#faktstellar
Rayder (ingl. "rider" — “ilova” yoki “qoʻshimcha band”) — shartnoma bilan birga taqdim etiladigan va asosiy hujjatga qoʻshimcha talab hamda shartlarni belgilovchi huquqiy hujjatdir. U sugʻurta, qonunchilik va ayniqsa shou-biznes sohalarida keng qoʻllaniladi. Konsert va tomosha tadbirlarida rayder ijodkor yoki jamoaning sahna, ovoz va yoritish uskunalari, transport, mehmonxona, ovqatlanish hamda grimxona sharoitlariga doir ehtiyojlarini batafsil koʻrsatib beradi. Odatda u texnik va maishiy qismlarga boʻlinadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, rayderdagi talablarning aksariyati dabdaba uchun emas, balki spektakl yoki konsertning xavfsiz, sifatli va uzluksiz oʻtishini taʼminlashga xizmat qiladi. Shartnomaga qoʻshilganidan soʻng rayder uning ajralmas qismiga aylanadi va tomonlar uchun majburiy kuchga ega boʻladi.
📍 Intelligence

✍1⚡1🔥1
#faktstellar
Pyupitr (fransuzcha "pupitre" — minbar yoki yozuv stoli) — musiqachilarning notalarni qulay o‘qishi va ijro etishi uchun mo‘ljallangan maxsus tayanch, stend. Ba’zi tarixchilar notalar uchun maxsus tayanchlar miloddan avvalgi 200-yillarda Qadimgi Xitoyda paydo bo'lgan deb hisoblashadi. Yevropada pyupitrlar dastlab 16–17-asrlarda paydo bo‘lgan. Uy sharoitida guruh bo‘lib musiqa chalish ommalashgach, nota varaqlari stol yoki maxsus yog‘och qutilar ustiga qo‘yilgan.
1762-yilda ingliz yozuvchisi Jorj Kolman o‘z asarlarida birinchi marta "music stand" (musiqa stendi) atamasini qoʻllagan.

🔥5⚡2
#persona
Gʻulom Zafariy–1889-yili Toshkentning Beshyogʻoch dahasiga qarashli Kattabogʻ mahallasida tavallud topgan. Avval eski maktabda, keyin xususiy rus maktabida, Xoʻja Ahmad va Koʻkaldosh madrasasida tahsil
oldi. Keyinroq Oʻsh shahrida oʻqituvchilik qildi. 1914-yildan boshlab Toshkentdagi “Turon” truppasida aktyor va dramaturg sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1917-yildan “Ishchilar dunyosi” jurnali, shuningdek, bilim yurtlarida faoliyat koʻrsatdi. Oʼzbek musiqa madaniyati tarixida u musiqiy sahnaviy asarlar muallifi, shuningdek , Oʻzbek milliy operasi asoschisi sifatida tanilgan. U va uning safdoshlari (Fitrat, Uspenskiy, Elbek) jonbozligi tufayli uyushtirilgan ilk musiqiy-folklor ekspeditsiyalari natijasida musiqa merosini toʼplash va oʼrganish tizimiga asos solindi: Buxoroda Tanbur chizigʼining nusxasi topildi, "Buxoro Shashmaqom", Toshkent-Fargʼona maqom yoʼllari ilk bor notaga yozib olindi.

🔥2❤🔥1⚡1
⁉Savol
Muallif: Hamidova Omina
"Anna Frank kundaligi" kitobi asosida suratga olingan filmda Annaning otasi rolini Ben Kingsley ijto etadi. Konslagerdan tirik qaytgan yagona oila aʼzosi u boʻladi. Balki buning sababi 1993-yilgi manbada Ben Kingingsley birinchida boʻlganidir. Diqqat savol: Oʻsha manbani ayting

❤1❤🔥1
⁉Savol
Muallif: Kamoliddinova Durdona
Bilamizki, kolibri qushi dunyodagi eng kichik qush hisoblanadi. Baquvvat va yengil uya qurish maqsadida ko‘p hollarda kolibrilar boshqa bir jonzot mehnati mahsulini o‘g‘irlashlari kerak.
Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda?

Intelligence power 🔥
⁉Savol
Muallif: Kamoliddinova Durdona
Muallif: Kamoliddinova Durdona
Ba’zi bir versiyalarga ishonadigan bo‘lsak, Microsoft Office paketidagi biroz qiya tasvirga ega Harlow Italic shriftning kelib chiqishi bir binoning qurilishidan andoza olib yaratilgan ekan.
Gap qaysi bino haqida ketayotganini yozib bering.
Gap qaysi bino haqida ketayotganini yozib bering.
❤1❤🔥1
⁉Savol
Savolda bir soʻz ikki soʻz oʻrnida keladi.
"Grand Budapesht mehmonxonasi" filmida misye Gustav qamoqxonadan qochib yetishiga yordamlashgan xizmatchisi Zeroni sheriklariga NAF deb tanishtiradi. Ilk bor 1925-yil nashr etilgan romanda NAF taʼrifi xat olib kelib, turmush oʻrtogʻini qutqarib qolgan qaysi qahramonga nisbatan ishlatilgan?

🤔3👀2❤1⚡1
#quick_post
Evtanaziya — yunoncha "yaxshi, azobsiz o‘lim" degan ma’noni anglatadi. Bunda davolab bo‘lmaydigan kasallikdan aziyat chekayotgan va chidab bo‘lmas og‘riqlarga duchor bo‘layotgan bemorning hayotini uning o‘z iltimosiga binoan tibbiy yo‘l bilan to‘xtatiladi.

⚡2🔥2❤1
Mavzu: Ilmiy-fantastik adabiyot
Izoh: Asar syujeti haqida maʼlumot beriladi, formada asar nomi va muallif
10. Asar Viktorning jonsiz tana qismlaridan sun'iy maxluq yaratishi haqida. Yaratuvchisi tomonidan tashlab ketilgan maxluq qasos o'tida uning yaqinlarini o'ldiradi.
Javob: "Frankenshteyn", Meri Shelli
20.Asar aqli zaif personaj ustida oʻtkazilgan eksperiment gaqida boʻlib, sunʼiy intellekt oshirish operatsiyasidan soʻng uning daho darajasiga yetishi, ammo jarayon ortga qaytishi tasvirlangan.
Javob: "Eljernonga atalgan gullar", Daniel Kiz
30. Asarda muallif butun dunyoni ekologik vaziyatdan ogohlantirmoqchi boʻladi. Asardagi sulolalar sayyoradagi eng qimmatli xomashyo–melanj uchun kurash olib boradilar.
Javob: "Dyuna", Frenk Herbert
40. Asar yosh olim Griffinning tanani shaffof qiluvchi apparat ixtiro qilishi haqida. Ixtiro unga foyda keltirish oʻrniga, jamiyat bilan qarama-qarshiliklar keltirib chiqarishga xizmat qiladi.
Javob: "Koʻrinmas odam", Gerbert Uells
50. Asar tirik organizm aʼzolarini sunʼiy yashatish sirlari haqida. Unda yovuz shifokor Kernning tajribalari tasvirlangan.

❤2
Forwarded from 𝐗𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐝𝐢 𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐨𝐯
20.Eljernon uchun atalgan gullar .Daniel Kiz
Mavzu: Ikkilik zanjir
Izoh: Birinchi soʻzning oxirgi ikki harfi bilan keyingi soʻz boshlanadi. Mas., zakovAT, ATletika
10. Birinchi – izoh.uz ga koʻra belgilangan bozor kunlaridan boshqa kunlar. Ikkinchi – 2016-yil tashkil etilgan, Oʻzbekiston boʻylab 70dan ortiq shourumlarga ega kompaniya.
20. Birinchi – Rim mifologiyasida eshiklar, bitimlar va ittifoqlar xudosi, shuningdek yunon miflarida analogi yoʻq. Ikkinchi –soch-soqolni qirish uchun ishlatiladigan oʻtkir tigʻli asbob.
Javob: Yanus, ustara
30. Birinchi – Fransiyadan O'rta Yer dengiziga qarab esadigan juda kuchli, sovuq va quruq shimoli-g'arbiy shamol. Ikkinchi–turli mualliflarning asarlari ma'lum bir mavzu, janr yoki boshqa belgilar asosida birlashtirilib, bir to'plam holida nashr etiladigan adabiy nashr turi.
30. Mistral, almanax
40. Birinchi– Badr jangida Muhammad (s.a.v.) bilan birga jang qilgan, qilichini sindirib olganda va paygʻambar unga uzatgan yoʻgʻon tayoq qilichga aylangan shaxs. Ikkinchi– sanskritchadan “tinchlik odami”, “xotirjam inson” degan ma’noni anglatuvchi asar nomi.
Javob: Ukkosha, "Shantaram"
50. Birinchi–bu bir sezgi aʼzosi qoʻzgʻatilganda, boshqa bir sezgi tizimida beixtiyor va avtomatik ravishda qoʻshimcha his-tuygʻular uygʻonadigan neyrologik hodisa. Ikkinchi–Yaponiyadagi eng yirik an'anaviy uyushgan jinoyatchilik shakli va dunyodagi eng yirik jinoiy sindikatlardan biri.
Javob: Sinesteziya, Yakudza

❤1