🔥2026-yil barchangizga omadli kelsin.
2025-yilni muvaffaqiyatli isrof qilganingiz bilan tabriklayman! 🍾
🤣8❤2😁2🍓1🍾1🤝1
Forwarded from Neomind
Bugun yapon animatori Hayao Miyazakining tug‘ilgan kuni - u 85 yoshga to'ldi. U bugungi kun animatsiya san’atining afsonalaridan biri
Miyazaki Studio Ghibli asoschilaridan biri, u yaratgan asarlar butun dunyodagi nafaqat bolalarda, balki kattalarda ham katta qiziqish uyg‘otgan. Hayao Miyazaki haligacha asosiy animatsiyani qo'lda chizadi, shu sabab bir necha daqiqalik animatsiya yaratish oylab, hatto yillab vaqt oladi
Uning “Spirited Away” ("Ruhlar olamiga sayohat") filmi 2003-yilda “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan.
2024-yilda esa "The Boy and the Heron" ("Bola va qush") asari uchun Oskar mukofotini qo‘lga kiritdi va bu film 2024-yilning eng yaxshi filmlar o‘ntaligiga kiritilgan.
Uning asarlari vizual go‘zallik, chuqur ma’no va yapon madaniyatining nozik tuyg‘ulari bilan to‘la. Miyazaki filmlari - terapiyaga o‘xshash: ular ruhni tinchlantiradi, tabiatga muhabbat uyg‘otadi va hayot haqida o‘ylantiradi.

❤🔥3❤3👍2🔥1🍓1🆒1
#persona
Eyfelni pullagan shaxs haqida
Viktor Lyustig burjuaziyadan, yaxshi maʼlumotli va kamida besh tilda ravon gapirgan. 19 yoshida qiz talashib janjalashadi. Oʻrta maktabni tugatgach, u turli mayda jinoyatlar uchun qamoq jazosini oʻtagan.
Birinchi jahon urushidan oldin Lyustig transatlantik laynerlarda qimor oʻynab pul ishlagan, shuningdek, dollar ishlab chiqarish uchun soxta qurilmani sotgan.
U butun umri davomida oʻz ismini oʻnlab marta oʻzgartiradi. Birgina Qoʻshma Shtatlarda u 50 marta hibsga olingan,lekin dalil yoʻqligi sababli qoʻyib yuborilgan.
Viktor aristokratik xulq-atvorga ega boʻlgan yaxshi psixolog boʻlib, oʻzining firibgarlik qobiliyatlarini yanada mukammallashtiradi. Hattoki Al Kaponeni ham aldashga muvaffaq boʻladi. 1925-yilda Lyustig Eyfel minorasini parijlik tadbirkor Andre Puassonga yopiq kimoshdi savdosida sotishga muvaffaq boʻladi.
Firibi ish bergach yana oʻsha nayrangni takrorlaydi. Biroq, yangi xaridor politsiyaga murojaat qiladi va firibgarlik fosh etiladi.
📍 Intelligence

❤🔥3⚡2❤2🔥1🆒1
Forwarded from Zakovat: Andijon
Andijon Zakovat klubida
2025-yilning eng yaxshilari aniqlandi.
Yilning eng yaxshi ayol bilimdoni: Intelligence jamoasi a'zosi Muxtasar Abdurashidova
Bilimdonga kelgusi faoliyatida omad tilaymiz.
@Andijon_ZakovatNNT

🔥11❤🔥6❤3💘3👏2🌚2🏆2⚡1🍓1
Forwarded from Qora Lama emas
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevral kuni Xuroson davlatining poytaxti — hozirgi Afg‘oniston hududidagi Hirot shahrining Bog‘i Davlatxona mavzesida tug‘ildi. Otasi G‘iyosiddin Muhammad - Temuriylar saroyida xizmat qilgan, o‘z davrining nufuzli kishilaridan biri, o‘g‘lining tarbiyasi va ta’limiga jiddiy e’tibor bergan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi ekani aytiladi. Navoiyning ta-onasi haqida ma’lumotlar kam, u o‘z asarlarida ham qarindoshlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tmagan. Navoiyning Darvesh-ali ismli ukasi bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor.
XV asrning yetuk adabiyotshunos olimlaridan biri bo‘lgan Davlatshoh Samarqandiy "Tazkirot un-shuaro" ("Shoirlar tazkirasi")da Navoiyning otasi haqida “Navoiyning otasi Abdulqosim Boburning ishonchli kishisi Chig‘atoy ulusi ulug‘laridan edi” deya qisqacha ma’lumot berib o‘tgan. Shu bilan birgalikda u G‘iyosiddin Muhammadning harbiy bo‘lganini ham ta’kidlagan.
Alisher Navoiy ikki tilda mukammal ijod qilgan. Turkiy tilda “Navoiy”, forsiy tilda esa “Foniy” taxalluslarini qo‘llagan.
Alisher Navoiyning adabiy va ilmiy merosini 4 faslga bo‘lish mumkin:
1. Devonlari.
2. Dostonlari.
3. Forsiy tildagi she’riy merosi. 4. Ilmiy-filologik, nasriy va tarixiy asarlari.
Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoye’ ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" devonlarini tuzgan. "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan.
"Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir.
🤝Do‘stlaringizga ham ulashing.
📎 @QoraLama_emas

Alisher Navoiyning o‘zbek tilida yaratgan she’riy merosi asosan "Xazoyin ul-maoniy" devoniga jamlangan.
Asar 4 qismdan iborat. Devonning birinchi qismiga "G‘aroyib us-sig‘ar" ("Bolalik g‘aroyibotlari"), ikkinchi qismiga "Navodir ush-shabob" ("Yigitlik nodirotlari"), uchinchi qismiga "Badoye’ ul-vasat" ("O‘rta yosh badialari") va nihoyat, to‘rtinchi qismiga "Favoyid ul-kibar" ("Keksalik foydalari") degan nomlar berildi. "Xazoyin ul-maoniy" inson bolasining murakkab va yuksak tafakkuri hamda behisob his-tuyg‘ulari bilan bog‘liq minglarcha she’r va o‘nlarcha she’r turlarini o‘z ichiga olgan majmua bo‘lib, Sharq adabiyoti tarixida noyob hodisadir.
Bu xil majmua Alisher Navoiyga qadar Amir Xisrav Dehlaviy tomonidangina tuzilgan. Ushbu devonga kirgan minglarcha she’rlarni Alisher Navoiy butun umri davomida turli sharoitlarda, har xil sabablar bilan yozgan bo‘lib, ular shoir hayoti va u yashagan davr bilan sonsiz-sanoqsiz iplar orqali bog‘langan
Alisher Navoiy "Xazoyin ul-maoniy" ga qadar "Ilk devon", "Badoye’ ul-bidoya", "Navodir un-nihoya" devonlarini tuzgan. "Xazoyin ul-maoniy" ana shu 3 devonga kirgan hamda "Navodir ul-nihoya" tuzilgandan keyin yozilgan she’rlar asosida yuzaga kelgan.
"Xazoyin ul-maoniy"dagi 4 devonning har birida 650 tadan 2600 g‘azal, umuman 4 devonda 210 qit’a, 133 ruboiy, 86 fard, 52 muammo, 13 tuyuq, 10 muxammas, 10 chiston, 5 musaddas, 4 tarje’band, 4 mustazod, 1 musamman, 1 tarkibband, 1 qasida, 1 masnaviy, 1 soqiynoma mavjud bo‘lib, Sharq she’riyatining 16 turi namoyondir.
🤝Do‘stlaringizga ham ulashing.
📎 @QoraLama_emas
🔥6✍2❤1⚡1🎉1🍓1🤪1🆒1
Ahbob, yig'ilmoqni farog'at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx budurur,Tengri uchun,
Bir-birni necha kun g'animat tutungiz.
© Zahiriddin Muhammad Bobur

💯4❤2❤🔥1🔥1🕊1🍓1
#frazema
Shkafdagi skelet – inglizcha idioma bo'lib, ommaga e'lon qilinsa birovning obro'yiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan ma'lum bir yashirin biografik faktni (shaxsiy, oilaviy, korporativ va h.k) anglatadi.
Iboraning kelib chiqishi tibbiyot bilan bog'liq. Britaniyada shifokorlarga parlament anatomik qonunni qabul qilgunga qadar (1832-yil) o'liklar bilan tajriba oʻtkazishga ruxsat berilmagan. Tibbiy maqsadlarda faqatgina qatl etilgan jinoyatchilarning jasadlaridan foydalanish mumkin boʻlgan. Lekin XVIII asrda Britaniyada jinoyachilar kamdan-kam hollarda qatl etilgan. Shu sababli qatl etilgan jinoyatchining jasadini yorib koʻrishga sanoqli shifokorlar musharraf boʻlishgan va shifokorlar jasad skeletini ilmiy tadqiqotlar uchun saqlab qoʻyishgan. Jamoatchilikning bunga yomon munosabatidan qoʻrqqan shifokorlar skeletlarni har-xil joylarga yashirib qoʻyishgan. Shunday joylardan biri uylaridagi shkaf boʻlishi mumkin ekan.
©Triskelion
📍Intelligence

🔥3⚡1✍1👍1💯1🍓1👀1
#frazema
“Zigfrid yelkasi” - bu deyarli butunlay himoyalangan, ammo bitta zaif joyni anglatadigan ibora. Bu ibora qahramonning yoki kuchli tizimning yagona zaif nuqtasini ifodalash uchun ishlatiladi ,xuddi “Axilles tovoni" ga o’xshab.
Zigfrid german va skandinav mifologiyasidagi eng mashhur qahramonlardan biri. U Rixard Vagnerning "Nibelunglar uzugi" operasida ajdaho Fafnirni o’ldirib, uning qoniga cho’miladi. Bu qon tanasini deyarli butunlay o’q o’tmaydigan, yaralanmaydigan qilib qo’yadi faqat bitta joy qoladi: yelka orasidagi kichik nuqta (odatda linden bargi tushib qolgan joy).Keyin xotini Kriemhild bu joyni Hagenga aytib beradi (yoki kiyimiga belgi qo‘yib beradi), Hagen esa ov paytida Zigfridni orqasidan nayza bilan urib o‘ldiradi.
Uning zaif nuqtasi Brünnhilde (Brunxilda) ning sehrli himoyasidan kelib chiqadi: Brünnhilde Zigfridni sehr bilan himoya qiladi, ammo orqasini himoya qilmaydi, chunki u “qahramon hech qachon orqasini dushmanga qaratmaydi” deb hisoblaydi.
©Goosebumps

🔥6✍2⚡2❤1🤓1🫡1🆒1