Lamanch viloyatiga qarashli jo‘ngina qishloqchada don Kexana degan idalgo1 yashardi. Boshqa dvoryanlar singari u ham tag-tugli nasabi bilan faxrlanar, almisoqdan qolgan qalqon bilan ajdodlaridan meros bo‘lib kelayotgan nayzani muqaddas bilib asrardi.
Kashandalar uchun moʻljallangan birinchi klass vagonning bir burchagida sudya Uorgreyv – u yaqinda isteʼfoga chiqdi – sigara tutatgancha “Tayms”dagi siyosiy xabarlarni koʻzdan kechirardi. Koʻp oʻtmay, gazetani chetga surib, oynadan qaradi. Poyezd Somersetdan oʻtib borardi. Sudya xayolan chamalab koʻrdi – yana ikki soat yoʻl bosish kerak.
1815-yilning yigirma yettinchi fevralida Nort-Dam dela-Gard qalʼasining soqchisi uch machtali “Faraon” nomli kema yaqinlashib kelayotganini xabar qildi. Bu kema Smirna, Triest va Neapoldan kelayotgan edi.
Aftidan kimdir Y. K. ga tuhmat qilgan chogʻi, axir u hech kimga yomonlik qilmagan, biron-bir nojoʻya ish ham sodir etmagandi, shunga qaramay uni hibsga olishdi
Oldingi marradan toʻqqiz chaqirim berida turibmiz. Kecha bizni almashtirishdi; hozir qornimiz toʻq – goʻshtli loviya boʻtqaga burnimizdan chiqquncha boʻkkanmiz, ogʻzimiz qulogʻimizda. Buni qarangki, kechki nasibamiz ham butun boʻldi: hammamizga dekchamizni toʻldirib-toʻldirib ovqat suzib berishdi. Non bilan kolbasani ham ikki hissadan oldik – qisqasi, oshigʻimiz olchi.
Qatlga hukm etilgan polkovnik A. B. devor ostida otishlarini kutarkan, koʻp yillar muqaddam, otasi gʻaroyib muz boʻlagini koʻrsatgani olib borgan oʻsha olis oqshomni eslaydi. U vaqtlarda Makondo qadim-qadimgi ulkan mavjudotlar tuxumini eslatuvchi oppogʻ-u silliq xarsanglarga urilib oqadigan shiddatli daryo boʻyidagi yigirma chogʻli loysuvoq uyli kichik bir qishloqcha edi
Amerigo Bonasera Nyu York shahar jinoiy ishlar sudining uchinchi bo‘limida qizini o‘lasi qilib kaltaklagan va badnom qilishga uringan kimsalar tegishli jazosini olib adolat yuzaga chiqishini kutib o‘tirardi
Kun Golder togʻlari ortiga bekinib, dasht-u dalalar uzra jonivorlarga xush yoquvchi mayin oqshom choʻkdi. Ufq lovullab yondi, adirlarda nozik nurlar sep yoydi. Shoban daryosi yaqinidagi yuksak adir qaragʻayzorlari nurlarda yashnab ketdi. Qaragʻayzor oqshomlari sokin ham osoyishta boʻladi. Qaragʻayzor oʻrtasidagi yalang yerda tulkilar oilasi yashaydi
Boʻston qishlogʻiga ogʻir-vazmin qadamlar bilan kuz kirib keldi. Tumanlik qoʻynida jimgina mudragan tonglar, ilk sovuq ogʻushida junjikkan seryulduz oqshomlar boshlandi. Havoga yelpigʻichday qat-qat bulutlar chiqdi. Quyoshning iliq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan boʻlib qoldi.
Otam Andrey Petrovich Grinyov, yoshligida graf Minix2 huzurida xizmat qilgan va premer-mayor darajasiga yetgandi, 17...-yili isteʼfoga chiqqan. Shu vaqtdan boshlab, Simbirskdagi oʻz qishlogʻida turgan va oʻsha qishloqli kambagʻal bir boyonning qizi Avdotya Vasilyevna Yu. degan qizga uylangan.