Odam bolasining ko‘zidan yosh chiqmasa qiyin ekan. Yurak bag‘rini o‘rtagan alamlar shu ko‘z yoshi bilan chiqib ketadi. Kimki faryod urib yigʻlay olmasa, ko‘zidan yosh chiqazolmasa, alamlarini ichiga yutsa – dardga chalinadi. Shuning uchun keksalar alam o‘rtagan kishiga, yigʻla, ko‘nglingni bo‘shat, deydilar. Bu gapda hikmat ko‘p.
Karolina Miber kunduzi Chikagoga yoʻl olgan poyezdga minganida qoʻlida sunʼiy timsoh terili arzongina, moʻjaz chamadonchadan boʻlak hech vaqo yoʻq edi. Unda nonushta solingan quti, temiryoʻl bileti va Van-Byurenstritda istiqomat qiladigan opasining adresi yozilgan bir parcha qogʻoz-u toʻrt dollar pul solingan sariq charm hamyon bor edi xolos.
Intelligence power 🔥
Karolina Miber kunduzi Chikagoga yoʻl olgan poyezdga minganida qoʻlida sunʼiy timsoh terili arzongina, moʻjaz chamadonchadan boʻlak hech vaqo yoʻq edi. Unda nonushta solingan quti, temiryoʻl bileti va Van-Byurenstritda istiqomat qiladigan opasining adresi…
Baxtiqaro Kerri (Teodor Drayzer)
👍2
Hikoyamni tinglashga qaror qilgan ekansiz, avvalo, men tugʻilgan joy, yoqimsiz bolalik yillarim, ota-onam men tugʻilmasdan burun nimalar bilan mashgʻul boʻlgani, xullas, oʻsha Devid Kopperfildnikiga oʻxshash barcha quruq safsatalarni eshitishni istarsiz, hoynahoy
“Qoʻrgʻoncha”dagi mister Jons oqshom tushishi bilan tovuqxonasini tambalab qoʻydi. Biroq u shu qadar mast ediki, devordagi teshikni berkitish yodidan koʻtarildi. Orqa eshikni oyogʻi bilan turtib yopgach, u qoʻlida siltanib turgan fonusi yoritgan yerlarda kalovlanib, biroz tentiradi. Keyin oshxonadagi bochkadagi pivodan bir stakan sizdirib ichdi va xotini Jons xonim xurrak otayotgan toʻshakning bir chetiga kirdi.
Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi. Turli-tuman plastinkalar orqali To‘ychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz va Farg‘ona yallachi xotinlari ketma-ketbu choyxonaga yig‘ilib, mehmonxonalardek o‘rtada katta barkashlarda qand-qurs, pista-bodom, murabbo, nisholda, obinon, shirmoy nonlar bilan shamaloq bezatilgan darturxon atrofida chaqchaqlashib o‘tirishadi
G. Z. kunlardan birida ertalab notinch uyqudan uygʻonib, oʻz toʻshagida qoʻrqinchli maxluqqa aylanib qolganligini sezdi.
Janna chamadonlarini taxt qildi-da, derazaga yaqinlashdi, yomgʻir haliyam tinmagandi.
Jala tun boʻyi deraza oynalari bilan tomni taraqlatib chiqdi. Yomgʻirdan osmonning goʻyo choki soʻkilganday koʻpchigan yerni xamirga aylantirib, bamisli qandday eritgandi. Kuchli shamol damni kesaman derdi
Jala tun boʻyi deraza oynalari bilan tomni taraqlatib chiqdi. Yomgʻirdan osmonning goʻyo choki soʻkilganday koʻpchigan yerni xamirga aylantirib, bamisli qandday eritgandi. Kuchli shamol damni kesaman derdi
Вu kitobchani katta yoshdagi odamga bagʻishlaganim uchun bolalardan kechirim soʻrayman. Oʻzimni oqlash uchun shuni aytishim mumkinki, bu katta yoshdagi odam mening eng yaxshi doʻstim boʻladi.
⚡3❤2🔥1
Bugun onam oʻldi. Yo kechamikan, bilmayman. Gʻaribxonadan “Onangiz vafot qildi. Koʻmishi ertaga. Chuqur hamdardlik bildiramiz” degan telegramma oldim. Tushunmaysan. Balki kecha oʻlgandir.