Intelligence power 🔥
211 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Anna Frank kundaligi kitobida Anna oʻrtoqlari bilan birga ping pong oʻyini uchun 5 kishidan iborat jamoa tuzadilar. Va jamoa nomini "Kichik ayiq" deb nomlashmoqchi boʻlishadi. Biroq buni bilib olishgach jamoa nomi "Kichik ayiq minus ikki" ga oʻzgartiriladi.
Diqqat savol: Qizlar nimani bilib olishgan edi?
🔥3👀1
Forwarded from Нажмиддинов.
katta va kichik ayiq yulduz turkumi mavjud, kichigida 7 ta yulduz bor
🔥2
Savol:

Muallif: Soyibjonova Shukrona

Erix Mariya Remarkning bir asarida Luvr muzeyidagi Unga shunday ta'rif beriladi:
Marmar kema siniqlari ichra projektorlar shu'lasida yarqirab, qanot yozib turibdi. Shamolda hilpirayotgandek ishlangan liboslari olg'a tashlanayotgan badaniga yopishgan.
Tom ma'noda Uni bu yil bir tadbirda ko'rdik. Uni o'rnidagini ikki so'zda ayting.
2🔥21
Forwarded from 𝐗𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐝𝐢 𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐨𝐯
Samoafrikalik Nika?
🔥1
Savol:

Muallif: Hamidova Omina

Koʻrinishidan foydali va zararsiz lekin yashirin zararli funksiyalarga ega boʻlgan dasturlar nomini Undan olgan. Bir hazilga koʻra u oʻziga oʻxshaganlar orasida yagona odamxoʻri ekan.
Diqqat savol: Uni yozib bering.
1
Forwarded from Abdulboriy
Troya oti
👍1
Frenk Herbertning "Dyuna" asarida fremen xalqi BU ISHni suvni behudaga isrof qilish deb bilishadi. Shuningdek Bu ISHning bazal, reflektor, hissiy turlari mavjud.
BU ISHni yozib bering.
1
Forwarded from Abdulboriy
Yeg'lash
1
Usmon Azim sheʼridan parchani tinglang.

Boqshqasi dedi:
– Men eng qora kunimni
Unda uchratdim;
sohildan yuvib ketdi odamlarni
zilziladan mavjlangan dengiz —
Men omon qoldim.
U Yaponiyadagi eng seysmik nuqtalardan biri boʻlib 1923-yilgi Katta Kanto zilzilasida Uning qariyb 90%i vayronaga aylangan.
U oʻrnidagi toponimni yozib bering.
1🔥1
Forwarded from Abdulboriy
Yokohama
🔥3
#kartinalar

"Maratning o'limi" (Jak-Lui David, 1793)

Bu kartina Buyuk fransuz
revolutsiyasiga bag'ishlangan. Unda revolutsionerlardan biri, "Xaqlning do'sti" gazetasi jurnalisti, yakobinchi Jan Pol Maratning ayanchli taqdiri tasvirlangan. Marat yakobinchilar terrorining eng ashaddiy tarafdorlaridan biri edi. Teri kasalligiga chalingach og'riqlarni yengillashtirish uchun uydan chiqmaydi hamda vanna qabul qila boshlaydi. 1793-yil 13-iyulda u zodagon xonim - Sharlotta Korde tomonidan o'z kvartirasida pichoqlanadi. Kartina hozir Bryusselda saqlanadi. Yog'och tumbada ijodkorning mualliflik bag'ishlovini o'qish mumkin: "Maratga.
David". Maratning qo'liga varoqda shunday yozilgan: “1793-yil 13-iyul, Mari Anna Sharlotta Korde - Maratga. Men baxtsizman, shuning uchun sizning himoyangizga muhtojman." Aslida u bu eslatmani olishga ulgurmasdan Korde uni o'ldirib bo'lgandi.
Tadqiqotchilar yozuv bilan bog'liq epizod rassom tomonidan ta'sirchanlikni oshirish uchun o'ylab topilgan deb ta'kidlaydi.

📍Intelligence
🔥211
#faktstellar

Rayder (ingl. "rider" — “ilova” yoki “qoʻshimcha band”) — shartnoma bilan birga taqdim etiladigan va asosiy hujjatga qoʻshimcha talab hamda shartlarni belgilovchi huquqiy hujjatdir. U sugʻurta, qonunchilik va ayniqsa shou-biznes sohalarida keng qoʻllaniladi. Konsert va tomosha tadbirlarida rayder ijodkor yoki jamoaning sahna, ovoz va yoritish uskunalari, transport, mehmonxona, ovqatlanish hamda grimxona sharoitlariga doir ehtiyojlarini batafsil koʻrsatib beradi. Odatda u texnik va maishiy qismlarga boʻlinadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, rayderdagi talablarning aksariyati dabdaba uchun emas, balki spektakl yoki konsertning xavfsiz, sifatli va uzluksiz oʻtishini taʼminlashga xizmat qiladi. Shartnomaga qoʻshilganidan soʻng rayder uning ajralmas qismiga aylanadi va tomonlar uchun majburiy kuchga ega boʻladi.

📍 Intelligence
11🔥1
#faktstellar

Pyupitr (fransuzcha "pupitre" — minbar yoki yozuv stoli) — musiqachilarning notalarni qulay o‘qishi va ijro etishi uchun mo‘ljallangan maxsus tayanch, stend. Ba’zi tarixchilar notalar uchun maxsus tayanchlar miloddan avvalgi 200-yillarda Qadimgi Xitoyda paydo bo'lgan deb hisoblashadi. Yevropada pyupitrlar dastlab 16–17-asrlarda paydo bo‘lgan. Uy sharoitida guruh bo‘lib musiqa chalish ommalashgach, nota varaqlari stol yoki maxsus yog‘och qutilar ustiga qo‘yilgan.
1762-yilda ingliz yozuvchisi Jorj Kolman o‘z asarlarida birinchi marta "music stand" (musiqa stendi) atamasini qoʻllagan.

📍 Intelligence
🔥52
#persona

Gʻulom Zafariy–1889-yili Toshkentning Beshyogʻoch dahasiga qarashli Kattabogʻ mahallasida tavallud topgan. Avval eski maktabda, keyin xususiy rus maktabida, Xoʻja Ahmad va Koʻkaldosh madrasasida tahsil
oldi. Keyinroq Oʻsh shahrida oʻqituvchilik qildi. 1914-yildan boshlab Toshkentdagi “Turon” truppasida aktyor va dramaturg sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1917-yildan “Ishchilar dunyosi” jurnali, shuningdek, bilim yurtlarida faoliyat koʻrsatdi. Oʼzbek musiqa madaniyati tarixida u musiqiy sahnaviy asarlar muallifi, shuningdek , Oʻzbek milliy operasi asoschisi sifatida tanilgan. U va uning safdoshlari (Fitrat, Uspenskiy, Elbek) jonbozligi tufayli uyushtirilgan ilk musiqiy-folklor ekspeditsiyalari natijasida musiqa merosini toʼplash va oʼrganish tizimiga asos solindi: Buxoroda Tanbur chizigʼining nusxasi topildi, "Buxoro Shashmaqom", Toshkent-Fargʼona maqom yoʼllari ilk bor notaga yozib olindi.

📍 Intelligence
🔥2❤‍🔥11
Savol

Muallif: Hamidova Omina

"Anna Frank kundaligi" kitobi asosida suratga olingan filmda Annaning otasi rolini Ben Kingsley ijto etadi. Konslagerdan tirik qaytgan yagona oila aʼzosi u boʻladi. Balki buning sababi 1993-yilgi manbada Ben Kingingsley birinchida boʻlganidir. Diqqat savol: Oʻsha manbani ayting
1❤‍🔥1
Forwarded from 𝙈𝙪𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙙𝙧𝙖𝙨𝙪𝙡 𝙄𝙣𝙤𝙢𝙤𝙫
Shindler ro'yxati
1❤‍🔥1
Savol

Muallif: Kamoliddinova Durdona

Bilamizki, kolibri qushi dunyodagi eng kichik qush hisoblanadi. Baquvvat va yengil uya qurish  maqsadida ko‘p hollarda kolibrilar boshqa bir jonzot mehnati mahsulini o‘g‘irlashlari kerak.
Qaysi jonzot haqida gap ketmoqda?
1❤‍🔥1
Oʻrgimchak?
1❤‍🔥1