Boʻzbolaning ismi Santyago. U qoʻylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi allaqachonlar oʻpirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob boʻlgan joydan kattakon tutanjir oʻsib chiqqandi.
Jozibali ajoyib bir tun edi, shunday bir tun ediki, bunaqa tun faqat yosh paytlarimizdagina boʻlishi mumkin, muhtaram kitobxon. Koʻkda yulduzlar charaqlab turar, osmon shunchalik yorugʻ ediki, unga qarab, beixtiyor oʻzingdan-oʻzing: “nahotki shunday osmon ostida ham har xil serjahl va tajang odamlar yashasa?”, deb soʻraging kelardi.
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi.
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi.
Kuz oʻlim toʻshagida yotgan bemorga oʻxshaydi. Oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi... Erta bahordan boʻtana boʻlib, shosha-pisha, qirgʻogʻiga sigʻmay oqqan ariqlar tiniqlashadi. Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib, olamga maʼyus boqadi...
Qoʻlida puli bor balogʻatga yetgan har bir yigit oʻziga qalliq topishi kerakligi hammaga maʼlum. Agar shunday odam yangi joyga koʻchib keladigan boʻlsa, hali hech kim uning rejalaridan xabardor boʻlmay turiboq, yuqoridagi haqiqat uning yaqin-atrofida yashaydigan qoʻshnilarning es-hushini shunchalik egallab oladiki, unga shu zahotiyoq atrofdagi birorta qoʻshnining qizi uchun qonuniy oʻlja, deb qaray boshlashadi.
1264-hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…
Aprelning havosi ochiq, ammo sovugʻi etni junjiktiradigan kuni edi va soatlar oʻn uchinchi bora bong chalayotgandi. Uinston Smit, huvillagan shamoldan ogʻiz-burnini berkitish uchun iyagini koʻkragiga tiragancha, tezda oʻzini “Gʻalaba” turar joyining shisha eshigi ortiga oldi, ammo uning ortidan bir uyum qum quyuni ham ichkariga kirib ulgurdi
Men bolalik chogʻimdanoq dengizni olamdagi hamma narsadan ham yaxshi koʻrib qoldim. Uzoq safarga joʻnab ketayotgan har bir matrosga hasad qildim. Bir necha soatlab dengiz boʻyida turib, oʻtib ketayotgan kemalarga koʻz uzmay qarab qolardim.
Oldinda kelayotgan yigit yassi kalit bilan eshikni ochdi. Uning ortidan kelayotgan sherigi ostonani hatlab oʻtishdan avval, boshidan kepkasini apil-tapil yulqib oldi. Egnidagi dagʻal odmi kiyimdan dengiz hidi anqib turardi; yigit kattakon zalga kirdi-yu, noqulay vaziyatga tushib qoldi. Kepkasini qayoqqa qoʻyishni bilmay, uni buklab choʻntagiga tiqib qoʻymoqchi boʻlgan edi, hamrohi qoʻlidan oldi, buni u shunday oson, shunday tabiiy harakat bilan bajardiki, yigitning koʻngli togʻdek koʻtarilib ketdi
Toʻrtinchi sinfda edim. Yoshim oʻn ikkilarda boʻlishi kerak. Fransuz tili muallimamiz Aleksi opa bir kun bizga inshodan vazifa topshirdi. “Hayotdagi ilk xotiralaringizni yozishga harakat qiling. Koʻraylik-chi, nimalarni eslar ekansizlar. Sizlar uchun bu ajoyib xayol mashqi boʻladi”, degan edi u