Duxtr Shtraus bugun nmani bilsam va oʻylasam va nma esmda boʻlsa hammasini yozishm kerekligini aytti. Nmaga kerekligini bilmiman lekin uni aytishicha ularga togʻri kelamanmi yoʻqmi bilsh uchin muximakan. Ularga mos kelaman dep umid qlaman chunki Kinnian xonim meni aqilli qilshlarini aytti.
Oʻttiz toʻrt qavatdan iborat pastqam, kulrang bino. Asosiy darvozasiga “Markaziy London Inkubatoriysi va Moslashtirish Markazi” degan peshlavha osilgan, geraldik qalqon yuzida esa Butunjahon Mamlakati shiori – “Jamoa, Oʻxshashlik, Barqarorlik” aks etib turibdi.
Tehron osmoni nur bilan toʻyinadi. Shahar uzra olovrang tuman tushib, quyosh nurini sindiradi. Qalin va oʻynoqi zarrachalar har bir burchakka yetib borib, odamning burnini kuydirib, koʻzini qamashtiradi. Koʻchalar qora tutun burqsitib chiqarayotgan mashinalarga toʻla. Tutun mashinadan chiqqach havoga yengilgina koʻtariladi-yu, muallaq qoladi.
Intelligence power 🔥
Tehron osmoni nur bilan toʻyinadi. Shahar uzra olovrang tuman tushib, quyosh nurini sindiradi. Qalin va oʻynoqi zarrachalar har bir burchakka yetib borib, odamning burnini kuydirib, koʻzini qamashtiradi. Koʻchalar qora tutun burqsitib chiqarayotgan mashinalarga…
Yolgʻonlar shahri (Ramita Navai)
👍5🔥1
Odam bolasining ko‘zidan yosh chiqmasa qiyin ekan. Yurak bag‘rini o‘rtagan alamlar shu ko‘z yoshi bilan chiqib ketadi. Kimki faryod urib yigʻlay olmasa, ko‘zidan yosh chiqazolmasa, alamlarini ichiga yutsa – dardga chalinadi. Shuning uchun keksalar alam o‘rtagan kishiga, yigʻla, ko‘nglingni bo‘shat, deydilar. Bu gapda hikmat ko‘p.
Karolina Miber kunduzi Chikagoga yoʻl olgan poyezdga minganida qoʻlida sunʼiy timsoh terili arzongina, moʻjaz chamadonchadan boʻlak hech vaqo yoʻq edi. Unda nonushta solingan quti, temiryoʻl bileti va Van-Byurenstritda istiqomat qiladigan opasining adresi yozilgan bir parcha qogʻoz-u toʻrt dollar pul solingan sariq charm hamyon bor edi xolos.
Intelligence power 🔥
Karolina Miber kunduzi Chikagoga yoʻl olgan poyezdga minganida qoʻlida sunʼiy timsoh terili arzongina, moʻjaz chamadonchadan boʻlak hech vaqo yoʻq edi. Unda nonushta solingan quti, temiryoʻl bileti va Van-Byurenstritda istiqomat qiladigan opasining adresi…
Baxtiqaro Kerri (Teodor Drayzer)
👍2
Hikoyamni tinglashga qaror qilgan ekansiz, avvalo, men tugʻilgan joy, yoqimsiz bolalik yillarim, ota-onam men tugʻilmasdan burun nimalar bilan mashgʻul boʻlgani, xullas, oʻsha Devid Kopperfildnikiga oʻxshash barcha quruq safsatalarni eshitishni istarsiz, hoynahoy
“Qoʻrgʻoncha”dagi mister Jons oqshom tushishi bilan tovuqxonasini tambalab qoʻydi. Biroq u shu qadar mast ediki, devordagi teshikni berkitish yodidan koʻtarildi. Orqa eshikni oyogʻi bilan turtib yopgach, u qoʻlida siltanib turgan fonusi yoritgan yerlarda kalovlanib, biroz tentiradi. Keyin oshxonadagi bochkadagi pivodan bir stakan sizdirib ichdi va xotini Jons xonim xurrak otayotgan toʻshakning bir chetiga kirdi.
Rastalar obod. Qaymoq bozorining burilishida, mahkamaning boshida Ilhom samovarchining kattakon choyxonasi bo‘lib, unda grammofon chalinadi. Turli-tuman plastinkalar orqali To‘ychi hofiz, Hamroqul qori, Hoji Abdulaziz va Farg‘ona yallachi xotinlari ketma-ketbu choyxonaga yig‘ilib, mehmonxonalardek o‘rtada katta barkashlarda qand-qurs, pista-bodom, murabbo, nisholda, obinon, shirmoy nonlar bilan shamaloq bezatilgan darturxon atrofida chaqchaqlashib o‘tirishadi