Bu asarni anchadan beri o'qishni rejalashtirib yurgandim, bugunga o'qib, tugatish nasib qilibdi.
Asarni "evrilish" so'zini ma'nosini bilmasdan turib o'qidim. Oxirida qidirib topdim. Men kutgandan umuman boshqacha ekan. "Evrilish" - bir holatdan ikkinchi holatga o'tish, o'zgarish degani. Asar mazmuni quyidagicha: Gregor Zamza - sotuvchilik bilan shug'ullanuvchi bir oddiy oilaning yagona o'g'il farzandi, yagona boquvchisi. Otasi, onasi, singlisi bipan birgalikda ijarada turishadi. Otasi o'zini qarib qolganman va ishga yaroqsizman deb ishlamaydi umuman, faqat uyda sigaret chekib o'tiradi. Aslida ishlasa ham bo'lardi, hamma mas'uliyatni o'g'liga yuklamasdan. Onasi esa juda zahmatkash va hunarmand ayol. Uyida qanaqadir firmaga ichki kiyim tikib sotadi va oz bo'lsada ro'zg'orga hissasini qo'shadi. Singlisi, Greta, juda farosatli, iste'dodli va "mehribon" qizi. Skripka chalish va san'atkor bo'lishga qobiliyati, qiziqishi bir dunyo. Taqdirning taqozosi bilan manashu oilaning yolg'zi tayanchi va tirgaki bir kuni ertalab qanaqadir hasharotga aylanib qoladi. Aslida u "hasharot" edi. Faqat ishlardi, qarz to'lardi, oila boqardi, ishxonada boshliqning, oilada uydagilarning talabini qondirar edi. Unga odam ekanligida hech kim insoniy munosabatda bo'lmagan, minnatdorchilik bildirmagan. U evrilgandan keyin uydagilariga pul, ishxonadagilarga foyda olib kelolmadi va hamma undan nafratlanishni, yuz o'girishni boshladi. Ishxonadagilar va ko'cha-ko'ydagilar uyoqda tursin, uydagilarning ota-onasi, singlisining nafrati va ochiq-oydin uning o'limini talab qilishi hammasidan oshib tushdi va Gregorni o'lishiga sabab bo'ladi. Bundan keyin o'sha oila o'zining "baxtli" kelajagi haqida o'ylay boshlaydi va yangi hayot tomon qadam bosishadi...
🎀 Aslida, biz biror bir manfaatimiz uchungina kimgadir kerak bo'lamiz bu hayotta. Shuning uchun hech kimning ko'nglidan joy olishga urinmasdan, qadrimizni xor qilmasdan, mag'rur va faqat O'zini rozi qilish uchungina yashashimiz kerak !
Asarni "evrilish" so'zini ma'nosini bilmasdan turib o'qidim. Oxirida qidirib topdim. Men kutgandan umuman boshqacha ekan. "Evrilish" - bir holatdan ikkinchi holatga o'tish, o'zgarish degani. Asar mazmuni quyidagicha: Gregor Zamza - sotuvchilik bilan shug'ullanuvchi bir oddiy oilaning yagona o'g'il farzandi, yagona boquvchisi. Otasi, onasi, singlisi bipan birgalikda ijarada turishadi. Otasi o'zini qarib qolganman va ishga yaroqsizman deb ishlamaydi umuman, faqat uyda sigaret chekib o'tiradi. Aslida ishlasa ham bo'lardi, hamma mas'uliyatni o'g'liga yuklamasdan. Onasi esa juda zahmatkash va hunarmand ayol. Uyida qanaqadir firmaga ichki kiyim tikib sotadi va oz bo'lsada ro'zg'orga hissasini qo'shadi. Singlisi, Greta, juda farosatli, iste'dodli va "mehribon" qizi. Skripka chalish va san'atkor bo'lishga qobiliyati, qiziqishi bir dunyo. Taqdirning taqozosi bilan manashu oilaning yolg'zi tayanchi va tirgaki bir kuni ertalab qanaqadir hasharotga aylanib qoladi. Aslida u "hasharot" edi. Faqat ishlardi, qarz to'lardi, oila boqardi, ishxonada boshliqning, oilada uydagilarning talabini qondirar edi. Unga odam ekanligida hech kim insoniy munosabatda bo'lmagan, minnatdorchilik bildirmagan. U evrilgandan keyin uydagilariga pul, ishxonadagilarga foyda olib kelolmadi va hamma undan nafratlanishni, yuz o'girishni boshladi. Ishxonadagilar va ko'cha-ko'ydagilar uyoqda tursin, uydagilarning ota-onasi, singlisining nafrati va ochiq-oydin uning o'limini talab qilishi hammasidan oshib tushdi va Gregorni o'lishiga sabab bo'ladi. Bundan keyin o'sha oila o'zining "baxtli" kelajagi haqida o'ylay boshlaydi va yangi hayot tomon qadam bosishadi...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Farengeyt bo'yicha 451 daraja”ni o‘qiganimda eng kuchli his qilgan narsam — bu jamiyatning asta-sekin fikrlashdan voz kechishi qanchalik xavfli ekanligi bo‘ldi. Bu asarni Slovakiyada ekanimda o'qiganman va unga ishlangan filmni ham ko'rganman. Asarni to'g'risi o'z xohishim bilan emas, Anglophone Literature fanidan ball ololmay qolsamchi degan qo'rquvda o'qiganman.
Asarda odamlar kitob o‘qimaydi, chunki ular o‘ylashni xohlamaydi. Bu meni o‘ylantirdi: aslida muammo faqat taqiqlarda emas, balki odamlarning o‘zlari fikrlashdan qochayotganida.
Yana bir muhim jihat — asarda texnologiya insonlarni yaqinlashtirmaydi, aksincha, ularni bir-biridan uzoqlashtiradi. Bu bugungi hayot bilan juda o‘xshash. Odamlar ko‘p ma’lumot iste’mol qiladi, lekin chuqur o‘ylamaydi. Bu esa “bilim” va “axborot” o‘rtasidagi katta farq borligini ko‘rsatadi.
📌Mening shaxsiy xulosam: bu kitob kitoblar haqida emas, balki erkin fikrlash haqida. Agar inson savol berishni to‘xtatsa, u asta-sekin o‘zligini yo‘qotadi.