Intelligence power 🔥
217 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Forwarded from FactFullNess
Stanislavskiy sistemasi — teatr va kino sanʼatida aktyorlik mahoratini yuksaltirish maqsadida rossiyalik buyuk rejissyor, pedagog va teatr islohotchisi Konstantin Stanislavskiy tomonidan yaratilgan professional sahna nazariyasi va uslubidir. Bu sistema aktyordan sahnada shunchaki his-tuygʻularni taqlid qilishni (yasamalikni) emas, balki qahramon obraziga toʻla kirishib, uni haqiqiy va tabiiy ijro etishni talab qiladi.

Stanislavskiy sistemasiga ko’ra sahnada har qanday yolgʻon, mubolagʻa yoki sunʼiylikdan qochishi va Aktyor oʻynayotgan roliga tomoshabinni ishontira olishi kerak. Aktyor oʻziga "Men kimman?", "Qayerdaman?", "Nega bu yerdaman?", "Vaqt qachon?" va "Nima xohlayman?" degan savollarni berishi shart. Aktyor oʻz oldiga "Agar men haqiqatdan ham shu vaziyatga tushib qolsam, nima qilgan boʻlardim?" degan savolni qoʻyishi orqali tasavvurni ishga soladi.

📍FactFullNess
👍32🔥1
Savol

"Prison break" serialida Maykl Skofild sheriklariga qochish uchun tuzgan rejasini tushuntirar ekan uni AQSh xaritasidek oʻylashlarini ayta turib, kamerasini Nyu-York, tashqariga olib chiquvchi yoʻl–lazaret binosini Kaloforniya deb ataydi. Ularni birlashtirib turuvchi yer osti quvurlarini esa U deb ataydi. Uni son qatnashtirib yozib bering.
Forwarded from mamirjanovw
road 66 mi unda
Intelligence power 🔥
Savol "Prison break" serialida Maykl Skofild sheriklariga qochish uchun tuzgan rejasini tushuntirar ekan uni AQSh xaritasidek oʻylashlarini ayta turib, kamerasini Nyu-York, tashqariga olib chiquvchi yoʻl–lazaret binosini Kaloforniya deb ataydi. Ularni birlashtirib…
Javob: 66-trassa
Izoh: 66-trassa (Route 66) tarixan AQShning sharqiy qismidan gʻarbiga tomon uzoq masofani bogʻlab turuvchi ramziy magistral hisoblangan. Maykl ham kamera bilan lazaret orasidagi yer osti quvurlarini goʻyo mamlakatning ikki chekkasini bogʻlaydigan asosiy yoʻl sifatida tasvirlaydi.
1🔥1🍾1
Savol matnida U boshqa bir soʻzni almashtirib keladi.

1605-yilda nashr etilgan mashhur roman muallifi shunday degan: "Bu asar Unda tug‘ilgan." Tarixchilarning fikricha, yozuvchi asarning dastlabki g‘oyalarini aynan Unda shakllantirgan.
1999 yilgi romanda
Uning nomi Boʻshliq — Qashshoqlik va chorasizlik, yozuvchining o'sha paytdagi ijtimoiy va iqtisodiy holati metaforasi. Boʻshliq devorlari — bu yechimsiz muammolar, qo'riqchilari esa ertangi kunga bo'lgan qo'rquv edi.
Diqqat savol: Boʻshliq oʻrnidagi soʻzni yozib bering.
1🍾1👀1
Forwarded from tolibjanov
Azkaban?
1🔥1🍾1
Mavzu: Qahramonlaridan asarni toping (Formada asar nomi)

10. Porfiriy Petrovich, Sonya Marmeladova, Pulxeriya Aleksandrovna, Pyotr Lujin, Razumixin.


20. Ledi Agata, Genri Uotton, Jeyms Veyn, Sibila Veyn, Bezill Xolluord.


30. Sodiq Qo'chqorov, Adolat xola, Jannat, Mirsalim, Aziza.


40. Maksimillian Morrel, Fernan Mondego, Lui Dantes, Mersedes Errera, Emmanuel Erbo.

50. Robert Ekli, Steydleyter, Fibi Kolfild, Mister Antolini, Karl Lyus, Selli Xyuz
🔥411
Mavzu: Qamoqxonalar

10. Ushbu qamoqxonaga Endi Dyufreyens xotini va uning sevgilisini oʻldirishda ayblanib olib kelingan. Qaysi qamoqxona?

20. AQShning San-Fransisko shahrida joylashgan bu qamoqxona oʻzida eng ashaddiy mafiyalarni saqlagani bilan mashhur. Xususan, Robert Stroud, Jorj Kelli, Al Kapone kabi mashhur jinoyatchilar ham shu yerga qamalgan.

30. Ushbu qamoqxonada mashhur serial voqealari boʻlib oʻtgan. Unga Maykl akasi Linkolnni nohaq oʻlim jazosiga hukm qilingani sabab atayin tushgan va qochish
rejasini tuzgan.

40. Davom etamiz.
"Prison break" seriali voqealarini suratga olishda AQShning Ilinois shtatidagi 1-raqamli qamoqxonadan foydalanilgan. Bu yerda "Masxaraboz qotil" laqabli seriali qotil Jon Uayn Geysi ham saqlangan.

50. Mashhur filmda Zubrovkada joylashgan ushbu xayoliy qamoqxonadan misye Gustav va sheriklari Zero yordamida qochib ketishadi. Qamoqxona nomini aniq yozib bering.
31
Mavzu: Yaponcha soʻzlar

10. Yaponlar uzoq vaqt davomida uyidan deyarli chiqmaydigan, ijtimoiy munosabatlardan ongli ravishda chekinib, yakkalanib yashovchi shaxsni shunday atashadi.

20. Yaponlarning oʻziga xos kesilgan gullar, novdalar va barglardan badiiy kompozitsiya yaratish sanʼati shunday ataladi.

30. U raqibni kuch bilan emas, balki bo‘g‘ish, bo‘g‘imlarni jilovlash, uloqtirish va nazorat usullari orqali yengishga asoslangan yapon jang sanʼati. Balki bu sizga Enola Xolms orqali tanish.

40. U jamoat joyida yoki ish vaqtida hushyorlikni saqlagan holda qisqa muddat mizgʻib olishni anglatadigan yapon ijtimoiy odati. Qaysidir maʼnoda yapon siestasi.

50. U qogʻozni buklash bilan birga kesish orqali murakkab naqshlar, kartalar va uch oʻlchamli shakllar yaratish sanʼati.
🔥21
Mavzu: Gormonlar/Neyrotransmitterlar

10. U–buyrak usti bezlari ishlab chiqaradigan, stressga javob beruvchi, metabolizm va immunitetni boshqaruvchi gormon.

20. U kayfiyat, uyqu, ishtaha va hissiy barqarorlikni tartibga soluvchi, asosan ichak hamda miyada ishlab chiqariladigan neyrotransmitter.

30. U stressga javobni xususan diqqat va hushyorlikni, qon bosimini boshqaruvchi, gormon hamda neyrotransmitter vazifasini bajaruvchi modda.

40. U—ijtimoiy bogʻlanish, ishonch, ayollarda tugʻruq jarayonini boshqaruvchi, gipotalamusda sintezlanib gipofizdan ajraladigan gormon.

50. U mushak qisqarishi, xotira, o‘rganish va nerv impulslarini uzatishni ta’minlovchi asosiy neyrotransmitterdir.
4
Mavzu: Skandinaviya mifologiyasi
10. Skandinaviya mifologiyasidagi ulkan, qonli ko‘krakli qo‘riqchi it. U Xel saltanatiga kirishni qo‘riqlaydi, Ragnaryokda kishanidan qutulib, xudo Tir bilan jang qilib, ikkalasi ham halok bo‘ladi. Uni ayting.

20. Afsonalarga koʻra U dunyo daraxti Iggdrasil tanasi bo‘ylab yugurib, tepada yashovchi burgut bilan pastdagi ajdar Nidxyogg o‘rtasida haqoratli xabarlarni tashiydi.

30. U miflarda tasvirlangan ochko‘z ajdar. Avval mitti bo‘lgan, la'natlangan xazinani qo‘riqlash uchun ajdarga aylangan va qahramon Zigfird tomonidan o‘ldirilgan.

40. U tug‘ilgach tashlab yuborilgan yoki o‘ldirilgan chaqaloq ruhi sifatida ifodalanadi; kechalari odamlarni adashtirib, baxtsizlik va o‘limga yetaklaydi deb ishoniladi. U?

50. Ular Skandinaviya mifologiyasidagi oʻrmon parilari va tabiat himoyachilaridir. Ular sehrli kuchga ega, yovvoyi tabiatni asrovchi hamda ovchilik bilan shugʻullanuvchi erkin ruhlar sifatida tasvirlanadi. Ularni ayting.
Mavzu: Mifologik buyumlar

10. Skandinaviya mifologiyasida momaqaldiroq xudosi Torning sehrli bolg‘asi. Tog‘larni ham parchalash qudratiga ega, uloqtirilgach egasiga qaytadi hamda himoya, baraka va muqaddaslik ramzi hisoblanadi.

20. Yunon mifologiyasidagi ilohiy qalqon yoki ko‘krak sovuti. Asosan Afina va Zevsga tegishli bo‘lib, Meduza boshi bilan bezatilgan, dushmanlarga dahshat soluvchi qudratli himoya ramzidir.

30. Skandinaviya mifologiyasida Odinning sehrli nayzasi. Mittilar tomonidan yasalgan, hech qachon nishondan adashmaydi, egasiga qaytadi hamda hokimiyat, donolik va ilohiy qudrat timsoli hisoblanadi.

40. Yunon mifologiyasida Germesning ramziy hassasi. Atrofini ikki ilon o‘rab turadi, tepasida qanotlari bor; tinchlik, savdo, muzokara va elchilik timsoli hisoblanadi.

50. Hind mifologiyasida Shivaning muqaddas uch tigʻli quroli. U yaratilish, saqlash va vayron qilish kuchlarini ifodalaydi, yovuzlikni yengish ramzi hisoblanadi.
🔥2
Mavzu: Film posterlari

10. Filmga ishlangan posterda granata halqasi brilliant koʻzli uzuk shaklida tasvirlangan. Qaysi film?

20. Film posterida qizil orqa fon bilan piska(lezviya) ustida yurib ketayotgan shilliqurt tasviri bor. Film?

30. Filmga ishlangan posterda erkaklar kostyumi soyabon shaklida oʻralganini koʻrasiz. Qaysi film?

40. Film posterida stakandagi suvning titrayotgani tasvirlangan. Qaysi film?

50. Film posterida oq fonda qonli oyoq izlari tasvirlangan. Qaysi film?