Intelligence power 🔥
217 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
215 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
🌙 Ramazon muborak!
❤‍🔥114🔥4👍2🍓21🍾1💘1
#frazema

“Panurg podasi” iborasi – ko’r-ko’rona o’z yo’lboshchisi yoki yetakchisiga ergashgan holda, o’limga yoki “jarlik”ka qarab ketayotgan olomonga nisbatan ishlatiladi.
Ibora fransuz yozuvchisi Fransua Rablening “Gargantyua va Pantagryuel” romanida keltirib o’tilgan. Unda hikoya qahramoni Panurg, kemada ketayotib, qo’y sotuvchisi Dendeno bilan urishib qoladi. Undan o’ch olish hiylasini tuzib, Dendenodan bitta qo’yini sotib oladi. Keyin esa, sotib olgan qo’yini daryoga itarib yuboradi. Qo’yni daryoga tushib ketganini ko’rgan podaning boshqa vakillari, o’sha zahotiyoq kemadan daryoga qarab o’zlarini tashlay boshlaydilar. Shunday qilib, bir qo’yning ortidan, podaning qolgan hammasi daryoga g’arq bo’ladi.

📍 Intelligence
2👍2❤‍🔥11🔥1🌚1🆒1
Forwarded from FactFullNess
Dayan Fossi (inglizcha: Dian Fossey; 1932–1985) — togʻ gorillalarini saqlab qolishga oʻz hayotini bagʻishlagan mashhur amerikalik primatolog va tabiat himoyachisi. U 18 yil davomida Ruanda oʻrmonlarida yashab, ushbu noyob hayvonlarning hayotini oʻrgangan va ularni qirilib ketishdan qutqargan.

1967-yilda Ruandaning Virunga togʻlarida gorillalarni oʻrganish uchun Karisoke tadqiqot markaziga asos solgan.
Fossi gorillalar aslida tajovuzkor emas, balki juda muloyim va ijtimoiy hayvonlar ekanligini isbotlagan. U ularning ishonchini qozonish uchun tovushlar chiqarish va ular kabi harakat qilish usullarini qoʻllagan.
U gorillalarni ovlovchi brakonyerlarga qarshi keskin kurashgan. Ayniqsa, oʻzi juda yaxshi koʻrgan Dijit (Digit) laqabli gorillasining oʻldirilishi uni tabiatni muhofaza qilishda yanada qatʼiy qadamlar tashlashga undagan.
"Leakey's Angels" ya’ni mashhur antropolog Luis Liki tomonidan tanlab olingan Dayan Fossi, Jeyn Gudoll va Birute Galdikas "primatlar malikalari" deb atalgan.
Fossi oʻz tajribalari haqida "Tumandagi gorillalar" (Gorillas in the Mist) nomli bestseller kitob yozgan. 1988-yilda ushbu kitob asosida suratga olingan xuddi shu nomdagi filmda bosh rolni Sini Weaver ijro etgan.
1985-yil 26-dekabrda Dayan Fossi oʻzining togʻdagi uychasida oʻldirilgan holda topilgan. Uning qotili kimligi bugungi kunda ham sirligicha qolmoqda, biroq koʻpchilik buni brakonyerlarning ishi deb hisoblaydi. U oʻzi asos solgan gorillalar qabristoniga, Dijitning yoniga dafn etilgan.
Bugungi kunda uning ishini “Dian Fossey Gorilla Fund International” tashkiloti davom ettirmoqda

📍FactFullNess
2👍2🔥21🍓1🆒1
Forwarded from Zakovat harakati
💐 Barcha ayollarimizni xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! 🎉

@zakovatharakati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🥰3🆒2🕊1😍1🍓1🍾1💘1
#persona

Ketrin Rayt

Amerikalik sufrajist va oʻqituvchi boʻlgan Ketrin Rayt 1874-yil AQShning Ogayo shtatida tavallud topgan.
U Orvill va Uilbur Raytlarning muvaffaqiyatida juda katta rol o‘ynagan shaxsdir. Uni ba’zan “uchinchi Rayt” deb ham atashadi, chunki u nafaqat singil sifatida, balki ularning ishlarini tashkillashtiruvchi, muzokaralar olib boruvchi va hatto ilhom beruvchi kuch bo‘lgan. Ketrin o‘sha davr uchun tarzda yaxshi ta’lim olgan kam sonli ayollardan edi — u Oberlin kollejini tamomlab, o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. Aka-ukalar samolyot ustida ishlayotgan paytda u ularning ishlarini tashqarida targ‘ib qilgan, jurnalistlar va rasmiylar bilan muloqot olib borgan va bu Raytlarning tezroq mashhurlikka erishishiga sabab boʻlgan. 1926-yilda u Genri Xaskellga turmushga chiqadi. Lekin akasi Orvill buni ogʻir qabul qilib, ularning orasiga sovuqchilik tushadi.
Ketrin turmush oʻrtogʻi bilan sayohatga tayyorgarlik paytida, 1929-yil Missuri shtatida pnevmoniyadan vafot etadi.

📍 Intelligence
44👍21🔥1🍓1🆒1
🌙Ramazon hayiti muborak boʻlsin, azizlar!
🔥5🕊4💘211❤‍🔥1🎉1🍓1🍾1
#bir_asar_taʼrifi

"Anarxistning retseptlar kitobi"( "The Anarchist Cookbook") — bu amerikalik muallif Uilyam Pouell tomonidan yozilgan juda bahsli va mashhur asar bo‘lib, u 1971-yilda nashr etilgan.
Bu asar 1960–70-yillardagi AQShdagi siyosiy beqarorlik, ayniqsa Vyetnam urushi davrida paydo bo‘lgan aksilmadaniyat muhitining mahsulidir. Pouell kitobni atigi 19 yoshida yozgan va o‘sha paytdagi hukumat siyosatiga, urushga va majburiy harbiy xizmatga qarshi g‘azabini ifodalashga harakat qilgan.
Kitobning mazmuni juda bahsli: unda portlovchi moddalar, qurollar, sabotaj usullari, giyohvand moddalar tayyorlash va turli noqonuniy harakatlar haqida ma’lumotlar berilgan.
Eng qiziq jihatlardan biri — muallifning o‘zi keyinchalik bu asardan voz kechganidir. Pouell yillar o‘tib, kitobni “yoshligidagi xato va g‘azab mahsuli” deb atagan va uning asosiy g‘oyasi — zo‘ravonlik orqali siyosiy o‘zgarish qilish — noto‘g‘ri ekanini tan olgan.

📍 Intelligence
22🔥1🍓1🆒1
Google tomonidan 2026-yil Navroʻz bayrami uchun taqdim etilgan doodle.
6🔥3😍2🍓2❤‍🔥1🆒1
Qaysi film personajlari Disney usulida stilizatsiya qilingan?
Forwarded from Rayyona)
Titanik
🔥3
Qaysi film?
Forwarded from Fayzulloh
500 day of summer
🔥1
Qaysi film?
Forwarded from Rayyona)
Breakfast at Tifanny's
Qaysi film?
Forwarded from Rayyona)
Her
Qaysi film?
Forwarded from Rayyona)
Pearl
Qaysi film?
Forwarded from Fayzulloh
Rimdagi tatillar
Qaysi film?