Intelligence power 🔥
216 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
#quick_post

Okkazionalizm — muallif tomonidan muayyan matn yoki vaziyat uchun ataylab yaratilgan yangi so‘z yoki iboradir. U umumisteʼmolga muvofiq kelmaydigan, individual tarzdagi maʼnoga ega boʻlgan til birligi.

Masalan:

Uddakorlar endi
ixtiyorlarni bir-bir
sotib olar odamlarning qo‘lidan...(Faxriyor)

Saroyni zabt etgan navkarlar shoh tojinitepib o‘ynaganday taxtning poyidaoyoqlar ostida o‘ralashadi tojivirus degani. (Faxriyor)

Unputdownable” — kitobni qo‘ldan qo‘ya olmaslik holatini ifodalovchi ibora.
4🔥31👍1🍓1
#faktstellar

Kariatidalar meʼmorchilikda oʻziga xos oʻringa ega boʻlib, ular binoning toʻsinlarini yoki peshtoqlarini koʻtarib turuvchi ayol koʻrinishidagi ustunlardir. Mazkur meʼmoriy unsurning ildizlari qadimgi Yunonistonga borib taqaladi: atama Peloponnes yarim orolidagi Kariya shahri ayollari sharafiga nomlangan. Ushbu uslubning eng yuksak va mashhur namunasi Afinadagi Akropol tepaligida joylashgan Erextion ibodatxonasida saqlanib qolgan. Bu haykallar nafaqat texnik vazifani, yaʼni ogʻirlikni koʻtarishni bajargan, balki binoga estetik joziba va ulugʻvorlik bagʻishlagan. Uygʻonish davri va keyinchalik klassitsizm uslubida kariatidalardan foydalanish qayta tiklanib, Yevropa va butun dunyo boʻylab saroylar hamda davlat ahamiyatiga molik binolarning ajralmas bezagiga aylangan.

📍 Intelligence
🔥3👍211
#faktstellar

Oʻzbekkosmos agentligi O‘zbekiston iqtisodiyotning turli sohalarida innovatsion kosmik texnologiyalardan foydalanish orqali mavjud ilmiy-texnik salohiyatni samarali amalga oshirish maqsadida 2019-yilning 30-avgust kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida kosmik faoliyatni rivojlantirish to‘gʼrisida”gi Farmoni imzolandi va unga muvofiq Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) tashkil etildi.
Agentlik Airbus (Fransiya), Maxar (AQSh), SpaceX (AQSh), OneWeb (Buyuk Britaniya), SSI Monaco (Monako), Synspective (Yaponiya), Esri (AQSh), BlackSky (AQSh), SpaceBuzz (AQSh), Ozarbayjon (Azercosmos), Turkiya (TUA) kabi xorijiy agentlik va kompaniyalar bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatishi koʻzda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori–Kadirov Shuxrat Munavvarovich.

📍 Intelligence
🔥4311
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Neuralink'нинг биринчи бемори телепатия ёрдамида гапира бошлади.

Нутқ қобилиятини тўлиқ йўқотган, ривожланиб борувчи БАС (ён амиотрофик склероз) касаллигига чалинган инсон фақат фикрлар ёрдамида мулоқот қилмоқда.

Имплантат мотор қобиғида жойлашган бўлиб, бош суягининг бир қисми роботлаштирилган имплант билан алмаштирилган. Унинг электродлари қон томирларини четлаб ўтиб, мияга бир неча миллиметр чуқурликда жойлаштирилган. Тизим фикрларни матнга, сўнгра реал вақт режимида сунъий интеллект овозига айлантиради.

Видеода бемор: "Бу менинг эски овозим... сунъий интеллект томонидан клонланган"

Science
🤯21🔥1
9da kitob posterlari boʻyicha turnircha)
❤‍🔥2🔥2👍1🎉1🫡1
Qaysi asar uchun ishlangan poster?
Forwarded from Hamidova
Pashshalar hukmdori?
🔥1
Forwarded from A.S.A
Alkimyogar
Forwarded from 𝙈𝙪𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙙𝙧𝙖𝙨𝙪𝙡 𝙄𝙣𝙤𝙢𝙤𝙫
Gargantua va Pantagralyu
Forwarded from 𝙈𝙪𝙝𝙖𝙢𝙢𝙖𝙙𝙧𝙖𝙨𝙪𝙡 𝙄𝙣𝙤𝙢𝙤𝙫
Aljerno uchun atirgullar
💔2
Forwarded from с.ш
dorian greyning portreti
🥰1
Doktor Jekil va Mister Hayd
(Robert Luis Stivenson)
🔥1