Intelligence power 🔥
210 subscribers
1.03K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Hammaga rahmat 🤝
Xush kepsilar)
❤‍🔥3👍2🔥2🤝21😁1
#faktstellar

Kvasir — qadimgi skandinav mifologiyasida aslar va vanlar o‘rtasida tinchlik sulhi tuzilayotgan paytda, ularning xumchaga tuflagan muqaddas so‘laklaridan yaralgan g‘ayritabiiy mavjudotdir. Dastlabki tasavvurlarga ko‘ra, u achitish jarayonidan olinadigan sharob, pivo yoki kvas kabi ichimliklarning ramziy timsoli bo‘lgan deb hisoblanadi.
Kvasir shu zakovatli ediki, dunyodagi har qanday savolga javob bera olardi. Xudolarni yarashtirgach, u insonlarga donishmandlikdan saboq berish uchun yo‘lga chiqadi. Biroq odamlar mitti donishmandning o‘gitlariga koʻp ham quloq solmaydilar.
Shundan so‘ng, Kvasir gnomlar yurti — Svartalvaxeymga yo‘l oladi. U yerda Fyalar va Galar ismli aka-uka dverglarga duch keladi. Yovuz aka-ukalar Kvasirni o‘ldirib, uning qonidan maxsus ichimlik tayyorlaydilar.
Bu ichimlikni tatib ko‘rgan har qanday inson zukko shoirga aylangan, shu sababli ham mazkur ichimlik keyinchalik "She’riyat asali" nomini oladi.

📍Intelligence
2🔥21😁1🍾1🗿1
Savol:

Muallif: Hamidova Omina

Savol matnida U ikki soʻzga almashgan.
Hojiakbar Ibrohimning "Biz kimmiz tarixni yozgan millat" kitobida yozishicha paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning vafotidan soʻng Ular koʻpayib ketgan. Halifa Abu Bakr Siddiq halifalik davrida koʻplab Ular bilan kurashgan. Ularni ISga chalinganlar deyish mumkin. IS birinchi marta 1930-yillarda Xaynts German tomonidan tavsiflangan.
IS oʻrnidagi 2 soʻzni yozib bering.
🤔21🍾1👀1
Forwarded from 𝐗𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐝𝐢 𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐨𝐯
Quddus sindromi
🔥2
Anna Frank kundaligi kitobida Anna oʻrtoqlari bilan birga ping pong oʻyini uchun 5 kishidan iborat jamoa tuzadilar. Va jamoa nomini "Kichik ayiq" deb nomlashmoqchi boʻlishadi. Biroq buni bilib olishgach jamoa nomi "Kichik ayiq minus ikki" ga oʻzgartiriladi.
Diqqat savol: Qizlar nimani bilib olishgan edi?
🔥3👀1
Forwarded from Нажмиддинов.
katta va kichik ayiq yulduz turkumi mavjud, kichigida 7 ta yulduz bor
🔥2
Savol:

Muallif: Soyibjonova Shukrona

Erix Mariya Remarkning bir asarida Luvr muzeyidagi Unga shunday ta'rif beriladi:
Marmar kema siniqlari ichra projektorlar shu'lasida yarqirab, qanot yozib turibdi. Shamolda hilpirayotgandek ishlangan liboslari olg'a tashlanayotgan badaniga yopishgan.
Tom ma'noda Uni bu yil bir tadbirda ko'rdik. Uni o'rnidagini ikki so'zda ayting.
2🔥21
Forwarded from 𝐗𝐮𝐝𝐨𝐲𝐛𝐞𝐫𝐝𝐢 𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐨𝐯
Samoafrikalik Nika?
🔥1
Savol:

Muallif: Hamidova Omina

Koʻrinishidan foydali va zararsiz lekin yashirin zararli funksiyalarga ega boʻlgan dasturlar nomini Undan olgan. Bir hazilga koʻra u oʻziga oʻxshaganlar orasida yagona odamxoʻri ekan.
Diqqat savol: Uni yozib bering.
1
Forwarded from Abdulboriy
Troya oti
👍1
Frenk Herbertning "Dyuna" asarida fremen xalqi BU ISHni suvni behudaga isrof qilish deb bilishadi. Shuningdek Bu ISHning bazal, reflektor, hissiy turlari mavjud.
BU ISHni yozib bering.
1
Forwarded from Abdulboriy
Yeg'lash
1
Usmon Azim sheʼridan parchani tinglang.

Boqshqasi dedi:
– Men eng qora kunimni
Unda uchratdim;
sohildan yuvib ketdi odamlarni
zilziladan mavjlangan dengiz —
Men omon qoldim.
U Yaponiyadagi eng seysmik nuqtalardan biri boʻlib 1923-yilgi Katta Kanto zilzilasida Uning qariyb 90%i vayronaga aylangan.
U oʻrnidagi toponimni yozib bering.
1🔥1
Forwarded from Abdulboriy
Yokohama
🔥3
#kartinalar

"Maratning o'limi" (Jak-Lui David, 1793)

Bu kartina Buyuk fransuz
revolutsiyasiga bag'ishlangan. Unda revolutsionerlardan biri, "Xaqlning do'sti" gazetasi jurnalisti, yakobinchi Jan Pol Maratning ayanchli taqdiri tasvirlangan. Marat yakobinchilar terrorining eng ashaddiy tarafdorlaridan biri edi. Teri kasalligiga chalingach og'riqlarni yengillashtirish uchun uydan chiqmaydi hamda vanna qabul qila boshlaydi. 1793-yil 13-iyulda u zodagon xonim - Sharlotta Korde tomonidan o'z kvartirasida pichoqlanadi. Kartina hozir Bryusselda saqlanadi. Yog'och tumbada ijodkorning mualliflik bag'ishlovini o'qish mumkin: "Maratga.
David". Maratning qo'liga varoqda shunday yozilgan: “1793-yil 13-iyul, Mari Anna Sharlotta Korde - Maratga. Men baxtsizman, shuning uchun sizning himoyangizga muhtojman." Aslida u bu eslatmani olishga ulgurmasdan Korde uni o'ldirib bo'lgandi.
Tadqiqotchilar yozuv bilan bog'liq epizod rassom tomonidan ta'sirchanlikni oshirish uchun o'ylab topilgan deb ta'kidlaydi.

📍Intelligence
🔥211
#faktstellar

Rayder (ingl. "rider" — “ilova” yoki “qoʻshimcha band”) — shartnoma bilan birga taqdim etiladigan va asosiy hujjatga qoʻshimcha talab hamda shartlarni belgilovchi huquqiy hujjatdir. U sugʻurta, qonunchilik va ayniqsa shou-biznes sohalarida keng qoʻllaniladi. Konsert va tomosha tadbirlarida rayder ijodkor yoki jamoaning sahna, ovoz va yoritish uskunalari, transport, mehmonxona, ovqatlanish hamda grimxona sharoitlariga doir ehtiyojlarini batafsil koʻrsatib beradi. Odatda u texnik va maishiy qismlarga boʻlinadi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, rayderdagi talablarning aksariyati dabdaba uchun emas, balki spektakl yoki konsertning xavfsiz, sifatli va uzluksiz oʻtishini taʼminlashga xizmat qiladi. Shartnomaga qoʻshilganidan soʻng rayder uning ajralmas qismiga aylanadi va tomonlar uchun majburiy kuchga ega boʻladi.

📍 Intelligence
11🔥1
#faktstellar

Pyupitr (fransuzcha "pupitre" — minbar yoki yozuv stoli) — musiqachilarning notalarni qulay o‘qishi va ijro etishi uchun mo‘ljallangan maxsus tayanch, stend. Ba’zi tarixchilar notalar uchun maxsus tayanchlar miloddan avvalgi 200-yillarda Qadimgi Xitoyda paydo bo'lgan deb hisoblashadi. Yevropada pyupitrlar dastlab 16–17-asrlarda paydo bo‘lgan. Uy sharoitida guruh bo‘lib musiqa chalish ommalashgach, nota varaqlari stol yoki maxsus yog‘och qutilar ustiga qo‘yilgan.
1762-yilda ingliz yozuvchisi Jorj Kolman o‘z asarlarida birinchi marta "music stand" (musiqa stendi) atamasini qoʻllagan.

📍 Intelligence
🔥52