirlangan bir stakan sutni koʻrasiz.
🔥2
🔈16:30ga filmlar boʻyicha turnircha

Ketadimi?
💯5
Lezgoo)
Forwarded from 🐣
Bb
Forwarded from Rayyona)
Breaking bad