Intelligence power 🔥
208 subscribers
1.03K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Forwarded from Rayyona)
Shaxmat novellasiga o'xshadida
Bahor kunlarining birida, dim oqshom chogʻida, Moskvadagi Patriarx koʻli xiyobonida ikki kishi paydo boʻldi. Ularning biri yozlik kulrang kostyum-shim kiygan, past boʻyli, miqti gavdali, taqirbosh, soqol-moʻylovi silliq olingan, koʻziga gʻayritabiiy kattalikdagi qora muguz gardishli koʻzoynak taqqan, hali xiylagina yangi shlyapasini qoʻliga olib olgan edi.
Forwarded from Diyorbek
Usta va Margarita
2👎1
Sibirning koʻz ilgʻamas dasht-u biyobonlari, togʻlar-u oʻtib boʻlmas oʻrmonlari orasida aholisining soni ming, koʻpi bilan ikki ming boʻlgan, boshdan oyoq yogʻoch uylar, biri markazda, boshqasi esa qabristonda joylashgan atigi ikkitagina cherkovga ega va qaysi jihatlari bilandir shaharga emas, balki Moskva atroflaridagi xushmanzara qishloqlarga oʻxshash fayzsiz shaharchalar ahyon-ahyonda uchraydi.
Forwarded from .
Oʻlik uydan maktublar
Qizlik familiyasi de Konflan boʻlgan keksa tul xotin Voke qirq yildirki Parijda, Lotin mahallasi bilan Sen-Marso degan chekka mahalla orasidagi Nev-Sent-Jenevyev koʻchasida oilaviy pansion4 tutardi. “Voke uyi” deb yuritiluvchi ushbu pansion yosh-u qariga ham, ayollar-u erkaklarga ham, xullas, barchaga barobar boʻlishiga qaramay, bu muhtaram xonadonda istiqomat qiluvchilar hech qachon malomatga qolgan emas edi.
Yoz oqshomi, gʻira-shira payt.
Aholisi toʻrt yuz ming kishidan kam boʻlmagan Amerika shahrining savdo markazi, baland imoratlar, devorlar... Shunaqa shaharlar boʻlganiga odamlar bir kunmas bir kun ajablansalar ham kerak.
Forwarded from Diyorbek
Amerika fojiasi
Inson yoshlik yillarida juda taʼsirchan boʻladi. Otamdan eshitgan, uzoq vaqt xotiramda muhrlanib qolgan bir maslahatni sira unuta olmayman.
– Basharti, birdan birontasining ustidan hukm chiqarishni xohlab qolsang, – degan edi u, – dunyodagi hamma kishilar ham sen kabi ustunlikka ega emasligi yodingda boʻlsin
Forwarded from Sug‘diyona
Buyuk Getsbi
Mazkur voqeanoma tagida yotgan gʻalatiroq hodisalar 194...-yili Oranda boʻlib oʻtgan. Koʻplarning fikricha, bunaqa voqealar mazkur shaharga sira mos kelmaydi, chunki maʼlum maʼnoda gʻalatiroq, quyushqonga sigʻmaydi. Va chindan ham, Oran, bir qaraganda, – rasmana shahar, Jazoir qirgʻoqlaridagi farang prefekturasining bir nusxasi, xolos.
Forwarded from Hamidova
Vabo?
Olov yonayotgan narsalarni oʻz domiga olib, ularni qoraytirib, kuydirishini va shaklini oʻzgartira borishini tomosha qilish zavqli edi. Ulkan ilon atrofga zaharli kerosin purkar, tomirlarida qon joʻsh urar, jez poynakni mahkam siqqan qoʻllari esa kultepaga aylangan juldur tarixni yondirib yoʻq qilish simfoniyasini ijro etayotgan dirijyor kabi harakatlanardi
Forwarded from Diyorbek
Farangeyt boyicha 451 daraja
Oʻtgan asrning soʻnggi kuzi Qorabuloqqa ochiq chehra bilan keldi. Uning gulgun siymosidan uzoq vaqtlargacha nur arimadi. Axiri oktyabr oyi ham tugadi, oʻrik yaproqlari sovuqda oʻynagan yosh bolaning loʻppi yuziday qizardi, shunda ham osmonda biron parcha bulut koʻrinmadi. Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi. Dehqon osmonga qarab yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab moʻl hosildan suyunadi. Dalalarda ish qaynaydi: kimlar paxta teradi, kimlar beda oʻradi, kimlar shudgor qiladi.
Forwarded from Rayyona)
Farg'ona tong otguncha?
Arxangelsk yapon otryadini xushlamay kutib oldi. Bahor qariyb yarimlab qolgan boʻlsa-da, hali atrofda iliqlik va tabiat jonlanishi sezilmasdi. Oq dengizdan keskin, izgʻirin shamol esar, hatto issiq kiyimlar ham ayozdan qutqara olmayotgandi. Shimoliy Dvina suvining yuzasi koʻpiklanar va toʻlqinlar mavj urardi.
Forwarded from .
Yapon zobiti
Duxtr Shtraus bugun nmani bilsam va oʻylasam va nma esmda boʻlsa hammasini yozishm kerekligini aytti. Nmaga kerekligini bilmiman lekin uni aytishicha ularga togʻri kelamanmi yoʻqmi bilsh uchin muximakan. Ularga mos kelaman dep umid qlaman chunki Kinnian xonim meni aqilli qilshlarini aytti.
Forwarded from Diyorbek
Eljernonga atalgan gullar