Intelligence power 🔥
216 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Mavzu: Film posterlari

10. Filmga ishlangan posterda granata halqasi brilliant koʻzli uzuk shaklida tasvirlangan. Qaysi film?

20. Film posterida qizil orqa fon bilan piska(lezviya) ustida yurib ketayotgan shilliqurt tasviri bor. Film?

30. Filmga ishlangan posterda erkaklar kostyumi soyabon shaklida oʻralganini koʻrasiz. Qaysi film?

40. Film posterida stakandagi suvning titrayotgani tasvirlangan. Qaysi film?

50. Film posterida oq fonda qonli oyoq izlari tasvirlangan. Qaysi film?
Mavzu: Shoiralar

10. U rus adabiyotining Kumush asriga mansub shoira. Muhabbat, urush, qatagʻon va inson iztiroblarini chuqur tasvirlagan; "Rekviyem" dostoni bilan alohida mashhur

20. U shoira, yozuvchi va e'tirofiy she'riyatning yetakchi vakilidir. "Ariel" she'riy toʻplami hamda "The Bell Jar" romani bilan mashhur; ruhiy kechinmalarni chuqur badiiy ifodalagani eʼtirofga sazovor.

30. U oʻzbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuygʻu va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mehr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, oʻzbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. Uni shunchaki shoira deb atash balki ranjitgan boʻlardi.

40. U qadimgi yunon lirik she'riyatining eng buyuk vakillaridan biri boʻlib U ishq, goʻzallik va inson tuygʻularini kuylagan.

50. U eronlik shoira, yozuvchi va kinorejissyor. U zamonaviy fors sheʼriyatini yangilagan. Ayol erkinligi, muhabbat, yolgʻizlik va inson ruhiyatini dadil, falsafiy ohangda yoritgan.
1
Mavzu: Bayroqlar
Izoh: Bayroqqa taʼrif beriladi, formada davlat nomi

10. Oq fonda markazni egallagan katta qizil xoch, to‘rt chorakning har birida bittadan kichik qizil Bolnisi xochi tasvirlangan.

20. Oq fon ustida toʻqqiz gorizontal koʻk chiziq, chap yuqori burchakdagi oq kvadratda oltin rangli Quyosh tasvirlangan.

30. Bayroq sariq, ko‘k va qizil gorizontal uch rangdan iborat, markazdagi ko‘k tasma ustida yarim doira shaklida sakkiz oq yulduz joylashgan.

40. Bayroq diagonal bo‘ylab sariq va qizil ranglarga bo‘lingan, markazda oq ajdarho to‘rt panjasida qimmatbaho javohirlarni ushlab turadi.

50. Qizil fonda chap yuqoridan o‘ng pastga yo‘nalgan oq hoshiyali keng qora diagonal tasma bayroqni kesib o‘tadi.
Yengil mavzucha: Film posterlari
Izoh: Posterga taʼrif va film chiqarilgan yil beriladi. Formada film nomi

10. Ushbu filmga bagʻishlangan posterda uzun, yoʻl-yoʻl paypoqlarni koʻrasiz. 2016-yil.

20. Ushbu film posterida yashil gulli och pushti galstuk, uning ostida mayoq shaklidagi minora tasvirlangan. 2010-yil.

30. Film posterida erkaklar bosh kiyimi, qafasdagi qush va tabletkani koʻrish mumkin. 1975-yil.

40. Filmga bagʻishlangan minimalistik posterda qizil hushtak tasvirini koʻrasiz. 2013-yil.

50. Filmga ishlangan posterlardan birida turli rangdagi oltita galstuk rasmini koʻrish mumkin. 1992-yil.
Mavzu: Javobda lotincha so'zlar

10.Yo'lga chiqish,yurish,deya tarjima qilinadi.Muayyan maqsad (ilmiy tadqiqot, arxeologik qidiruv, sayohat yoki harbiy vazifa)ni amalga oshirish uchun uyushtirilgan safar yoki guruhdir.

20.Shotlandiyalik Deniel Danglash Xyum Uni qilish qobiliyatiga ega edi.U-tortishish kuchini yengish, hech nimaga tayanmagan holda yer yuzasidan ko'tarilish demakdir.

30.Napaleon Bonapart,S.Dali,Eva Peron bu jarayonning qurbonlari sanaladi.Bu jarayon sabab Dalining mo‘ylovi hanuz saqlanib qolganmi,yo'qmi aniqlashgan,Bonapart Parijga ko'chirilgan,Eva Peron Italiya,so'ng Ispaniyaga ko'chirilgan,lekin keyin yana Argentinaga olib kelingan.

40.Tarjimasi: qarshi harakat.
Aka-uka Strugatskiylar tomonidan "Dushanba shanbada boshlanadi" asari uchun o'ylab topilgan va vaqt bo'ylab teskari yo'nalishdagi harakatni anglatuvchi tushuncha.

50.Tonga davlati bayrog'idagi qizil rang - Iso Masihning qurbon qilingandagi qon rangini, oq rang - poklik va tinchlikni, xoch belgisi - Tonga xalqining xristian diniga sodiqligini ifodalaydi. Bularni bilish va o'rganish Ushbu fanining vazifasidir.
🔥2
Forwarded from Xushnudbek.uz
41 ta xorijiy atamaning rasmiy o’zbekcha muqobili tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalarning ro’yxati e’lon qilindi.

Jumladan:

Антракт ➔ Tanaffus
Банкет ➔ Ziyofat
Брекеты ➔ Tishsim
Бренд ➔ Xosnom
Датчик ➔ Sezgich
Дедлайн ➔ So'ngmuddat
Декорация ➔ Sahnabezak
Миксер ➔ Qorg'ich
Палатка ➔ Chodir
Раковина ➔ Chanoq
Распродажа ➔ Arzonsotuv
Суфлёр ➔ Shivirchi
Фриланser ➔ Erkin ishchi
Эможи ➔ Hisbelgi
Хештег ➔ Kalitso'z
Хостел ➔ Qoʻnoquy


👉 @xushnudbek 👈
4👍32🔥2👏1
#quick_post

Idilliya–adabiy janr va tushuncha boʻlib, koʻpincha tabiat, qishloq hayoti bilan bogʻliq holda tinch, osoyishta hayot kechirishni anglatadi. Badiiy adabiyotda idilliya ideallashtirilgan osoyishta hayotni tasvirlovchi kichik sheʼriy asardir.
🕊21🍓1
Karom – XVIII asrda Hindistonda vujudga kelgan, asosan Janubiy Osiyoda ommalashgan stol o‘yinidir. Tashqi ko‘rinishi va qoidalari jihatidan u bilyard hamda shashka elementlarini o‘zida birlashtiradi. Kvadrat shaklidagi yog‘och taxta burchaklarida to‘rtta teshik (luza) mavjud bo‘lib, o‘yinchilar maxsus og‘ir tosh (strayker) yordamida oq va qora disklarni turtib, shu teshiklarga tushirishga harakat qiladilar. O‘yindagi eng qimmatli qizil dona "qirolicha" deb ataladi.
Professional karomda eng yuqori mahorat koʻrsatkichi bu "slam" hisoblanadi. Agar oʻyinchi raqibiga biror marta ham navbat bermasdan, birinchi urishdayoq oʻzining barcha disklarini va qirolichani teshikka tushirsa — bu "Oq slam" deb ataladi. Agar raqibning birinchi xatosidan keyin stolga kelib, barcha disklarni xatosiz tushirsa — "Qora slam" deyiladi.
Baʼzida oʻyinda donalar harakatini osonlashtirish maqsadida doska ustiga kukun sepiladi.

📍 Intelligence
🔥2👍1
Mavzu: Birinchi oʻzbeklar

10. U 1897-yili Rossiyaning Saratov shahridagi huquqshunoslik institutida oʻqidi. Talabalik yillaridayoq davr muammolarini yechishni oʻylab, rus yozuvchisi L. N. Tolstoy bilan yozishmalar olib bordi.

20. U 1923-yilda Toshkentga kelib xotin-qizlar maorif institutida ikki yil davomida taʼlim oladi. Keyinchalik Moskvada joylashgan Oliy jurnalistika institutida ham oʻqiydi. Talabalik yillarida qoʻqonlik Moʻmin Usmonovga turmushga chiqqan.

30. 1933-yilda u uchuvchilar va aviatsiya texniklarining uchinchi qoʻshma harbiy-havo maktabiga qabul qilindi va ikki mingdan ortiq kursantlar orasida yagona oʻzbek boʻldi.

40. Bu ayol 1922-yilda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining davolash fakultetini tamomlagan. Soʻngra gospital terapevtik poliklinikasida va 1926–1930-yillarda 2-shahar kasalxonasida rezident boʻlib faoliyat yuritgan.

50. U Buxorolik talabalarni Germaniyaga oʻqishga yuborish tashabbuskorlaridan biri, „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyati aʼzosi, va asosiysi, Oʻzbekiston tarixiy yodgorliklarini muhofaza qilish qoʻmitasi raisidir.
🔥3
Mavzu: Soʻz ichra –ARK–

10. U foydalanuvchilarga to'liq anonimlikni ta'minlaydi va ko'pincha kiberjinoyatchilar hamda taqiqlangan tovarlar savdosi bilan bog'liq bo'ladi

20. U muallifning qahramonlar xatti-harakati, tashqi qiyofasi, yoshi, intonatsiyasi, ruhiy holati hamda sahna bezaklari haqidagi izohlaridir. U?

30. Unga "yaxshi imperatorlarning soʻnggisi" deya taʼrif berilgan. Faylasuf sifatida Seneka ta’limotini davom ettirgan. Ushbu rimlik kim?

40. U bilyard klublarida o‘yin qoidalarini tushuntiradigan, hisobni yuritadigan va o‘yinchilarga yordam beradigan xodim yoki yordamchi.

50. Atama yunoncha "go'shtni yutuvchi" degan ma'noni anglatadi; xavfli, radioaktiv yoki zaharli ob'ektlarni tashqi muhitdan ajratib turadigan maxsus beton yoki metall qoplamalarga nisbatan ishlatiladi, masalan Chernobil AES reaktorini yopib turgan ulkan himoya inshooti.
Mavzu: Stol oʻyinlari

10. Savolni Xolbeka beradi.
Oʻyin III–VI asrlarda Sosoniylar davridagi qadimgi Forsda shakllangan deyiladi. Ikki oʻyinchi dona va zarlar yordamida oʻynaydi.

20. 1938-yilda amerikalik meʼmor Alfred Mosher Butts tomonidan yaratilgan. Harfli plitkachalardan soʻzlar tuzib, harflar qiymati va joylashuviga qarab ochko toʻplashga asoslangan intellektual stol oʻyinidir.

30. 1995-yilda germaniyalik o‘yin dizayneri Klaus Toyber tomonidan yaratilgan. O‘yinchilar resurslar yig‘ib, yo‘llar, qishloqlar va shaharlar qurish orqali g‘alaba ochkolarini to‘playdilar.

40. U miloddan avvalgi taxminan 3100-yilda Qadimgi Misrda paydo bo‘lgan. Donalarni kataklar bo‘ylab harakatlantirishga eng qadimiy stol o‘yinlaridan biridir.

50. U miloddan avvalgi taxminan VI–III asrlarda Afrikada paydo bo‘lgan deb hisoblanadi. Chuqurchalar va donachalar yordamida o‘ynaladigan, sanash, rejalashtirish va strategik fikrlashga asoslangan.
#persona

Muso Saidjonov-1893-yil Buxoroda tavallud topgan davlat va jamoat arbobi,manbashunos olim,arxeolog-professor.Bobosi Saidboy qorako'lfurush poytaxtdagi eng yirik savdogarlardan bo'lib,qorako'l teri,jun,ipak tolasi savdosi bilan shug'ullangan hamda katta yer maydonlariga ega bo'lgan.Saidboy savdo karvonlari bilan Rossiya,Xitoy,Germaniyaga safar qilib,ko'chmas mulklar xarid qilgan,Germaniyaning poytaxtida to'rt qavatli mehmonxonasi bo'lgan.Saidjonovning otasi Yo'ldoshboy o'g'li boshlang'ich maktabda o'qib yurgan kezlarda yurak xastaligidan vafot etadi.

Muso Saidjonov 12 yoshida maktabni bitirib,4 yil mobaynida Mir Arab madrasasida dars olib,arab tilini mukammal o'rgangan.1913-yildan "Yosh Buxoroliklar" partiyasi safida faoliyat yuritgan.BXSR tuzilgach,u oziq-ovqat noziri,iqtisodiyot noziri muovini va boshqa ko'plab yuqori lavozimlarda ishlagan.Buxorolik talabalarni Germaniyaga o'qishga yuborish tashabbuskorlaridan biri."Milliy ittihod" tashkiloti faoliyatida qatnashib,A.Zakiy Validiy bilan yaqin a'loqada bo'lgan.O'zbek olimlaridan birinchi bo'lib sharqshunoslarning Leningradda bo'lgan 3-kongressida (1935) qatnashgan va "Ko'chkunchixon" maqbarasi haqida ilmiy ma'ruza qilgan.

1937-yil Samarqandda qamoqqa olingan va otib tashlangan (1965-yil 2-dekabrda oqlangan).
21🔥1