Forwarded from Xushnudbek.uz
41 ta xorijiy atamaning rasmiy o’zbekcha muqobili tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalarning ro’yxati e’lon qilindi.
Jumladan:
Антракт ➔ Tanaffus
Банкет ➔ Ziyofat
Брекеты ➔ Tishsim
Бренд ➔ Xosnom
Датчик ➔ Sezgich
Дедлайн ➔ So'ngmuddat
Декорация ➔ Sahnabezak
Миксер ➔ Qorg'ich
Палатка ➔ Chodir
Раковина ➔ Chanoq
Распродажа ➔ Arzonsotuv
Суфлёр ➔ Shivirchi
Фриланser ➔ Erkin ishchi
Эможи ➔ Hisbelgi
Хештег ➔ Kalitso'z
Хостел ➔ Qoʻnoquy
👉 @xushnudbek 👈

⚡4👍3❤2🔥2👏1
#quick_post
Idilliya–adabiy janr va tushuncha boʻlib, koʻpincha tabiat, qishloq hayoti bilan bogʻliq holda tinch, osoyishta hayot kechirishni anglatadi. Badiiy adabiyotda idilliya ideallashtirilgan osoyishta hayotni tasvirlovchi kichik sheʼriy asardir.

🕊2❤1🍓1
Karom – XVIII asrda Hindistonda vujudga kelgan, asosan Janubiy Osiyoda ommalashgan stol o‘yinidir. Tashqi ko‘rinishi va qoidalari jihatidan u bilyard hamda shashka elementlarini o‘zida birlashtiradi. Kvadrat shaklidagi yog‘och taxta burchaklarida to‘rtta teshik (luza) mavjud bo‘lib, o‘yinchilar maxsus og‘ir tosh (strayker) yordamida oq va qora disklarni turtib, shu teshiklarga tushirishga harakat qiladilar. O‘yindagi eng qimmatli qizil dona "qirolicha" deb ataladi.
Professional karomda eng yuqori mahorat koʻrsatkichi bu "slam" hisoblanadi. Agar oʻyinchi raqibiga biror marta ham navbat bermasdan, birinchi urishdayoq oʻzining barcha disklarini va qirolichani teshikka tushirsa — bu "Oq slam" deb ataladi. Agar raqibning birinchi xatosidan keyin stolga kelib, barcha disklarni xatosiz tushirsa — "Qora slam" deyiladi.
Baʼzida oʻyinda donalar harakatini osonlashtirish maqsadida doska ustiga kukun sepiladi.
📍 Intelligence

🔥2👍1
Mavzu: Birinchi oʻzbeklar
10. U 1897-yili Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida oʻqidi. Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni oʻylab, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar olib bordi.
20. U 1923-yilda Toshkentga kelib xotin-qizlar maorif institutida ikki yil davomida taʼlim oladi. Keyinchalik Moskvada joylashgan Oliy jurnalistika institutida ham oʻqiydi. Talabalik yillarida qoʻqonlik Moʻmin Usmonovga turmushga chiqqan.
30. 1933-yilda u uchuvchilar va aviatsiya texniklarining uchinchi qoʻshma harbiy-havo maktabiga qabul qilindi va ikki mingdan ortiq kursantlar orasida yagona oʻzbek boʻldi.
40. Bu ayol 1922-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining davolash fakultetini tamomlagan. Soʻngra gospital terapevtik poliklinikasida va 1926–1930-yillarda 2-shahar kasalxonasida rezident boʻlib faoliyat yuritgan.
50. U Buxorolik talabalarni Germaniyaga oʻqishga yuborish tashabbuskorlaridan biri, „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyati aʼzosi, va asosiysi, Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisidir.

🔥3
Intelligence power 🔥
Mavzu: Birinchi oʻzbeklar 10. U 1897-yili Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida oʻqidi. Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni oʻylab, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar olib bordi. 20. U 1923-yilda Toshkentga…
Javoblar:
10. Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
20. Sobira Xoldorova
30. Abdusamat Toymetov
40. Zulfiya Umidova
50. Muso Saidjonov
10. Ubaydullaxoʻja Asadullaxoʻjayev
20. Sobira Xoldorova
30. Abdusamat Toymetov
40. Zulfiya Umidova
50. Muso Saidjonov
Mavzu: Soʻz ichra –ARK–
10. U foydalanuvchilarga to'liq anonimlikni ta'minlaydi va ko'pincha kiberjinoyatchilar hamda taqiqlangan tovarlar savdosi bilan bog'liq bo'ladi
20. U muallifning qahramonlar xatti-harakati, tashqi qiyofasi, yoshi, intonatsiyasi, ruhiy holati hamda sahna bezaklari haqidagi izohlaridir. U?
30. Unga "yaxshi imperatorlarning soʻnggisi" deya taʼrif berilgan. Faylasuf sifatida Seneka ta’limotini davom ettirgan. Ushbu rimlik kim?
40. U bilyard klublarida o‘yin qoidalarini tushuntiradigan, hisobni yuritadigan va o‘yinchilarga yordam beradigan xodim yoki yordamchi.
50. Atama yunoncha "go'shtni yutuvchi" degan ma'noni anglatadi; xavfli, radioaktiv yoki zaharli ob'ektlarni tashqi muhitdan ajratib turadigan maxsus beton yoki metall qoplamalarga nisbatan ishlatiladi, masalan Chernobil AES reaktorini yopib turgan ulkan himoya inshooti.

Mavzu: Soʻz ichra –ARK– 10. U foydalanuvchilarga to'liq anonimlikni ta'minlaydi va ko'pincha kiberjinoyatchilar hamda taqiqlangan tovarlar savdosi bilan bog'liq bo'ladi 20. U muallifning qahramonlar xatti-harakati, tashqi qiyofasi, yoshi, intonatsiyasi,…
Javoblar:
10. Darknet
20. Remarka
30. Mark Avreliy
40. Markyor
50. Sarkofag
10. Darknet
20. Remarka
30. Mark Avreliy
40. Markyor
50. Sarkofag
🔥1
Mavzu: Stol oʻyinlari
10. Savolni Xolbeka beradi.
Oʻyin III–VI asrlarda Sosoniylar davridagi qadimgi Forsda shakllangan deyiladi. Ikki oʻyinchi dona va zarlar yordamida oʻynaydi.
20. 1938-yilda amerikalik meʼmor Alfred Mosher Butts tomonidan yaratilgan. Harfli plitkachalardan soʻzlar tuzib, harflar qiymati va joylashuviga qarab ochko toʻplashga asoslangan intellektual stol oʻyinidir.
30. 1995-yilda germaniyalik o‘yin dizayneri Klaus Toyber tomonidan yaratilgan. O‘yinchilar resurslar yig‘ib, yo‘llar, qishloqlar va shaharlar qurish orqali g‘alaba ochkolarini to‘playdilar.
40. U miloddan avvalgi taxminan 3100-yilda Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Donalarni kataklar bo‘ylab harakatlantirishga eng qadimiy stol o‘yinlaridan biridir.
50. U miloddan avvalgi taxminan VI–III asrlarda Afrikada paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Chuqurchalar va donachalar yordamida o‘ynaladigan, sanash, rejalashtirish va strategik fikrlashga asoslangan.

Mavzu: Stol oʻyinlari 10. Savolni Xolbeka beradi. Oʻyin III–VI asrlarda Sosoniylar davridagi qadimgi Forsda shakllangan deyiladi. Ikki oʻyinchi dona va zarlar yordamida oʻynaydi. 20. 1938-yilda amerikalik meʼmor Alfred Mosher Butts tomonidan yaratilgan.…
Javoblar:
10. Nard
20. Skrebbl
30. Katan
40. Senet
50. Mankala
10. Nard
20. Skrebbl
30. Katan
40. Senet
50. Mankala
❤2
#persona
Muso Saidjonov-1893-yil Buxoroda tavallud topgan davlat va jamoat arbobi,manbashunos olim,arxeolog-professor.Bobosi Saidboy qorako'lfurush poytaxtdagi eng yirik savdogarlardan bo'lib,qorako'l teri,jun,ipak tolasi savdosi bilan shug'ullangan hamda katta yer maydonlariga ega bo'lgan.Saidboy savdo karvonlari bilan Rossiya,Xitoy,Germaniyaga safar qilib,ko'chmas mulklar xarid qilgan,Germaniyaning poytaxtida to'rt qavatli mehmonxonasi bo'lgan.Saidjonovning otasi Yo'ldoshboy o'g'li boshlang'ich maktabda o'qib yurgan kezlarda yurak xastaligidan vafot etadi.
Muso Saidjonov 12 yoshida maktabni bitirib,4 yil mobaynida Mir Arab madrasasida dars olib,arab tilini mukammal o'rgangan.1913-yildan "Yosh Buxoroliklar" partiyasi safida faoliyat yuritgan.BXSR tuzilgach,u oziq-ovqat noziri,iqtisodiyot noziri muovini va boshqa ko'plab yuqori lavozimlarda ishlagan.Buxorolik talabalarni Germaniyaga o'qishga yuborish tashabbuskorlaridan biri."Milliy ittihod" tashkiloti faoliyatida qatnashib,A.Zakiy Validiy bilan yaqin a'loqada bo'lgan.O'zbek olimlaridan birinchi bo'lib sharqshunoslarning Leningradda bo'lgan 3-kongressida (1935) qatnashgan va "Ko'chkunchixon" maqbarasi haqida ilmiy ma'ruza qilgan.
1937-yil Samarqandda qamoqqa olingan va otib tashlangan (1965-yil 2-dekabrda oqlangan).

❤2✍1🔥1
edelveys svoyak.docx
109.7 KB
AZK Ayollar ligasi "Edelveys" jamoasining mashgʻulot uchun shaxsiy oʻyin savollari paketi.
🤝 –Osh boʻlsin)
🤝 –Osh boʻlsin)
⚡3🔥2❤1🕊1🍾1🤝1🆒1
#tavsiya
"Koinotda balo bormi?"–Texnoplov ⚡
Ushbu ilmiy-fantastik qisqa metrajli film Marsda yolg‘iz qolgan o‘zbekistonlik kosmonavt haqida. Film insoniyatning koinotga intilishi, koinotni tadqiq qilishning iqtisodiy va texnologik ahamiyati, shuningdek, resurslar tanqisligi va kelajakdagi ekologik muammolarni hal qilishda koinotning o‘rni kabi mavzularni chuqur tahlil qiladi. Asosiy g‘oya shundan iboratki, koinotga chiqish — bu insoniyat uchun «qonsiz evolyutsiya» yo‘li bo‘lib, urushlar o‘rniga umumiy maqsadlar sari birlashishni talab qiladi.
🎞 YouTube havola

❤3🔥1🍾1