#quick_post
"Makkonaxini ushlash" iborasi
Makkonaxini ushlash deb, kutilmaganda tushkunlikka tushish, kayfiyatning yomonlashishi va umidsizlik holatiga aytiladi.
Ibora, aktyor Mettyu Makkonaxining filmlardagi tushkun va o’ychan epizodlari asosida vujudga kelgan.

🔥3❤2⚡2✍2
⁉Savol
Kartinani yaratishda modelyer vazifasini bajarish uchun 19 yoshli qiz Elizabet Siddal vannada yotib, suratga tushishga rozi boʻladi. Qizning muzlab qolmasligi uchun hammom ostiga shamchiroq oʻrnatiladi. Lekin modelyerga bu qattiq taʼsir koʻrsatadi: u oʻpka yalligʻlanishiga uchraydi.
Qaysi kartinaning yaratilish tarixi haqida gap ketmoqda?

Ayrim mashhur rassomlarning dastlabki va soʻnggi kartinalari:
(mos ravishda)
1. Eduard Mane
Absent ichuvchi (1859)
Foli-Berjerdagi bar (1882)
2. Albrext Dyurer
Tasbeh tutgan Albrext Dyurer katta (1490)
Toʻrt havoriy (1526)
3. Gustav Klimt
Burgteatr dekoratsiyalari (1886)
Yelpigʻich tutgan xonim (1917)
4. Remedios Varo
Buvisining portreti (1920)
Jonlanayotgan natyurmort (1963)
5. Karavajjio
Meva archyotgan bolakay (1592)
Avliyo Ursulaning shahidligi (1610)
6. Sandro Bottichelli
Madonna va bola (1467)
Sirli tugʻilish (1501)
7. Edvard Xopper
Toshli koʻrfazdagi qayiq (1895)
Ikki komediyachi (1966)
📍 Intelligence

❤🔥2😍2🔥1🍓1
#personaj
Korobochka–Nikolay Gogolning "Oʻlik jonlar"("Мертвые души") asaridagi oʻta tor dunyoqarashga ega, oʻta xasis va tejamkor pomeshchitsa obrazidir.
Unga bunday nom tanlanishi ham ramziy boʻlib, personajning ichki dunyosini ochishga xizmat qilgan: uning dunyoqarashi xuddi quti(korobka)ga oʻxshab tor va chegaralangan.
Korobochkaning xarakteri, ayniqsa, uning o‘ta mayda-chuyda narsalarga ham qattiq yopishishi, hatto foydasi tegmaydigan eskirgan arqonlarni ham yig‘ib, qutichalarda saqlashi kabi xatti-harakatlarida yaqqol namoyon boʻladi.

👍3❤2🔥2✍1
#kartinalar
"Doktor Tulpning anatomiya darsi" (Rembrandt, 1632)
Kartinadagi bosh figura doktor Nikolas Peterszon (laqabi "Tulp" - "Lola") hisoblanadi. U yig'ilgan talabalarga inson qo'li muskullarini ko'rsatayotgan holda tasvirlangan. Jasad Adriaan Adriaans (laqabi Aris Kindt)niki bo'lib, u Utrextdagi qamoqxona qo'riqchisini qattiq yaralagani hamda Amsterdamda bir kishini kaltaklab, talonchilik qilgani uchun 1632-yil 31-yanvarda osib o'ldiriladi va jasadi jarrohlar gildiyasiga beriladi. Bunday ochiq anatomik darslar nafaqat Gollandiyada, balki butun Yevropada keng tarqalgan edi. Ular yiliga bir marta,odatda qish oylarida bo'lib o'tardi. Sababi bu paytda tana uzoq vaqt davomida yaxshi saqlanib turar, bu esa o'z navbatida bir necha kun davom etadigan jarayonda qo'l kelardi. Bunday darslarga hamkasblar, talabalar, yuqori martabali fuqarolar va oddiy xalq vakillari ham tomoshabin sifatida tashrif buyurishi mumkin boʻlgan.
📍Intelligence

🔥4⚡2✍1❤1🏆1
#persona
Kristi Braun–mashhur irland yozuvchisi, shoir va rassom. 1932-yil 5-iyunda Dublinda 22 farzandli oilada dunyoga kelgan. Kristi tugʻma miya falaji(serebral falajlik) bilan ogʻriganiga qaramay, favqulodda qobiliyatli edi. Bunda uning onasining xizmati katta edi: shifokorlar uni jamiyat rivoji uchun mutlaqo yaroqsiz, deyishganiga qaramay, ona unga oʻqishni va yagona harakatlana oladigan organi–chap oyogʻi bilan boʻrda chizishni oʻrgatadi.
Uning eng mashhur asari–"Mening chap oyogʻim" boʻlib 1954-yil yozilgan va 1989-yilda bu asosida film ishlangan. Filmda bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor – Deniyel Dey-Luis "Oskar" mukofotiga sazovor boʻlgan.
Kristi Braun, shuningdek, "Barcha kunlar davomida" (Down All the Days), "Yozdagi soya" (A Shadow on Summer) kabi toʻplamlar; "Qora Apollon", "Qordagi garaj", "Qishloq sayri", "Oy nuri ostida", "Zamonaviy Madonna" kabi ellikdan ortiq kartinalar muallifidir.
U 1981-yil 49 yoshida Somerset(Angliya)da vafot etgan.

👍3❤1🔥1
#quick_post
Gollandcha auksion — kimoshdi savdosining bir turi hisoblanib, bunda savdo eng yuqori narxdan boshlanadi. Auksionchi (sotuvchi) narxni talabgor chiqmaguncha asta-sekin pasaytirib boradi. Tovarni birinchi boʻlib narxni qabul qilgan (rozi boʻlgan) ishtirokchi xarid qiladi.

✍2👍2❤1🔥1
Forwarded from Aizen Sosuke
Amerikada ortiqcha vaznli odamlarning keskin koʻpayib ketishi