Intelligence power 🔥
210 subscribers
1.03K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
21:00 yaxshimi?
Anonymous Poll
58%
Ha
68%
Albatta
😁3🤣2🌚1
Boshladik 🌝
🔥41
Iyulning boshlarida kunlar gʻoyatda isib ketgan, oqshom tushayotgan chogʻlar edi, yosh bir yigit torroq S – koʻchasida oʻzi ijara qilib turgan hujradan chiqib, K – koʻprigi tomon beqaror qadam tashlab ohista yurib ketdi.
Forwarded from с.ш
jinoyat va jazo
Payshanba – maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat oʻralgan qurilish hovlisiga chang-toʻzon koʻtarib “ZIL” mashinasi kirib keldi. Chekkadagi koʻchma vagoncha oldida voshillab toʻxtadi. Kabina eshigi ochilib, qoʻltigʻiga qora sumka qistirgan kassir qiz – Faya sakrab tushdi
Forwarded from Rayyona)
2 eshik orasi
Boʻzbolaning ismi Santyago. U qoʻylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi allaqachonlar oʻpirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob boʻlgan joydan kattakon tutanjir oʻsib chiqqandi.
Forwarded from Diyorbek
Alkimyogar
Jozibali ajoyib bir tun edi, shunday bir tun ediki, bunaqa tun faqat yosh paytlarimizdagina boʻlishi mumkin, muhtaram kitobxon. Koʻkda yulduzlar charaqlab turar, osmon shunchalik yorugʻ ediki, unga qarab, beixtiyor oʻzingdan-oʻzing: “nahotki shunday osmon ostida ham har xil serjahl va tajang odamlar yashasa?”, deb soʻraging kelardi.
Forwarded from navruzbek
Oydin tunlar
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...
Tollarning ko‘m-ko‘k sochpopuklari qizlarning mayda o‘rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi.
Forwarded from с.ш
kecha va kunduz
Kuz oʻlim toʻshagida yotgan bemorga oʻxshaydi. Oyoq ostida kasalmand xazonlar ingraydi... Erta bahordan boʻtana boʻlib, shosha-pisha, qirgʻogʻiga sigʻmay oqqan ariqlar tiniqlashadi. Shuncha urinishlari zoye ketganini tushunib, olamga maʼyus boqadi...
Forwarded from Diyorbek
Tushda kechgan umrlar
🔥4
Qoʻlida puli bor balogʻatga yetgan har bir yigit oʻziga qalliq topishi kerakligi hammaga maʼlum. Agar shunday odam yangi joyga koʻchib keladigan boʻlsa, hali hech kim uning rejalaridan xabardor boʻlmay turiboq, yuqoridagi haqiqat uning yaqin-atrofida yashaydigan qoʻshnilarning es-hushini shunchalik egallab oladiki, unga shu zahotiyoq atrofdagi birorta qoʻshnining qizi uchun qonuniy oʻlja, deb qaray boshlashadi.
Forwarded from с.ш
andisha va gurur
1264-hijriy, dalv oyining o‘n yettinchisi, qishki kunlarning biri, quyosh botqan, tevarakdan shom azoni eshitiladir…
Forwarded from Diyorbek
O'tgan kunlar
Aprelning havosi ochiq, ammo sovugʻi etni junjiktiradigan kuni edi va soatlar oʻn uchinchi bora bong chalayotgandi. Uinston Smit, huvillagan shamoldan ogʻiz-burnini berkitish uchun iyagini koʻkragiga tiragancha, tezda oʻzini “Gʻalaba” turar joyining shisha eshigi ortiga oldi, ammo uning ortidan bir uyum qum quyuni ham ichkariga kirib ulgurdi
Forwarded from Ahmadaliyeva Dilbaroy
1984
Men bolalik chogʻimdanoq dengizni olamdagi hamma narsadan ham yaxshi koʻrib qoldim. Uzoq safarga joʻnab ketayotgan har bir matrosga hasad qildim. Bir necha soatlab dengiz boʻyida turib, oʻtib ketayotgan kemalarga koʻz uzmay qarab qolardim.