Intelligence power 🔥
211 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
Intelligence power 🔥
Photo
Muallif: Gillian Flinn
2014-yil kitob asosida film ishlangan
Forwarded from Deleted Account
Yo'qolgan qiz?
🔥2
Forwarded from mamirjanovw
Chori hikoyasi
Forwarded from Hamidova
Dyuna
🔥2
Hammaga rahmat 🤝
7
#quick_post

Tangram — 4000 yillik tarixga ega qadimgi Xitoy mantiqiy boshqotirmasi bo‘lib, 7 ta geometrik shakldan (tanlar) odamlar, hayvonlar va buyumlar siluetlarini yaratishga asoslangan. Bu o‘yin diqqat, tasavvur va fazoviy fikrlashni rivojlantiradi. Asosiy qoidasi: barcha 7 ta shaklni ishlatish va ularni bir-biriga ustama qo‘ymaslik.
🔥4111
Arrakis sayyorasi va Iroq 🥵

Frenk Gerbert romanni 1965-yili, “sovuq urush” avjida, 1973-yilgi neft embargosidan bir necha yil avval yozgan. U bu olamni boshdan-oyoq o‘ylab topmagan. Gerbert haqiqiy Yaqin Sharqni olib, unga skafandr kiydirgan va buni hech kim sezmaydi, deb umid qilgan. Zotan, buni darrov payqashmagan.

Tarixchi Frank Yakob o‘zining 2022-yilgi monografiyasida “Dyuna”ni belgilar tizimi sifatida tahlil qilib, undagi birorta ham so‘z tasodifiy emasligini isbotlaydi. Keling, ismlardan boshlab ko‘rsak. “Arrakis” semantik jihatdan “Iroq” so‘ziga yaqin. Shaddam IV — arabcha “Ṣaddām”, ya’ni “qarshilik ko‘rsatuvchi” degan ma’noni anglatadi va bu o‘rinda muayyan bir shaxsni o‘ylamaslik qiyin. Fedaykin — “fidoyinlar” so‘zidan olingan bo‘lib, 1940–50-yillarda avval Misrdagi Britaniya hukmronligiga, so‘ngra Isroilga qarshi kurashgan arab jangovar otryadlari shunday atalgan. Shay-Hulud — arabcha “shay” (“narsa”) va “xulud” (“abadiylik”) so‘zlaridan yasalgan. Kisva — Makkadagi Ka’bani yopib turadigan mato: Gerbert aynan shu so‘zni Pol qurtni boshqaradigan ilmoqlar uchun ishlatgan. Lison al-G‘ayb — arab tilidan so‘zma-so‘z tarjimada “tashqi olamdan kelgan ovoz” degani. Sayyodina — arabcha “sayyid” (“janob”) so‘zidan olingan. Kvisats Haderax esa arabcha emas, ibroniychadir: “kefitzat haderech”, ya’ni “yo‘lni qisqartirish” — hasidiylik rivoyatlaridagi sehrli makon almashish tushunchasi.

Yakobning talqinicha, hatto “Bene Gesserit” ham, katta ehtimol bilan, “yaxshi iyezuitlar” deb tushuniladi. Bu asrlar davomida mustamlakachilik nazoratini o‘rnatish uchun mahalliy diniy e’tiqodlardan foydalangan orden. Bene Gesseritlar “Missionaria Protectiva” orqali frimenlar bilan xuddi shunday yo‘l tutadi: ular o‘zga madaniyatga kerakli paytda faollashtirish uchun oldindan messianistik afsona urug‘ini sepib qo‘yadi.

Ziravor bu tabiiyki neft. Metafora emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘xshatishdir. Yulduzlararo parvozlar, ya’ni butun koinot iqtisodiyoti va siyosati usiz imkonsiz bo‘lgan resurs. Hech kim fikrini so‘ramaydigan odamlar yashaydigan yagona sayyorada qazib olinadigan resurs. Yakob bu yerda Vallershtaynning dunyo-tizim tahlili nazariyasini keltiradi: Arrakis imperiya markazi tomonidan ekspluatatsiya qilinadigan va e’tibordan chetda qoldiriladigan periferiya. “Yaqin Sharq ham xuddi “Dyuna”dagi Arrakis kabi ekspluatatsiya uchun mo‘ljallangan joy deb qabul qilingan”, — deb yozadi u.

Eng muhimi, Vilnyovning 2021-yilgi filmi bu tizimni tuzatmagan. Yakob filmning reklama materiallariga e’tibor qaratadi: posterlarda Chani shunday tasvirlanganki, uning obrazi Stiv MakKarrining 1985-yilda “National Geographic” jurnali muqovasida chiqqan mashhur “Afg‘on qizi” suratiga bevosita ishora qiladi. O‘sha suratdan keyinchalik siyosiy kontekstlarda faol foydalanilgan. Orientalizmning vizual mashinasi ishlashda davom etmoqda. Faqat endi IMAX formatida.

Gerbertning o‘z so‘zlariga ko‘ra, u “Dyuna”ni aslo fantastika deb hisoblamagan, balki uni boshqa zamon va makonga ko‘chirilgan real muammolar haqidagi mulohaza deb atagan. Muammo shundaki, u bu muammolarni ko‘chirar ekan, stereotiplarni ham o‘zi bilan birga olib o‘tgan. Frimenlar — sahroning olijanob yovvoyi qabilalari. Ziravor — boy zamin la’nati. Arrakis — hamma nazorat qilishni istaydigan, lekin hech kim tushunishni xohlamaydigan o‘lka.

Paytida kitobni oddiy sarguzasht asar deb o‘qishgan. Vaholanki, bu siyosiy pamflet edi.

@insusambil
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥21❤‍🔥11🆒1
Marhumlar xotirasi yodimizda

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
🕊41❤‍🔥11👏1
Kechga "Asarlar qanday boshlanadi?" mavzusida turnircha qilamiz.
Elliktacha mashhoooooor asarlar muqaddimasidan.
Toʻplanib turilar)
🔥6❤‍🔥211👍1
21:00 yaxshimi?
Anonymous Poll
58%
Ha
68%
Albatta
😁3🤣2🌚1
Boshladik 🌝
🔥41
Iyulning boshlarida kunlar gʻoyatda isib ketgan, oqshom tushayotgan chogʻlar edi, yosh bir yigit torroq S – koʻchasida oʻzi ijara qilib turgan hujradan chiqib, K – koʻprigi tomon beqaror qadam tashlab ohista yurib ketdi.
Forwarded from с.ш
jinoyat va jazo
Payshanba – maosh kuni edi. Peshindan keyin atrofi taxta devor bilan omonat oʻralgan qurilish hovlisiga chang-toʻzon koʻtarib “ZIL” mashinasi kirib keldi. Chekkadagi koʻchma vagoncha oldida voshillab toʻxtadi. Kabina eshigi ochilib, qoʻltigʻiga qora sumka qistirgan kassir qiz – Faya sakrab tushdi
Forwarded from Rayyona)
2 eshik orasi
Boʻzbolaning ismi Santyago. U qoʻylarini tashlandiq holga kelgan yarim vayrona cherkovga haydab kirayotganda qosh qoraya boshlagandi. Cherkov gumbazi allaqachonlar oʻpirilgan va xaroba holga kelgan, bir paytlar mehrob boʻlgan joydan kattakon tutanjir oʻsib chiqqandi.
Forwarded from Diyorbek
Alkimyogar