Intelligence power 🔥
217 subscribers
1.07K photos
44 videos
2 files
216 links
Andijon Zakovat klubining "Intelligence" jamoasi kanaliga xush kelibsiz!
Download Telegram
#persona

Eyfelni pullagan shaxs haqida

Viktor Lyustig burjuaziyadan, yaxshi maʼlumotli va kamida besh tilda ravon gapirgan. 19 yoshida qiz talashib janjalashadi. Oʻrta maktabni tugatgach, u turli mayda jinoyatlar uchun qamoq jazosini oʻtagan.
Birinchi jahon urushidan oldin Lyustig transatlantik laynerlarda qimor oʻynab pul ishlagan, shuningdek, dollar ishlab chiqarish uchun soxta qurilmani sotgan.
U butun umri davomida oʻz ismini oʻnlab marta oʻzgartiradi. Birgina Qoʻshma Shtatlarda u 50 marta hibsga olingan,lekin dalil yoʻqligi sababli qoʻyib yuborilgan.
Viktor aristokratik xulq-atvorga ega boʻlgan yaxshi psixolog boʻlib, oʻzining firibgarlik qobiliyatlarini yanada mukammallashtiradi. Hattoki Al Kaponeni ham aldashga muvaffaq boʻladi. 1925-yilda Lyustig Eyfel minorasini parijlik tadbirkor Andre Puassonga yopiq kimoshdi savdosida sotishga muvaffaq boʻladi.
Firibi ish bergach yana oʻsha nayrangni takrorlaydi. Biroq, yangi xaridor politsiyaga murojaat qiladi va firibgarlik fosh etiladi.

📍 Intelligence
❤‍🔥322🔥1🆒1
🫡Bayramingiz bilan!
😁73🎉1
Nimaning reklamasi?
😁9
Forwarded from с.ш
Shampun
2👍1
Forwarded from Svoya igra baza (Исмат Исроилов)
😁181🔥1🤯1🎉1🐳1💯1
Suratda qaysi rassom familiyasi yashirilgan?
22🔥2🤔2
Forwarded from Rayyona)
Mark rotko?
2🔥21🤣1
Qanday insonlar uchun maxsus kreativ chashka?
🤣6🗿21🔥1💯1
Forwarded from с.ш
Moylovli
🤣6😁4🔥2🤪21💯1
Forwarded from Zakovat: Andijon
Andijon Zakovat klubida
2025-yilning eng yaxshilari aniqlandi.


Yilning eng yaxshi ayol bilimdoni: Intelligence jamoasi a'zosi Muxtasar Abdurashidova

Bilimdonga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.

@Andijon_ZakovatNNT
🔥11❤‍🔥63💘3👏2🌚2🏆21🍓1
Yunon mifologiyasidagi yer osti saltanati (Aid saltanati) xaritasi
🔥4👍321🤣1🍓1
Forwarded from Qora Lama emas
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining   poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahrining Bog‘i Davlatxona mavzesida tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, o‘z davrining nufuzli kishilaridan biri, o‘g‘lining tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor bergan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ta-onasi haqida ma’lumotlar kam, u o‘z asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tmagan. Navoiyning Darvesh-ali ismli ukasi bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.

XV asrning yetuk adabiyotshunos olimlaridan biri bo‘lgan Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirot un-shuaro" ("Shoirlar tazkirasi")da Navoiyning otasi haqida “Navoiyning otasi Abdulqosim Boburning ishonchli kishisi Chig‘atoy ulusi ulug‘laridan edi” deya qisqacha ma’lumot berib o‘tgan. Shu bilan birgalikda u G‘iyosiddin Muhammadning harbiy bo‘lganini ham ta’kidlagan.

Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan.
Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin:
1. Devonlari.
2. Dostonlari.
3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.

Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan.
Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga "G‘aroyib us-sig‘ar" ("Bolalik g‘aroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh badialari") va nihoyat, to‘rtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berildi. "Xazoyin ul-maoniy" inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir.
Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she’rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan



Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoye’ ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" devonlarini tuzgan. "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan.
"Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir.


🤝Do‘stlaringizga ham ulashing.
📎 @QoraLama_emas
🔥6211🎉1🍓1🤪1🆒1
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx budurur,Tengri uchun,
Bir-birni necha kun g'animat tutungiz.

© Zahiriddin Muhammad Bobur
💯42❤‍🔥1🔥1🕊1🍓1
#frazema

Shkafdagi skelet – inglizcha idioma bo'lib, ommaga e'lon qilinsa birovning obro'yiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ma'lum bir yashirin biografik faktni (shaxsiy, oilaviy, korporativ va h.k) anglatadi.

Iboraning kelib chiqishi tibbiyot bilan bog'liq. Britaniyada shifokorlarga parlament anatomik qonunni qabul qilgunga qadar (1832-yil) o'liklar bilan tajriba oʻtkazishga ruxsat berilmagan. Tibbiy maqsadlarda faqatgina qatl etilgan jinoyatchilarning jasadlaridan foydalanish mumkin boʻlgan. Lekin XVIII asrda Britaniyada jinoyachilar kamdan-kam hollarda qatl etilgan. Shu sababli qatl etilgan jinoyatchining jasadini yorib koʻrishga sanoqli shifokorlar musharraf boʻlishgan va shifokorlar jasad skeletini ilmiy tadqiqotlar uchun saqlab qoʻyishgan. Jamoatchilikning bunga yomon munosabatidan qoʻrqqan shifokorlar skeletlarni har-xil joylarga yashirib qoʻyishgan. Shunday joylardan biri uylaridagi shkaf boʻlishi mumkin ekan.

©Triskelion

📍Intelligence
🔥311👍1💯1🍓1👀1
#frazema


“Zigfrid yelkasi” - bu deyarli butunlay himoyalangan, ammo bitta zaif joyni anglatadigan ibora. Bu ibora qahramonning yoki kuchli tizimning yagona zaif nuqtasini ifodalash uchun ishlatiladi ,xuddi “Axilles tovoni" ga o’xshab.

Zigfrid german va skandinav mifologiyasidagi eng mashhur qahramonlardan biri. U Rixard Vagnerning "Nibelunglar uzugi" operasida ajdaho Fafnirni o’ldirib, uning qoniga cho’miladi. Bu qon tanasini deyarli butunlay o’q o’tmaydigan, yaralanmaydigan qilib qo’yadi faqat bitta joy qoladi: yelka orasidagi kichik nuqta (odatda linden bargi tushib qolgan joy).Keyin xotini Kriemhild bu joyni Hagenga aytib beradi (yoki kiyimiga belgi qo‘yib beradi), Hagen esa ov paytida Zigfridni orqasidan nayza bilan urib o‘ldiradi.

Uning zaif nuqtasi Brünnhilde (Brunxilda) ning sehrli himoyasidan kelib chiqadi: Brünnhilde Zigfridni sehr bilan himoya qiladi, ammo orqasini himoya qilmaydi, chunki u “qahramon hech qachon orqasini dushmanga qaratmaydi” deb hisoblaydi.

©Goosebumps

📍 Intelligence
🔥6221🤓1🫡1🆒1
🌙 Ramazon muborak!
❤‍🔥114🔥4👍2🍓21🍾1💘1
#frazema

“Panurg podasi” iborasi – ko’r-ko’rona o’z yo’lboshchisi yoki yetakchisiga ergashgan holda, o’limga yoki “jarlik”ka qarab ketayotgan olomonga nisbatan ishlatiladi.
Ibora fransuz yozuvchisi Fransua Rablening “Gargantyua va Pantagryuel” romanida keltirib o’tilgan. Unda hikoya qahramoni Panurg, kemada ketayotib, qo’y sotuvchisi Dendeno bilan urishib qoladi. Undan o’ch olish hiylasini tuzib, Dendenodan bitta qo’yini sotib oladi. Keyin esa, sotib olgan qo’yini daryoga itarib yuboradi. Qo’yni daryoga tushib ketganini ko’rgan podaning boshqa vakillari, o’sha zahotiyoq kemadan daryoga qarab o’zlarini tashlay boshlaydilar. Shunday qilib, bir qo’yning ortidan, podaning qolgan hammasi daryoga g’arq bo’ladi.

📍 Intelligence
2👍2❤‍🔥11🔥1🌚1🆒1
Forwarded from FactFullNess
Dayan Fossi (inglizcha: Dian Fossey; 1932–1985) — togʻ gorillalarini saqlab qolishga oʻz hayotini bagʻishlagan mashhur amerikalik primatolog va tabiat himoyachisi. U 18 yil davomida Ruanda oʻrmonlarida yashab, ushbu noyob hayvonlarning hayotini oʻrgangan va ularni qirilib ketishdan qutqargan.

1967-yilda Ruandaning Virunga togʻlarida gorillalarni oʻrganish uchun Karisoke tadqiqot markaziga asos solgan.
Fossi gorillalar aslida tajovuzkor emas, balki juda muloyim va ijtimoiy hayvonlar ekanligini isbotlagan. U ularning ishonchini qozonish uchun tovushlar chiqarish va ular kabi harakat qilish usullarini qoʻllagan.
U gorillalarni ovlovchi brakonyerlarga qarshi keskin kurashgan. Ayniqsa, oʻzi juda yaxshi koʻrgan Dijit (Digit) laqabli gorillasining oʻldirilishi uni tabiatni muhofaza qilishda yanada qatʼiy qadamlar tashlashga undagan.
"Leakey's Angels" ya’ni mashhur antropolog Luis Liki tomonidan tanlab olingan Dayan Fossi, Jeyn Gudoll va Birute Galdikas "primatlar malikalari" deb atalgan.
Fossi oʻz tajribalari haqida "Tumandagi gorillalar" (Gorillas in the Mist) nomli bestseller kitob yozgan. 1988-yilda ushbu kitob asosida suratga olingan xuddi shu nomdagi filmda bosh rolni Sini Weaver ijro etgan.
1985-yil 26-dekabrda Dayan Fossi oʻzining togʻdagi uychasida oʻldirilgan holda topilgan. Uning qotili kimligi bugungi kunda ham sirligicha qolmoqda, biroq koʻpchilik buni brakonyerlarning ishi deb hisoblaydi. U oʻzi asos solgan gorillalar qabristoniga, Dijitning yoniga dafn etilgan.
Bugungi kunda uning ishini “Dian Fossey Gorilla Fund International” tashkiloti davom ettirmoqda

📍FactFullNess
2👍2🔥21🍓1🆒1
Forwarded from Zakovat harakati
💐 Barcha ayollarimizni xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklaymiz! 🎉

@zakovatharakati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥3🥰3🆒2🕊1😍1🍓1🍾1💘1
#persona

Ketrin Rayt

Amerikalik sufrajist va oʻqituvchi boʻlgan Ketrin Rayt 1874-yil AQShning Ogayo shtatida tavallud topgan.
U Orvill va Uilbur Raytlarning muvaffaqiyatida juda katta rol o‘ynagan shaxsdir. Uni ba’zan “uchinchi Rayt” deb ham atashadi, chunki u nafaqat singil sifatida, balki ularning ishlarini tashkillashtiruvchi, muzokaralar olib boruvchi va hatto ilhom beruvchi kuch bo‘lgan. Ketrin o‘sha davr uchun tarzda yaxshi ta’lim olgan kam sonli ayollardan edi — u Oberlin kollejini tamomlab, o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan. Aka-ukalar samolyot ustida ishlayotgan paytda u ularning ishlarini tashqarida targ‘ib qilgan, jurnalistlar va rasmiylar bilan muloqot olib borgan va bu Raytlarning tezroq mashhurlikka erishishiga sabab boʻlgan. 1926-yilda u Genri Xaskellga turmushga chiqadi. Lekin akasi Orvill buni ogʻir qabul qilib, ularning orasiga sovuqchilik tushadi.
Ketrin turmush oʻrtogʻi bilan sayohatga tayyorgarlik paytida, 1929-yil Missuri shtatida pnevmoniyadan vafot etadi.

📍 Intelligence
44👍21🔥1🍓1🆒1