Intelligence power 🔥
216 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Forwarded from Hamidova
Bovari Xonim?
Xush kepsilar 🤝
🤝322🔥2
#faktstellar

Bokanovskiylashtirish– Oldos Xakslining "Ajib yangi dunyo" asaridagi inson embrionlarini sun'iy yo'l bilan bo'lish va ommaviy ravishda bir xil egizaklarni yetishtirishga asoslangan xayoliy texnologiya.
Asarda u "Markaziy London embrionologiya va moslashtirish markazi"da qo'llaniladi va u jamiyat ustidan to'liq nazorat o'rnatishning bosh biologik quroli hisoblanadi. Bunda bitta embriondan 8 tadan 96 tagacha mutlaqo bir xil genetik xususiyatga ega boʻlgan egizaklar ajralib chiqadi.
Tabiiy tugʻruq va oila instituti tamoman bekor qilingan nigilistik jamiyatda bu usul sanoatdagi Ford konveyer tizimining inson biologiyasiga tatbiq etilgan shakli hisoblanadi. Ushbu jarayon, asosan, jamiyatning quyi va jismoniy mehnat kastalari — gamma, delta hamda epsilon vakillarini ommaviy ishlab chiqarish uchun qoʻllaniladi. Aqliy va boshqaruv qobiliyati talab etiladigan yuqori kastalar, ya'ni alfa va betalar esa bu jarayondan oʻtkazilmaydi; ular individual embrion sifatida rivojlantiriladi.

📍 Intelligence
🔥5211💯1
#quick_post

Gipnopediya — insonning tabiiy uyqu vaqti yoki chala uyqu holatida ovoz yozuvi yordamida ma'lumotlarni eslab qolish va o'rganish usuli. So'z yunoncha "hypnos" (uyqu) va "paedeia" (ta'lim, o'qitish) so'zlaridan kelib chiqqan.
🔥2111
Mavzu: Brendlarda mifologiya

(Formada faqat brend nomi.)

10. Ushbu modalar uyi logotipida Meduza Gorgona boshi tasvirlangan.

20. Brend oʻz nomini gʻalaba xudosidan olgan boʻlib, brend emblemasida ma'buda qanotlarining moslashtirilgan koʻrinishi tasvirlangan.

30. Kompaniya oʻz nomini mifologik ot nomidan olgan, alifbo roʻyxatlarida yuqoriroq koʻrinish uchun bosh qismi tushirib qoldirilgan.

40. Ushbu avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya emblemasida Neptun nayzasi tasvirlangan. Bu esa brend tashkil topgan Boloniyadagi Neptun fontaniga ishora.

50. U premium qoʻlda oʻraladigan sigara brendi boʻlib, oʻz nomini xalqiga olov keltirgan titan nomidan olgan.
#quick_post

Vekturizm — bu shahar metropoliteni kirish eshigi orqali o'tish uchun ishlatiladigan metro jetonlarini yig'ish (kolleksionerlik) yo'nalishidir.
4🤯41🔥1🆒1
Mavzu: Soʻz ichra –OR–

10. Ushbu familiyani siz 1972-1974-yil premyera qilingan, ImDB reytingida eng yuqori oʻrinlarni egallagan filmdan yaxshi taniysiz.

20. U zoologiya sohasi bo‘lib, qushlarni tuzilishi, xulqi, tarqalishi, evolyutsiyasi, ko‘payishi, migratsiyasi va ekologik ahamiyatini oʻrganadi.

30. U meva, o‘simlik, ziravor yoki yong‘oq ekstraktlari asosida tayyorlanadigan, shakar qo‘shilgan xushbo‘y alkogolli ichimlik. Uni ayting.

40. Ushbu film Erkin Aʼzamning "Anoyining jaydari olmasi" asari asosida suratga olingan boʻlib, 1989-yilda oʻzbek kinematografiyasida yangilik sifatida ekranlashtirilgan.

50. U XIX asrda Joseph Smith Jr. asos solgan diniy harakat bo‘lib, oʻz kitoblarini Injil bilan teng manba sifatida qabul qiladi, shuningdek, unda inson tavba, imon va ezgu amallar orqali najot topishi hamda oilalar abadiy birga bo‘lishi mumkinligi taʼkidlanadi.
1
Mavzu: Nomida defis qatnashgan kompaniyalar

Izoh: Formada kompaniya nomi

10. 1886-yilda AQShda farmatsevt Jon Stit Pemberton tomonidan tashkil etilgan. Ish Atlantadagi dorixonada tetiklashtiruvchi siropni gazlangan suv bilan aralashtirib sotishdan boshlangan.

20. 1939-yilda Bill va Devid tomonidan tashkil etilgan. Ish Kaliforniyaning Palo-Alto shahridagi kichik garajda, audio ossillator kabi elektron sinov va oʻlchov uskunalarini ishlab chiqarishdan boshlangan. Kompaniya nomini toʻliq yozib bering.

30. 1924-yilda Markus Lou tomonidan uchta kinostudiyani birlashtirish orqali tashkil etilgan. Boshqaruvchi va hammuassis sifatida Luis tayinlangan. Ish ovozsiz filmlar suratga olish va tarqatishdan boshlangan

40. 1761-yilda Germaniyada duradgor Kaspar tomonidan tashkil etilgan. Ish Stein shahridagi kichik ustaxonada yogʻoch qalamlar ishlab chiqarishdan boshlangan. Keyinchalik kompaniya uning avlodi Lotar xonadoni boshqaruvida kengaygan

50. 1903-yilda AQShda Uilyam hamda uch aka-uka tomonidan tashkil etilgan. Ish Miluokidagi kichik yogʻoch saroyda velosipedlarga moʻljallangan kichik dvigatellar hamda mototsikllar yasashdan boshlangan.
Mavzu: Rassomlar

Izoh: Rassom ism-familiyasi initsiallari, millati, tugʻilgan yili, biror taniqli kartinasi beriladi, formada ism-familiya.

10. M.B., italyan, 1475-yil, "Odamning yaratilishi"

20. J.S., fransuz, 1859-yil, "Grand-Jatt orolidagi yakshanba"

30. A.D., nemis, 1471-yil, "Toʻrt havoriy"

40. I.K., rus, 1837-yil, "Nomaʼlum"

50. V.P., rus, 1832-yil, "Noteng nikoh"
2🔥2💯21👍1
#faktstellar

"Mushukchani qutqarish"

Kinematografiya va ssenariynavislikdagi "Mushukchani qutqarish" iborasi mashhur amerikalik ssenarist Bleyk Snayderning 2005-yilda chop etilgan "Save the Cat! The Last Book on Screenwriting You'll Ever Need" nomli kitobidan kelib chiqqan.

Ushbu tushunchaning asosiy gʻoyasi shundaki, tomoshabinni bosh qahramonga nisbatan darhol hamdardlik bildirishga va uni qoʻllab-quvvatlashga undashdir. Buning uchun film boshida, qahramon bilan tanishuv sahnasida, u kichik boʻlsa-da xayrli bir ishni bajaradi — masalan, daraxtda qolib ketgan mushukchani, yoki qush bolasini qutqaradi. Bu usul qahramon qanchalik murakkab yoki kamchiliklarga ega boʻlmasin, tomoshabin qalbidan joy olishiga va butun hikoya davomida unga befarq boʻlmasligiga xizmat qiladi.

📍 Intelligence
🔥4211🍓1
#faktstellar

"Mutafakkir"–aslida kim?

Ogyust Rodenning dunyoga mashhur "Mutafakkir" haykali dastlab "Shoir" deb nomlangan boʻlib, unga prototip sifatida Roden italyan shoiri Dante Aligyerini tanlagan. Haykal Rodenning Dantening "Ilohiy komediya"siga asoslangan "Doʻzax darvozalari" monumental kompozitsiyasi uchun loyihalashtirilgan va unda Doʻzax qaʼridagi ruhlar qismatini kuzatib, tafakkurga tolgan Dante tasvirlangan.
Tasvirning jismoniy va plastik yechimida Roden Uygʻonish davri dahosi Mikelanjeloning baquvvat figuralari hamda antik haykaltaroshlik anʼanalaridan kuchli taʼsirlangan. Shu tariqa, asarda Dantening intellektual salohiyati va Mikelanjelo uslubining plastik qudrati uygʻunlashgan. Vaqt oʻtib, bu obraz muayyan shaxs doirasidan chiqib, butun insoniyat fikrlash kuchining umumbashariy ramziga aylangan.

📍Intelligence
🔥3111🆒1
“Benni Hill shousi” nomli komedik sketch-serialda siz koʻrgan ushbu qabr toshi yozuvi namoyish etilgan edi. Ushbu yozuvda nomi tilga olingan shaxsni ayting.
3👍3🔥1
Garry Gudini?
🔥32
Yashirilgan inglizcha soʻzni yozib bering
🍾2
Mavzu: Oʻzbekchadan oʻzbekchaga


10. Diniy gʻazallar oʻqib, musulmon dinini targʻib qilib darbadar kezuvchi, tarkidunyo qilgan, goʻshanishinlikka berilgan soʻfiy.

20. Izoh.uz'ga koʻra bu soʻz biror shaxsga tegishli mol-mulk, bor bisot, boylik degan maʼnolarni anglatadi.

30. Bir necha kishi oʻrtada masalliq toʻplab tayyorlanadigan ovqat shu soʻz bilan ataladi.

40. Uyning poygagida yoki dahlizda yuvinish, yuz-qoʻl yuvish uchun maxsus yasalgan, usti berk oʻra; hanik shu soʻz bilan ataladi.

50. Bu soʻzning oilalar oʻrtasida navbat bilan tayyorlangan, tayyorlanadigan va tarqatiladigan umumiy ovqat maʼnosidan tashqari
sherikchilikka biror tirik mol (ot, sigir, tuya va shu kabilar) sotib olib, soʻyib, goʻshtini oʻzaro taqsimlash maʼnosi ham bor.