Hayitov ELT
552 subscribers
1.6K photos
505 videos
477 files
777 links
👨🏻‍🏫 ELT teacher & IELTS instructor 🏫 MEd (University of Exeter, UK) 👨🏻‍🎓 Hornby scholar 📥 @KhayitovTeacher
Download Telegram
Hayitov ELT
Aptis advanced listening testi haqida ba’zi fikrlar. Universitetdan menga magistratura bosqichini bitirayotgan talabalarni aptis testiga tayyorlash vazifasini topshirishdi.Hozirda test bilan yaqindan tanishib chiqyapman. Hozirgi postda Aptis advanced listening…
Aptis testi haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz. Endigi fikrlar writing borasida. O’quvchilarni akademik va ijtimoiy hayotga tayyorlash nuqtayi nazaridan Aptis Writing menga IELTS Writingdan ko‘ra qiziqarliroq va hatto foydaliroq tuyuldi. Nega bunday fikrga kelganimni tushuntiraman.
 
Sizlarni bitta uzun post bilan zeriktirib qo‘ymaslik uchun Aptis Writing testining har bir qismi haqida alohida post qilaman.
 Aptis Writing Part 1
Writing Part 1 da 3 ta savolga javob yoziladi. Bu qismda siz ijtimoiy tarmoqlarda endigina tanishgan do‘stlaringizning savollariga 30–40 so‘zdan iborat qisqa javoblar yozishingiz kerak bo‘ladi. Bu shartning menga eng yoqqan tomoni shundaki, writing ko‘pchilik uchun qiyin va noqulay ko‘nikma hisoblanadi. Testning aynan shunday sodda vazifa bilan boshlanishi o‘quvchilardagi stress va writing anxietyni kamaytiradi.So‘zlar soni juda kam bo‘lsa-da, o‘quvchilardan grammatik aniqlik, grammatik xilma-xillik hamda lug‘at boyligini namoyon eta olish talab qilinadi. Natijada ular yangi o‘rganayotgan grammatika va lug‘atlarni birdaniga 150 yoki 250 so‘zli katta insholarda emas, balki 30–40 so‘zdan iborat kichik matnlarda qo‘llab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
 
Har qanday testni baholashda muhim hisoblangan ikki tushuncha mavjud: authenticity (reallik) va washback effect. Authenticity - testdagi topshiriqlar o‘quvchilar kundalik yoki akademik hayotda duch kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarga qanchalik yaqin ekanligini anglatadi. Washback effect esa testga tayyorgarlik jarayoni (faqat natijasi emas) o‘quvchining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qanchalik ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi. Aptis Writing Part 1 aynan shu ikki mezon nuqtayi nazaridan ham yaxshi dizayn qilingan deb hisoblayman.
👍3
Suniy intellektni yanada yaxshiroq o’rganib, o’quvchilari bilan har hil tadqiqotlar o’tkazish istagida bo’lgan ustozlar uchun British Council 3 oylik kurs taklif qilmoqda. Kurs asosan davlat maktablarida dars beradigan ustozlar uchun deyilmoqda. Application to’ldirish muddati 12 iyungacha. Joylar cheklangan ekan. Shunday bo'lsada o'zim topshirishdan oldin birinchi sizga ulashdim) https://www.teacher-research-consultants.com/blog/using-ai-in-classroom-research-call
2👏2
Meksikalik do'stimni aytishiga qaraganda, jahon chempionati chiptasi narxi mana shunday ko'rinishda.
😱4😁3
Forwarded from UzTEA
JOB OPPORTUNITY FOR ENGLISH TEACHERS

The Ministry of Digital Technologies is seeking experienced English Language Mentors to support the professional development of its staff.


Requirements:
• English proficiency at B2–C1 level or higher
• English teaching experience
• Experience working with adult learners
• Modern teaching methodologies

💰 Compensation:
Up to $50 per hour (per learner)

🎯 This is an excellent opportunity for qualified teachers looking for additional teaching engagements and the chance to work with professionals in the public sector.


Interested candidates can submit their CV and a brief professional profile through the application process announced by the Ministry.

🔗 More information
Submit your CVs - education@digital.uz
Referral Code: UzTEA

Instagram | Linkedin | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
Hayitov ELT
Aptis testi haqidagi fikrlarimizni davom ettiramiz. Endigi fikrlar writing borasida. O’quvchilarni akademik va ijtimoiy hayotga tayyorlash nuqtayi nazaridan Aptis Writing menga IELTS Writingdan ko‘ra qiziqarliroq va hatto foydaliroq tuyuldi. Nega bunday fikrga…
Aptis Advanced testining Writing qismidagi 2-shart - bu rasmiy xat yozish. Bu real hayotda juda kerakli ko‘nikma. Talabalar xalqaro universitetlarga o‘qishga kirsa, universitet ustozlari va universitetning boshqa bo‘limlari bilan asosan email orqali aloqa qilishadi. Telegram yoki WhatsApp kabi platformalardan foydalanishmaydi. Xorijda o‘qib yurgan paytlarimda o’qish masalalari yuzasidan universitetga va ustozlarga, va part-time ish topish maqsadida ko‘plab kompaniyalarga emaillar yozishga to‘g‘ri kelgan Xozirda universitetda dars berish jarayonida ba’zi o‘quvchilarning email yozish ko‘nikmalari yaxshi shakllanmaganiga guvoh bo‘ldim. Gap faqat ingliz tilini bilishda emas. Talabalar yozayotgan emaillarining turi yoki mazmunini ba’zida yaxshi tushunishmaydi. Shuningdek email yozish etikasiga ham amal qilishmaydi. Darrov maqsadni yozib qo‘yishadi. Emailning boshi ham, oxiri ham bo‘lmaydi. Aptis testiga tayyorgarlik jarayoni esa email yozishni talab qiladi. Bu orqali o‘quvchilar email turlari va yozish qoidalari bilan yaxshi tanishib olishlari mumkin. Email yozishni o‘rgatayotgan ustozlarimiz ham imkon qadar email mavzularini o‘quvchilarning yoshi va qiziqishlariga bog‘lashsa, email yozishni mashq qilishga bo‘lgan qiziqish yanada oshadi.
1🔥1
Hayitov ELT
Kanalga anchadan buyon post qilmabman. Lekin bugun ingliz tili ustozlariga bitta yaxshi kitobni tavsiya qilib qo‘ymoqchiman. To‘g‘risi yanvar oyidan boshlab universitetda faoliyatimni boshlaganimdan keyin menda bir necha oy moslashish jarayoni kechdi. Hatto…
Ingliz tili ustozlarining qanday ishlari o’quchilarning ingliz tili o’rganish jarayonini orqaga tortadi?
Jim Scrivener "Learning Teaching" kitobida bu borada ustozlar yo‘l qo‘yadigan ayrim xatolarni aytib o‘tadi.
#Mistake_1 TTT (Teacher Talking Time)
Ba’zida o‘quvchilar jim qolganda, uyalganida yoki hali fikrini jamlab olayotgan paytda biz ustozlar bu holatni yopish uchun o‘zimiz gapirib ketib qolamiz. Ustozlar darsda o‘zlarining ko‘p gapirishlarini, tinmasdan instruksiyalar berishlarini o‘quvchilar uchun foydali deb o‘ylashadi. Lekin ustoz o‘zi qancha ko‘p gapirgani sari, o‘quvchida gapirish imkoniyati shuncha kamayadi.
O‘quvchilarga fikrlarini jamlab olish va tayyorlanib olish uchun vaqt kerak. Shu vaqtni ustoz shoshilmasdan o‘quvchilarga berishi kerak. Ba’zida o‘quvchilardagi sukunat bilmaslik natijasi bo‘lmaydi. Ustoz darsdagi har bir bo‘shliqni o‘zi to‘ldirishga harakat qilishi shart emas.
🔥42
Britaniya 16 yoshdan kichik bo’lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlamoqchi. Hukumat bu qarorning sababini bolalarni himoya qilish va ularga bolalikni qaytarib berish deb izohlamoqda.
Har 10 ta ota-onadan 9 tasi bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. Yangi qonunga ko‘ra, britaniyaliklar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishlari uchun 16 yoshdan oshgan bo‘lishlari, ID kartaga ega bo‘lishlari va face scan jarayonidan o‘tishlari kerak. Qaror 2027-yilning bahor oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Oldinroq Avstraliya ham shu ishni qilgan edi. Lekin bu qarorni ijrosida o’ziga yarasha muammolar paydo bo'lmoqda.
🔥51
Qiziq joyiga keldik! Siz bilan Aptis Advanced testining writing qismi haqida qisqacha fikrlarimni bo‘lishib boryapman. Bugungi postda men uchun Aptis writing qismining eng qiziqarli sharti hisoblangan maqola yozish haqida gaplashamiz. To‘g‘risi bu shart qandaydir zerikarli va qolipga tushib qolgan IELTS essaylaridan ko‘ra men uchun qiziqarliroq ko‘rindi. Chunki maqolaning asosiy baholash mezonlari ichiga uning qiziqarli bo‘lishi, engaging (o‘ziga jalb qila olishi) va informative (kerakli ma’lumotlarni bera olishi) kiradi. IELTS essaylarida bunday mezonlar yo‘q. Aptisda ritorik savollar, idiomalar va maqollarni bemalol ishlataverasiz. Bu narsalarni to‘g‘ri ishlatish maqolangizni bezab, uni yanada ta’sirli qiladi. Testning muhim jihatlaridan biri bu authenticity, ya’ni testda mashq qilinayotgan ko‘nikmaning real hayotda qanchalik kerakligidir. Shu jihatdan Aptis Advanced writingdagi maqola yozish sharti ancha dolzarb deb hisoblayman.IELTS essaylari akademik salohiyatni va tanqidiy fikrlashni o‘stirish uchun yaxshi, lekin essaylar ko‘pincha mavzuga neytral yondashuv bilan yoziladi. Maqola yozishda esa ko‘proq erkinlik bor. Yuqorida eslatilgan ritorik savollar, idiomalar va maqollar, agar to‘g‘ri ishlatilsa, o‘quvchiga neytral tildan ko‘ra kuchliroq ta’sir qiladi. Deylik, siz Toshkentda havo ifloslanishi borasida kichik bir tadqiqot o‘tkazdingiz va tadqiqot natijalarini biror jurnalda chop etib yoki ijtimoiy tarmoqlarda yoritib, mahalliy aholi va hukumat vakillarining e’tiborini ushbu muammoga qaratmoqchisiz. Bu yerda shunchaki mavzuni neytral yondashuv bilan yoritish yetarli bo‘lmaydi. Maqola insonlarni harakatga keltirishi uchun ta’sirchan chiqishi kerak. Aptis testidagi maqola yozish sharti aynan shu ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim deb hisoblayman. Bu postdan maqsad IELTS writingni yomonlab, Aptisni maqtash emas. Ikkala testga tayyorgarlik jarayoni ham o‘quvchilarda ma’lum til ko‘nikmalari va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Boshqa ayrim jihatlarda IELTSning Aptisdan qulayroq va ustunroq tomonlari ham bor. Bu post esa faqat Aptis Advanced writing haqida. Bu qism o‘quvchilarda akademik va ijtimoiy hayotda kerak bo‘ladigan yozish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun juda yaxshi ishlab chiqilgan deb o‘ylayman.
🔥31
A roller coaster. Bu so’z ingliz tilida bir hil kechmagan, turli past balandliklardan iborat bo’lgan emotsiyani yoki davrni ifodalash uchun ishlatiladi. Britaniyadan O’zbekistonga qaytganimdan keyingi hayotim va faoliyatimga a roller coaster deb ta’rif berish mumkin.  Bir muddat ishsiz qolish, ikkita operatsiya va hozirda ham ishimni o’zgartirish arafasida turibman. Bemalol ‘The year has been like a roller coaster’ deb aytsam bo’ladi.

A roller- coasterni teskarisi ‘stable’, ‘calm’ yoki ‘smooth sailing’ bo’ladi. Bu so’zlar va idiomani tinch, ko’ngildagidek o’tgan, yoqimsiz holatlar yuz bermagan paytlarni ifodalash uchun ishlatsa bo’ladi.
Postdagi rasm Londondagi Greenwich parkida, aynan ‘smooth sailing’ davrlarida olingan.

O’zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatidagi o’yinini tomosha qilish ham emotional roller coaster bo’ldi o'zi.
Sizlarda hammasi bo'lmasada, ko'p narsalar smooth sailing rejimida deb umid qilaman.
🔥65
11
Hayitov ELT
Photo
Curriculum (o’quv dasturi) yaratishda ustozlar hisobga olishi kerak bo’lgan bir nechta jihatlar bor. Bu jihatlar ‘Language Curriculum Design’ kitobida juda yaxshi tushuntirib berilgan.
Shu kitobdan olingan diagrammada dastur tuzayotganda hisobga olinishi kerak bo’lgan 7 ta asosiy jihatlar ko’rsatilgan.

1 Environment analysis – o’quvchilar, o’qituvchilar va vaziyatni o’rganish.
2 Needs analysis – o’quvchilardagi kamchiliklar, zaruriyatlar va xohishlarni o’rganish
3 Teaching principles – Til o’qitish prinsiplarini bilish. Til o’zi qanday o’rganiladi. Bu jarayonda o’quvchida qanday kognitiv jarayonlar sodir bo’ladi.
4 Content and sequencing – o’tiladigan mavzular qanday tanlab olinishi va qay tartibda o’tilishi
5 Format and presentation – mavzular tanlab olinib, ketma ketligi aniq bo’lgandan keyin, qanday tartibda o’quvchilarga yetkazilishi, qanday metodlardan foydalanilishi.
6 Monitoring and assessing – dasturning samarali ishlayotganini nazorat qilib, baholab turish
7 Evaluation – Dastur o’tib bo’linganidan keyin, dasturni umumiy baholash.

Kitobni yuklab olishingiz uchun link qoldiraman https://vulms.vu.edu.pk/Courses/ENG519/Downloads/LANGUAGE_CURRICULUM_DESIGN.pdf
14👍1
ISHGA TAKLIF! Xozirda Registon ta'lim kompaniyasida 'the Manager of English Department' sifatida ish boshladim. Registonning Toshkent shahridagi maktab va litseylariga ingliz tili ustozlarini ishga olayapmiz. Maoshlar davlat maktablaridan yuqori, bundan tashqari qo'shimcha ijtimoiy paketlar bor. Nasib qilsa yaxshi jamoa yig'ib ustozlarning kasbiy rivojlanishiga ham qo'ldan kelgancha yordam bermoqchiman. Jamoaga qo'shilish istagida bo'lgan ustozlarimiz menga @KhayitovTeacher resume yuborib qo'yishlari mumkin. Ko'rib chiqib, yaxshi kandidatlarni suhbatga taklif qilamiz.

Yaxshi ingliz ustozlarini bilsangiz postni yuborib qo'ying.
🔥1022👍2🏆1
Forwarded from Hayitov Bekzod
Free professional development courses for English teachers by British council.
👍91
Imagine dragons degan Amerikani pop rock guruhi bor. Baraka topgurlar o’zbekcha ashulalar aytadi. Tandir (Thunder), kim domkom? (kingdom come) degan qo’shiqlari bor. 6 yoshli o’g’lim eshitishni yaxshi ko’radi. Tandir deb qo’shilib aytib yuradi.
🤣18😁4
Bugun uxlash yo'q. Katta futbol oqshomi. Shamrock rovers Floriana bilan chempionlar ligasi uchun kurash olib boradi.
😁71🤔1
Forwarded from UzTEA
VACANCY: Alert for Our Teaching Community!

Looking for your next career move in higher education? 🎓


Webster University Tashkent has announced multiple academic and administrative vacancies, including:

• Department Head
• Deputy Department Head
• Academic Faculty
• Academic Advisors
• Student Success Manager
…and more!

If you or someone in your network is ready for a new challenge, don't miss this opportunity.

👉 Apply today

Please share this opportunity with colleagues who may be interested. 💙

Instagram | Linkedin | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Ответ мотиватору который сказал что 'самый страшный день это когда ты утром проснулся и понел что ты никто в этой жизни' )
🔥62😢2
Конец августа, oсень уже совсем близко! Воздух постепенно становится прохладнее, и в этой прохладе уже чувствуется её приближение. Я иду по дороге, по обеим сторонам которой стоят деревья, а между ними тихо гуляет лёгкий ветерок. В его мягком дыхании уже ощущается свежесть осени.
Особенно по-своему прекрасна прохлада раннего утра — лёгкая, почти невесомая, но такая знакомая. Вокруг ещё царит утренняя тишина, воздух свеж и прозрачен, а природа словно понемногу готовится перелистнуть страницу и встретить осень.
71
А что, если феодализм никуда не исчез? Он просто стал цифровым.
Когда-то главным ресурсом была земля. Тот, кто владел землёй, обладал властью. Остальные жили и работали на его территории.
Сегодня новым "земельным участком" становится цифровое пространство.
Мы общаемся, покупаем, работаем, смотрим видео и получаем информацию внутри платформ, которыми владеет небольшое количество технологических гигантов.
Но есть интересный парадокс.
Мы не просто пользуемся этими платформами — мы ежедневно работаем на них бесплатно.
Каждый лайк ❤️
Каждый комментарий 💬
Каждый поиск 🔎
Каждое видео 📱
помогает алгоритмам лучше понимать нас, удерживать наше внимание и создавать экономическую ценность.
Экономист Янис Варуфакис называет эту систему технофеодализмом.Средневековый крестьянин обрабатывал землю феодала.Современный человек обрабатывает… данные феодала.
И поэтому главный вопрос цифровой эпохи, возможно, уже не:
"Какими технологиями мы пользуемся?"
А:
"Кто на самом деле кем пользуется?"
2❤‍🔥11😐1