Otam Andrey Petrovich Grinyov, yoshligida graf Minix2 huzurida xizmat qilgan va premer-mayor darajasiga yetgandi, 17...-yili isteʼfoga chiqqan. Shu vaqtdan boshlab, Simbirskdagi oʻz qishlogʻida turgan va oʻsha qishloqli kambagʻal bir boyonning qizi Avdotya Vasilyevna Yu. degan qizga uylangan.
Uv-uvuuu-uv! Men shoʻrlikka bir razm solinglar, oʻlyapman, axir. Tashqarida oʻkirayotgan boʻron bamisoli janozamni oʻqiyapti, men ham boʻronga qoʻshilib uv tortyapman. Shoʻrginam qursin, shoʻrginam… Xalq Xoʻjaligi Markaziy Kengashining oddiy ishchilar oshxonasida isqirt qalpoqli bir ablah oshpaz ustimga qaynoq suv toʻkib, chap biqinimni pishirdi-qoʻydi
Har gal safarga chiqishim oldidan kichkina yogʻoch ramkaga solingan surat oldida turish menga odat boʻlib qolgandi. Ertaga ovulga joʻnashim kerak. Mana, hozir ham oʻsha suratga tikilib, goʻyo undan oq yoʻl tilayotgandek koʻzimni uzolmay, uzoq termilib qoldim.
Oʻsha qotillik yuz bergan kuni tonggi kemada kelayotgan yepiskop hazratga peshvoz chiqish niyatida Santyago Nasar ertalabki soat besh yarimda uygʻondi. Uygʻonishdan avval tush koʻrdi: anjirzordan oʻtib borayotganmish, sevalab ohista yomgʻir yogʻayotganmish, mana shunday xush saodat roʻyo muddatida u birmuncha oʻzini baxtiyor his qildi, ammo koʻzini ochib, boshiga bexosdan qush axlati sochilganday, taʼbi tirriq boʻldi.
Zalvorli “Orion” kemasining matrosi Longren o‘n yillik xizmatdan so‘ng, nihoyat, ishdan bo‘shadi. Aslida, u kemadagi ishiga qattiq bog‘lanib qolgan, chaqaloqni onasidan ayirib bo‘lmagani kabi ishini tashlab ketishga ko‘zi qiymasdi. Ammo bir sabab bo‘ldi-yu hayoti ostin-ustin bo‘lib ketdi. U qanday sabab deysizmi?
Nyu-Yorkdan Buenos-Ayresga yoʻl olayotgan ulkan yoʻlovchi kemada soʻnggi soatlarda odatiy jonsaraklik va tinimsiz harakat hukm surar edi.
Intelligence power 🔥
Nyu-Yorkdan Buenos-Ayresga yoʻl olayotgan ulkan yoʻlovchi kemada soʻnggi soatlarda odatiy jonsaraklik va tinimsiz harakat hukm surar edi.
Pod
davomi: Mamlakat mezbonlari mehmonlarga yoʻl koʻrsatish uchun shoshilishar, qalpogʼini qiyshaytirib kiygan telegraf xizmatchilari jamoat xonalarida yoʻlovchilarning ism-shariflarini qichqirib takrorlashar, har tomonda chamadon va gul koʻtargan kishilar kezar, bolalar qiziquvchanlik bilan zinalardan chiqib-tushishar, orkestr safar kuylarini chalardi.

Bahor kunlarining birida, dim oqshom chogʻida, Moskvadagi Patriarx koʻli xiyobonida ikki kishi paydo boʻldi. Ularning biri yozlik kulrang kostyum-shim kiygan, past boʻyli, miqti gavdali, taqirbosh, soqol-moʻylovi silliq olingan, koʻziga gʻayritabiiy kattalikdagi qora muguz gardishli koʻzoynak taqqan, hali xiylagina yangi shlyapasini qoʻliga olib olgan edi.
Sibirning koʻz ilgʻamas dasht-u biyobonlari, togʻlar-u oʻtib boʻlmas oʻrmonlari orasida aholisining soni ming, koʻpi bilan ikki ming boʻlgan, boshdan oyoq yogʻoch uylar, biri markazda, boshqasi esa qabristonda joylashgan atigi ikkitagina cherkovga ega va qaysi jihatlari bilandir shaharga emas, balki Moskva atroflaridagi xushmanzara qishloqlarga oʻxshash fayzsiz shaharchalar ahyon-ahyonda uchraydi.
Qizlik familiyasi de Konflan boʻlgan keksa tul xotin Voke qirq yildirki Parijda, Lotin mahallasi bilan Sen-Marso degan chekka mahalla orasidagi Nev-Sent-Jenevyev koʻchasida oilaviy pansion4 tutardi. “Voke uyi” deb yuritiluvchi ushbu pansion yosh-u qariga ham, ayollar-u erkaklarga ham, xullas, barchaga barobar boʻlishiga qaramay, bu muhtaram xonadonda istiqomat qiluvchilar hech qachon malomatga qolgan emas edi.
Yoz oqshomi, gʻira-shira payt.
Aholisi toʻrt yuz ming kishidan kam boʻlmagan Amerika shahrining savdo markazi, baland imoratlar, devorlar... Shunaqa shaharlar boʻlganiga odamlar bir kunmas bir kun ajablansalar ham kerak.
Aholisi toʻrt yuz ming kishidan kam boʻlmagan Amerika shahrining savdo markazi, baland imoratlar, devorlar... Shunaqa shaharlar boʻlganiga odamlar bir kunmas bir kun ajablansalar ham kerak.